Sirtqi bo`lim ta'lim sohasidagi tadqiqotlar va innovatsiyalar


SANOAT KORXONALARINI KREDITLASH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI



Yüklə 4,07 Mb.
səhifə19/182
tarix01.10.2023
ölçüsü4,07 Mb.
#125125
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   182
to\'plam tayyor

SANOAT KORXONALARINI KREDITLASH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI


Mirzayev Ravshanjon Burxonovich
Farg‘ona davlat universiteti o‘qituvchisi
ravshanbekmirzyev1975@gmail.com
Mamanova Xurshida 20-43 gurux talabasi


Kalit so‘zlar: sanoat korxonalari, kreditlash mexanizmi, tijorat banklar, moliyaviy munosabatlar, to‘lov qobilyati.
Ключевые слова: промышленные предприятия, механизм кредитования, коммерческие банки, финансовые отношения, платежеспособность.
Key words: industrial enterprises, lending mechanism, commercial banks, financial relations, solvency.

Milliy iqtisodiyotimizning yetakchi tarmog‘i xisoblangan sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni uzluksizligini ta’minlash, faoliyatni kengaytirishda moliyaviy resurslarning ta’minlanganligi katta axamiyatga ega. Tijorat banklari tomonidan ajratilayotgan kreditlar sanoat korxonalarining joriy va investitsion xarajatlarini moliyalashtirishning muxim manbai xisoblanadi. Sanoat tarmoqlari korxonalarining rivojlanishini jadal su’ratlari tarakkiy etishning davom etishi bu soxani muntazam ravishda moliya manbalari bilan sarmoya maksadlari va aylanma mablaglar extiyojlarini kondirish maksadalarida taminlab borishdir. Sanoat korxonalarini tijorat banklari kreditlaridan foydalanish darajasini oshirish bevosita kreditlarning foiz stavkasiga boglik. Buning sababi shundaki, foiz stavkasi kreditning baxosi xisoblanadi. Shu sababli, foiz stavkasi kanchalik yukori bulsa, sanoat korxonalarining bank kreditlaridan foydalanish imkoniyati shunchalik past buladi.


Xozirgi paytda sanoatlashtirishda va kichik tadbirkorlik subyektlarining tijorat muassalaridan kredit olishida garov taminotining yetishmasligi yoki yo‘qligi dolzarb masala bulib kolmokda. Kredit tashkilotlarining sanoat soxalariga moliyaviy mablag‘lar takdim etmasligining asosiy sabablaridan biri va shuning barobaridan uni olish masalasi sanoatlashtishga takdim etilgan kreditning o‘z vaktida qaytara olmasligi bilan bog‘liq. Sanoat korxonalarini kreditlashni kengaytirish makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolishning zaruriy shartlaridan biri sifatida e’tirof etilgan.
Pul okimi bekor bulgan va yukori likvidli garov obyektlariga ega bo‘lmagan sanoat korxonalariga berilgan kreditlarning risk darajasini pasaytirish maksadida ularning asosiy ishlab chikarish faoliyati uchun zarur bulgan xom-ashyolarni kreditning garov taminoti sifatida qabul kilishi lozim va korxona xar oyning belgilangan sanasida garov sifatida qabul kilingan xom-ashyoni yetarli mikdorda omborxonada bulishini taminlash lozim. Chunki, ushbu korxonalarda pul oqimi barqaror bo‘lganligi sababli kreditni o‘z vaktida qaytmaslik extimoli yukori bo‘ladi. Buning ustiga, Respublikamizda to‘lovlarning maksadli ketma-ketligining qo‘llanilayotganligi kredit riskini yanada oshirishga xizmat kiladi.
Xozirgi paytda yirik tadbirkorlik yoki sanoat korxonalarining tijorat muassalaridan kredit olishida muammolari ichki va tashki muammolari xam mavjudligi kreditlash mexanizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bularga kichik biznet subyektlari va sanoat korxonalariga ajratiladigan kreditlar buyicha foiz stavkalarini yukoriligi, kredit olish jarayoni murakkabligiva uzok muddatliligi, kreditlashda rakobat bozori mavjud emasligi, kredit olish uchun biznes-reja tayyorlash sifatini pastligi va tayyorlash jarayonini cho‘zilib ketishini aytish mumkin.
Yuqorida qayd etilgan holatlar tijorat banklarining kreditlash amaliyotini takomillashtirish masalasini ilmiy asosda tadqiq qilish zaruriyatini yuzaga keltiradi.
Moliyaviy institutlar kreditlash mexanizimini bosh bo‘g‘ini xisoblanib moliya-sanoat tuzilmalarining markaziy organi xisoblanadi. Kreditlash imkoniyatiga ega barcha moliyaviy markazlar sanoat korxonalari doirasida faoliyat yuritishi bilan birgalikda ularning fondlari xarakati to‘g‘risida aniq malumotlarga ega va muammo yuzaga kelsa zarur bo‘lgan choralarni kabul kiladi. Chunki ishlab chikarish jarayonining natijasi uning shaxsiy iqtisodiy manfaatlariga bevosita tasir ko‘rsatadi. Moliya sanoat guruxi ishtirokchisi bo‘lgan korxonaning moliyaviy xolati yomonlashganda bank moliyaviy sog‘lomlashtirishda faol qatnashadi, muayyan pul oqimlarini va tuzilmaviy uzgartirishlarni o‘tkazishda bankdan barqaror moliyaviy xolat talab etiladi.
Sanoat korxonalarini kreditlash mexanizmini ishlab chiqish va takomillashtirishda foydalanilgan usullar natijasi banklar tomonidan sanoat korxonalarining kreditlash amaliyotini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Xulosa o‘rnida fikrimizcha sanoat korxonalarini kreditlash mexanizmini ishlab chiqarish va takomillashtirish masalalarini yechish orqali sanoat korxonalari aylanma mablag‘lar bilan ta’minlash, ishlab chiqarish liniyalarining texnik va texnologik qurollantirish jarayonini tezlashtirish, modernizatsiya qilish, sanoat korxonalarini diversifikatsiya qilish masalalarini yechimini tezlashtirishga olib keladi. Moliyaviy mablag‘ga ega bo‘lish uchun ya’ni kreditlash mexanizmini shakllantirishda bu o‘rinda asoslangan biznes rejani saviyali va samarali tuzilishi korxonalarning stretegik rejalaridan o‘rin olishi kerak. Olingan kreditlardan samarali foydalanish, riskni baxolab borish va taxlil qilib borish to‘lov qobilyatini oshirish imkoniyatlarini olib keladi.

Yüklə 4,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə