Texnika falsafasi



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə1/75
tarix23.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#155246
növüУчебник
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
Техника фалсафаси.23-24



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI
O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI


Nigina Shermuxamedova
TEXNIKA FALSAFASI
Mazkur darslik 70220501 – Falsafa (sohalar bo‘yicha) magistratura ьгефчфыышыдшпшbosqichi o‘quv rejasining 2-mutaxassislik fanlar blokida o‘qitiladi, u davlat ta’lim standartlari va namunaviy o‘quv dasturi mazmuniga mos. Kitobda texnika falsafasining tarixi, arxaik texnika va uning takomil bosqichlari, texnika va texnologik metodologiya, harbiy texnika tarixi va uning takomil bosqichlari, texnikaviy inqiroz va uning oldini olish usul va vositalari, muhandislik faoliyatining umumiy tasnifi kabi masalalarning tahliliga e’tibor qaratilgan.
Учебник входить в состав учебной литературы учебного плана специальности магистратура 70220501 – Философия (сфера применения) и соответствует содержанию Государственного образовательного стандарта и типовой программы. В учебнике расрывается сущность истории философии техники, архаическая техника и этапы его становления, методология техники и технологии, история военной техники и его основные этапы, технический кризис и способы его предотвращения, общение направления инженерной техники.
This textbook entires in content of teaching bibliography of the teaching plan of master`s speciality of 70220501 – Philosophy (sphere of application) and is accordance with content of the State educational standard and typical program. In book history of philosophy of technics, archaical technics and stages of its developing, technics and methofology of technics, history of military technics and stages of its developing, technical crisis and methods and facilities of its preventing, general classification of engineering activity and others are analyzed.


KIRISH
Bugungi kunda texnika tabiatini aniqlash qay darajada muhim ekanligini tushuntirib o‘tirishning hojati bo‘lmasa kerak. Fenomen sifatida texnika mashinalar va mehnat qurollari sifatida, texnika inshootlari hatto, texnika muhiti sifatida ham amal qiladi. Texnikaning fenomenal xossalariga texnikada foydalaniladigan bilimlar, u muhokama qilishda ishlatiladigan turli madaniy “matn-lar” va kishilarning texnik xulq-atvori kiradi. Falsafa va fanda empirik matn sifatida ishlatiladigan fenomenal tavsiflardan farqli o‘laroq, texnikaning mohiyatini anglab yetish texnikaning tabiati nimada, inson faoliyatining boshqa sohalari – fan, san’at, injeneriya, loyihalash, amaliy faoliyat bilan texnikaning nisbati qanday, texnika qachon paydo bo‘ladi va o‘z rivojlanish jarayonida qanday bosqichlardan o‘tadi, ayrim faylasuflarning texnika sivili-zatsiyaga tahdid solyapti, degan fikri to‘g‘rimi, inson va tabiatga texnika qanday ta’sir ko‘rsatadi, nihoyat, texnikaning rivojlanish va o‘zgarish istiqbollari qanday, degan savollarga javob olish imkoniyatini beradi. Shuni qayd etish lozimki, mutafakkirlar bu savollar bilan qiziqa boshlaganlariga hali ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. Mehnat qurollari yaratish sifatidagi “texnika” tushunchasi va har qanday faoliyatning texnologik tomoni (dehqonchilik texnikasi, buyumlar yasash texnikasi, muhabbat texnikasi va h.k.) sifatidagi “texnika” bashariyat tongida, bir necha o‘n ming yillar muqaddam vujudga kelgan bo‘lsa-da, hozirgi ma’nodagi texnika fenomeni XIX asrdagina alohida ajratilgan va anglab yetilgan. Texnika fenomeni-ni falsafiy anglab yetishga esa shu asrning ikkinchi yarmidagina kirishilgan. XX-XXI asrda esa texnika jamiyat hayotining barcha sohalarini to‘liq qamrab oldi, uning mohiyati ijobiy va salbiy jihatlarini o‘rganish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi. Ushbu kitobda texnika falsafasini o‘rganishning zaruriyatini asoslashga harakat qilingan.

Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə