Texnika falsafasi


Texnika falsafasining metodologik masalalari



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə11/75
tarix23.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#155246
növüУчебник
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   75
Техника фалсафаси.23-24

Texnika falsafasining metodologik masalalari. Texnika falsafasiga bo‘lgan qiziqishning kuchliligi tasodifiy hol emas. Zotan, bugungi kunda texnikaga bo‘lgan munosabat, uning tabiati, mohiyati va mazmunini, fan va madaniyat bilan aloqasi, inson bilan o‘zaro munosabatini tushunib yetish va boshqa ko‘plab masalalar hozirgi zamon falsafiy muammolarining negizini tashkil qiladi. Kishilik taraqqiyotining inqirozlari – ekologik, esxatologik (termoyadro urushi xavfi), antropologik (inson va ma’naviyat tanazzuli), madaniy va boshqa inqirozlar o‘zaro bog‘liq ekanligi, bunda texnika va hamma narsalarga texnik munosabat dunyodagi beqarorlikning omillaridan biri ekanligi sekin-asta oydinlashib bormoqda.
Texnika va texnika falsafasining har xil konsepsiyalari mavjud ekanligiga qaramay, ularni hozirgi zamon madaniyati va tafakkurining fenomenlari sifatida metodologik anglab yetish zarur. Buning qator sabablari bor. Birinchidan, tafakkur va reflek-siyaning metodologik an’analari, nazarimizda, texnika falsafasi mansub murakkab va sertarmoq intellektual ta’limga bo‘lgan muno-sabatda o‘zini oqlagan. Ikkinchidan, texnika falsafasi sohasida juda ko‘p qarashlar ta’riflanib, ma’lum bilimlar olinganki, bu jamlangan material va muammolarni tadqiq qilib, ularni hal etishning yangi yo‘llarini topishni shart qilib qo‘yadi. Mohiyat-e’tibori bilan texnika falsafasi muammolari muhokamasi ikkinchi davra bo‘ylab o‘tmoqda, buning sababini tushunib yetish zarur.
Sovet va G‘arb falsafasida texnika masalalariga yondashuv har xil bo‘lgan. Birinchisida gap texnikaning falsafiy masalalari va uni tarixiy rekonstruksiya qilish tamoyillari haqida borgan. Texnika tabiati masalasi ham shunday yondashuv doirasida muhokama qilingan. Bundan tashqari, “burjua” texnika falsafasi tanqidi gullab-yashnagan, u, odatda, mafkuraviy xususiyatga ega bo‘lgan. Tabiiyki, texnikani bunday falsafiy anglash to‘g‘ri emas: birinchi-dan, u biryoqlama va noxolis, chunki unda (burjua) texnika falsafasi yutuqlari tilga olinmaydi yoki kamsitiladi; ikkinchidan, texnika hodisalarini marksistik o‘rganish mavhum xususiyatga ega (u hozirgi zamon madaniyati muammolari va inqirozi bilan bog‘liq emas); uchinchidan, texnika muammolarini marksistik falsafiy tushunishga amalda kam ahamiyat beriladi, asosiy e’tibor davlat tomonidan qabul qilingan fan-texnika taraqqiyoti g‘oyalari hamda qabul qilin-gan texnik qarorlar (masalan, atom elektrostansiyalariga doir va h.k.)ni asoslash va oqlashga qaratiladi.
G‘arb falsafasida texnikaga bo‘lgan yondashuvning o‘ziga xos xususiyatlari, bizningcha, quyidagilardan iborat: aniq ifodalangan ijtimoiy va aksiologik munosabat, texnika tabiati va mohiyati-ga doir masalalarni va uning hozirgi zamon madaniyati taqdiri uchun ahamiyatini birinchi o‘ringa qo‘yish, nihoyat, umumfalsafiy muammo-lar bilan bir qatorda, amaliy masalalar (texnik loyihalarni ekspertiza qilish va baholash, muhandislik ta’limi masalalari va h.k.)ni ham rivojlantirish. Darhaqiqat, G‘arb texnika falsafasi namoyandalari E.Kapp va F.Dessauerdan boshlab, M.Xaydegger, K.Yaspers va L.Memfordning izidan borib, texnikaga nisbatan muayyan, ammo aniq qarashlarni ilgari surdilar. Odatda, ular kishilik taraqqiyoti va madaniyatidagi inqirozlarni (keng ma’nodagi) texnika bilan bog‘laydilar.
Texnika falsafasi faqat texnikani o‘rganmaydi, ammo texnika mohiyati, shu jumladan, insonning tabiatga munosabati, texnikaning insonga ta’siri, muhandislikning ahamiyati, ilmiy oqilonalik shakllari masalalari texnika falsafasining asosini tashkil qiladi. Bunda ko‘rsatib o‘tilgan komponentlarning har biri o‘zicha o‘ta murakkab. Masalan, hozirgi zamon muhandisligi ko‘proq tafak-kur va tashkilotning loyihaviy shakllarini ichiga olib, texnologik vazifalarni hal qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Natijada texnikaga loyihalash va texnologiya mahsuli sifatida qarala boshla-nadi. Texnikani asbob-uskuna, mexanizm, mashina va qurilmalarning tizimi sifatida tushunish bugungi kunda naturalistik, yuzaki tasav-vur deb qabul qilinmoqda. E.Gusserl 1935 yili Venada qilgan ma’ruzasida texnika falsafasi haqida jumladan shunday degan edi: “O‘zining rivojlanishida falsafa soddalik davrini boshidan kechi-rayotganini aytib o‘tgan edim... Aniqroq aytganda, umumiy ma’noda, soddalikni naturalizmning turli ko‘rinishlarida, ruhni naturali-zatsiya qilishda ifodalanuvchi ob’ektivizm deb nomlash ham mumkin. Eski va yangi falsafalar sodda ob’ektivistik bo‘lgan va shunday bo‘lib qolmoqda. Biroq, adolat yuzasidan shuni qayd etib o‘tish kerak-ki, nemis idealizmi, I.Kantdan boshlab, jiddiy tus olgan bu sodda-likni yengishga zo‘r berib urinmoqda, biroq amalda Yevropa ahli yangi qiyofa kasb etishi uchun muhim sanalgan yuksak reflektivlik daraja-siga yeta olgani yo‘q. Naturalizm va ilmiylikni yengishga urinib, texnika faylasuflari texnikaga juda ko‘p ta’riflar berib o‘tdilar-ki, ularni tizimga solishning iloji bo‘lmayapti, chunki ular bir-biriga muvofiq kelmaydi”1.

Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə