Mirzo Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakulteti “Jurnalistika” kafedrasi majlisi



Yüklə 20,71 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü20,71 Kb.
#159083
bayonnoma (Tanlov) No 7


Mirzo Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakulteti “Jurnalistika” kafedrasi majlisi

BАYONNOMАSI № 7


Toshkent shahri 2022 yil 23 noyabr


Qatnashdilar:
Majlis raisi f.f.n dotsent Mahliyo Mirsoatova, professorlar Qudrat Irnazarov, Yoqutxon Mamatova, dotsentlar Ramziddin Аbdusattorov, Аhmadjon Meliboev, Shavkat Miralimov, Mirbotir Husanov, Dadaxon Yoqubov, Yusuf Hamdamov, Shavkat Ibragimov, oʼqituvchilar Ravshanjon Omonov, Shohrux Qosimov, Nodira Zohidova, Feruza Abdusagatova, Аzizaxon Hamroqulova, nomzodlar tanlovi. Zamira Abdullayeva va uslubchi Iymona Rahmatullayeva
Kun tartibi:

  1. Jurnalistika fakulteti “Jurnalistika kafedrasi mudiri” lavozimiga qòyilgan

Kun tartibidagi ushbu masala yuzasidan kengash raisi Mahliyo Mirsoatova axboroti tinglandi. U kafedra a'zolarini Jurnalistika fakulteti Jurnalistika kafedrasining kafedra mudiri lavozimidagi vazifalari bilan tanishtirdi. So’zda, bu lavozim o’ta mas’uliyatli va sharafli ekani ta’kidlandi. Darhaqiqat, kafedra ishi anchagina mashaqqat talab etadi.


— Bu yilgi rejamiz o‘tgan yillardagidan tubdan farq qiladi,– dedi kengash raisi.

  • Mazkur rejada kafedra ichida keskin o’zgarishlarni amalga oshirish maqsad qilib qo’yilgan. Kafedra fakultet yuragi hisoblanganligi sababli undagi rahbarga yuklatiladigan vazifalar g‘oyat zalvorli. Biz ana shu og‘ir va mas'uliyatli vazifalarni birgalikda to‘liq ijro eta olsakkina, fakultet sha’ni, universitet nufuzi qolaversa ta'lim sifati va samaradorligiga ulkan hissa qo’shgan bo’lamiz, - dedi kengash raisi so’z yakunida.

  • Demak, endi vaziyat tubdan o‘zgarganini his etishimiz hamda jiddiy ishlashimiz kerakligi talab etiladi.

Kengash a’zolari kengash raisi tomonidan bildirilgan fikrlarni ma’qulladilar va “Jurnalistika kafedrasi mudiri” lavozimi uchun bo’lib o’tadigan tanlovni boshlash uchun rozilik bildirib, qo’l kotardilar.
Saylovni olib borishda kerakli hujjatlar bilan tanishish vazifasi, ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo’yicha mas’ul, rais muovini Ravshanjon Omonov zimmasiga yuklatildi.
Dastavval, amaldagi kafedra mudiri v.v.b Nodira Zoxidova amalga oshirgan vazifalari tog’risida hisobot berdi.
Tanlov davomida qolgan nomzodlar hisobotlari ham tinglandi.
Birinchi nomzod dotsent, Ramziddin Abdusattorov so’zga chiqdi. So’zda jurnalistika fakulteti azaldan yuqori saviyada ekanligi va kafedraning mehnat mas’uliyati muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi, fikr mulohazalari ma’qullandi.
Ikkinchi nomzod dotsent Shavkat Ibragimov kafedrani qayta shakllantirishda rejalari ko’pligi, ammo, o’z ilmiy ishi borligi sabab kafedra mudirligiga qo’yilgan nomzodlikdan voz kechganligini e’lon qildi.
Uchinchi nomzod dotsent Yusuf Hamdamovga so’z berilganda, kafedra mudirligi albatta mas`uliyatli vazifa ekanligini ta`kidlab o`tdilar va ular ham o`z nomzodini saylovdan olishlarini e`lon qildilar.
To’rtinchi nomzod sifatida PhD, o’qituvchi Nodira Zoxidova ko’rsatildi. Nomzod kengash a’zolarini o’zining kelajakdagi istiqbolli rejalari bilan qisqacha tanishtirib o’tdi. U o’z so’zida avvalo ichki tartib intizomni nazorat qilish, fanlar ustida ishlash hamda xorijdan mutaxassislar jalb qilish masalalariga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidlab o’tdi.
“Kafedra mudiri” lavozimidagi nomzodlar hisoboti tinglandi va ma’qullandi. Saylov jarayonlarining keyingi bosqichiga o’tildi.
Saylovchilar tomonidan Omonov R., Qosimov Sh. va Xamroqulova A.lar sanoq komissiyasi etib tayinlandi. Sanoq komissiyasining ichki yig’ilishida Shohrux Qosimov sanoq komissiyasi raisi etib saylandi.
Saylovchilarga blyuten tarqatildi va qanday belgilash tushuntirildi. Saylovchilar o’z tanlovlarini amalga oshirdilar hamda sanoq komissiyasiga topshirdilar. Ovoz berish jarayonlari shaffoflik tarzida o’tkazildi.
Sanoq komissiyasi tanlovlarni qabul qildi va hisoblash uchun chiqdi. Saylov sanoq komissiyasi hisob ishlarini yakunladi va sanoq komissiyasi raisi Shohrux Qosimov so’zga chiqdi. Sanoq komissiyasi raisi kafedra kengashida ovozga qo’yilgan “kafedra mudiri” lavozimiga ko’rsatilgan nomzodlar to’plagan ovozlarni e’lon qildi.
Hisobotga ko’ra:
1-nomzod Ramziddin Abdusattorov – 11 ta,
2-nomzod Shavkat Ibragimov o’z nomzodligidan voz kechdi.
3-nomzod Yusuf Hamdamov o’z nomzodligidan voz kechdi.
4-nomzod Nodira Zoxidova 5 – ta ovozga ega bo’ldilar
Bitta blyuten buzilgan deb hisobga olindi.
Saylov ishtirokchilari hisobotni qo’l ko’tarish orqali tasdiqlashdi.
Qaror qilindi:



  1. Jurnalistika kafedrasi mudirligiga nomzodlar saylash jarayonining birinchi bosqichi tugallangan deb topilsin.

  2. Ovoz berish natijalariga ko`ra dotsent, Ramziddin Abdusattorov 11 ta ovoz bilan Jurnalistika kafedrasiga mudir sifatida tavsiya qiloinsin.

  3. Kafedra mudirligiga nomzodlarning hujjatlari ikkinchi bosqich – universitet ilmiy kengashiga taqdim qilinsin.



Majlis raisi M. Mirsoatova


Majlis kotibasi G. Shamsiyeva
Yüklə 20,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə