Sirtqi bo`lim ta'lim sohasidagi tadqiqotlar va innovatsiyalar



Yüklə 4,07 Mb.
səhifə1/182
tarix01.10.2023
ölçüsü4,07 Mb.
#125125
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   182
to\'plam tayyor


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI


SIRTQI BO`LIM




TA'LIM SOHASIDAGI TADQIQOTLAR VA INNOVATSIYALAR
mavzusidagi
respublika ilmiy-amaliy konferensiya

MATERIALLARI TO‘PLAMI


(6 iyun 2023 yil)
Farg‘ona - 2023
BBK: 65.2/4
UDK: 332.1
Ta'lim sohasidagi tadqiqotlar va innovatsiyalar. Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami. – Farg‘ona: Farg‘ona davlat universiteti, 2023. 535 b.

Mas’ul muharrir:v K.N.Raximova


Tahririyat hay’ati: A.Abdumalikov, S.Uraimov, R.Mirzayev


Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi Farg‘ona davlat universiteti bo‘yicha 2023 yil 31 may kuni chiqarilgan “Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazish to‘g‘risida” gi 254-sonli buyruqqa muvofiq o‘tkazildi.


Konferensiya materiallari to‘plamidagi maqola va tezislar hududlarni muvozanatli rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan institutlar va ilmiy izlanishlar olib borayotgan professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodim-izlanuvchilar va magistrantlar hamda talabalar uchun mo‘ljallangan.


Mazkur to‘plamga kiritilgan materiallarning mazmuni, undagi statistik ma’lumotlar va meyoriy hujjatlar sanasining to‘g‘riligiga hamda tanqidiy fikr-mulohazalarga mualliflarning o‘zlari ma’suldirlar.
1-sho‘ba. Iqtisodiyot:


Davlatning boshqaruv funksiyasi va bozor narxlari.
I, f.n. professor G‘ofurov A.G‘., i,f.n.,dotsent Umarov O.Q.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida bozor narxlaridan foydalaniladi. Narxlarning meyorda bo‘lishi juda muxim. Korrupsiya asossiz narxlardan boshlanib, axoli faravonligiga bevosita ta’sir qiladi. Inflyatsiyani tezlashtiradi. Qimmat tovar (maxsulot, ish, xizmat) bozorda doimiy o‘rin olishi xam qiyin.Bozorni sifatli va arzon maxsulotlar tez egallaydi.


Davlat bozorni boshqarishi juda muxim.Biroq,bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat xam narxlarga bevosita aralasha olmaydi.Bir kvadrat metr turar joyni narxi mana buncha bo‘lishi kerak,avtomobilni narxi yuqori deb bo‘lmaydi.Bozor,talab-taklif,kelishuv narxi,mavsum,reklama kabi omillar o‘z ishini qiladi.Yomon tomoni yuqori,asossiz narxlar oxir oqibat bankrotlikka olib boradi.Yirik kompaniyalarning bankrot bo‘lishi mamlakat rivojiga xam salbiy ta’sir ko‘rsatadi.Natijada chetdan arzon,sifatli maxsulotlar kirib kelib,eksport-import balansini buzib yuboradi.Salbiy to‘lov balansi mamlakat axolisining faravonligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri salbiy ta’sir ko‘satadi.
Mamlakat iqtisodiyotiga aralashmaydigan davlatlar yo‘q xisobi.Eng rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotga eng ko‘p aralashadi.Ular shunga majburlar.Chunki axolining faravonligi ular qabul qiladigan qarorlarga bog‘liq.Xom-ashyoni arzon sotib olib,tayyor maxsulotni yuqori narxlarda sotish axolining to‘lov qobiliyatini pasaytirib,inflyatsiyani tezlashtiradi.Eng yomon tendensiya,xom-ashyoni arzon sotib olib,chala qayta ishlab,bozor narxidan arzon valyutaga eksport qilib,o‘ziga yetarli foyda olib,shu bilan qanoatlanib ,yurtga zarar yetkazish kasalligidir.Keyingi yillardagi eksport narxlarini diqqat bilan taxlil qilish bizda xam shunday tendensiyalar borligini tasdiqlaydi.Shu sababdan Yurtboshimiz chetga xom ashyo sotishni keskin taqiqlab qo‘ydi.Xom ashyolarni chuqur qayta ishlashga katta e’tibor berilayap ti.Biroq ichki bozorda xali xam asossiz yuqori narxlar uchraydi.
Bozor narxini boshqarish juda murakkab ish. Qonunlarda bozor narxlariga aralashish ko‘zda tutilmagan.Ayniqsa import maxsulotlar narxi,faqatgina bojxona to‘lovlari bilan boshqariladi,xolos.Tadbirkorlik yaxshi,ammo talab-taklifni izdan chiqarib yuborishgacha boradigan xatti xarakatlarni,o‘zimizga xos bo‘lgan yo‘llar bilan cheklashga extiyoj bor.Shunda talab va taklif o‘rtasida mutanosiblik bo‘ladi,deb xisoblaymiz.
Narx taklifini qanday qilib boshqarish mumkin? Bizning tadbirkorlar Xitoylik tadbirkorlarga o‘xshab arzon va sifatli maxsulotlar bilan dunyo bozorlarini egallash fikridan uzoqlar.Saudiya arabistonida bozorning 70% ini Xitoy tovarlari egallaganini ko‘rib turib xam xulosa qilishmaydi.Faqat o‘zimizga xos boshqaruvni qo‘llash bilangina bozor narxlariga ta’sir ko‘rsata olamiz xolos,degan fikrga keladi kishi.
Bizningcha, mamlakat ichkarisida yuqori foyda uchun soliq mexanizmidan foydalanishga to‘g‘ri keladi.Qishloq xo‘jaligi xom ashyolari uchun yuqori foyda meyori 25%,boshqa xamma tovarlar uchun foyda meyorini 20% etib belgilash kerak. Bu degani, 20%dan ortiq foyda olish mumkin emas degani emas.Mayli 150% foyda ko‘rishsin. Faqat 20%dan ortiq foydaning 80% ti budjet-umumxalq jamg‘armasiga undirib olib,ijtimoiy rivojlantirish maqsadlariga sarflanadi. Nega qishloq xo‘jaligi uchun 25% gacha meyor belgilanadi? Chunki kishloq xo‘jaligiga sarflangan pullar uzoq vaqt jarayonda band bo‘lib turadi.Aylanishi sekin.
Tovar(maxsulot, ish,xizmat)larning tannarxini bilish juda murakkabku? Sartarosh,gilam yuvuvchi,Repititor,tibbiy xizmat va boshqa shu kabi ko‘plab tovarlarning tannarxi tajriba-sinov labaratoriyalarida bir marta aniqlanib,keyincha pul kursi o‘zgarishiga ko‘ra yangilanib boraveradi.Go‘sht,sut,tuxim kabi tovarlarning tannarxi mintaqaviy sharoitlardan kelib chiqib xar oyda,tajriba xo‘jaliklaridagi ko‘rsatkichlar asosida yangilanib,e’lon qilib borilishi maqsadga muvofiq.Kiyimbosh,poyafzal,ro‘zg‘or buyumlari,avtomobil,turarjoy va boshqa tovarlar xam aloxida,xalqaro xisoblar tizimiga asoslanadigan buxgalteriya xisobi ma’lumotlari asosida aniqlab borilishi mumkin.Qisqasi statistika,xisobot qabul qilib oluvchilar va iqtisodiy nazorat organlari ish olib borishlariga to‘g‘ri keladi.Ular olib boradigan ishlar o‘zini qoplaydi.Tushum katta buladi.Albatta korrupsiya yo‘li bilan ma’lumotlarni soxtalashtirishga urinishlar xam bo‘ladi.Nazorat organlari bunday chetlashishlarga qarshi kurash tajribalariga egalar va bunday urinishlarning oldini olish katta qiyinchilik keltirib chiqarmaydi. Tannarx katta bo‘lsa foyda xam katta bo‘ladi.Tannarx katta bo‘lishi uchun xodimlarga to‘langan ish xaqini to‘liq ko‘rsatish kerak buladi.Yuqorida aytib o‘tilganidek,buxgalteriya xisobi tug‘ri,to‘liq yuritilishi ko‘p narsani oydinlashtiradi.
Qassob 1 kilogram go‘shtni 90 ming so‘mdan sotayapti.O‘sha xududdagi go‘shtning tannarxi 70 ming so‘m.Foyda 20ming so‘m.Foydalilik darajasi 20 : 70 =28,57%. MEyordan 3,57% qimmat sotayapti.Go‘shtning umumiy vazni 500 kg. Yuqori foyda summasini aniqlash uchun 20000 x 500 kg. = 10000000 sum.10000000: 28,57 x 3,57 Yukori foyda summasi 12495so‘m. Yuqori foyda solig‘i 12495 :100 x 80 =9996 so‘m. Qassobning qo‘lida qolgan meyordan ortiq foyda 2499 so‘m. Yuqori narx qo‘llab raqobatda yutqizayotgan qassob,tannarx ustiga 25% foyda qo‘yib tezroq o‘sha foydani qo‘lga kiritishga xarakat qiladi. Narx 70000 x 125 = 87500 ni tashkil etadi.
Yuqori foyda solig‘ini qo‘llashga yurtboshi o‘ylanib qoladi.Oliy Majlis xam tezda qaror qabul qilishi qiyin. Nima qilish kerak? Bizningcha masalani axoli muxokamasiga tashlash kerak. Ishlab chiqaruvchi xam iste’molchi xam fuqarolarimiz. Ularning qarorlariga quloq solishimizga to‘g‘ri keladi. Anashunda 2-3 baravar yuqori narx qo‘llash xollariga chek qo‘ya olamiz. Yuqori narxlarning keltiradigan zarari juda katta.Axolini keskin tabaqalanishiga olib boradi.Taqsimot izdan chiqadi.Soliqdan qochish avj oladi.Aslida korrupsiyaning boshida chayqovchilik turadi.Ijtimoiy soliq to‘lashdan qochib,xodimlarning mexnat daftarini yuritmaslik,ijtimoiy ximoyani izdan chiqaradi.Fuqarolarning keksalik davri uchun pensiya to‘lovi kafolatlanmaydi. Ayollar homiladorlik davrida daromadsiz qolishadi.
Yuqori foyda solig‘i talab va taklif o‘rtasida muvozant o‘rnatishga xizmat qiladi.Dunyo bozorlariga kirib borish uchun zamin xozirlaydi.Tadbirkorlik psixologiyasini yangi pog‘onaga ko‘tarishga xizmat qiladi.Ishlab chiqaruvchilar,10 dona tovarni 2 karra qimmat sotib 5 ming so‘m foyda topgandan ko‘ra,500 dona sifatli,arzon maxsulotni 15% foyda bilan tezda sotib 7,5 million so‘m foyda olish afzalligini tezroq tushunib olishadi.Xitoylik tadbirkorlar arzon,sifatli maxsulotni tezda ulgurji sotib ko‘p foyda olishayotgani bunga amaliy misoldir.Dunyodagi millionlab odamlar ularning tovarlarini sotish bilan ovoralar.Bu albatta ichki ishlab chiqarish ko‘lamlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Umarov O. Q. Xo‘jalik huquqi. “Farg‘ona” nashryoti, 2008 y. 148 b.
2. Umarov O.Q. Soliqlar va soliqqa tortish. “Farg‘ona” nashryoti, 2009 y. 162 b.
3. Umarov O.Q. Jumaqulov Z.I. va boshqalar. Buxgalteriya hisobi asoslari. Toshkent “Davr press”, 2010 y. 196 b.
4. Umarov O.Q. Mannopova M.S. Karimova D.O. Soliqlar va soliqqa tortish. Farg‘ona-2013 y. 143 b
5. Umarov O.Q. Jumaqulov Z.I. va boshqalar. Moliya va soliqlar. Farg‘ona-2014 y. 308 b.
6. Butabayev M.T. Umarov O.Q. va boshqalar. Makroiqtisodiyot. Farg‘ona-2019 y. 318 b.
7. Butabayev M.T. Umarov O.Q. i dr. Teoriya i praktika “zelyonoy” ekonomiki. Fergana-2019 g. 506 st
8. Umarov O.Q. Madaniyat va san’at muassasalari iqtisodiyoti. Farg‘ona-2022 y. 166 b.
9. Umarov O.Q. Soliqlar va soliqqa tortish noiqtisodiyot ta’lim yo‘nalishlarining talabalari uchun. Farg‘ona-2022 y. 76 b.
10. Umarov O.Q. Oila iqtisodiyotining mustahkamlik zahirasi. Farg‘ona- 2023 y. 162 b.
11. O.Umarov. Hududlarda iqtisodiy mustaxkamlik zahirasi yaratishning samaradorligi. Far DU ilmiy xabarlarini 2019 yil № 5-soni 61-63 betlar.
11. O.Umarov. D.Xakimov. Ekonomika i sotsium. №6 (73)-2020. 265-268 str. CONCEPT OF GUAPANTEE DEVOLEPMENT OF ENCLAVE TERRITORUES. www.iupr.ru
12. O.Umarov, O.Olimov Yerdan foydalanish samaradorligi. OBRAZOVANIYE I NAUKA V XXI VEKE. №26. 2022 goda.
13. O.Umarov, O.Olimov Fermer xo‘jaligining samaradorligi. OBRAZOVANIYE I NAUKA V XXI VEKE. №26. 2022 goda.

  1. Eminchayev B. O'ZBEKISTONDA ZAMONAVIY MAXSUS PEDAGOGIKANING HOZIRGI MUAMMOLARI //Евразийский журнал технологий и инноваций. – 2023. – Т. 1. – №. 5 Part 2. – С. 115-119.

  1. Eminchayev B. DEVELOPMENT TENDENCIES OF THE ECONOMY OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN //International Bulletin of Applied Science and Technology. – 2023. – Т. 3. – №. 5. – С. 751-754.

  2. Maxsud o‘g‘li B. M., Muxammadjonovich I. B. TA’LIM TIZIMIDA MOBIL ILOVALARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI //ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ. – 2023. – Т. 22. – №. 2. – С. 24-32.

  3. Ergashev R. N., Bakhramov M. M. TRANSPARENT CONDUCTIVE SN BASED //Horizon: Journal of Humanity and Artificial Intelligence. – 2023. – Т. 2. – №. 5. – С. 724-727.

  4. Maksud B. M., Mukhammadjonovich I. B. The Importance of Using Mobile Applications in the Educational System //Best Journal of Innovation in Science, Research and Development. – 2023. – Т. 2. – №. 5. – С. 247-253.

  5. Maxsud o‘g‘li B. M., Muxammadjonovich I. B. TA’LIM TIZIMIDA MOBIL ILOVALARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI //ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ. – 2023. – Т. 22. – №. 2. – С. 24-32.

  6. Akhmadalieva, M. (2023). WAYS OF INCREASE EFFICIENCY IN BUILDING MATERIALS ENTERPRISES. International Bulletin of Applied Science and Technology3(5), 755-760.

  7. Qodirovna, A. M., & Doniyor o'g'li, O. J. (2023). ASOSIY IQTISODIYOT MUAMMOLARINI YECHISHDA O ‘ZBEKISTON INFRATUZILMASIGA INVESTITSIYALARNING O ‘RNI. Gospodarka i Innowacje.34, 21-27.

  8. Qodirovna, A. M., & Doniyor o'g'li, O. J. (2023). ASOSIY IQTISODIYOT MUAMMOLARINI YECHISHDA O ‘ZBEKISTON INFRATUZILMASIGA INVESTITSIYALARNING O ‘RNI. Gospodarka i Innowacje.34, 21-27.




Yüklə 4,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə