Diktr kadrda: shahzoda



Yüklə 7,21 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü7,21 Kb.
#167113
Hokimiyat majlisi


Termiz shahri
Titr: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATINING 47-YALPI MAJLISI BO’LIB O’TDI
DIKTR KADRDA: SHAHZODA
O’zbekiston Respublikasi Oliy majlis Senatining 47-yalpi majlisi bo'lib o'tdi. Viloyat hokimligidan hududdan saylangan senatorlar, deputatlar, senat huzuridagi yoshlar parlamenti a'zolari hamda aloqador tashkilotlar rahbarlari mazkur yalpi majlisda videokonferens aloqa orqali ishtirok etishdi. Hozirgi lavhamiz shu haqida.
MUXBIR K/O: Senatning qirq yettinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va refendum o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni senatorlar tomonidan atroflicha muhokama qilindi. Taʼkidlanganidek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi qabul qilinib, mazkur strategiya doirasida muhim va dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha maqsadlar belgilandi.
INTERVYU:
Shu bilan bir qatorda saylov komissiyalarining faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgarishlar maʼqullandi. Xususan, Markaziy saylov komissiyasi to‘qqiz nafar aʼzodan iborat tarkibda saylanishi, Markaziy saylov komissiyasining Raisi besh yillik muddatga saylanishi, ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Markaziy saylov komissiyasining Raisi etib saylanishi mumkin emasligi qatʼiy belgilandi.
INTERVYU:
Senatorlar tomonidan mazkur Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi parlament hamda mahalliy vakillik organlarining faoliyatida siyosiy partiyalarning rolini yana-da kengaytirishga, Qonunchilik palatasi deputatlari korpusini shakllantirishning majoritar-proporsional shakliga asoslangan saylov tizimi joriy etilishining huquqiy asoslari yaratilishiga xizmat qilishi alohida taʼkidlab o‘tildi. Qizg‘in muhokamalardan so‘ng Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Muxbir: Shahzoda Istamova
Tasvirchi: Izzat Abdulhayev
Yüklə 7,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə