Texnika falsafasi



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə9/75
tarix23.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#155246
növüУчебник
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   75
Техника фалсафаси.23-24

Texnika falsafasi nima? Texnika falsafasi hozirgi zamon falsafa fanining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. U tex-nika, texnologiya rivojlanishi, muhandislik va texnik faoliyat, texnik fanlarni loyihalashtirish qonuniyatlari hamda ularning insoniyat madaniyati va hozirgi zamon jamiyatidagi o‘rni, inson va texnika, texnika va tabiat munosabatlari, hozirgi zamon texnika va texnologiyasining axloqiy, estetik, global va boshqa masalalarini o‘rganadi.
Texnika falsafasi rivojlanishining ilk bosqichlari uchun ikki asosiy yo‘nalish – texnik optimizm va texnik pessimizm xos. Texnik optimizmning o‘ziga xos jihati texnikani ideallashtirish, uning rivojlanish imkoniyatlarini oshirib baholash hisoblanadi: texnika ijtimoiy taraqqiyotning yagona yoki birinchi darajali determinlovchi omili sifatida ko‘zdan kechiriladi. Texnik pessimizm texnikani rad etish, demonizatsiya va mistifikatsiyalashtirish bilan xarakterla-nadi. Bu yo‘nalish vakillari texnikani insoniyat dushmani va barcha ofatlarning sababchisi deb baholaganlar.
Texnika falsafasi, birinchidan, texnika fenomenini tadqiq qiladi, ikkinchidan, faqat uning immanent rivojlanishinigina emas, ijtimoiy taraqqiyotda tutgan o‘rnini ham o‘rganadi, uchinchidan esa, keng tarixiy istiqbolni e’tiborga oladi. Biroq, agar texnika falsafasining predmeti texnika hisoblansa, unda qonuniy savol tug‘iladi: xo‘sh, texnikaning o‘zi nima?
Agar texnika texnik tuzilish (artefakt) sifatida texnolo-giya ob’ekti, artefakt + texnik harakat – texnika fani ob’ekti hisoblansa, unda madaniyat fenomeni sifatida birga olingan tex-nika, texnik faoliyat va texnik bilim texnika falsafasi ob’ekti-ni tashkil qiladi.
Har bir sog‘lom fikrlovchi inson bizni kundalik hayotda – uyda yo ishda qurshovchi texnik uskuna va asboblarni ko‘radi. Mutaxassis-lar o‘zlari o‘rganayotgan yoki yaratayotgan texnika turlaridan aniq misollar keltiradilar. Ammo bularning barchasi faqat insonning texnik faoliyati predmetlari, texnik intilishlari va tafakkuri-ning moddiy natijalari, xolos. Bularning ortida keng texnik bilimlar va unga asoslangan harakatlar sohasi yotadi. Shuning uchun ham Fred Bon “texnika” tushunchasi keng ma’noga ega ekanligini uqtirib o‘tadi: “Har qanday faoliyat, eng avvalo, har qanday kasbiy faoliyat texnik qoidalarga muhtoj bo‘ladi”. U bir necha harakat usul-larini farqlaydi. Bunda u izchil faoliyatga alohida ahamiyat beradi, zotan unda boshqaruv vositasining avvalgi fikr-mulohazasini ko‘rsatish orqali muvaffaqiyatga erishiladi. Bu “texnika” va “no-texnika” o‘rtasida chegara o‘rnatadi, zotan texnika sohasiga aynan shu harakat usulini kiritish mumkin.
Texnik bilimlar faqat texnik faoliyat orqali har xil texnik asbob-uskunalardagina emas, balki ilmiy maqola, kitob, darslik va hokazolarda ham o‘z ifodasini topadi, zotan yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bilimlarni tahlil qilish, jamlash va uzatish mexanizmisiz hozirgi zamon jamiyatida hech qanday texnik rivojlanish mumkin bo‘lmas edi.
Buni XIX asr oxiridayoq yaxshi tushungan nemis muhandisi Frans Relo 1884 yili Venada “Texnika va madaniyat” nomli ma’ruza-sini o‘qigan edi: “Narsalar yoki kashfiyotlar emas, ularning g‘oyalari o‘zgarish va yangiliklarga sabab bo‘ladi... Bizda tabiiy kuchlar o‘z harakatida ma’lum turg‘un qonunlarga, tabiat qonunlariga bo‘ysunadi va hech qachon, hech qanday sharoitda bundan boshqacha bo‘lishi mumkin emas, degan g‘oya o‘ziga yo‘l ochgan. Texnik taraqqiyotga faqat mukammal texnik uskunalarni sotib olish bilangina yaqinlashib bo‘lmaydi – u tarbiya, ta’lim va texnik bilimlar berish orqali singdirilishi lozim”. F.Reloning fikricha, bunga o‘sha davrdagi Xitoy misol bo‘la oladi: “Bu yerda Yevropadan sotib olingan barcha eng yaxshi asbob-uskunalar G‘arb mamlakatlarining to‘g‘ri hujumi oldida ojiz va befoyda bo‘lib qolmoqda”. Bu fikr sanoat sohasiga ham tegishli. Xitoy G‘arbdan asbob-uskunalar sotib olish an’anasidan chekinib, iqtisod, ta’lim va texnologiya sohalarini qayta qurishga kirishgani zahoti jiddiy texnik va iqtisodiy o‘sish ro‘y berdi.
Texnika moddiy madaniyat sohasiga kiradi. U maishiy va ijti-moiy turmush asosi, o‘zaro muloqot, himoya va hujum vositalari, har xil jabhalarda qo‘llaniladigan turli-tuman asbob-uskunalarni o‘z ichiga oladi. XIX-XX asrlar chegarasida P.K.Engelmeyer texnikani shunday tavsiflaydi: “O‘z moslamalari bilan u bizning eshitish, ko‘rish qobiliyatimizni, kuchimiz va chaqqonligimizni kuchaytirdi, masofa bilan vaqtni qisqartirmoqda, umuman, mehnat samarador-ligini oshirib bormoqda. Nihoyat, ehtiyojlarni qondirishni yengil-lashtirib, u yangi ehtiyojlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda... Texnika bizga vaqt va makonni, materiya va kuchni yengishga yordam berdi va taraqqiyot g‘ildiragini tinimsiz olg‘a haydovchi kuch bo‘lib xizmat qilmoqda”. Biroq, ma’lumki, moddiy madaniyat ma’naviy madaniyat bilan uzviy bog‘liq. Masalan, arxeologlar aynan moddiy madaniyat qoldiqlari bo‘yicha qadimgi xalqlarning madaniyatini batafsil tiklashga harakat qiladilar. Shu ma’noda, texnika falsa-fasi, agar o‘tmish (ayniqsa, yozma an’analar texnikada yaxshi rivojlanmagan qadimgi dunyo va o‘rta asrlar)ga qaratilgan bo‘lsa, ko‘p jihatdan texnik bilimlar falsafasi, bugungi kun va kelajakka qaratilgan taqdirda esa texnik bilimlar metodologiyasi hisob-lanadi.
Shunday qilib, texnikani:

  1. oddiy mehnat qurollaridan murakkab texnik tizimlargacha bo‘lgan texnik moslamalar, artefaktlar yig‘indisi;

  2. bu moslamalarni yaratish borasidagi texnik faoliyatning har xil turlari – ilmiy-texnik tadqiqot va loyihalashdan tortib ularni ishlab chiqarish va ishlatishgacha, texnik tizimlarning alohida elementlarini ishlab chiqishdan tortib to tizimli tadqiq qilish va loyihalashgacha yig‘indisi;

  3. maxsus texnik bilimlardan tortib to nazariy ilmiy-texnik va tizimli-texnik bilimlargacha bo‘lgan texnik bilimlar yig‘indisi sifatida tushunish mumkin.

Bugungi kunda texnika sohasi faqat ilmiy-texnik bilimlardan foydalanishnigina emas, ularni ishlab chiqarishni ham o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, ilmiy bilimlarni muhandislik amaliyotida qo‘llash jarayonining o‘zi ko‘pchilik o‘ylaganidek jo‘n bo‘lmay, faqat mavjud bilimlar tadbiqigagina emas, yangi bilimlarni olishga ham bog‘liq.
Shunday qilib, hozirgi zamon texnikasi, eng avvalo, texnik bilim fan taraqqiyoti bilan chambarchas bog‘liq. Bugun bu fikrni isbotlab o‘tirishning keragi yo‘q. Biroq, jamiyat taraqqiyotida fan va texnika nisbati sekin-asta o‘zgarib borgan.

Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə