Sirtqi bo`lim ta'lim sohasidagi tadqiqotlar va innovatsiyalar



Yüklə 4,07 Mb.
səhifə8/182
tarix01.10.2023
ölçüsü4,07 Mb.
#125125
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   182
to\'plam tayyor

Kalit soʻzlar: qoʻshimcha savdo xizmati, betakror servis, raqobatbardoshlik, isteʼmol qiymati, mijozlarga yoʻnaltirilganlik, servis landshafti.

Mamlakatimizda chakana savdoning rivojlanishi bilan bir qatorda isteʼmolchi xulq-atvorining oʻzgarishi, xaridorlar tomonidan tovarlarning sifati va assortimentiga hamda koʻrsatilayotgan savdo xizmatlariga boʻlgan talabining tobora ortib borish tendensiyasi kuzatilmoqda. Bunday sharoitda xaridorlarga qoʻshimcha savdo xizmatlarini taklif etish orqali koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va takroriy xaridini ragʻbatlantirish chakana savdo raqobatbardoshligini oshirishning zamonaviy yoʻnalishlaridan biri sifatida namoyon boʻladi.


Ilgʻor mamlakatlar va savdo korxonalari amaliyotida qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish asosida chakana savdo raqobatbardoshligini taʼminlash tobora ommalashib bormoqda. Ayniqsa, tovarlarni onlayn xarid qilish imkoniyatini oshirish, interaktiv vitrina va savdo zallari, innovatsion merchendayzing bugungi kun talabiga aylangan. Shu bilan birga mamlakatimizda, jumladan Fargʻona viloyatida ham chakana savdoda marketing amaliyotining zaifligi [2], isteʼmolchilar xulq-atvorining tadqiq etilmayotganligi, zamonaviy xizmat turlarini kengaytirish asosida raqobatbardoshlikni taʼminlashga yetarlicha eʼtibor qaratilmasdan kelinmoqda.
Yuqoridagilarga asoslangan holda taʼkidlash joizki, chakana savdoni zamonaviy darajada tashkil qilish va xaridorlarga qoʻshimcha xizmat turlarini taklif etish orqali savdo korxonasining raqobatbardoshligini oshirish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
Bugungi kunda jamiyatimizning iqtisodiy jabhalarida roʻy berayotgan oʻzgarishlar, tashqi muhitning oʻzgaruvchanligi va noaniqligi bilan izohlanuvchi makroiqtisodiy cheklangan sharoitda iqtisodiy subyektlar raqobatbardoshligini oshirish yanada dolzarb vazifalardan biriga aylanib bormoqda. Bu avvalo innovatsion xizmat turlari (konsalting, internet, kompyuter xizmatlari)ning paydo boʻlishi, sotishning ilgʻor usullari(onlayn sotuvlar, merchendayzing)ning qoʻllanilishi bilan ham bogʻliqdir [3].
Bunday sharoitlarda chakana savdo xizmatlari ham tovarlarni xaridorlarga qulay shart-sharoitlarda sotishni yoʻlga qoʻyishlari, savdo zallarida merchendayzingning ilgʻor usullarini joriy etishni koʻzda tutishlari lozim. Bu oʻz navbatida yangi qoʻshimcha xizmat turlarini koʻrsatish orqali savdo korxonasining raqobatbardoshligini oshirishga yordam beradi.
Shunday qilib, savdo korxonalari tomonidan qoʻshimcha xizmat turlarini taklif etish asosida savdo xizmatlarini yuqori darajada tashkil qilish, xaridorlarga sotilayotgan tovarlarga muvofiq keluvchi kutilgan darajadagi servisni taqdim etish lozim boʻladi.
Qoʻshimcha savdo xizmatlari savdo zalini tashkil qilish, tovar tanlovini muvofiqlashtirish, xaridorlarga qoʻshimcha axborot berish, xarid jarayonida koʻmaklashish, sempling va sinoq marketingi, merchendayzing va hisob-kitob jarayonini takomillashtirish bilan bogʻliq xizmatlar majmuidan iboratdir. Qoʻshimcha savdo servisi tovarlarning xaridorlar tomonidan anglanishiga, isteʼmol qiymatining ortishiga hamda xarid imkoniyatining ortishiga olib keladi.
Xaridor tomonidan zarur boʻlgan tovarni tanlash va xarid qilish masalasi koʻrib chiqilar ekan, bu jarayonga taalluqli boʻlgan bir qator jihatlarga toʻxtalib oʻtishimiz joiz [4]. Birinchidan, xaridor muayyan ehtiyojini qondirishi mumkin boʻlgan tovarni tanlar ekan, avvalo tovarning muayyan isteʼmol xossalarining ehtiyojiga mos kelish darajasini hisobga oladi. Yaʼni, u oʻzining mavjud usul va vositalari yordamida tovarlarning qaysi biri koʻproq isteʼmolchi samarasini berish darajasini baholaydi va shu boʻyicha ularni oʻzaro taqqoslaydi. Ikkinchidan, xaridor tomonidan tovarning isteʼmol xossalari baholanayotganda sotuvchilar tomonidan tovarning tayyorlanishi va yetkazib berilishi uchun ketgan mehnat sarfi uni umuman qiziqtirmaydi. Chunki, xaridorni xarid chogʻida tovarning oʻzi emas, balki undagi ehtiyojni boshqa substitutlarga (raqib tovarlarga) nisbatan yuqori darajada qondira olish xususiyati qiziqtiradi.
Savdo xizmatlari ham sezilmasligi, saqlanmasligi, sifatning doimiy emasligi, servisning ajratib boʻlmasligi kabi xususiyatlarga egadir. Chakana savdoda qoʻshimcha savdo xizmatlarining oʻziga xosligi ham aynan xaridor tomonidan xarid qilinayotgan tovardan ajralmasligi bilan izohlanadi.
Savdo xizmatining birlamchi isteʼmol qiymati tovarni sotish jarayonida mos keluvchi xizmatlarni oʻz ichiga olib, xizmat koʻrsatishning eng quyi talabi hisoblanadi. Masalan, tovarlarni sotish jarayonida turli oʻramlarda yoki qoʻshimcha qadoqlangan holda taqdim etish.
Savdo xizmatining kutilayotgan isteʼmol qiymati xaridorlarning individual talablaridan kelib chiqqan holda qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish hisoblanadi. Masalan, katta hajmdagi xaridlar uchun savdo telejkasi, xaridor savatchasidan foydalanish.
Savdo xizmatlarining qoʻshimcha isteʼmol qiymati isteʼmolchilarga yoʻnaltirilganlik tamoyili asosida xaridorlarga yuqori darajadagi servis xizmati koʻrsatish, xarid jarayonini soddalashtirish kabilarni oʻz ichiga oladi.
Savdo xizmatlarining potensial isteʼmol qiymati mijozlar bilan doimiy aloqani yoʻlga qoʻyishga, betakror servisni ragʻbatlantirishga, isteʼmolchilarning takroriy tashrifini ragʻbatlantirishga qaratiladi. Masalan, yosh bolali xaridorlarga bolalar maydonchasi, kutish zallari, sempling va degustasiya joylarini tashkil qilish.
Bizning fikrimizcha savdo korxonalari raqobatbardoshligini oshirishda koʻrsatilayotgan xizmat turlarini raqobatbardoshlik nuqtai nazaridan tasniflash, mijozlarga betakror servis xizmati koʻrsatish imkonini beradigan hamda shu orqali raqobat ustunligini taʼminlash maqsadga muvofiq.
Fikrimizcha, savdo xizmatlarining taklif qilinayotgan tasnifi xaridorlarga qoʻshimcha savdo xizmatlari koʻrsatishda muhim ahamiyatga ega boʻlib, savdo korxonasi raqobatbardoshligini oshirishda yangicha yondashish imkonini beradi. Taʼkidlash joizki, xizmat koʻrsatishning isteʼmolchilarga yoʻnaltirilganlik tamoyiliga oʻtish orqali savdo xizmatlari koʻrsatish xaridorlar va mijozlar ishtirokini pullik yoki bepul koʻrsatiladigan xizmatlar kesimida yanada kengaytirish yoki eng maqbul darajada cheklash imkonini beradi. Tadqiqotlarimiz shuni koʻrsatdiki, Samarqand viloyatida savdo korxonalari tomonidan koʻrsatilayotgan xizmat turlari turli shart- sharoitlar, masalan, doʻkonlarning ixtisoslashuvi, joylashuvi, mijozlar auditoriyasi va chakana savdo strategiyasiga bogʻliq ekan.
Savdo korxonalari tomonidan koʻrsatiladigan qoʻshimcha xizmat turlari tizimli xarakterga ega boʻlgan holda isteʼmolchilar, bozor va savdo korxonasini yaxlit qamrab olish imkonini beradi. Bu birinchidan, xaridorlarning turli talab va xohishlarini eʼtiborga olish, tovarlarni ayirboshlash va isteʼmol jarayonlarining uygʻunlashuviga erishish hamda xaridorlar va savdo korxonasi oʻrtasida uzviy aloqadorlikning taʼminlanishiga imkon beradi. Ikkinchidan, koʻrsatilayotgan savdo xizmatlarining isteʼmolchilarga yoki savdo korxonasiga yoʻnalganligini aniq tasvirlash imkoni beradi.
Xulosa va takliflar. Savdo xizmatlarini takomillashtirish asosida savdo korxonalari raqobatbardoshligini oshirishda quyidagi ilmiy takliflardan foydalanishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz:
– chakana savdoni zamonaviy darajada tashkil qilish va xaridorlarga qoʻshimcha xizmat turlarini taklif etish orqali savdo korxonasining raqobatbardoshligini oshirish mumkin;
– qoʻshimcha savdo servisi tovarlarning xaridorlar tomonidan anglanishiga, isteʼmol qiymatining ortishiga hamda xarid imkoniyatining ortishiga olib keladi;
– savdo korxonalari raqobatbardoshligini oshirishda koʻrsatilayotgan xizmat turlarini raqobatbardoshlik nuqtai nazaridan tasniflash mijozlarga betakror servis xizmati koʻrsatish imkonini beradigan hamda shu orqali raqobat ustunligini taʼminlash imkonini beradi;



Yüklə 4,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə