Texnika falsafasi


-mavzu.TEXNIKA FALSAFASINING PREDMETI



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə8/75
tarix23.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#155246
növüУчебник
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   75
Техника фалсафаси.23-24

2-mavzu.TEXNIKA FALSAFASINING PREDMETI,
VAZIFALARI VA ASOSIY SOHALARI


Texnika falsafasining mohiyati. Texnika insoniyat singari qadimiy ekanligi, muayyan tarzda faylasuflarning e’tiborini o‘ziga jalb qilganligiga qaramay, texnika falsafasi mustaqil falsafa fani sifatida faqat XX asrdagina yuzaga keldi. Nemis faylasufi Ernst Kapp kitobining nomiga “Texnika falsafasi” atamasini kiritgan birinchi shaxs hisoblanadi. U 1877 yilda “Texnika falsa-fasining asosiy yo‘nalishlari madaniyat yuzaga kelishi tarixiga nisbatan yangi nuqtai nazar” nomli kitob nashr qildi. Oradan bir necha yil o‘tib, nemis faylasufi Fred Bon “Burch va ezgulik haqida” (1898 yil) nomli kitobining boblaridan birini “Texnika falsafa-si”ga bag‘ishladi. Texnika falsafasi fanining rivojlanishiga, shu-ningdek, M.Xaydegger, K.Yaspers, X.Yonasi kabi faylasuflar ham katta hissa qo‘shdilar.
XIX asr oxirida rossiyalik muhandis P.K.Engelmeyer “XIX asrning texnik yakunlari” (1898 yil) nomli kitobida texnika falsa-fasi vazifalarini ta’riflab berdi. Uning ilmiy asarlari nemis tilida ham chop etildi. Biroq, faqat XX asrdagina texnika, uning rivojlanishi, jamiyatdagi o‘rni va insoniyat kelajagi uchun ahamiyati muntazam o‘rganila boshlandi. Faqat faylasuflargina emas, balki muhandislarning o‘zlari ham texnikani chuqur anglab yetishga jiddiy e’tibor bera boshladilar. Bu mavzu, ayniqsa, 30-yillarda Germaniya diplomli muhandislar uyushmasining “Texnika va madaniyat” jurna-li sahifalarida faol muhokama qilindi. Aytish mumkinki, bu davrda muhandislar muhitida texnika fenomeni va uni yaratish borasidagi o‘z faoliyatlarini falsafiy anglab yetishga bo‘lgan ehtiyoj ortib bordi. Ko‘pincha bunday anglab yetishga bo‘lgan urinishlar faqat hozirgi zamon texnik taraqqiyot yutuq va istiqbollarini optimistik baholashga borib taqalar edi. Shu bilan bir vaqtda ijtimoiy fanlar namoyandalari muhitida hozirgi zamon jamiyatida texnik taraqqiyot-ning borishiga tanqidiy munosabat ortib bordi, asosiy e’tibor uning salbiy tomonlariga qaratildi. Ikkala holda ham texnika maxsus tahlil va tadqiqot predmetini tashkil etdi. Shunday qilib, texnika falsafasi mustaqil falsafiy tadqiqot sohasiga aylandi.

Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə