Microsoft Word Samaradorlikning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va tushunchasi



Yüklə 220,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/11
tarix15.04.2023
ölçüsü220,75 Kb.
#105713
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
shaxina

 


25 
Xulosa 
Korxonalar faoliyati manfaatlari uchun eng yangi imkoniyatlar va 
zaruriyatlardan biri korxonani texnik-texnologik jarayonlarni yanada rivojlantirish 
yo’li bilan samaradorlikni oshirish orqali respublika real iqtisodiyoti tarmoqlarida 
vujudga kelib qolgan taqchillikni oldini olish va istiqbolli taraqqiyotga imkon 
yaratishdir. Prezidentimiz I.A.Karimov ―O’zbekiston innovatsion rivojlanish yo’li 
bilan ishlab chiqarishni modernizatsiyalash orqali samaradorlikni oshirishning 
xozirgi zamon modeliga o’tish uchun xamma zarur sharoitlarga ega, deb ta’kidlab 
o’tadi.
Darxaqiqat, fan - texnika taraqqiyoti mavjud texnika va texnologiyani 
takomillashtirishni, yangicha, ancha samarali va serunum texnika va texnologiyani, 
yangi xom ashyoni, materiallarni yaratish va ishlab chiqarishga joriy qilishni, 
mehnatni va ishlab chiqarishni yangicha tashkil qilishni, yangilab berishni o’z ichiga 
oladi. To’xtovsiz fan-texnika taraqqiyoti eng avvalo ishlab chiqarishni tarkibiy 
o’zgartirib jadallashtiradi va uning samaradorligini oshirishning xal qiluvchi 
yo’nalishlaridan eng muximidir.
Korxonalarni texnik qayta qurollantirish
-
alohida ishlab chiqarish turlarini 
zamonaviy talablarga asosan yangi texnika va texnologiyalarni kiritish, ishlab 
chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, eskirgan qurilma va 
uskunlarni yangilash va almashtirish, ishlab chiqarish tuzilmasi va tashkil etilishini 
yaxshilash yo’li bilan, korxonaning texnik darajasini oshirish bo’yicha 
choratadbirlar majmuasi. U ishlab chiqarish intensivligini kuchaytirish, ishlab 
chiqarish quvvatlarini oshirish va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini 
yaxshilashga ishlab chiqarish korxonasi samaradorligini oshirishga yo’naltirilgan 
bo’ladi.
Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash
 
– ishlab chiqarishni zamonaviy 
texnologiyalar bilan jihozlash, uni ma’naviy jihatdan yangilash, tarkibiy jihatdan 
texnik va texnologik qayta tuzish kabi chora-tadbirlarni o’z ichiga oluvchi jarayon.
Ishlab chiqarishni modernizatsiyalashning asosiy yunalish va vositalari bo’lib 
quyidagilar hisoblanadi: korxonalardan eskirgan asbob-uskunalarni chiqarish; ishlab 


26 
chiqarishni zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlash; mahalliy resurslar 
asosida ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalarni joriy etish; ishlab 
chiqarilayotgan mahsulot assortimentini kengaytirish; ishlab chiqarish xarajatlarini 
pasaytirish va resurslarni tejash; sifatni boshqarish va sertifikatlash tizimini joriy 
etish; chiqitsiz va ekologik toza texnologiyalarni joriy etish va boshqalar.


27 

Yüklə 220,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə