1
Samaradorlikning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati
va tushunchasi
Rivojlanayotgan bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatniig iqtisodiy strategiyasi
uzoq vaqtga mo’ljallangan fundamental maqsadlarni o’rtaga qo’yish bilan bir
qatorda, bu maqsadlarga erishish vositalari, yo’llarini belgilashni ham o’z ichiga
oladi. Bular orasida ishlab chiqarish samaradorligini to’xtovsiz oshirib borish asosiy
o’rinda turadi. Har qanday jamiyatda ham ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini
oshirish iqtisodiy taraqqiyotning asosini yaratadi.
O’zbekiston davlatining qudratini mustahkamlash, aholining moddiy va
ma’naviy ne’matlarga bo’lgan ehtiyojlarini to’laroq qondirish, kelajakda esa, ularni
mo’l-ko’l yaratish, iqtisodiy va ilmiy-texnika sohasida eng rivojlangan davlatlar
qatoridan joy olish ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga bevosita bog’liqdir.
SHu sababli ham, iqtisodiyotning erkinlashtirilishi sharoitida ishlab
chiqarishning samaradorligini oshirish jiddiy masalalalardan biri hisoblanadi.
Hozirgi paytda ko’pgina resurslar chegaralangan, ularning aksariyati (metall,
qurilish materiallari va boshqalar) xorijdan keltiriladi. SHuning uchun mavjud
resurslardan oqilona foydalanishga, mehnat unumdorligini oshirish, milliy va xorijiy
sarmoyalarni ustuvor sohalarga joylashtirish kabi samaradorlikni oshirish
vositalariga yetarli darajada e’tibor berish talab qilinadi.
Mustakillikka erishilganligi, qudratli iqtisodiy va ilmiy-texnik salohiyatni
yaratilayotganligi, iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlarning takomillashayotganligi
ishlab chiqarish samaradorligini oshirish masalalarini birinchi o’ringa ko’ydi.
Binobarin,
Respublika
Prezidentining
ma’ruza
va
nutqlarida,
Vazirlar
Mahkamasining qarorlarida ishlab chiqarishning, jumladan, korxona ishlab
chiqarishi
samaradorligini
oshirishning
mohiyati
va
ahamiyati,
dolzarb
muammolari, iqtisodiyotni ekstensiv va intensiv taraqqiyot yo’liga o’tkazish
munosabati bilan kelib chiqadigan ustuvor vazifalar chuqur va har tomonlama tahlil
etib berilmoqda.
2
Ma’lumki, ishlab chiqarishni rivojlantirishda ikki xil omil- mikdor va sifat,
ekstensiv va intensiv, ya’ni kengaytiruvchi (uzaytiruvchi) va zo’r beruvchi,
kuchaytiruvchi omillar harakatda bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, agar ishlab
chiqarish sohasi kengaytirilsa, ekstensiv suratda kengaygan takror ishlab chiqarish
bo’ladi; agar yana ham ko’proq samara beradigan ishlab chiqarish vositalari
qo’llaniladigan bo’lsa, intensiv suratda kengaygan takror ishlab chiqarish yuzaga
keladi.
O’zbekiston korxonaida ana shu ikki yo’ldan oqilona foydalanish natijasida
ishlab chiqarishning samaradorligi bosqichma-bosqich o’sib bormoqda.
Samaradorlik - eng ko’p uchraydigan umumiy tushunchapardan biri bo’lib,
iktisodiy - ijtimoiy taraqqiyotning xilma-xil sohalarida juda keng ishlatiladi.
Masalan, ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligi, mehnat samaradorligi, o’qish
va o’qitish samaradorligi, davolash va davolanish samaradorligi, qabul
qilingan qonun va qoidalar hamda yechimlarning samaradorligi va hokazolar.
"Samaradorlik" so’zi ―natijaǁ degan ma’noni beradi. Korxonalar
iqtisodiyotiga, bag’ishlangan aksariyat adabiyotlarda ishlab chiqarishning faqatgina
iqtisodiy-samaradorligi haqida so’z ketadi. Holbuki, mamlakatda ro’y beraetgan
ijtimoiy o’zgarishlar kishilarning e’tiborini jalb qilmoqda va ijtimoiyiqtisodiy
jarayonlarni o’rganish va ularga baho berish zaruriyatini tug’dirmoqda. Bugungi
kunda ishlab chiqarishning ham iqtisodiy, ham ijtimoiy samaradorligini o’rganish
o’ta muhimdir. Ular o’zaro uzviy bog’liq va bir-birini taqozo etadigan
kategoriyalardir.
Samaradorlik korxona ishlab chiqarish faoliyatining "ko’zgusi"
hisoblanadi. Bu «ko’zgu»da ishlab chiqarishning barcha natijalarini ko’rish
mumkin. Ma’lumki, har bir tarmoq, korxona, qolaversa, har bir shaxs o’z ishlab
chiqarysh faoliyatida maksimum foyda olishga intiladi. Buning uchun ma’lum
xarajatlar qiladi. Ana shu foyda bilan xarajatlar o’rtasidagi farq tarmoq va korxona
faoliyatining «ko’zgusi» bo’lgan samaradorlikda ko’zga tashlanadi. Ishlab
chiqarishning eng yuqori samaradorligi ishlab chiqarish xarajatlarini minimum
darajaga keltirishdan iborat.
3
Bozor munosabatlari sharoitida samaradorlikning alohida o’rni mavjud.
Bozor iqtisodiyoti natijalilikni, foydalilikni taqozo etadi. Tartibli bozorga
asoslangan iktisodiyotda eng kam resurs sarflab, ko’p natijaga erishish zarur.
Mahsulot ishlab chiqarish jarayonida 5 turdagi resurslar tizimi harakatda bo’ladi:
a) moddiy resurslar; b) mehnat resurslari; v) moliyaviy resurslar; g) energetik
resurslar; d) axborot resurslari; ya’ni informatsion resurslar.
Mana shu resurslardan oqilona foydalanib, ishlab chiqarish samaradorligini
oshirish mumkin. Bunday faoliyat ishlab chiqarish samaradorligini oshirish
yo’nalishida muhim ahamiyat kasb etadi. Korxona ishlab chiqarishi samaradorligini
oshirishning aniq-ravshan yo’nalishlari Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan
qonunlar, Prezident farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida ko’rsatib
berilgan.
Samaradorlik — bu, foydalilik, natijalilikdir. Ma’lumki, qandaydir natija olish
uchun mehnat qilish, ishlash, mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish va
ma’lum miqdorda xarajat qilish kerak.
Samaradorlik, avvalo, korxona faoliyatining sifat jihatlarini tavsiflovchi
tushunchadir. U "samara" toifasidan kelib chiqadi hamda unga qaraganda murakkab
va majmua tavsifiga ega.
Samaradorlikni aniqlash uchun natijani shu natijaga erishishga sarflangan
xarajatlar yoki resurslar bilan taqqoslash kerak. Demak,
samaradorlik ishlab chiqarish faoliyati natijalar bilan ularga erishish uchun
sarflangan mehnat, moddiy va moliyaviy resurslarning o’zaro nisbatidir.
Samaradorlik chora sifatida ko’plab texnik, iktisodiy, loyiha va xo’jalik
qarorlarini avvaldan belgilab beradi. Korxona o’zining xo’jalik, ilmiy-texnik va
investitsion siyosatini belgilashda samaradorlikdan kelib chiqadi. Iqtisodiy
samaradorlik samaradorlikka qaraganda, bir muncha tor ma’noni anglatadi. U qabul
qilinayotgan qarorlarning xo’jalik yuritishda maqsadga muvofiqligini tavsiflaydi
hamda barcha hollarda samaraning unga erishish uchun ketgan xarajatlar (ishlab
chiqarish resurslari)ga nisbati sifatida aniklanadi. Xarajatlar qanchalik kam bo’lsa
4
(mahsulot sifatiga ta’sir qilmagan holda), samara shunchalik ortadi, demak, iqtisodiy
samaradorlik ham ortadi.
S = natija / xarajatlar = natija / mehnat,moddiy va moliyaviy resurslar
Ishlab chiqarishning iqtisodiy va ijtimoiy samaradordigini farklaydilar.
Samaradorlikni iqtisodiy va ijtimoiy turlarga bo’lish shartli bo’linish
hisoblanadi. Moddiy ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan va mehnat
xarajatlari bilan bog’liq bo’lgan natijalarning hammasini iqtisodiy va ma’lum
ma’noda, ijtimoiy samara deb aytish mumkin.
Bu yerda shuni eslatib o’tish kerakki, iqtisodiy va ijtimoiy tushunchalarning
sun’iy bo’linishi haqida bahslashish mumkin. Lekin, iqtisod ijtimoiy hayotdan
tashqarida bo’lmagani kabi, ijtimoiy hayot ham iqtisodsiz bo’lmaydi. Demak, ularni
bir-biridan ajratib bo’lmaydi. CHunki amalga oshirilgan har bir ishni ayni vaqtda
ham iqtisodiy, ham ijtimoiy samara keltiradi.
Iqtisodiy samaradorlik ishlab chiqarishning iqtisodiy natijasini ko’rsatadi.
Masalan, mahsulot ishlab chiqarish — boshqaruv, yangi texnika va texnologiyani
joriy etish, mehnat sifatini oshirish va hokazolarning natijasi. Iqtisodiy samara —
material, mehnat, pul va boshqa resurslarni tejash tufayli erishilgan miqdor. U
vaqtni tejash, qurilish muddatlarini qisqartirish, mehnat sarfini tejash, ish vaqtining
zoe ketishini kamaytirish, mablag’lar oborotini tezlashtirish, maxsulot yetishtirish
hajmini o’stirish, ishlar sifatini yaxshilash va boshqa natijalar bilan tavsiflanadi.
Ijtimoiy samaradorlik shaxsning har tomonlama kamol topishiga yordam
beradigan tadbirlarni amalga oshirish samaradorligini ifodalaydi. U mehnat va
turmush sharoitlari yaxshilanishida, xodimlar malakasini oshirishda aks etadi va
asosiy oziq-ovqat, korxona tovarlarining aholi jon boshiga iste’mol qilinishi,
ijtimoiy iste’mol fondlaridan beriladigan nafaqa va imtiyozlar, kadrlar tayyorlash
bo’yicha xarajatlarning o’sishi bilan tavsiflanadi. Ushbu samaralar ishlab
chiqarishning o’zida vujudga kelayotganini va birlashib bajarilgan mehnat tufayli
ishlovchilar o’rtasidagi munosabatlar ta’riflanishini nazarda tutsak, ularni
ijtimoiyiqtisodiy samara deb atasak bo’ladi.
5
Ishlab chiqarish samaradorligi har bir korxona faoliyatining eng asosiy vazifasi
hisoblanadi. U xo’jalik yuritishning sifat va miqtsor ko’rsatkichlarini, shuningdek,
buyumlashgan va jonli mehnat xarajatlari hamda olingan natijalar o’rtasidagi
munosabatni ifodalaydi.
Afsuski, bozor sharoitlarida "samaradorlik" tushunchasi, garchi, daromad
olish, xarajatlarni kamaytirish, mehnat samaradorligining o’sishi, fond qaytimi,
rentabellik va hokazolar samaradorlik tabiatiga mos kelib, bozor iqtisodiyoti
talablariga zid kelmasada, baho, foyda, daromad, xarajat kabi tushunchalarga
qaraganda kam ko’llanilmokda. Samarali ishlash degani o’z mohiyatiga ko’ra,
mo’ljallangan (rejalashtirilgan) foydani olish, noishlab chiqarish xarajatlari va
yo’qotishlarni kamaytirish, ishlab chiqarish kuvvatlari va ishchi kuchidan yaxshiroq
foydalanish, mehnat samaradorligini oshirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning
sifatini yaxshilashni anglatadi.
Ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik ishlab chiqarish samaradorligini mehnat
sharoitlarini, uning ijodkorlik mazmunini boyitish, aqliy va jismoniy mehnat
o’rtasidagi farqni yo’qotishni inobatga olgan holda tavsiflaydi. Ijtimoiy-iqtisodiy
samaradorlik bir vaqtning o’zida, ishlab chiqarish samaradorligini kuchaytirish,
korxonaning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi, shaxsning har tomonlama rivojlanishi
va uning barcha qobiliyatlaridan foydalanishning sabab va natijasi hisoblanadi.
Bevosita ijtimoiy samara, xodimlarning bilim va malakasi, tajriba va
madaniyatining o’sishi, aholi sog’lig’ining yaxshilanishi va umr ko’rishining
uzayishida aks ettiriladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy extiyojlarning qondirilishi - inson kamolotining yuksalishi,
moddiy va ijtimoiy farovonligining o’sishi, madaniy va ma’naviy jihatdan
rivojlanishida ko’rinadi. Inson farovonligi hamda kamoloti naqadar yuksalsa, shu
kadar yuqori ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikka erishgan bo’ladi.
Ishlab chiqarish samaradorligi ijtimoiy samaradorlikka nisbatan birlamchi
hisoblanadi: iqtisodiy yutuqlar korxonaning ijtimoiy muammolarini hal qilishga
yordamlashadi. Masalan, foydaning o’sishi, jamg’armalarning ortishi korxonaga
ijtimoiy vazifalar doirasini kengaytirish va ularni hal qilish imkonini beradi. Biroq
6
samaradorlik va uning asosiy ko’rsatkichi - foyda (daromad) o’z-o’zidan, avtomatik
ravishda yuzaga kelmaydi. Turli korxonalarda samaradorlikka erishish uchun
mavjud ishlab chiqarish kuvvatlari va boshqa xususiyatlardan kelib chiqkan xolda,
turli vosita va yo’llardan foydalaniladi. Bunda vaqt omili, ya’ni samaradorlikka
qisqa yoki uzoq muddatlarda erishishni mo’ljallash, asosiy rollardan birini o’ynaydi.
Masalan, korxona olayotgan foydasini qisqa vaqt mobaynida mahsulot sifatini
yaxshilashni mablag’ bilan ta’minlash, ishlab chiqarishni qayta qurollantirish va
modernizatsiya qilish, xodimlar malakasini oshirishga ajratilayottan mablag’larni
kamaytirish yo’li bilan ko’paytirishi mumkin. Uzoq muddatli rejalarda esa bu,
foydaning kamayishiga va hattoki korxonaning bozordagi o’rnini yo’qotishi
natijasida bankrotga uchrashiga olib kelishi mumkin.
Xorijiy firma va korxonalar o’z faoliyatlarida samaradorlikka erishish uchun
ishlab chiqarish texnika va texnologiyalariga e’tiborni kuchaytirshdan tashqari,
mahsulot sifatini oshirish va uni reklama qilishga alohida e’tibor qaratmoqdalar.
Yukorida aytilganlardan kelib chiqadiki, samara va samaradorlik qotib qolgan
kategoriyalar qatoriga kirmaydi hamda fakatina pul ko’rinishida o’lchanmaydi.
Samaradorlik va sifatli mehnat tufayli korxona birinchidan,
Dostları ilə paylaş: |