Hozirgi kunda zamonaviy iqtisodiyotda raqamli texnologiyalarining o‘rni aniq va yaqqol ko’rina boshladi



Yüklə 92,21 Kb.
səhifə1/4
tarix28.11.2023
ölçüsü92,21 Kb.
#136352
  1   2   3   4
Документ Microsoft Word


Kirish
Hozirgi kunda zamonaviy iqtisodiyotda raqamli texnologiyalarining o‘rni aniq va yaqqol ko’rina boshladi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan davlat, bank, sanoat, tibbiyot va xavfsizlik va boshqa sohalarda keng foydalanilmoqda. Bu esa jamiyatimizdagi barcha soha va yo’nalishlarda ham zamonaviy axborot-kommunikatsi texnologiyalaridan to’la va izchil joriy qilishdan dalolat beradi. Shu asnoda mamlakatimizda zamonaviy texnologiyani joriy etish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Vazirlar Mahkamasining qarorida “Aqilli shahar” konsepsiyasi qabul qilinib, unga ko‘ra “aqlli ta’lim”, “aqlli transport”, “aqlli hokimiyat” kabi bir qator loyhalarini joriy etishning asosiy yo‘nalishlari belgilab chiqildi. Bu esa jamiyatimizda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng tadbiq qilish hamda uni amaliyotga qo‘llash orqali barcha sohalarga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish imkoniyati yaratilib berilayotganidan darak beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Raqamli iqtisodiyotga o‘tmasak, orqada qolib ketyapmiz. Iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilashni nazarda tutadigan Raqamli iqtisodiyot milliy konsepsiyasini ishlab chiqishimiz kerak. Shu asosda «Raqamli O‘zbekiston – 2030» dasturini 1/2022, yanvarfevral (№ 00057) “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnali 339 http://iqtisodiyot.tsue.uz hayotga tadbiq etishimiz zarur”[1] deya takidlab o‘tdilar. Bu qaror loyihasida O’zbekiston aholisining Jahon tarmog'iga kirish imkoniga ega bo'lgan tadqiqotlar keltirilgan.Xususan, joriy yilda keng polosali ulanishning kamida 800 ming Internet portini tashkil etish va 12 ming kilometr optik tolali aloqa liniyalari barpo etish rejalashtirilgan. Internetda keng polosali tarmoqlarni kengaytirish uchun 340 mingga yaqin abonent telekommunikatsiya uskunalariga ega bo'ldi. Hududlar bo'yicha taqsimlangan telekommunikatsiya qurilmalari mutaxassislar tomonidan o'rnatildi. Bugungi kunda 281 ming port qurilmasi o'rnatilgan.
2017-2021 — yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasini "fan, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili" da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalarga muvofiq Prezidentimizning 2020 yil 28-apreldagi "raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida" gi qarori qabul qilindi.[2] Bugungi kunda butun mamlakat bo'ylab 1 148 ta yangi baza stansiyasi o'rnatildi va foydalanishga topshirildi. 1 483 ta muassasada joylashgan tayanch stansiyalarni modernizatsiya qilish orqali keng polosali Internet xizmatlarini ko'rsatish mumkin bo'ldi. Telekommunikatsiya tarmog'ini rivojlantirish loyihalari doirasida rejalashtirilgan ob'ektlarga 6,5 ming kilometr optik tolali aloqa liniyalari yotqizildi. Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda, — deydi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish boshqarmasi boshlig'i Akmal Arifjonov.
Raqamlashtirish yo'lidagi keyingi muhim qadam IT-Parkni yaratishdir. Texnopark Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 10 yanvardagi "dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida" gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan.[3]
It-Park Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi faol va iqtidorli insonlar buxgalteriya, huquqiy, marketing va ta'limni qo'llab-quvvatlash orqali g'oyalarni haqiqiy biznes loyihalariga aylantirish uchun haqiqiy imkoniyatga ega bo'lgan noyob joy.
Poytaxtimizda tashkil etilgan it-parkning muvaffaqiyatli tajribasi respublikamizning boshqa hududlarida ham shunday texnoparklar yaratishga xizmat qildi. Bu yil ular may oyining oxirida Andijonda va iyun oyining boshida Marg'ilonda ochildilar. 2020-2024 yillarda O'zbekistonning barcha hududlarida birinchi navbatda Nukus, Buxoro, Namangan, Samarqand, Guliston va Urganch shaharlarida, shuningdek, Toshkentdagi Muhammad AlXorazmiy nomidagi maktabda texnoparklar ochiladi.
Statistika ma'lumotlariga ko'ra, respublikada Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi mutaxassislarga bo'lgan talab tez sur'atlar bilan o'sib bormoqda, buning natijasida sohada kadrlar etishmasligi ham xususiy sektor, ham samarali davlat boshqaruvi uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Malakali IT-mutaxassislarga bo'lgan tez o'sib borayotgan talab, ularning etishmasligi bilan birga, bu sohada mutaxassislarning ish haqi darajasining oshishiga olib keladi. Davlat boshqaruvi organlarining malakali mutaxassislari bilan ta'minlash muammosi o'ta dolzarb. Shu munosabat bilan bugungi kunda mamlakatimizda "bir million dasturchi" Mega-loyihasi amalga oshirilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2020 yil 8-iyun kuni axborot texnologiyalari va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida taqdimot chog'ida ta'kidlaganidek, sohada belgilangan maqsadlarga erishish yangi avlod mutaxassislarini tayyorlash hisobiga jadal sur'atda o’sishi mumkin.
Shuning uchun 2020 yil oxirigacha 100 ming kishini va yana 150 ming kishini - 2021 yilning birinchi yarmida o'qishga jalb qilish kerak. Maktablarda "Informatika" fanining 5- sinfidan o'qituvchini takomillashtirish, uning dasturiga "bir million dasturchi"loyihasidan fanlarni kiritish bo'yicha ko'rsatmalar berildi.
2020-yil 17-mart kuni Prezidentimizning "Toshkent shahrida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori qabul qilindi.[4] Ushbu qaror bilan belgilangan vazifalar qatorida "raqamli Toshkent" kompleks dasturini amalga oshirish uchun 377 ta mahalliy korxonani birlashtirgan It-Park rezidentlarini jalb qilish ko’zda tutildi. Dastur shahar xizmatlarini boshqarishni raqamlashtirishga, ijtimoiy soha obyektlari, ishlab chiqarish, yo'l-transport va kommunal infratuzilmalarning integratsiyalashgan axborot muhitini yaratishga, keyinchalik muvaffaqiyatli tajribani respublikaning boshqa hududlariga tarqatishga qaratilgan.

Yüklə 92,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə