Sirtqi bo`lim ta'lim sohasidagi tadqiqotlar va innovatsiyalar


Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati



Yüklə 4,07 Mb.
səhifə6/182
tarix01.10.2023
ölçüsü4,07 Mb.
#125125
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   182
to\'plam tayyor

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

  1. Ёрматов, И. Т. (2022). Роль малых предприятий и частных предпринимателей в развитии экономики Узбекистана. Barqarorlik va yetakchi tadqiqotlar onlayn ilmiy jurnali, 2(10), 332-339.

  2. Toshmatovich, Y. I. (2022). The Role of Small Business in Ensuring Employment of the Population. Eurasian Journal of History, Geography and Economics, 14, 31-34.

  3. Ganiyevich, Y. V. (2022). MAHSULOT BOZORINI KENGAYTIRISH KORXONANING FOYDASINI OSHIRISH MUHIM OMILI.

  4. Якубов, В. Г. (2022). Сбыта Продукции Является Важным Фактором Увеличения Прибыли Компаний. Central Asian Journal of Theoretical and Applied Science, 3(5), 49-55.

  5. Tohirovich, Q. N., & Ibroximovna, N. I. (2022). RAQAMLI IQTISODIYOTDA EKSPORT VA IMPORTNI SOLIQQA TORTISH XUSUSIYATLARI. Архив научных исследований, 5(5).


MEHNAT BOZORINI PROGNOZLASHTIRISHDA IMITATSION MODELLASHTIRISH IMKONIYATLARIDAN FOYDALANISH



Tashpulatov Aybek,
Fargʻona politexnika instituti,
“Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi, i.f.d., dotsent,
e-mail: a.tashpulatov@ferpi.uz, + 998 94 497 60 51


Annotatsiya. Maqolada mintaqadagi qishloq mehnat bozori parametrlarini prognozlashni imitatsion modellashtirish yordamida aniqlashning dolzarb masalalari tadqiq etilgan. Modellashtirishning asosiy bosqicchlari, prognozlashning turli xil variantlari bilan viloyat iqtisodiyoti tarmoqlari bo’yicha qishloq aholisning umumiy ish bilan ta’minlanish ko’rsatkichlari aniqlangan.
Kalit so’zlar: mehnat bozori, talab va mehnat taklifi, qishloq joylarda aholi bandligi, prognozlash, imitatsion modellashtirish.

Iqtisodiyotni raqamlashtirish va davlat boshqaruvini transformatsiyalash sharoitida respublikada mehnat resurslari va ishchi kuchi salohiyatidan samarali foydalanish mehnat bozorining holati va dinamikasini ifodalovchi ko’rsatkichlarning holati va dinamikasini tizimli ravishda tadqiq etishni taqozo etadi. Bunda, respublika va uning hududlaridagi ishchi kuchining kasb va malakaga ega bo’lishi uchun zarur bo’lgan ta’lim xizmatlari bozori bilan bir qatorda mutaxassisliklar kesimida ishchi kuchiga talabni shakllantiruvchi xo’jalik sub’ektlaridagi mavjud va istiqboldagi ish o’rinlari, ortiqcha ishchi kuchi va migratsion oqimlarni ifodalovchi ishonchli ma’lumotlarni aniqlash dolzarb masalalardan bo’lib hisoblanadi.


Mehnat bozorini samarali rivojlanishini imitatsion modellashtirishning maqsadi alohida olingan hudud miqyosidagi mavjud mehnat salohiyatidan to’liq foydalanish asosida yalpi hududiy maqhsulotning o’sishiga erishish hisoblanadi. Ma’lumki, imitatsion modellashtirish o’rganilayotgan tizimning istiqboldagi holatini ifodalovchi ko’rsatkichlarni matematik model yordamida o’tkaziladigan ko’p variantli hisob-kitoblar asosida aniqlash imkoniyatini yaratadi.
Imitatsion modellashtirishda ob’ektning tashqi va ichki omillarini hisobga olish, ular o’rtasidagi o’zaro matematik bog’liqligini aniqlash zarur bo’ladi. Ichki omillar sifatida investitsiyalar va kreditlash hajmini aholi bandligining to’rtta sektori kesimida tadqiq etish tavsiya etiladi: qayta ishlash, qishloq xo’jaligi, xizmat va shaxsiy mehnat sektorlari.
Hududlar miqyosida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning u yoki bu yo’nalishini imitatsion modellashtirishning nazariy-uslubiy masalalari rivojlangan va MDH mamlakatlari olimlarining ilmiy ishlarida bayon etilgan 1, 2. Muhim iqtisodiy resurs hisoblangan inson kapitali va uning istiqboldagi paramerlarini imitatsion modellashtirishga qaratilgan izlanishlarda bevosita qishloq mehnat bozorini alohida tizim sifatida maqsadli tadqiq etish masalalari o’z aksini topmagan 3.
Jumladan, tadqiqotchi Xavinson M. hudud miqyosida aholining bandlik, ishsizlik va iqtisodiy nofaol aholi dinamikasi modellashtirishda o’zaro juftlik bog’lanish tamoyilini qo’llashni taklif etgan. Bunda bandlar soni va iqtisodiy nofaol aholi soni hamda ishsizlar soni bilan iqtisodiy nofaol aholi soni alohida-alohida o’zaro bog’lanishda miqdoriy baholangan [4].
Gorelova G. va Mandelь M. tomonidan mehnat bozoridagi ishsizlik va keskinlikni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishda imitatsion modellashtirishning o’rni va ahamiyati bilan bir qatorda mazkur bozorni tadqiq etishda imitatsion modellashtirish tarkibiga kiruvchi kognitiv modellashtirish, tizimli dinamika usullari va agentli modellashtirishdan foydalanish imkoniyatilari tadqiq etilgan [5].
Garmaev A. B. va Loseva A. Yu. esa Rossiya Federatsiyasining alohida olingan hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda imitatsion modellashtirish va prognozlashtirish metodologiyasini tadqiq etish, uning tarkibida hududiy mehnat bozorini alohida segment sifatida baholashni taklif etgan. Bunda mehnat resurslari va aholining bandlik ko’rsatkichlari ikkita belgi, ya’ni jinsiy tarkibi va ma’lumoti asosida prognozlash uslubiyoti taklif etilgan [6].
Mamlakatimizda qishloq mehnat bozori ko’rsatkichlarini mazkur modellashtirish yordamida aniqlash shakllanish bosqichida sifatida baholash mumkin. Mehnat bozori va uning segmentlarini imitatsion modellashtirish masalalari dastlab professor Xolmuminov Sh.R.ning 7 ilmiy tadqiqotlarida batafsil o’z ifodasini topgan. Mazkur tadqiqotlarda qishloq mehnat bozorini imitatsion modellashtirish bosqichma-bosqich beshta blok yordamida amalga oshirilishi ko’rsatib o’tilgan: bozorning tarkibiy tuzilishini rivojlanishi modellari; ishchi kuchi taklifining modellari; ishchi kuchiga talab modellari; ishchi kuchiga talab va taklifning ratsional nisbati modellari hamda mehnat bozori infratuzilmasining imitatsion modellari.
Mehnat bozori ko’rsatkichlarini prognozlashtirishda imitatsion modellashtirishning maqbul bo’lgan yondoshuvi va uslubiyotini qo’llagan holda ta’sir etuvchi omillarni sifatida hudud miqyosida aholining tug’ilishi va iqtisodiy rivojlanish ko’rsatkichlaridan foydalanish tavsiya etiladi. Imitatsion modelni boshqarish prognoz qilinayotgan davr uchun ekspert usulida aniqlangan quyidagi ko’rsatkichlar orqali amalga oshiriladi: qishloq aholisining tabiiy o’sish sur’ati (o’tgan yillarga nisbatan foizda); mehnatga layoqatli aholini o’sish su’rati, foizda; investitsiyalar umumiy qiymatini o’sish sur’ati (foizda); mehnat unumdorligini o’sish sur’ati (foizda); yalpi hududiy mahsulotni o’sish sur’ati (foizda).
Mazkur stsenariy ko’rsatkichlarining istiqboldagi parametrlari orqali qishloq joylaridagi aholining ish bilan band bo’lganlar soni va yalpi hududiy mahsulotning umumiy hajmi aniqlanadi.
1-stsenariy –“Tabiiy o’sish”. Dastlab mazkur holatda ma’lum bir vaqtdagi doimiy qishloq aholisi soni   bilan hudud iqtisodiyotida band bo’lganlar soni   o’rtasidagi o’zaro korrelyatsion bog’lanish aniqlanadi:
 ,
bunda:
    1-stsenariy bo’yicha band bo’lgan qishloq aholisi soni, ming kishi;
  doimiy qishloq aholisi, ming kishi;
  eksponentsial teksilash usuli yordamida aniqlanadigan koeffitsient:
 ,
bunda   – 0 dan 1 gacha bo’lgan qiymatga ega bo’lgan koeffitsient.
2-stsenariy –“Iqtisodiy o’sish”. Hududiy iqtisodiyotda mehnat unumdorligi asosiy kapitalga yo’naltirilgan investitsiyalar va kreditlar hajmiga mutanosib ravishda o’zgaradi, ya’ni
 ,
bunda:       –davrda asosiy kapitalga kiritilgan investitsiya va kreditlar hajmi, mlrd. so’m;
 regession tahlil natijasida aniqlanadigan koeffitsientlar.
Mazkur stsenariy qishloq hududidagi aholiniing iqtisodiyot sektorlari bo’yicha bandligi quyidagicha aniqlanadi:
 ,
bunda:       –yilda 2-stsenariy bo’yicha iqtisodiyot sektorlarida band bo’lgan qishloq aholisi soni, ming kishi;
3-stsenariy –“mutanosib o’sish”. Dastlabki stsenariylar asosida aniqlangan ma’lumotlar teng nisbatda olinadi, ya’ni:

Rasmiy statistik ma’lumotlar asosida Farg’ona viloyatidagi qishloq aholisning 2009-2021 yillardagi ma’lumotlari asosida bajarilgan hisob-kitoblar natijasida trend va regression modellari yordamida qishloq mehnat bozori parametrlarini imitatsion modellashtirish natijalari aniqlandi.
Pirovard natijada prognozlashtirilayotgan t–yilda qishloq joylardagi aholining iqtisodiyot tarmoqlarida bandlik ko’rsatkichlari hisob-kitob qilinadi. Tadqiqotlar davomida yuqorida keltirilgan imitatsion modellashtirishning 3 ta stsenariysi asosida qishloq mehnat bozorining 2022-2025 yillar uchun prognoz ko’rsatkichlari “Tabiiy o’sish”, “Iqtisodiy o’sish” va “Mutanosib o’sish” variantlari yordamida hisob-kitob qilindi (1-jadval).

Yüklə 4,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə