Texnika falsafasi


Texnika falsafasini o‘rganishga yondashuvning o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə5/75
tarix23.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#155246
növüУчебник
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
Техника фалсафаси.23-24

Texnika falsafasini o‘rganishga yondashuvning o‘ziga xos xususiyatlari. Hozirgi zamon metodologiyasining muhim talablari-dan biri murakkab falsafiy muammolarni o‘rganishga nisbatan yondashuvni aniq belgilashni nazarda tutadi.
Biz bu o‘rinda ta’riflamoqchi bo‘lgan qoida quyidagicha: bugungi kunda texnikani manfaatdorliksiz, sof ob’ektiv o‘rganish uncha samarali emas, shu jumladan, texnika tufayli ham vujudga kelgan inqirozni yanada kuchaytirishi mumkin. Aksincha, texnikani o‘rganish madaniyatdagi inqirozni tan olishni nazarda tutib, texnikani mazkur inqiroz omili sifatida tushunishni talab qiladi. Shu nuq-tai nazardan qaraganda, texnika hozirgi sivilizatsiya va madaniyat-ning ajralmas qismi hisoblanib, ularning qadriyatlari, ideal, an’ana, ziddiyatlari bilan uzviy bog‘liq. Ammo inqirozlar oldida qo‘l qovushtirib qarab turish kerak emas. Inqirozlarni, ayniqsa, dunyo miqyosida yuz beruvchi, odamlar hayotiga tahdid soluvchi tanglik-larni bartaraf etish zarur. Binobarin, texnikani o‘rganish mada-niyatimiz inqirozini bartaraf etishga yordam berishi, texnikaning ekstensiv rivojlanishini cheklash (yoki hatto an’anaviy tushunila-digan texnik taraqqiyotdan voz kechish), texnik dunyoni o‘zgartirish g‘oyalaridan, butunlay yangicha texnikani, ya’ni inson va jamiyat uchun maqbul bo‘lgan, ularning xavfsiz rivojlanishi hamda mavjudligini ta’minlaydigan texnikani yaratish konsepsiyalaridan kelib chiqishi lozim.
Bunday yo‘sinda ta’riflangan qoidalar, albatta, muayyan qadriyatlarga tayanadi, ma’lum aksiologiyadan kelib chiqadi. Bizning nazarimizda, mazkur aksiologiya tamoyillari rossiyalik faylasuf N.S.Rozov tomonidan ta’riflangan. Chunonchi, N.S.Rozov qadriyat deganda, kishilar ongi va xulq-atvori harakatlarining chegaraviy me’yoriy asosini tushunadi32. Aksiologik ongning hozirgi vaqtdagi ahamiyati haqida so‘z yuritar ekan, shunday deb yozadi: “XX asr ikkinchi yarmining siyosiy tajribasi muammolarni tinch yo‘l bilan hal qilishga intilish keng miqyosda samara berishiga umid qilish uchun imkoniyat yaratadi. Demak, o‘zaro muloqot va murosai-madora kerak, umumiy til, umumiy tushunchalar hamda o‘zaro maqbul asoslar doirasi zarur. Har bir mafkura va din vakillari uchun qisman yon berishlarga borish, xiyonatda ayblanmaslik imkoniyati kerak. Muammolarni oldinma-ketin, qismlarga bo‘lib hal qilish imko-niyatini beruvchi g‘oyalarning moslashuvchan tizimi zarur. Diniy, mafkuraviy, ijtimoiy, madaniy, iqtisodiy, milliy va boshqa qadriyatlarga asoslangan, o‘ta keng ong shu talablarning barchasiga javob beradi. Bunda mazkur ong umum ahamiyatiga molik qadriyatlar – insonning yashash va fuqarolik huquqlarini, shuningdek, barcha zaruriy sharoitlarni qattiq turib himoya qiladi...”33. Fikrini davom ettirib, u quyidagi tamoyillarni qayd etadi:
Qadriyatni aniqlash va tuzishning ikki yoqlamaligi tamoyili. “Ikki yoqlamalik tamoyili ob’ektiv-sub’ektivlik, boqiylik-tarixiylik, an’anaviylik-novatorlik antinomiyalarining qutblari o‘rtasidagi tafovutni bartaraf etishga qaratilgan. Qadriyatlarga qarab mo‘ljal oluvchi absolyutist va relyativistlar o‘z nuqtai nazar-laridan voz kechmasalar kerak. Ammo, odatdagi bir-birini ayblash-lardan tashqari, ularning o‘rtasida samarali muloqot yuz berishi mumkin. “Qadriyatlarni aniqlash” iborasi mazkur muloqot umumiy tilining elementi bo‘lishi mumkin. Bunda qadriyatlarni aniqlash deganda, absolyutistlar boqiy haqiqatlarni aniqlashni, relyativist-lar dolzarb ijtimoiy-madaniy tartibga solish vositalarini yara-tishni, tarixiy platonizm g‘oyasini qabul qiluvchilar esa ochilayotgan ma’naviy ufqlarni ishlab chiqishning ikki yoqlama jarayonini tushunishlari mumkin”34.
Shikastsiz tuzatish tamoyili. “Shikastsiz tuzatish tamoyili qadriyatlarni yangilash jarayonlarining asoratlarini yumshatishga qaratilgan. Uning zamirida qadriyatlarning qo‘sh qatlamli xususiyati haqidagi tasavvur yotadi: tushunchalarning oqilona qatlami nisbatan o‘zgaruvchan, maqsadlar, qoidalar, xulq-atvor me’yorlari bilan uzviy bog‘liq, nisbatan chuqurroq irratsional, simvolik qatlam esa barqaror bo‘lib, madaniy an’anadan mustahkam o‘rin olgan, ruhiyat va xulq-atvorning ongsiz va ruhiy-obrazli unsurlari bilan uyg‘un bog‘liq. Bundan shikastsiz tuzatish kiritish strategiyasi kelib chiqadi: asosiy e’tiborni qadriyatlarning oqilona, tushunchalar qatlaminigina o‘zgartirish zarurligiga qaratish, zero, u hamisha xususiy, joriy, tarixan o‘tkinchi hisoblanadi”35.

Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə