Sirtqi bo`lim ta'lim sohasidagi tadqiqotlar va innovatsiyalar


Foydalanilgan adabiyotlar



Yüklə 4,07 Mb.
səhifə16/182
tarix01.10.2023
ölçüsü4,07 Mb.
#125125
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   182
to\'plam tayyor

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Tursunov, O. (2023). TRANSPORT XIZMATLARINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHINING NAZARIY ASOSLARI. Eurasian Journal of Academic Research3(1 Part 2), 170-175.

  2. Турсунов, О. (2023). МИНТАҚАВИЙ ТРАНСПОРТ ИНФРАТУЗИЛМАСИНИ СТРАТЕГИК БОШҚАРУВ МЕХАНИЗМИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ. Research Focus2(2), 46-53.

  3. Umarov, O. Q., & Tursunov, O. B. (2023). Socio-Economic Effectiveness of State Leadership. Web of Synergy: International Interdisciplinary Research Journal2(3), 97-101.

  4. Умаров, О. Қ., & Турсунов, О. Б. (2023). Миллий боғ ва хиёбонлардан фойдаланишнинг иқтисодий самарадорлиги. BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI3(4), 389-393.



MOLIYA BOZORINI YANADA RIVOJLANTIRISHNING
DOLZARB MUAMMOLARI VA ISTIQBOLLARI
Gaybullayeva Gulbaxor Maxmudovna
Farg‘ona politexnika instituti, asistent.
Komiljonov Dilyorbek Shavkatzoda
FarPI, iqtisodiyot yo‘nalishi talabasi


Moliya bozori bo‘sh mablag‘larni safarbar etib, ularni moliyaviy resurslarga, aholi qo‘lidagi harakatsiz pulni daromad keltiruvchi manbaga aylantirilishidir. Depozitlar, veksellar, valyuta, aksiya, obligatsiya, derivativ (hosilaviy qimmatli qog‘ozlar) va sug‘urta bozorlarini o‘z ichiga oladigan moliya bozori odatda iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Moliya bozorini taraqqiy toptirish, raqobat muhitini yaxshilash, moliyaviy boshqaruvning yangi turlarini qo‘llashga ko‘maklashish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarga investitsiyalarni jalb qilish bilan birga qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish orqali ijtimoiy muammolarni ham hal etishga xizmat qiladi.
Jahon moliya bozori elementlari tarixan feodalizm davridayoq rivojlana boshlagan. Tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi va qimmatli qog‘ozlarning paydo bo‘lishi bilan kapital bozori shakllangan.
Tarixan xalqaro sahnada ikkita asosiy model shakllangan bo‘lib bular:
Birinchi model, Kontinental model – bank tomonidan moliyalashtirishga yo‘naltirilgan moliyaviy tizim bo‘lib, qimmatli qog’ozlar oz sonli aksiyadorlarga e’lon qilinib, aksiyadorlarning eng yuqori kapitalga e’tibor qaratiladi.
Ikkimchi model, Anglo-Amerikancha model – qimmatli qog‘ozlar bozoroga va institutsional investorlar tizimiga (sug‘urta kompaniyalari, investitsiyalar va pensiya jamg‘armalari) qaratilgan moliyaviy tizim. Ushbu model aksiyalarni ommaviy joylashtirishga yo‘naltirilganligi va continental modelga nisbatan hajmi jihatidan ancha katta bo‘lgan ikkilamchi bozorning yuqori darajada rivojlanishi bilan tavsiflanadi.[1]
Tarixan ko‘rinib turibdiki, moliya bozori bu obligatsiya, aksiya, valyuta va boshqa aktivlarni sotish va sotib olish bilab bog‘liq imkoniyatlarni beruvchi bozordir. Oddiy qilib aytganda, biznes va investorlar o‘z bizneslarini rivojlantirish uchun pul yig‘ish va shunga muvofiq ko‘proq daromad olish maqsadida moliyaviy bozorga borishlari mumkin.
Bugungi kunda mamlakatimiz moliya bozorida xalqaro modellar keng tadqiq etilganligiga qaramasdan, mazkur ilmiy va amaliy tajriba mamlakatimiz iqtisodiyoti real sektorida amalda sust qo‘llanilmoqda. Oqibatda aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatida korporativ boshqaruv shartlari yetarlicha bajarilmayapti. Moliya bozori likvidliligi talabdagidek emasligi ikkilamchi bozor samaradorligining mavjud holati aholi va qimmatli qog‘ozlar bozori boshqa ishtirokchilarining moliya bozoridagi faoliyatini susaytirmoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy tushunchalarni mohiyatini olimlar, ekspertlar tomonidan tortishuvlar, ilmiy-nazariy jihatdan qarashlar, o‘sha davr g‘oyalari bilan uyg‘unlashgan, uni bajaradigan funksiyalari, tamoyillari, o‘ziga xos xususiyatlari, xarakterli tomonlari, bozor segmentlari orqali hamda ularning ishtirokchilari o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar nuqtai nazaridan yanada chuqurroq ilmiy asoslab berish takomillashib bir tizimga keltirilmoqda, zamon talablari va fundamental omillarga mos holda u ilmiy jihatdan asoslangan holda rivojlantirib borilmoqda. Xususan, xalqaro moliya bozorining iqtisodiy mohiyatini turli davrlarda yashab o‘tgan iqtisodchi olimlar tomonidan turli xil g‘oyalari orqali nazariyalar yaratilgan. Lekin, har bir iqtisodiy kategoriyalar doimiy ravishda zamonaviy omillar asosida takomillashib boradi. Xalqaro moliya bozori ham hozirgi kunda qo‘shimcha tarzda noan’anaviy zamonaviy yangi va xilma-xil funksiyalarni bajarmoqda. Shu nuqtai nazardan uning iqtisodiy mohiyatini bir nechta iqtisodchi olimlarning nazariy ilmiy qarashlarini, hozirgi zamonaviy omillarni va boshqa o‘ziga xos tomonlarini hisobga olgan holda chuqurroq o‘rganib chiqish mavzuning dolzarbligini bildiradi.[2]
Turli mualliflar xalqaro moliya bozori atamasini bir xilda izohlamaydilar. Ko‘pincha ushbu tushunchadan ko‘plikda: xalqaro moliya bozorlari ko‘rinishida foydalaniladi. Bundan tashqari, xalqaro moliya bozorini jahon ssuda kapitali bozori tushunchasiga o‘xshatish uchrab turadi. Xalqaro moliya bozori atamasining turli izohlardagi qat’iy farqi uning keng yoki tor ma’nodagi izohi hisoblanadi. Bunda keng yoki tor ma’nodagi izohi ham turlicha tushuniladi. Masalan, taniqli olim L.N.Krasavinaning qayd etishicha, “Xalqaro moliya bozorlari keng ma’noda –mamlakatlar orasida pulli kapitallarning akkumulyatsiyasi va qayta taqsimotini ta’minlovchi bozor munosabatlari sohasidir. Mohiyatan, bu tushuncha xalqaro moliya bitimlari shartlarini belgilovchi uning ishtirokchilari manfaatlarining o‘zaro ta’sirini anglatadi. Xalqaro moliya bozori tor ma’noda fond bozori, ya’ni qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar bozoridir”. Shuningdek, Krasavina xalqaro moliya bozorlari tuzilmasini milliy hamda xalqaro darajadagi ishtirokchilar bilan o‘zaro bog‘liqlikda taqdim etgan.[3]
Mamlakatimizda iqtisodiyotning real sektori va moliya bozoridagi uzilishlar sababli korxonalarga investitsiya mablag‘larini jalb qilish uchun moliya bozorining zamonaviy vositalaridan foydalanishda qiyinchiliklarga duch kelinyapti. Uy xo‘jaliklarining moliya bozoriga kirib borishi orqali ularning korporativ qimmatli qog‘ozlar bozoridagi salmog‘ini oshirish masalasi yechimini kutayotgan dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda.
Bundan tashqari, kreditlash, jamg‘arma-depozit, pul o‘tkazmalari, hisob-kassa amaliyoti, sug‘urtalash, inkassatsiya, moliyaviy kafolatlash va valyuta oldi-sotdisi kabi moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish yurtimizda lozim darajada, yoinki, xalqaro standartlar asosida yo‘lga qo‘yilmagan. Iqtisodiy rivojlangan davlatlar tajribasida keng qo‘llaniladigan birja, lizing, reytinglash, qayta sug‘urtalash, brokerlik, mulkni baholash, moliyaviy maslahat berish, moliyaviy resurslarni ishonchli boshqarish kabi xizmatlarni ko‘rsatish kutilgan natijalarni bermayapti.[4]
Sohada hali natijaviy yondashuvni kutayotgan, ayniqsa, qonunchilikdagi takomilga muhtoj bo‘lgan normalar talaygina. Ayniqsa, korporativ boshqaruv va moliya sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash, aholining moliyaviy savodxonligini oshirish, qimmatli qog‘ozlarni sotish orqali jismoniy va yuridik shaxslarning bo‘sh pul mablag‘larini mamlakat iqtisodiyotiga jalb etish bo‘yicha ishlarni yanada jonlantirish lozim. Chunki bu kamchiliklar moliya bozori va xizmatlarini rivojlantirish bilan bog‘liq dasturlar ijrosi samaradorligini oshirish, iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga salbiy ta’sir ko‘rsatyapti. Buning uchun bir necha yangi qonunlar qabul qilinishi zarur,deb hisoblaymiz.[5]
Moliya bozorini rivojlantirish va uning tartib-taomillarini soddalashtirish, investorlar hamda fond bozorining boshqa ishtirokchilariga qulay shart-sharoit yaratish maqsadida “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” va “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi qonunlariga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini qabul qilindi.[6]
O‘zbekiston zamonaviy moliya bozorini rivojlantirish uchun katta salohiyatga ega mamlakat. Uning investitsiya resurslarini yanada ochiqroq taqdim etish, banklarning jozibadorligini oshirish va aholi o‘rtasida aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatida ishtirok etishga ishonch uyg‘otish – moliya bozorining kelgusidagi istiqbolini ta’minlaydi. Bugun moliya bozori kechagidan farq qiladi. Mulkdor bo‘lish uchun imkoniyatlar juda ko‘p. Bu borada aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini yanada kuchaytirish orqali moliya bozorlarining jadal sur’atlar bilan rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish mumkin.
Amaldagi qonun hujjatlariga moliya bozori va xizmatlarini rivojlantirish, fond birjasi mexanizmlarini takomillashtirish hamda davlat qisqa muddatli qimmatli qog‘ozlarni chiqarish bilan bog‘liq o‘zgartishlar kiritilsa, maqsadga muvofiq bo'ladi deb hisoblaymiz.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Красавиной Л.Н. Международные валютно-кредитные и финансовые отношения. –М.: Финансы и статистика, 2007. –С.289.
2. Михайлов Д.М. Мировой финансовый рынок: тенденции и инструменты. –М.: Издательство «Экзамен», 2000. –С.150.
3. Авдокушин Е.Ф. Международные экономические отношения. – М.: Маркетинг, 2003.
4. Слепова В.А., Звоновой Е.А. Международный финансовый рынок. – М.: Магистр, 2009.
5. Xojimatov R.X. Xalqaro moliyabozori: nazariy qarashlar va umumiy tavsif. “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. No 3, may-iyun, 2015-yil.
6. Shermatov.G‘.G‘. Moliyaviy globallashuv sharoitida moliya bozorining rivojlanish tebdensiyalari. “Science and education”. №4. 2023y.
7. Dilshodaxon Eshmuhammadovna Safarova, & Gulbahor Mahmudovna Gaybullayeva (2021). TO’QIMACHILIK KORXONALARI FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHDA MOLIYAVIY RESURSLARDAN FOYDALANISH YO’LLARI. Scientific progress, 2 (2), 1295-1300.
8. Dilshodaxon Eshmuhammadovna Safarova, & Gulbahor Mahmudovna Gaybullayeva (2021). O’zbekistonda to’qimachilik korxonalarini rivojlantirishda davlat dasturlaridan foydalanish yo’nalishlari. Science and Education, 2 (6), 676-682.

  1. Eminchayev B. O'ZBEKISTONDA ZAMONAVIY MAXSUS PEDAGOGIKANING HOZIRGI MUAMMOLARI //Евразийский журнал технологий и инноваций. – 2023. – Т. 1. – №. 5 Part 2. – С. 115-119.

  2. Eminchayev B. DEVELOPMENT TENDENCIES OF THE ECONOMY OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN //International Bulletin of Applied Science and Technology. – 2023. – Т. 3. – №. 5. – С. 751-754.


Yüklə 4,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə