2-Reja Har bir xalq o’ziga munosib qadriyatlarga ega



Yüklə 4,78 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü4,78 Kb.
#163337
Insho


2-Reja – Har bir xalq o’ziga munosib qadriyatlarga ega
1-Rejada aytganimdek hozir biz O’zbek xalqimiz , shuning uchun O’zbek xalqining qadriyatlari va tarixi haqida fikr almashamiz. Bugungi kundagi turli zararli ta’sirlardan saqlanish, har qanday sharoitda ham xalqimizga azaldan xos bo’lgan milliy inoqlik , betakror fazilatlar egasi bo’lib qolishimizda qadimiy an’ana va qadriyatlarimizni asrab-avaylab, ularga amal qilib yashash o’ta muhim ahamiyat kasb etgan. Yer yuzidagi har bir millat faqat uning o’ziga xos bo’lgan an’ana va qadriyatlari bilan alohida ajralib turadi, tabiiyki, har qaysi xalqning bebaho boyligi bo’lgan bunday qadriyat va an’analar bir-ikki kunda paydo bo’lib qolmagan. Insoniyatning necha ming yillik tarixiy tajribasi shuni ko’rsatadiki, biror-bir narsaning an’anaga, ayniqsa, qadriyatga aylanishi uzoq davrni talab qiladi. Yillar, asrlar davomida bir xil qarash, odat, tushuncha, tajribalar zamonlar, avlodlar sinovidan o’tadi va yanada yaxshiroq shakllanib bizga yetib keladi. Agar ular keyingi avlodlar tomonidan ham qabul qilinsa, davom ettirilib, urf-odatga aylantirilsa, demakki, endi ularni milliy an’ana va qadriyat deb atash mumkin bo’ladi va shunday tarzda xalq rivojlana boshlaydi. Bizning Turkiy xalqlardan qolgan qadriyatlarimiz ham bizning yuksalishimiz uchun mavjuddek go’yo

3-Reja – Qurbongoh topilgan joyda yuksalish mavjud


3-rejaning nomini o’zimga juda ham yoqqan aforizmdan oldim. Joseph de Maistrening "Wherever an altar is found, there civilization exists" aforizimmi juda ham katta ma’noga ega.Biz bu aforizmni O’zbek tiliga to’g’ridan-to’gri tarjima qilsak boshqacharoq ma’no chiqib qoladi ammo bu aforizmning asosiy mohiyati shundan iborat. “Qayerda ilm olishga oid joylar qurilgan bo’lsa u yerda yuksalish mavjud”. Biz bu aforizmdan shuni bilib olsak bo’ladiki bizning xalqimiz oldindan o’qishga oid sohalarda yetakchi bo’lgan. Sababi tarixdan bizga ma’lum Turkiy xalqlar birinchilardan bo’lib ko’pchilik fanlarga asos solishgan , ko’plab ixtirolar qilishgan. Dastlabki maktablar , ilm olishga oid joylar ham dastlab Sharq mamlakatlarida vujudga kelgan. Biz ham o’z xalqimiz bilan faxrlanib , ularning ishlarini davom ettirish uchun yanada yaxshiroq harakat qilishimiz , ko’proq foydali ishlar qilishimiz zarur. Shu joyda yana bir ajoyib aforizmlardan biri “success = sacrifice” (sodda ma’nosi “Muvaffaqiyat qurbolik talab qiladi) ham xuddi bizga atalgandek, O’zbek xalqi hozir ham, oldin ham, qiyin davrlarda ham o’qishni kanda qilishmagan. Shunday ekan biz nega o’zimizni bu ishlardan tortib , ko’rinmas xalqlar orasiga , o’zimizning nomi ulug’ Turkiy xalqdan ajralgan O’zbek xalqimizni qoshib qo’yishimiz kerak. Bizning hozirgi davrda davlatimizda hamma ilm olish uchun sharoitlar yetarli. Muhtaram prezidentimiz ham O’zbek xalqini yanada yuksaltirish uchun yoshlarga juda ham kata e’tibor bermoqdalar va barcha zarur shart-sharoitlarni qilib beryabdilar. Biz bu ishlarni samarasini amalda ko’rsatishimiz va bizdan keyingi avlod ham biz va xalqimiz bilan faxrlanishiga sababchi bo’la olishimiz kerak
Yüklə 4,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə