1-mавзу. Innovatsion menejmentning asosiy tushunchalari, maqsadlari va vazifalari



Yüklə 83,2 Kb.
səhifə1/4
tarix26.01.2023
ölçüsü83,2 Kb.
#99388
  1   2   3   4
1-màâçó. Innovatsion menejmentning asosiy tushunchalari, maqsadl


1-MАВЗУ. INNOVATSION MENEJMENTNING ASOSIY TUSHUNCHALARI, MAQSADLARI VA VAZIFALARI
1.1. Innovatsion menejmentning asosiy tushunchalari
1.2. Innovatsion menejmentning mohiyati va vazifalari
1.3. Innovatsion menejmentning maqsadlari


Tayanch so’zlar: Innovatsiya, innovatsion jarayon, innovatsion faoliyat, innovatsion menejment, innovatsion boshqaruv, innovatsion menejer, fundamental (nazariy) tadqiqotlar, amaliy tadqiqotlar, innovatsion menejmentning maqsadlari.



    1. Innovatsion menejmentning asosiy tushunchalari

Innovatsiyalar va innovatsion boshqaruvga nisbatan e’tiborni oshirilganligi jamiyat hayotining o’zi tomonidan talab qilinadi. Innovatsion jarayonlarni yangi mahsulotlar va yangi texnikada ro’yobga chiqishi uning sotsial – iqtisodiy rivojlanishining asosi bo’ladi.


Innovatsion jarayon innovatsion o’zgarishlarni tayyorlash va amalga oshirishdan iborat bo’ladi va yagona bir butunlikni tashkil qiluvchi o’zaro bog’langan pallalardan tashkil topgan. Bu jarayonda amalga oshirilgan o’zgarish natijasida innovatsiya paydo bo’ladi. Innovatsion jarayonni amalga oshirish uchun diffuziya – yangi sharoitlar va qo’llash joylarida bir marta o’zlashtirilib va foydalanib bo’lingan innovatsiyalarni vaqtida tarqatish juda katta ahamiyatga ega. Innovatsion jarayon davriy xarakerga ega, buni iqtisodiyotni tashkil qilish va boshqarishning ixcham tizimlarini ishlab chiqishda hisobga olish zarur.
Iqtisodiy adabiyotlarda “innovatsiya” salohiyatli ilmiy – texnik taraqqiyot (ITT)ni haqiqiy, yangi mahsulotlar va texnologiyalarda ro’yobga chiqadiganga aylanishi sifatida talqin qilinadi. Bizning mamlakatimizda yangiliklar kiritish muammolari ko’p yillar davomida ilmiy – texnik taraqqiyotning iqtisodiy tadqiqotlari doirasida ishlab chiqilgan.
“Innovatsiya” atamasidan O’zbekistonning o’tish iqtisodiyotida ham mustaqil va ham bir qator o’xshash tushunchalar: “Innovatsion faoliyat”, “innovatsion jarayon”, “innovatsion qaror” va h.k.larni belgilash uchun foydalanilgan.
Xorijlik olimlar N. Monchev, I. Perlaki, V.D. Xartman, E. Mensfild, R. Foster, B. Tviss, Y. SHumpeter, E. Rodjers va boshqalar bu tushunchani o’zlarining ilmiy tadqiqotlarini ob’ekti va predmetiga ko’ra har xil talqin qiladilar, ammo innovatsiyalarning bu har xil ta’riflarining tahlili shunday xulosaga olib keladiki, o’zgarishlar innovatsiyalarning o’ziga xos mazmunini tashkil qiladi, o’zgarishlar vazifasi esa innovatsion faoliyatning asosiy vazifasi bo’ladi.
Avstriyalik olim Y. SHumpeter tomonidan beshta tipik o’zgarishlarni ajratib ko’rsatilgan:
1) yangi texnika, yangi texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni yangi bozor ta’minotidan foydalanish (oldi - sotdi);
2) yangi xususiyatlarga ega ma’lumotlarni tadbiq etish;
3) yangi xom ashyodan foydalanish;
4) ishlab chiqarish va uning moddiy – texnik ta’minotini tashkil qilishdagi o’zgarishlar;
5) yangi sotish bozorlarini paydo bo’lishi.
Bu qoidalar Y. SHumpeter tomonidan 1911 yildayoq shakllantirilgan. Keyinroq, 1930 – yillarda u innovatsiya tushunchasini, uni iste’mol tovarlarining yangi turlari, yangi ishlab chiqarish va texnik vositalar, bozorlar tashkiliy shakllarini sanoatga tadbiq etish va ulardan foydalanish maqsadidagi o’zgarish sifatida talqin etgan. Ba’zida innovatsiyaga jarayonli tizim sifatida qaraladi, shuning bilan yangilik kiritishni vaqtda rivojlanishi va yaqqol aks ettirilgan bosqichliligi tan olinadi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida innovatsiyalarni bayon qilish metodologiyasi xalqaro standartlarga asoslanadi. Fan va innovatsiyalar haqidagi axborotlarni to’plash, ishlab chiqish va tahlil qilish bo’yicha ishlarni muvofiqlashtirish uchun Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OESR) doirasida fan va texnika ko’rsatkichlari bo’yicha milliy ekspertlar guruhi tashkil qilingan. Fraskati qo’llanmasi (“Tadqiqotlar va tajriba ishlanmalarini tekshirishlar uchun taklif qilinayotgan standartli amaliyot) ishlab chiqilgan. Hujjat bunday nomni tavsiyalarning birinchi versiyasi 1963 yilda Italiyaning Fraskati shahrida qabul qilinganligi munosabati bilan olgan.
Innovatsion menejment fani ishlab chiqarishning turlari bilan bog’liq bo’lgan barcha texnik vositalarni o’z ichiga qamrab olgan.



Qo’llab quvvatlash

Ta’lim bilan shug’ullanish

Ishlab chiqarish



Maslaxat berish
Innovatsion markaz


O’rganish, shug’ullanish

Institutlarda texnik
shug’ullanish



Qo’llab quvvatlash assotsitsiyasi



Texnologik izlanishlar


1-rasm. Innovatsion izlanishlar1


Fraskati qo’llanmasidagi qoidalarga davriy ravishda aniqliklar kiritiladi, bu milliy va xalqaro darajalardagi ilmiy – texnik siyosat strategiyasi, ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni tashkil qilishdagi o’zgarishlar bilan asoslanadi. Fraskati qo’llanmasining oxirgi tahrirlaridan birida ilmiy tadqiqotlar va ishlamalar (ITTKI), ularning tarkibi va chegaralari, hamda tadqiqotlar va ishlanmalar bilan band bo’lgan xodimlar sonini o’lchash uslubiyotiga tegishli asosiy tushunchalar mavjud. Texnologik innovatsiyalar haqidagi ma’lumotlarni to’plash uslubiyoti 1992 yilda Norvegiyaning Oslo shahrida qabul qilingan tavsiyalarga asoslanadi. U “Oslo qo’llanmasi” nomini olgan.


Xalqaro standarlarga muvofiq innovatsiya bozorga tadbiq etilgan yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot, yoki amaliy faoliyatda foydalanilayotgan yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayon, yoxud sotsial xizmatlarga yangicha yondashish ko’rinishida ro’yobga chiqqan innovatsion faoliyatning yakuniy natijasi sifatida belgilanadi.
Innovatsion boshqaruv nixoyatda murakkabdir. Innovatsion jarayonlarning rivojlanish qonuniyatlarini tahlil qilish uchun innvoatsion menejer kasbini egallagan mutaxassislar zarur, ular yangilik kiritishlarning har xil tashkiliy – iqtisodiy jihatlari bilan shug’ullanadilar. Ularning innovatsiyalarni boshqarishdagi asosiy vazifasi – innovatsion jarayonni ilgari surish, ehtimol bo’lgan to’siqlarni bashorat qilish va ularni bartaraf etish yo’llarini belgilashdir.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash uchun yangilangan mahsulotlardan manfaatdor bo’lgan mustaqil firmalarning raqobati, raqobatlashuvchi yangiliklar bozorining mavjudligi xosdir. Buyuk kompaniyalar muvaffaqiyatlarining tarixi shundan darak beradi. SHu sababli yangilik kiritishlarning bozorli tanlovi mavjud, unda innovatsion menejerlar ishtirok etadilar.
Innovatsion menejerlar ijodiy jamoalarni tashkil qila turib, yangiliklarni qidirib topish va tarqatish, ilmiy tadqiqotlar va ishlamalarga buyurtmalar portfelini shakllantirish bilan shug’ullangan holda, har xil tashkiliy tuzilmalar (fanlar akademiyasi, OO’Yu, ilmiy jamiyatlar, ilmiy tadqiqot tashkilotlari, konstruktorlik buyrolari, injiniring kompaniyalari va boshqalar)da ham faoliyat yritishlari mumkin. Ular ilmiy jamoalarni boshqaradilar, ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtiradilar. Bularni barchasi innovatsion boshqaruvchilar malakasiga yuqori talablarni qo’yadi: ular ilmiy texnik va iqtisodiy – psixologik salohiyatga, ham an’anaviy menejer va ham tadqiqotchi olim sifatlariga ega bo’lishlari, yangilik kiritishlarning samaradorligini baholash va innovatsiyalarni boshqarishga qodir malakali iqtisodchi bo’lishlari kerak.


Yüklə 83,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə