Microsoft Word Samaradorlikning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va tushunchasi



Yüklə 220,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/11
tarix15.04.2023
ölçüsü220,75 Kb.
#105713
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
shaxina


=[(T1+En* K1)] - (T
2
+En*K2)\ * A 

Bu yerda: Y — yillik tejam;
T1 — yangi texnika bo’yicha tadbirlar joriy qilingungacha bo’lgan mahsulot 
yoki ish birligining tannarxi (so’m hisobida);
T
2
— shuning o’zi, tadbirlar joriy kilingandan so’ng (so’m hisobida);
K1 — tadbirlar joriy qilingungacha mahsulot birligiga sarflangan kapital 
mablag’lar miqdori;
K
2
— shuning o’zi, tadbirlar amalga oshirilgandan so’ng;
A
2
— yangi tadbirlar amalga oshirilgandan boshlab tayyorlanadigan yillik 
mahsulot yoki ishlarning natura birligi.
En — kapital xarajatlarning me’yordagi qiyosiy samaradorligi koeffitsienti.
U yangi kapital qo’yilmalarning minimal darajadagi iqtisodiy samaradorligini 
hamda bir so’mlik kapital qo’yilma bir yilda mahsulot tannarxini necha tiyinga 
kamaytira olishni bildiradi. Masalan, korxona tarmog’i uchun belgilangan 
samaradorlik koeffitsienti me’yorsi 0,15 bo’lsa, bu shu tarmoqda har bir so’m 
kapital qo’yilmalar mahsulot tannarxining pasayishi hisobiga eng kami bilan 15 
tiyinlik tejam, foyda berishi zarur. Samaradorlik koeffitsienti «0»dan «1»ga qancha 
tez intilsa, samaradorlik shuncha yuqori, xarajatlarning rejali qoplanish muddati esa 
shuncha qisqa bo’ladi.
Ishlab chiqarishning samaradorlik darajasi xilma-xil, bir-biriga bog’liq bo’lgan 
omillar ta’sirida tashkil topadi va shakllanadi. Har bir kompleks, tarmoq va korxona 
uchun uning texnik-iqtisodiy xususiyati sababli samarador- likni oshirishning o’ziga 
xos omillari mavjud.
Fan va texnikaning shiddatli rivojlanayotgan hozirgi
 
sharoitida zamonaviy 
ishlab chiqarish vositalarini amaliyotga kiritish iqtisodiy samara bilan bir qatorda 
og’ir jismoniy mehnatni mashinalar mehnati bilan almashtirish, ishlab chiqarishda 
shikastlanish va kasb kasalliklarini bartaraf etish, fondlar va energiya bilan 
ta’minlanish darajasini oshirish, yuqori malaka talab qiladigan va manfaatdorlikni 


14 
oshiradigan jozibali kasblarga talabni paydo qilish hamda mavjud kasblarga 
yoshlarda rag’bat uyg’otish va boshqa ijtimoiy muammolarni ham hal etishi lozim.
Insonni har tomonlama yetuk (barkamol) qilish uchun zamin yaratishni maqsad 
qilib qo’yish - jamiyatning pirovard ijtimoiy samaradorlik mezonidir.
Ishlab chiqarishning ijtimoiy samaradorligini ifodalovchi bir qancha 
ko’rsatkichlar mavjud, jumladan, maxsulotlarga talabning qondirilishini tavsiflovchi 
ko’rsatkichlar, mehnat sharoiti va tabiatini tavsiflovchi ko’rsatkichlar.
Mahsulotlarga 
iste’molchilar 
talabining 
qondirilishini 
tavsiflovchi 
ko’rsatkichlarga quyidagilarni keltirish mumkin:
-
mahsulot (ish, xizmat)lar tarkibining iste’molchilar talabiga mos kelish 
koeffitsienti. Bu ko’rsatkich tovar zahiralarida turib kolgan (o’tmas) tovarlarning 
hissasi ko’rinishida tavsiflanadi. Bu ko’rsatkichning o’sishi ijtimoiy samaraning 
pasayayotganidan darak beradi. Erkin iktisodiyot sharoitida mahsulot (ish, 
xizmat)ning sifati va uning iste’molchi talabiga mos kelishi uchun kurash
korxonalar faoliyatining asosiy ko’rsatkichlaridan biri hisoblanadi;
-reklama vositasida mahsulot (ish, xizmat)larning mavjud turlari bilan 
iste’molchilarni tanishtirish darajasi. Hozirgi paytda xaridorni tovarlarning 
xususiyatlari, sifati va boshqa afzalliklari ko’proq qiziqtiradi. Bu masalalarda esa 
unga reklama yordam beradi. Uning mahsulot (ish, xizmat)larni iste’molchilarga 
tanishtirish darajasini o’rganishda turli shakldagi reklamalardan (televidenie, radio 
va gazetalardan, sportchilardan) foydalanuvchi korxonalar hissasini aniqlash kerak 
bo’ladi;
-
iste’mol savatchasi doirasida iste’molni ta’minlash koeffitsienti va boshqalar. 
Ishlab chiqarishning ijtimoiy samaradorligini ifodalovchi muhim ko’rsatkichlar 
tarkibida mehnat sharoiti va tabiatini tavsiflovchi ko’rsatkichlar alohida o’rin 
egallaydi. Ular asosan, quyidagilardan iborat:
-mehnatni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish darajasi;
-mehnat jarayonlarini robotlashtirish darajasi;
-ishlab chiqarishda ko’llanilayotgan texnologiyalar, asbob-uskunalar va 
mexanizmlarning ilg’orlik (zamonaviylik) darajasi;


15 
-mexnatni elektrlashtirish darajasi;
-isitish, sovutish, yuklash-tushirish, ko’tarish-yuklash uskunalar va boshqa 
asboblar bilan haqiqiy ta’minlanishning me’yorlarga mosligi darajasi;
-bino va inshootlarning davr talablariga javob berish darajasi (ularning 
zamonaviy loyiha asosida kurilishi, ularda ishlash va dam olish, tibbiy yordam 
ko’rsatish uchun shart-sharoitlarning mavjudligi);
-o’ralgan, kadoqlangan va idishlarga solingan mahsulotlarning ishlab 
chiqarilgan jami mahsulotlardagi hissasi;
-korxonalarning sog’lomlashtirish, sport va maktabgacha yoshdagi bolalar 
muassasalari va boshqalar bilan ta’minlanganlik darajasi;
-korxonalarda xodimlar va mutaxassislar safining 
to’ldirilishi koeffitsienti. Bu haqiqiy ishlovchi xodimlar sonini
belgilangan me’yor bilan qiyoslash asosida aniqlanadi;
-korxonalar xodimlarining davolanish va sayohat uchun yo’llanmalar bilan 
ta’minlanish darajasi;
- xodimlar va mutaxassislar tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning 
malakasini oshirishni tashkil etish darajasi;
-ishlab chiqarish jarayonida aqliy mehnat hissasining va ijodkorlikning oshib 
borishi, 
mehnat 
intizomining 
buzilish 
hollarining 
kamayishi, 
xodimlar
qo’nimsizligini pasaytirish va boshqalar.
Qayd etilgan ko’rsatkichlar ijtimoiy samaradorlikning alohida yo’nalishlarini 
tavsiflaydi. Ular birgalikda hisoblansa va ijtimoiy samaradorlikni baholashda 
birgalikda qo’llanilsa, ishlab chiqarishning ijtimoiy samaradorligiga to’liq baho 
berish imkoniyatini tug’diradi.
Ishlab chiqarishning ijtimoiy va iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlari uzviy
bog’liq. Ijtimoiy samarani oshirmasdan turib iqtisodiy samarani o’stirib 
bo’lmaydi va aksincha.


16 

Yüklə 220,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə