Sirtqi bo`lim ta'lim sohasidagi tadqiqotlar va innovatsiyalar



Yüklə 4,07 Mb.
səhifə20/182
tarix01.10.2023
ölçüsü4,07 Mb.
#125125
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   182
to\'plam tayyor

Foydalanilgan adbiyotlar

1.БАНКЛАР ТОМОНИДАН САНОАТ КОРХОНАЛАРИНИ КРЕДИТЛАШНИНГ ДОЛЗАРБ МУАММОЛАРИ ВА УЛАРНИ ҲАЛ ҚИЛИШ ЙЎЛЛАРИ. Искандаров Мурод Лукманович Ўзбекистон Республикаси Ташқи иқтисодий фаолият миллий банки акциядорлик жамияти Бош офиси, Хатарларни бошқариш департаменти, Ахборот-аналитик бошқармаси бошлиғи Тошкент молия институти мустақил изланувчиси


2. Равшанжон Бурхонович Мирзаев. Машинасозлик тармоғида махсулот таннархини камайтириш механизмини йўналишлари. Ta'lim fidoyilari, журнали. 186-195 бетлар. 2022 йил.
3.Mizayev Ravshanjon Burkhonovich, Maxsudov Sherzod Solijonovich, Abdurakhmonov Muhriddin. Direction for determining and improving the level of labor productivity. Asia pacific journal of marketing & management review журнали. ISSN: 2319-2836. -103-108, 2022.10.26
4. Mirzayev Ravshanjon Burkhanovich, Baltabayeva Malokhat Ortiqaliyevna, Rakhimova Mashrabkhan. Labor and payment account. International journal of social science & interdisciplinary research issn: 2277-3630. -138-143. 2022.10.24


SANOAT KORXONALARIDA INVESTITSION FAOLIYATNI RIVOJLANTIRISH
Sherzod Solijonovich Maxsudov
Farg‘ona davlat universiteti
tadqiqotchi
Jahon mamlakatlarining iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi, uning taraqqiyotini ta’minlovchi va yuksak darajada taraqqiy etishida hal qiluvchi drayver sifatida investitsion siyosatni boshqarish muhim ahamiyat kasb etadi. “Dunyo bo‘yicha COVID-19 pandemiyasi oqibatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning global oqimi 2019 yilning yanvar holatiga ko‘ra 1,5 trillion AQSH dollariga pasaydi”. Bugungi kunda jahon bozorlarida fan-texnika sig‘imi yuqori mahsulotlarga ehtiyojning yanada ortib borishi, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni rivojlantirish sharoitida iqtisodiyot tarmoqlariga yuqori texnologiyalar yetkazib beruvchi to‘qimachilik sanoati tarmog‘ini yanada rivojlantirish va bunda sohaga jalab etilayotgan innovatsiyalar hamda investitsiyalar samaradorligini oshirishga zaruriyati kuchaytirib bormoqda.
Mamlakatimizda to‘qimachilik sanoati korxonalarida, jumladan, sohada innovatsion-investitsion faoliyatni optimallashtirish va ularda boshqaruv jarayonlarini takomillashtirish, tarmoqda qo‘shilgan qiymat zanjirining to‘laqonli shakllantirish orqali soha korxonalarining iqtisodiy salohiyatini oshirish, shu orqali bandlikni ta’minlash, aholining to‘qimachilik sanoati mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish hamda turmush farovonligini oshirishga katta e’tibor berilmoqda.
Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti davrida har qanday xo‘jalik yurituvchi subyektning iqtisodiy faollik darajasini oshirishda investitsiyalar muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, iqtisodiy samaradorlikni oshirish orqali iqtisodiy o‘sishga erishish qator omillarga bog‘liq bo‘lib, mazkur omillardan biri hisoblanuvchi investitsiyalar hajmi korxonalar moliyaviy xo‘jalik faoliyatini samarali tashkil etish tayanchi bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, so‘nggi yillarda amalga oshirilgan qator tajribiy islohotlarning tub mohiyati aynan investitsiya faoliyati samaradorligini oshirishga va uning ta’sir doirasini kengaytirishga qaratilgan. Shuningdek, mamlakatimizda mazkur sohada amalga oshirib kelinayotgan chora-tadbirlar tanqidiy nuqtai nazardan tahlil qilinib, mavjud muammolarni bartaraf etishga erishib kelinmoqda. Aynan yuqoridagi muammoli holatlarning iqtisodiyotimizda mavjudligi va korxonalarning investitsiya faolligi darajasini jadallashtirish, soha va tarmoqlar bo‘yicha investitsiyalar hajmini kengaytirishga doir ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish orqali bugungi kun amaliyotida yuzaga kelayotgan muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish va ilmiy asoslantirilgan xulosalarni shakllantirish davr talabi hisoblanadi.
Investitsiyalarga doir nazariy qarashlarni tadqiq etish davomida xorijlik va mahalliy iqtisodchi olimlar tomonidan uning turli jihatlardan kelib chiqib ta’riflashga bo‘lgan urinishlar amalga oshirilganini kuzatishimiz mumkin. Masalan, takror ishlab chiqarish doiraviy harakatidagi asosiy kapital qiymatini tavsiflovchi jarayon sifatida asosiy kapitalni tiklash bo‘yicha qilingan xarajatlarning qiymat harakati bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy munosabatlarni tushuntirishi, investitsiyalarning iqtisodiy kategoriya sifatidagi talqini bilan izohlangan. Bir guruh iqtisodchi olimlarning bunday yondashuvlaridan investitsiyalarning jarayon bilan bog‘liq yondashuv sifatidagi mazmuni kengroq ma’noga ega ekanligini anglash qiyin emas. Chunki takror ishlab chiqarish doiraviy xarakatidagi qiymat harakati investitsiyalar nafaqat asosiy kapitalning, balki aylanma mablag‘larning ham ko‘payishiga olib kelishini ko‘rsatadi. Shuningdek, investitsiyalar kengaytirilgan takror ishlab chiqarish harakati o‘rganilgan bo‘lib, investitsiya davri bosqichining asosiy kapital va ishlab chiqarish kuchlariga kiritilishi hamda yakunlanishiga bog‘liq ravishda yondashilgan. Bu, o‘z navbatida, investitsiyalarning iqtisodiy mazmunini aniqlashda sarflar va resurs nuqtai nazaridan yondashuvda talqin qilinishiga olib kelgan.
Hozirgi zamon talablari va real hayotiy ehtiyojlarni hisobga olgan holda investitsion muhit jozibadorligini ta’minlash va samarali boshqarish yo‘nalishlari ilmiy tadqiqiga yangicha yondoshuvning fundamental asosi shunga tayanmog‘i lozim.
Fikrimizcha, mamlakatimiz rivojlanish istiqbollarini hisobga olgan holda iqtisodiyot modernizatsiyasi va liberallashuvi sharoitidagi yangi investitsiya siyosati doirasida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning dolzarb vazifalarini hisobga olgan holda investitsion muhit jozibadorligini ta’minlash va samarali boshqarish yo‘nalishlarini tizimli tarzda tadqiq etish asosiy masala qilib qo‘yilishi va uning diqqat markazida «investitsion muhit», «investitsion salohiyat», «investitsion faollik», «biznes muhiti» kabi hayotiy belgilovchi omillar mutanosibliklarini o‘zaro muvofiqlashtirish hamda uyg‘unlashtirish orqali uning takomillashgan mexanizmini ishlab chiqish yotishi lozim.
Investitsion muhit jozibadorligi bo‘yicha yondashuvida quyidagilarni hal etishga imkon berishi lozim:
O‘zbekiston Respublikasida investitsion muhit jozibadorligini ta’minlashga yangicha yondoshish zarurligini belgilovchi omillarni ilmiy tahlil qilish va ularni samarali boshqarish mexanizmlarini asoslash;
tabiiy-iqtisodiy, moliyaviy, mehnat, korporativ boshqaruv va mahalliy hukumat organlari samarali faoliyati kabi omillar bilan belgilanuvchi imkoniyatlardan samarali foydalanish hisobiga investitsion muhit jozibadorligini boshqarish holatini omilli va natijaviy jihatlarni hisobga olgan holda baholash uslubiyotini ishlab chiqish;
investitsion muhit jozibadorligi va innovatsion rivojlanish qonuniyatlaridan kelib chiqib, uni samarali boshqarishning ustuvor omillarini aniqlash imkonini beruvchi iqtisodiy rivojlanish istiqbollari va uning investitsion salohiyatga ta’sirini baholash uslubiyotini ishlab chiqish;
investitsion muhit faolligini oshirish borasidagi ilg‘or xorijiy tajribalardan O‘zbekistonda foydalanish istiqbollarini ilmiy asoslash;
Investitsion muhit jozibadorligini boshqarishni takomillashtirish ilmiy tadqiqiga yangicha yondoshuv bulardan tashqari yana davlatning investitsion salohiyatni boshqarish tizimini mukammallashtirish, investitsiyalar oqimini kengaytirishga qaratilgan maqsadli strategik vaziflarni hal etilishi lozim.



Yüklə 4,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə