Zamonaviy ilm-fan va ularning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni I. M. Sattarova adu m. Abdulmadjidova adupi annotatsiya



Yüklə 220,47 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix16.05.2023
ölçüsü220,47 Kb.
#110724
  1   2
2219-Article Text-4576-1-10-20211227



Zamonaviy ilm-fan va ularning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni
 
I.M.Sattarova
ADU
M.Abdulmadjidova 
ADUPI
 
Annotatsiya: 
Maqolada talabalarning
 
ijodiy fikrlarini faollashtirishi va har bir 
masalada erkin ilmiy munosabatda bo‘lish. Ilm - bu o‘qish, o‘rganish hamda hayotiy 
tajriba asosida orttirilgan bilim va malakalar majmuasi ekanligi. Davrning dolzarb 
sohalariga ko‘proq e’tibor berish, fanning yutuqlarini amaliy hayotga ko‘proq va 
unumliroq tadbiq etish haqida fikr yuritilgan.
 
Kalit so’zlar: 
ilm-fan, fikr, erkin fikr, bilim va malaka, ixtirochilik, 
ratsionalizatorlik, axborot sivilizatsiyasi. 
Modern science and their role in the development of society 
I.M.Sattarova 
ASU 
M.Abdulmadjidova 
ASUPI 
Abstract:
The article encourages students to think creatively and to have a free 
scientific approach to each topic. Science is a set of knowledge and skills acquired 
through reading, study, and life experience. There was an idea to pay more attention 
to the current issues of the time, to apply the achievements of science in practice 
more effectively. 
Keywords:
science, thought, free thought, knowledge and skills, ingenuity, 
rationalization, information civilization. 
“…Bugungi sharoitda eng ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini 
keng joriy etish ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Bu sohada qabul qilingan Milliy 
dasturga muvofiq, telekommunikatsiya texnologiyalarini, aloqa tizimlari va 
infratuzilmasini yanada rivojlantirishimiz, informatsion tizimlar komplekslari va 
«Elektron hukumat» axborot bazasini shakllantirishimiz kerak…
1
”- deganda 
Yurtboshimiz Sh.Miromonovichning naqadar haq ekanligini ko’ramiz.
1
Mirziyoyev.Sh.M.“Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko’taramiz” 
Toshkent.”O’zbekiston”-2017 y 14-15 bet 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
December 2021 / Volume 2 Issue 12
www.openscience.uz
609


Fanning ijtimoiy mohiyati muhim ahamiyat kasb etdi. Bu esa ilm-fan rivojini 
boshqarish lozimligini ta’kidladi. Albatta fanning rivoji ham uni optimal 
tashkillashtirish va boshqarishga bog‘liq. 
Fundamental va amaliy fanlar orasidagi optimal munosabatlarni aniqlash ilmiy 
xodimlar va tashkilotlarni maqsadli taqsimlash va rejalashtirish, davrning dolzarb 
sohalariga ko‘proq e’tibor berish, fanning yutuqlarini amaliy hayotga ko‘proq va 
unumliroq tadbiq etish, fanni kishilik jamiyatining ravnaqi uchun yo‘naltirish, 
ob’ektiv dunyo rivojining kelajagini aniqlash masalalari fanni boshqarish 
masalalariga kirdi. 
Ta’lim oluvchilarning faol fikr yuritishi o‘qitilishining asosiy maqsadi, ularni 
dastlabki tahsil vaqtidan ilmiy izlanish-tadqiqot ishlariga jalb etish, uning natijalarini 
amaliyotga tadbiq etish va shu bilan birga mustaqil mutaxassislarni tarbiyalashdir.
Faol fikr yuritishning bo‘lajak kadrlar tayyorlashdagi muhim o‘rni shundan 
iboratki, bunda talabalar ilmiy izlanish asoslari haqidagi bilimlarini yanada 
chuqurlashtirib, tanlangan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha, ilmiy izlanish va tadqiqot 
tajriba ishlarini tashkil etish va bajarish uslubiy qo‘llanmalariga ega bo‘ladilar, ilmiy 
izlanish asoslari metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot ijodkorlik ilmiy asosini o‘rganish 
bilan birga, o‘zlarining ijodiy fikrlarini faollashtiradilar va har bir masalada erkin 
ilmiy munosabatda bo‘lishga o‘rganadilar. Shu bilan birga, intellektual mulk sohibi 
bo‘lish, ixtirochilik va ratsionalizatorlik tushunchalari asoslari, mualliflik haq-huquqi, 
O‘zbekiston Respublikasi va chet el ilmiy izlanish-tadqiqot tashkilotlari strukturasi va 
boshqalar bilan tanishib nazariy va amaliy bilim va ko‘nikmalarini oshiradilar.
Shu o’rinda “…Bizning vazifamiz - to‘plangan tajriba va ilg‘or xalqaro 
amaliyotga suyangan holda, o‘zimizning taraqqiyot va yangilanish modelimizni 
qat’iy amalga oshirishdan iborat. SHu borada yaqin va o‘rta muddatga belgilangan 
marralarga erishish uchun qat’iyat bilan harakat qilishimiz zarur…
2
”- degan fikrlari 
g‘oyat o‘rinlidir. 
Ta’lim oluvchilar bo‘lajak oliy o‘quv yurtidagi bakalavriatura tahsil vaqtida 
o‘quv rejasidagi fanlardan kurs ishlari (loyihalari), ilmiy referatlar, ilmiy 
anjumanlarda ma’ruzalar, bitiruv malakaviy ishning bajarilishi qoidalari, ularning 
rasmiylashtirilishiga qo‘yilgan talablar bilan tanishadilar. Shu bilan birga keyingi 
magistratura vaqtida ilmiy maqolalar, ilmiy-tadqiqot va magistrlik dissertasiyasining 
bajarilishi, ilmiy xodim bo‘lish uchun nomzodlik, doktorlik dissertatsiyalar haqida 
ma’lumotlarga ega bo‘ladilar. 
Ilm olish haqida gapirar ekanmiz, zero, “ilm - sahroda do‘st, hayot yo‘llarida 
tayanch, yolg‘izlik damlarida - yo‘ldosh, baxtiyor daqiqalarda rahbar, qayg‘uli 
2
Mirziyoyev.Sh.M. “Erkin va farovon, demokratik o’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz” O’zbekiston 
Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag’ishlangan Oliy majlis palatalarining qo’shma 
majlisidagi nutq.T.”O’zbekiston” NMIU. 2016 y.20- bet 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
December 2021 / Volume 2 Issue 12
www.openscience.uz
610


onlarda madadkor, odamlar orasida - zebu-ziynat, dushmanlarga qarshi kurashda 
quroldir” - deb bejiz aytilmagan.
Ilm - bu o‘qish, o‘rganish hamda hayotiy tajriba asosida orttirilgan bilim va 
malakalar majmuasi. 
Fan - dunyo haqidagi ob’ektiv bilimlar majmuasidir. Tarixiy taraqqiyot 
jarayonida fan jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlariga aylanib boradi. Fanning 
vazifasi tabiat, jamiyat va tafakkur haqidagi yangi bilimlar hosil qilishdan to ularni 
amaliyotga joriy qilishgacha bo‘lgan faoliyatini o‘z ichiga oladi. Kishi organgani va 
ruhiyati hamda intellektual salohiyatini atrof-muhit, bepoyon olam sirlari va 
rivojlanish mexanizmlarini o‘rganib, ulardan kishilik jamiyatining ravnaqi uchun 
foydalanish ilm-fanning bevosita maqsadidir. 
Fanning paydo bo‘lishi kishilik jamiyatining paydo bo‘lishi bilan bevosita 
bog‘liq. Dastlabki bilimlar amaliy xarakterga ega bo‘lgan. Taraqqiyot davom etishi 
asosida qadimgi zamon mutafakkirlari tabiat, jamiyat va tafakkurni goho birgaliqda, 
goho ayrim-ayrim ravishda bayon etishga urina boshladilar. Dunyoni bir butun, deb 
ifodalovchi tushunchalar, isbotlash usuli paydo bo‘ldi. Elinizm davrida Yevklid, 
Arximed, Ptolomey tomonidan geometriya, mexanika, astronomiya sohasida 
dastlabki tizimlar yaratildi. O‘rta asrlarda fan rivojiga Shark va O‘rta Osiyo olimlari 
ulkan hissa qo‘shdilar. Ular qadimgi fan yutuqlarini, ilmiy asarlarni saqlash, tarjima 
qilish va ularni tarqatish masalasiga katta e’tibor berdilar. Shuningdek, ular fanni 
yangi yutuqlar bilan boyitdilar, yangi kashfiyotlar qildilar. 
O‘rta Osiyoning buyuk olimlari ilm-fanni yangi tarmoqlarini yaratdilar va yangi 
qonun-qoidalarni kashf etganlar. Muhammad Muso al-Xorazmiy matematika, 
asronomiya, mexanika, tarix, geografiya kabi sohalarda mustahkam poydevor yaratdi. 
Bugungi kundagi algoritm termini ham ulug‘ olim Muhammad Muso Al-Xorazmiy 
nomi bilan bevosita bog‘likdir. Axmad Mirvaziy esa o‘sha paytdagi trigonometriya 
fani rivojiga katga hissa qo‘shdi. Abu Nasr Forobiy falsafiy fikrlarni rivojlantirdi, 
komil inson tarbiyasiga katta e’tibor berdi. "Fozil odamlar shahri" asari orqali 
yaxshilik haqidagi ta’limotlarni tizimlashtirdi, musiqaning matematik nazariyasini 
yaratdi. 
Hamid Xo‘jandiy, Umar Xayyomlar kub tenglamalar nazariyasini yanada 
rivojlantirdi. Mahmud Qoshg‘ariy o‘z davrining qomusiy olimi edi. U "Devoni 
lug‘ati turk" asarini yaratdi. Abu Rayhon Beruniy ham qomusiy ilmlar sohibi 
bo‘lgan. U geodeziya, mineralogiya, farmokologiya, kimyo, tarix va shu kabi 
ko‘pgina fanlar bilan shug‘ullandi va ular rivojiga munosib hissa ko‘shdi. Abu Ali 
ibn Sinoning tibbiy ilmi bo‘yicha ta’limoti dunyoga mashxur bo‘ldi va meditsina 
termini ham ulug‘ olim nomidan kelib chiqqan. Mirzo Ulug‘bek, Ali Qushchi, 
G‘iyosiddin 
Koshiy, 
Qozizoda 
Rumiylar 
sonlar 
nazariyasini 
yanada 
mukammallashtirdi, falakiyot ilmini rivojlantirib, Mirzo Ulug‘bek munajjimlar 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
December 2021 / Volume 2 Issue 12
www.openscience.uz
611


xudosi Uroniya yoshdan joy oldi. Mirzo Ulug‘bek va Al-Farg‘oniylar nomiga ikkita 
yulduz qo‘yilishi Vatandosh olimlarimizni Yer kurrasidan tortib, to Samogacha 
ma’lum va mashxur qildi. Bo‘lar orkali esa o‘zbek xalqi ham dunyoga mashhur 
bo‘ldi. 
Umuman olganda "Xalqimiz o‘zining ko‘hna tarixida Uyg‘onish davri" ning 
turli shakllarini ko‘rgan. Jumladan, Abu Nasr Forobiy, al-Xorazmiy, al-Beruniy, ibn 
Sino va boshqa o‘nlab ulug‘ bobokolonlarimiz nomi bilan bog‘liq bo‘lgan IX-XI asr 
"Uyg‘onish davri" Turon zamin xalqlari tarixidagi birinchi Renessans hodisasi bo‘ldi. 
Sohibqiron Amir Temur va Temuriylar nomi bilan bog‘lik bo‘lgan, qariyb 500 
yillik davr turkiylar hayotidagi ikkinchi Uyg‘onish davri, milliy tiklanish, milliy 
taraqqiyot pallasi bo‘lib tarixda abadiy qoldi. Bu ikkinchi Renessans hodisasi jahon 
fani, madaniyati, umuminsoniy qadriyatlarni oliymaqom darajada o‘ziga mujassam 
etgan milliy davlatchilik va boshqaruv tizimining shakllanishi bilan bog‘liq bo‘lgan 
buyuk voqelikdir. 
XX asrning o‘rtalariga kelib fanning ijtimoiy hayotdagi roli mislsiz darajada 
oshdi. Fanlar taraqqiyotidagi inkiloblarning xarakteri o‘zgardi, ya’ni ilm sohasidagi 
inkiloblar texnika sohasidagi axborotlar bilan uyg‘unlashib ketdi va ilmiy-texnika 
inqilobi yuzaga keldi. XX asr 40-yillarning oxirlaridagi ilmiy-texnika inqilobi 
fanning bevosita ishlab chiqarish kuchlariga aylanish natijasida fanning o‘zida, 
texnikada va ishlab chiqarishda katta sifat o‘zgarishlariga olib keldi. Natijada har 10-
15 yilda ilmiy faoliyat hajmi ikki marta oshib kela boshladi. Shu narsani mamnuniyat 
bilan qayd etish mumkinki XX asrning 70 -yillardagi olim va ilmiy xodimlar soni 
butun fan taraqqiyoti davrlarida yashagan olimlar sonining 90 % dan ko‘prog‘ini 
tashkil etdi, degan xulosalarga ham kelindi. Umuman olganda shuni qayd etish 
mumkinki, jahon miqyosida ilmiy xodimlarning o‘sish foizi aholining o‘sish foiziga 
qaraganda bir necha marta ortiq, ya’ni fan ijtimoiy salohiyatning muhim omiliga 
aylandi. 
Fanning ijtimoiy mohiyati muhim ahamiyat kasb etdi. Bu esa ilm-fan rivojini 
boshqarish lozimligini ta’kidladi. Albatta fanning rivoji ham uni optimal 
tashkillishtirish va boshqarishga bog‘liq. 
Fundamental va amaliy fanlar orasidagi optimal munosabatlarni aniqlash ilmiy 
xodimlar va tashkilotlarni maqsadli taqsimlash va rejalashtirish, davrning dolzarb 
sohalariga ko‘proq e’tibor berish, fanning yutuqlarini amaliy hayotga ko‘proq va 
unumliroq tadbiq etish, fanni kishilik jamiyatining ravnaqi uchun yo‘naltirish, 
ob’ektiv dunyo rivojining kelajagini aniqlash masalalari fanni boshqarish 
masalalariga kirdi. 
O‘rta asrlardan boshlab Yevropada universitetlar ilm-fanni rivojida muhim rol 
o‘ynadi. O‘rta Osiyoda vujudga kelgan madrasalarda diniy va dunyoviy bilimlar, 
chunonchi hadis ilmi, matematika, astronomiya, kimyo, geodeziya, tibbiyot, 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
December 2021 / Volume 2 Issue 12
www.openscience.uz
612


geografiya va shu kabi fanlarga baravariga e’tibor berildi. Ma’mun akademiyasi bu 
boradagi fikrimiz dalillaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Bu hakda mazkur ishning 
akademiya kismida batafsil to‘xtalamiz. 
Bu borada nafaqat olimlarimiz ilm-ma’rifatni tarkatishga jonbozlik ko‘rsatgan, 
balki davlat rahbarlarimiz ham bu sohaga homiylik kilib ilm-fan ravnaqiga katta hissa 
ko‘shgan. Jumladan. Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek va boshqalar ilmiy markazlar 
tashkil etib, ularga iktidorli olimlarni to‘plaganlar hamda yozma manbalar bilan 
ularni ta’minlaganlar. 
Fanning rivojlanishi uchun imkon yaratish va uni maqsadli boshqarish jamiyat 
tarakkiyotiga samarali ta’sirni ta’minlash demakdir. Ilmiy muassasalarni bir joyga 
jamlash va markazlashtirish umummilliy hamda xalqaro ilmiy tashkilotlar, ilmiy 
markazlarning tashkil bo‘lishiga olib keldi. Natijada XX asrlarda ixtisoslashgan ilmiy 
tashkilotlar (muassasalar) soni keskin ravishda oshdi. Fan sohalari bo‘yicha ilmiy 
muassasalar tashkil bo‘la boshladi hamda yangi nomdagi fanlar yo‘nalishlari yuzaga 
kela boshladi. Jumladan, kibernetika (iqtisodiy kibernetika, biomed, kibernetika, 
texnika kibernetikasi), matematik lingvistika, geofizika, biotexnika, ehtimollar 
nazariyasi, ergonomika, informatika, texnik estetika va shu kabilar yangi nomlarni 
olgan fan yo‘nalishlaridir. Bo‘larning hammasi fan sohalarini rivojlantirishda katga 
rol o‘ynadi. Jumladan, ona vatanimizda kadimdan matematika, falakiyot ilmi, 
tibbiyot, geodeziya, geografiya va shu kabi fanlar rivojida uyg‘onish davrlari, ya’ni 
Sharq ma’daniy yuksalishining "Oltin davri" deb atalgan bo‘lsa, bugungi kunda ham 
o‘z ma’lum va mashxurligini yo‘qotgan emas, ya’ni bugungi kunda matematik 
statistika va integral tenglamalar, sonlar nazariyasi, hisoblash matematikasi 
sohalarida katta yutuqlar ko‘lga kiritildi. Ehtimollar nazariyasi bo‘yicha "Toshkent 
maktabi" deb nom olgan ilmiy yo‘nalish dunyoga mashxur. Yadro fizikasi va 
geofgoika, geliotexnika va elektronika, aerogidromexanika va gaz dinamikasi 
yutuqlari xalq xo‘jaligining turli sohalariga tadbiq qilinmoqda. Bioorganiq va fizik 
kimyo, o‘simlik moddalari va yuqori molekulali birikmalar kimyosi ko‘plab tabiiy va 
sun’iy kimyoviy moddalarni olish imkonini berdi. Botaniqa va seleksiya, zoologiya 
va meditsina, bioximiya, biofizika va geoximiya, geologiya va seysmologiya yirik 
muvaffaqiyatlarga erishdi. 
Filosofiya va xuquq, til va adabiyot, tarix va sharqshunoslik sohalarida ham 
yirik ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. 
Keyingi chorak asr davomidagi ilmiy - texnik taraqqiyotga nazar tashlasak, bu 
davr ichida ko‘pgina, ayniqsa, fizika, matematika, mexanika, kimyo, biologiya kabi 
aniq fanlar va shu bilan birga texnikada tamomila yangicha sifat va tamoyillarga ega 
bo‘lgan qonunlar, nazariyalar va gapotezalarning vujudga kelganligini shohidi 
bo‘lamiz. Fanlarning o‘zaro hamkorligi tezlashib, fanning yangi sohalari paydo bo‘la 
boshladi. Bular esa o‘z navbatida texnika taraqqiyoti uchun xizmat qiladi. Ayniqsa, 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
December 2021 / Volume 2 Issue 12
www.openscience.uz
613


hozirgi davrda xalq xo‘jaligini boshqarishni avtomatlashtirish keng ko‘lamda amalga 
oshirilmoqda. Bu borada fan va texnika yutuqlarini o‘z navbatida yoshlarga yetkazib 
borish, hozirgi zamon darslariga qo‘yilgan talablardan biridir. 
Fan va texnika ishlab chiqarish bilan yaqindan integratsiyalashib borish bu davr 
taqozosidir. Shuning uchun ham bugungi yoshlar maktablarni bitirib hozirgi zamon 
texnikasining asoslari haqida ma’lum tasavvurlarga ega bo‘lishlari lozim. 
Bugungi yuksalayotgan fan va texnikamiz bizga jamiyat qonunlarni va 
tabiatdagi hodisalar mohiyatini, buni o‘rab turgan muhitni rivojlantirishni tushunib 
yetishga yordam beradi. Texnika tufayli inson atrof - muhit bilan faol hamkorlikda 
bo‘ladi, uning yashash sharoitlari yaxshilanadi. XIX asrning oxiri XX asrning 
boshlarida fan va texnika misli ko‘rilmagan darajada rivojlandi. Bu davrda sanoat, 
transport va boshqa sohalarni avtomatlashtirishga kirishildi. Avtomatik boshqarish 
nazariyasiga asoslangan «Kibernetika» nomli yangi fan vujudga kelishiga asos bo‘ldi. 
O‘tgan yillar mobaynida yetuk olimlar yordamida kibernetika fanining texnik 
asoslari bo‘lmish kompyuterlarning o‘nlab, yuzlab turlari yaratilgan bo‘lib, ular 
hisoblash jarayonini yengillashtiradi. Shunga qaramay, bugungi kunda yaratilgan 
kompyuterlarning turli ko‘rinishlarini, ya’ni kompyuterlarni va mini - kompyuterlarni 
takomillashtirishga olimlar tezlik bilan kirishdilar. Kelgusi davr kompyuterlari 
sekundiga ulardan bir necha ming barobar tez ishlaydigan bo‘lishi kutilmoqda. 
Ko‘rinib turibdiki, bugungi kunda hisoblash ishlarini tezkor bajarish uchun ko‘plab 
kompyuterlar zarur. 
Demak, bitta kompyuter bir kishi umr bo‘yi bajaradigan hisobni bir soatda 
bajarishi mumkin. 
Kompyuterlardan fizika, matematika, astronomiya, kimyo, geofizika, texnika va 
boshka bir talay fan sohalariga oid turli xil murakkab matematik masalalarni 
yechishda muvaffaqiyatli foydalanilmoqda. Ayniqsa, atom energiyasi, qurilish, 
kosmik fazoni zabt etish va boshqa ko‘pgina sohalarning beqiyos rivojlanishini 
ularda hisoblash texnikasini keng qo‘lamda qo‘llanilayotganligining natijasi deb 
qarash mumkin. Keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, fizika, matematika, 
elektronika kabi fanlarning eng ulkan yutuqlarini mujassamlashtirgan kompyuterlar 
shu paytgacha yaratilgan har qanday hisoblash mashinalaridan ham ustunlik qiladi. 
Hozirgi kunda kompyuterlar qo‘llanilmayotgan biron sohani topish qiyin. Ular 
dastgoh, sex, zavodlarni boshqarishda ham insonga yaqindan ko‘maklashmoqda. 
Kompyuterlarning ikki muhim xususiyati: hisoblashi tez bajarishi va xotirasida katta 
hajmdagi axborotni saqlay olish xalq xo‘jaligini rejalashtirish va boshqarish uchun 
kerak bo‘lgan ixtiyoriy hajmdagi axborotni ishlab chiqish uchun juda ko‘p 
imkoniyatlar yaratib bermoqda. 
Turli xil jarayonlarni har tomonlama o‘rganishga bo‘lgan ehtiyoj ma’lum 
tarzdagi hisoblash operatsiyalarini tezlashtirish, aqliy faoliyatining ayrim tomonlarini 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
December 2021 / Volume 2 Issue 12
www.openscience.uz
614


modellashtirish va shu kabi ishlarni avtomatlashtirishni talab qiladi. Tezkor hisoblash 
texnikasiga bo‘lgan keskin talab, ayniqsa, ikkinchi jahon urishining oxirida Angliya 
va AQShning havo raketalariga qarshi mudofaa tashkil etishiga olib keldi. Bu esa XX 
asrning 40-50- yillarida ayrim jarayonlarni tez boshqarish talabi bilan inson imkoni 
orasidagi integratsiyaning yaqqol misolidir. Bu borada fan-texnika taraqqiyoti 
darajasidagi qator tez o‘tuvchi jarayonlarni samarali boshqarishni insonning 
psixofiziologik imkoniyatlari ta’min eta olmay qolgan edi. Insonni ishlab 
chiqarishning ayrim sohalarida tezkor texnikaviy qurilmalar bilan almashtirish taqozo 
etilgan edi. Avtomatlashtirishning eng yuqori pog‘onasi faqat jismoniy emas, balki 
aqliy mehnatni yengillashtirish va avtomatlashtirishga qobil bo‘lgan tamoyil yangi 
texnikaviy tizimni talab etar edi. Shu boisdan ham ilmiy tadqikot laboratoriyalarida 
olimlarimiz tomonidan fanning yangi-yangi sohalari kashf etilmoqda. Bu esa faqat 
hozirgi kunimiz kashfiyotlari emas, balki kelajagi porloq davlat barpo etish uchun 
jiddiy harakatlarning biridir. 
Ma’lumki, hozirgi fanda odam miyasining "modeli" mavjuddir. Bu modellar 
yordamida aqliy faoliyatning ayrim turlari belgilangan. Tadqiqotlar insonning uzoq 
yashashi, farovon turmushi uchun yaratilishini e’tiborga olib bu sohadagi olimlarning 
keyingi maqsadi odam turli organizmlarga mos ishlab chiqilgan tizimlarni birlashtirib 
«Sun’iy odam» yasashdek buyuk maqsadga qaratilgan. Umuman olganda hozirgi 
zamon fan-texnika inqilobi avtomatika, uning elementlari va vositalari yadrosini 
tashkil qiladi va bunday bo‘lishi hozirgi davr taqozosi. 
Demak, uchinchi ming yillik birinchi asrida yashovchi intellektual avlod 
muntazam ravishda ilmiy - texnik taraqqiyot bilan tanishtirilib borilmog‘i lozim ekan. 
Bu taraqqiyotdan tanish bo‘lish uchun bugungi kunda Respublikamizda keng 
imkoniyatlar mavjud. Ular: masofaviy ta’lim, «Internet» tarmog‘iga ulanish, elektron 
darsliklar, elektron o‘quv qo‘llanmalar va h.k. 
Demak, har bir yosh uchinchi ming yillikning birinchi asri bo‘lmish "XXI asr-
intellektual asr"ining faol ishtirokchisi bo‘lish uchun ular mazkur davrning ta’lim-
tarbiya sivilizatsiyasining faol ishtirokchisi bo‘lmog‘i lozim. 
Umuman olganda, insoniyat aqliy faoliyatiga e’tibor beradigan bo‘lsak, ular 
hayoti axborot bilan chambarchas bog‘liq, ya’ni insonning har bir harakati axborot 
olish, uzatish, undan foydalanish, o‘zlashtirish, saqlash va boyitishdan iborat, desak 
xato bo‘lmaydi. Shuning uchun ham intellektual asrni axborot sivilizatsiyasi asri, deb 
ham atalmoqda. Ma’lumki, bunda ta’lim-tarbiya sivilizatsiyasi talablariga javob 
beruvchi 
intellektual 
avlodni shakllantirishni ta’lim-tarbiyada innovatsion 
yondashuvlarni keng qo‘llash orqaligina amalga oshirish mumkin.
Xulosa qiladigan bo’lsak, XXI asrga mos intellektual avlodni shakllantirish 
mutaxassis olimlarimiz oldiga qator muammolar yechimini topishdek muhim 
vazifalarni qo‘yar ekan quyidagilarga amal qilamiz: 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
December 2021 / Volume 2 Issue 12
www.openscience.uz
615


• ilm - bu o‘qish, o‘rganish hamda hayotiy tajriba asosida orttirilgan bilim va 
malakalar majmuasi; 
• fan - bu dunyo haqidagi ob’ektiv bilimlar majmuasidir; 
• uchinchi ming yillik birinchi asrida yashovchi intellektual avlod muntazam 
ravishda ilmiy-texnik taraqqiyot bilan tanishtirilib borilmog‘i lozim.

Yüklə 220,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə