Sirtqi bo`lim ta'lim sohasidagi tadqiqotlar va innovatsiyalar


Foydalanilgan adabiyotlar



Yüklə 4,07 Mb.
səhifə23/182
tarix01.10.2023
ölçüsü4,07 Mb.
#125125
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   182
to\'plam tayyor

Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Махсудов, Ш. С. (2022). ЎЗБЕКИСТОНДА ЭРКИН ИҚТИСОДИЙ ЗОНАЛАРНИ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШРИШИ ВА РИВОЖЛАНТИРИШ. Gospodarka i Innowacje.24, 993-995.
2. Solijonovich, M. S. (2022). THE ROLE OF ENGINEERING AND COMMUNICATION INFRASTRUCTURE IN THE ORGANIZATION AND DEVELOPMENT OF THE FREE ECONOMIC ZONE. ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.60311(09), 97-102.
3. Solijonovich, M. S. (2023). THE INFLUENCE OF MACRO ENVIRONMENTAL FACTORS ON THE DEVELOPMENT OF FREE ECONOMIC ZONES. International Journal of Studies in Business Management, Economics and Strategies2(4), 21-26.
4. Максудов Шерзод Солижонов (2023). ЭРКИН ИҚТИСОДИЙ ЗОНАЛАРДАГИ КОРХОНАЛАРНИНГ ФАОЛИЯТИГА ИННОВАЦИОН МУҲИТНИНГ ТАЪСИРИ. Research Focus, 2 (1), 516-522.
5. Maxsudov Sherzod Solijonovich. (2023). THE INFLUENCE OF MACRO ENVIRONMENTAL FACTORS ON THE DEVELOPMENT OF FREE ECONOMIC ZONES. International Journal of Studies in Business Management, Economics and Strategies2(4), 21–26. Retrieved from https://scholarsdigest.org/index.php/bmes/article/view/96

  1. Akhmadalieva, M. (2023). WAYS OF INCREASE EFFICIENCY IN BUILDING MATERIALS ENTERPRISES. International Bulletin of Applied Science and Technology3(5), 755-760.

  2. Qodirovna, A. M., & Doniyor o'g'li, O. J. (2023). ASOSIY IQTISODIYOT MUAMMOLARINI YECHISHDA O ‘ZBEKISTON INFRATUZILMASIGA INVESTITSIYALARNING O ‘RNI. Gospodarka i Innowacje.34, 21-27.

  3. Qodirovna, A. M., & Doniyor o'g'li, O. J. (2023). ASOSIY IQTISODIYOT MUAMMOLARINI YECHISHDA O ‘ZBEKISTON INFRATUZILMASIGA INVESTITSIYALARNING O ‘RNI. Gospodarka i Innowacje.34, 21-27.

Qurilish materiallari korxonalarida omillar ta’sirida samaradorlikni oshirish
Axmadaliyeva Moxigul Kadirovna
Farg‘ona davlat universiteti sirtqi
bo‘lim ijtimoiy gumanitar
fanlar kafedrasi o‘qituvchisi
Kirish
Keyingi yillarda qurilish materiallarini ishlab chiqarish sanoati sezilarli darajada o‘sib bormoqda.. Mamlakatimizning qurilish sanoatiga xorijiy investitsiyalarning jadal kirib kelishi natijasida turg‘un va ekologik toza xom ashyo materiallar va buyumlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda.Prezidentimizning 2021 yil 9 iyundagi «Hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonida qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasini yangi bosqichga ko‘tarishning barcha tashkiliy-amaliy mexanizmlari belgilab berildi.Qurilish korxonalarida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, tarmoq korxonalarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash, mahalliy xom ashyoni chuqur qayta ishlash jarayoniga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish kabi tizimli islohotlar qurilish materiallari sanoatida eksport-import amaliyotlarining rivojiga hissa qo‘shmoqda.
Iqtisodiy samaradorlikni oshirishda - korxonaning moliyaviy,operatsion va ishlab chiqarish jixatlarini xisobga olgan xolda, kompleks yondashuvni talab qiluvchi-murakkab jarayondir.Iqtisodiy samaradorlikni ishlab chiqarish xarajatlarining mahsulot qiymatiga nisbati bilan o‘lchanadi. Iqtisodiy samaradorlikni oshirishdan maqsad mahsulot qiymatini saqlab qolish yoki oshirish bilan birga xarajatlarni kamaytirishdir.Korxonada ishlab chiqarish jarayoni murakkab bo‘lib,nazoratni kuchaytirish va yuqori darajada muvofiqlashtirishni talab etadi.
Iqtisodiy samaradorlikka erishish, ishlab chiqarish jarayoni va turli elementlarning o‘zaro ta’sirini tushunishni talab qiladi. Ishlab chiqarish sifatiga putur yetkazmasdan xarajatlarni kamaytirish mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish sohalarini aniqlash muhimdir.Bu jarayonni optimallashtirish, avtomatlashtirish va resurslardan foydalanishni takomillashgan kombinatsiyasi orqali amalga oshirilishi mumkin. Qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun ham moliyaviy samaradorlik muhim ahamiyatga ega. Kompaniyaning o‘z budjeti doirasida ishlashini va uning operatsion xarajatlarini qo‘lash uchun etarli mablag‘ga ega bo‘lishini ta’minlash kerak.Moliyaviy samaradorlikni xarajatlarni kamaytirish, daromadlarni ko‘paytirish va moliyaviy boshqaruv tizimining samaradorligini oshirish orqali natijaga erishish mumkin.
Korxona faoliyatining samarasi sifatida maxsulotni ishlab chiqarish (sotish)xajmi yoki moliyaviy natija, bu -ishlab chiqarish samaradorligi va moliyaviy samaradorlik ko‘rsatkichlarida ifodalab beradi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish bilan samaradorlik mezonlarining talqini va iyerarxiyasini mazmuni o‘zgardi,bozor munosabatlari sharoitida tadbirkorlik faoliyatining asosiy maqsadi foyda bo‘lganligi sababli,iqtisodiy samaradorlik mezonlari kapital xarajatlari birligi uchun foydani maksimal darajada oshirish(resurslar) mexnat sifatining yuqori darajasi bilan va maxsulotlarning raqobatbardoshligini ta’minlashidan iborat. Qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar muvaffaqiyatining asosiy omili operatsion samaradorlikdir. Bu jarayonni optimallashtirish va kompaniya kerakli maxsulotni eng kam xarajat bilan ishlab chiqarishini ta’minlash uchun resurslardan foydalanishni o‘z ichiga oladi. Ishlab chiqarish jarayonidagi bosqichlar sonini qisqartirish, ishlab chiqarish tezligini oshirish va ishlab chiqarish jarayonida xosil bo‘ladigan chiqindilar miqdorini minimallashtirish orqali operatsion samaradorlikni oshirish mumkin.Qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoatining eng muhim vazifalari: mahalliy xomashyodan keng foydalanish, buyum ishlab chiqarishni rivojlantirish, ularning sifatini oshirish va qurilishning tannarxini kamaytirishdir. Samaradorlik iqtisodiy maqsadlarga erishish nuqtai nazaridan baxolanadi. Ular uzoq muddatli bo‘lishi mumkin, masalan, doimiy o‘sish va rivojlanish yoki qisqa muddatli, masalan, iqtisodiy notinchlik deb ataladigan, oldindan aytib bo‘lmaydigan voqealarga javoban iqtisodiyotni barqarorlashtirishni ta’minlashdir.Xar bir korxonani yuqori darajada faoliyatining samaradorligini qo‘yidagi iqtisodiy ko‘rsatkichlar baxolab beradi. (1- rasm)



1-rasm. Asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar
Asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar xar bir korxona uchun, aniqrog‘i har bir faoliyat sohasi uchun tarkibi o‘zgarishi mumkindir. Qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarda iqtisodiy samaradorlikni oshirish biznesning barcha tomonlarini xisobga olgan xolda kompleks yondashuvni talab qiladi. Ishlab chiqarilayotgan maxsulot sifatiga putur yetkazmagan xolda xarajatlarni kamaytirish mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish soxalarini aniqlash va korxona o‘z budjeti doirasida faoliyat yuritishini va uning operatsion xarajatlarin qo‘lash uchun yetarli mablag‘ga ega bo‘lishini ta’minlash muxim axamiyatga ega. Bundan tashqari, kompaniya kerakli maxsulotni iloji boricha kam xarajat bilan ishlab chiqarishini ta’minlash uchun operatsion samaradorlikni optimallashtirish kerak
Ushbu yo‘nalishda yangi manbaalarga erishish maqsadida muhim tashabbus va isloxotlar amalga oshirilmoqda.. Ishlab chiqarishda iqtisodiy samaradorlikni oshirish muammosining mohiyati iqtisodiy natijalarni mavjud resurslardan foydalanish jarayonida har biri uchun xarajatlar birligini oshirishidir.Ishlab chiqarish samaradorligini, joriy xarajatlarni tejashda va xarakatdagi kapitaldan unumli foydalanish orqali amalga oshirish mumkin. Samaradorlikni oshirishning eng muhim omili ilmiy-texnologik taraqqiyotdir. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish ilg‘or texnologiyalarni keng joriy etish , yangi materiallarni yaratish va ulardan foydalanish mehnat va moddiy xarajatlarni kamaytirishga, shuningdek ishlab chiqarilgan maxsulotlalarni ko‘payishiga yordam beradi.
Iqtisodiy samaradorligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri tejash tartibiga bog‘liq. Ortib borayotgan ehtiyojlardan yoqilgi energiya xom ashyo va materiallarni qondirish maqsadida resurslarni tejash hal qiluvchi manbaga aylanishi kerak.
Xulosa Milliy iqtisodiyotni yaratish va jihozlashda yuqori samaradorlikni ta’minlaydigan mashinalar, uskunalar, xomashyo,material va yoqilg‘i-energetika resurslaridan, shuningdek yuqori samarali kam chiqindilar va chiqindisiz mahsulotlarni texnologik jarayonlaridan foydalanishdir.
Bugungi kunda davlatimiz rivojlangan mamlakatlarga nisbatan yoqilg‘i, energiya va metallni ishlab chiqilganlarga qaraganda ancha ko‘proq iste’mol qilingan.Bu katta hajmdagi ishlab chiqarishda resurslarning yetishmasligiga olib keladi va bu esa xom ashyo va yoqilg‘i-yenergetika bazasini kengaytirishda barcha yangi mablag‘larni ko‘paytirishga majbur qiladi.Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish ko‘p jihatdan asosiy voitalardan unumli foydalanishiga xam bog‘liqdir .



Yüklə 4,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə