Boshqarish tushunchasi bilan inson o‘z hayoti mobaynida har soatda



Yüklə 17,93 Kb.
tarix23.04.2023
ölçüsü17,93 Kb.
#106718
Boshqarish tushunchasi bilan inson o


Boshqarish tushunchasi bilan inson o‘z hayoti mobaynida har soatda
duch keladi. Boshqarish turli - tuman hollarda qo'llanilib, har bir holda
o‘z mezonini, maqsadini va usulini o'zgartiradi. Masalan, davlat va xalq
xo‘jaligini boshqarishni, soha va korxonani boshqarishni, sex va
uchastka, texnologik jarayon, alohida qurilma va dastgohni bosh-
qarishni, ishlab chiqarishga oid bo‘lmagan sohadagi boshqarishni, tirik
mavjudotdagi va jonsiz tabiatdagi boshqarishni farqlash mumkin.
Davlatni, xalq xo‘jaligini, ishlab chiqarish sohalarini boshqarishni
ijtimoiy hodisa deb qarash mumkin. U butun ijtimoiy mexanizmning
maqsadga muvofiq ishlashi doirasida insonlar faoliyatini aniq bir maq-
sadni ko‘zda tutgan holda tartibli boshqarishni ta’minlaydi. Korxo-
nalami, sexlami, uchastkalami, texnologik jarayonlami boshqarish
moddiy ishlab chiqarish jarayonining unumli ishlashini ta'minlashga
qaratilgan.
Har bir boshqariluvchi sistema o‘z darajasidagi qonun - qoidalarga
bo‘ysunadi. Shu bilan birga unga bu sistemani o‘z ichiga oluvchi
darajasi yuqoriroq bo'lgan sistema parametrlari ham ta'sir etadi.
Demak, boshqarish masalasi maqsad va samaradorlikning turli me-
zonlarini o‘zida mujassamlashtirgan holda boshqariluvchi sistemaning
darajasiga qarab o‘zgaradi. Bu o‘zgarishlar shaklidagi fikr - mulohazalar
faqat maqsad mezonlari, boshqarish masalasi va mazmuniga tegishlidir.
Ammo har xil darajali sistemalardagi boshqarish jarayonlarini tashkil
qilishda chuqur o‘xshashlik va umumiylik mavjud. Bunga sabab
boshqarish jarayoni doimo axborot jarayoni ekanligidir.
Ma'lum darajali sistemada boshqarish jarayonini axborot jarayoni
sifatida ko‘rilishi boshqarishni bajarishdan aniq ajratishga imkon beradi.
Boshqarish - kelayotgan axborotni qayta ishlash yo‘li bilan olingan
yechimga asoslangan buyruq axborotni hosil qilishdir. Boshqarishning
mohiyati akademik A.I. Berg asarlarida yetarlicha asoslab berilgan [1].
Uning ta'biricha, boshqarish - sistemani, uning parametrlariga ta’sir
etish yo‘li bilan yangi, oldindan belgilangan holatga o‘tkazish jarayoni-
dir. Haqiqatan ham, har qanday sistemaning holati uning o‘zgaruvchilari
yoki koordinatalarining vaqt va fazoda o'zgaruvchan parametrlari orqali
aniqlanadi. Sistemaning u yoki bu parametriga ta'sir etish yo‘li bilan uni

.... ., [25.01.2023 11:54]


dastlabki holatidan boshqarish maqsadlariga muvofiq oldindan aniqlan-
gan boshqa holatiga o‘tkaziladi. Inson ishtirokisiz amalga oshiriladigan
boshqarish avtomatik boshqarish va uning nazariy asoslari esa avtomatik
boshqarish nazariyasi deyiladi.
Avtomatik boshqarish nazariyasi injenerlik bilimlarini shakl-
lantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan asosiy fanlardan biri
hisoblanadi.
Avtomatik boshqarish nazariyasi avtomatik sistemalari umumiy
tuzilishini va ulami tadqiq qilish usullarini o‘rganadi. Bu usullar
sistemalardagi fizik tabiati har xil bo‘lgan jarayonlar uchun yaroqli
bo‘lib, xalq xo‘jaligining turli sohalarida boshqarish sistemalarini
loyihalashda nazariy asos hisoblanadi.
Avtomatik rostlash deganda berilgan jarayonni xarakterlovchi
kattalikni doimiy ravishda o‘zgarmas tarzda ushlab turish yoki uni
oldindan berilgan qonuniyat bo‘yicha o‘zgarishini ta’minlash tushu-
niladi. U obyekt holatini yoki unga ta'sir qiluvchi ta'sirlami o‘lchash
asosida obyektni rostlovchi organiga ta’sir qilish yo‘li bilan amalga
oshiriladi.
Avtomatik sistemalami loyihalashda ularga turli-tuman talablar
qo'yiladi. Bu talablami quyidagi turkumlarga ajratish mumkin:
- sistema barqarorligi qiymatiga qo‘yiladigan talablar;
- barqarorlashgan tartibda rostlanuvchi parametming og‘ish qiy-
matiga qo‘yiladigan talablar;
- o‘tkinchi jarayonlarda sistema holatiga qo‘yiladigan talablar.
Avtomatik boshqarish nazariyasida quyidagi ikkita masalani
yechishga to‘g‘ri keladi:
- mavjud avtomatik boshqarish sistemasini tadqiq qilish;
- berilgan talablar bo‘yicha sistemani loyihalash - sistemani
sintezlash masalasi.
Birinchi holda sistemaning unga qo'yilgan talablami qay darajada
qanoatlantira olishi aniqlanadi va bu masala sistemaning tahlili (analizi)
deb yuritiladi. Ikkinchi holda esa masala avtomatik sistemani qurishni,
avtomatik boshqarish sistemalariga qo‘yilgan talablar bajarilishini
ta’minlovchi boshqarish prinsipi va sxemjisini, ulaming alohida
elementlari va parametrlarini tanlashni o‘z ichiga oladi [1 - 4].
Hozirgi vaqtda sistemalami tahlil qilish va sintezlash masalalari bir
xil darajada ishlab chiqilmagan.
Yüklə 17,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə