Sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/63
tarix17.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#149753
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
boshlangich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish




Jumaniyozova Muhabbat 
Abdullayeva Adolat 
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA 
SINFDAN TASHQARI 
ISHLARNI TASHKIL QILISH 
 
(Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ssenariylari) 
 
 
 
 
 
TOSHKENT 
2017 



Mazkur metodik qo‘llanmada boshlang‘ich ta’limda sinfdan 
tashqari ishlarni, xususan, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil 
qilish va samarali o‘tkazish yo‘llari bayon qilingan. Unda turli 
yo‘nalishda o‘tkaziladigan bayram va tadbirlarning ssenariylari 
jamlangan.
Metodik qo‘llanma boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari hamda 
shu yo‘nalishda ta’lim olayotgan talabalar, barcha qiziquvchilar 
uchun mo‘ljallangan. 
Tuzuvchilar: 
Muhabbat Jumaniyozova – f.f.n., dots. 
Adolat Abdullayeva – talaba 
 
Taqrizchilar: 
Nuquljon Karimova- Xorazm viloyati Xiva shahridagi 5-son 
umumta’lim boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi 
Anorgul Atajonova – UrDU “Boshlang‘ich va maktabgacha 
ta’lim metodikasi” kafedrasi dotsenti, f.f.n.
 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



SO‘Z BOSHI 
 
Hozirgi globallashuv davrida fan va madaniyatning eng 
so‘nggi yutuqlari asosida kelajagimiz bo‘lgan yosh avlodni 
hayotga tayyorlashning samarali shakl va uslublari keng joriy 
etilmoqda. Binobarin, jamiyatda yuksak ma’naviy fazilatlarini 
kamol toptirish, milliy mafkurani shakllantirish, yoshlarni boy 
madaniy merosimiz, tarixiy an’analarimizga, umuminsoniy 
qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga 
sadoqat ruhida tarbiyalash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan 
barcha islohotlarning hal qiluvchi omilidir.
Boshlang‘ich ta’lim uzluksiz ta’limning asosiy bo‘g‘ini 
sifatida yosh avlod ta’lim-tarbiyasida muhim o‘rin tutadi. 
Yoshlarni ma’naviy barkamol inson ruhida tarbiyalashda sinfdan 
tashqari tarbiyaviy ishlarning ham ahamiyati katta. 
Yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy 
milliy, 
ma’naviy-tarixiy 
an’analariga, urf-odatlari hamda 
umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy, 
pedagogik shakl va vositalarni ishlab chiqish, amalda joriy etish 
ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil qilish orqali namoyon bo‘ladi. 
Bu o‘rinda boshlang‘ich ta’limda o‘tkaziladigan ma’naviy-
ma’rifiy tadbirlarning, turli tarixiy sanalarga bag‘ishlangan 
bayram kechalarining ahamiyatini alohida ta’kidlash mumkin. 
Shu bois mazkur metodik qo‘llanmada boshlang‘ich sinflarda 
o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni uch guruhga ajratib 
ko‘rsatishni joiz deb bildik: 
1.
O‘zbekiston Respublikasi shonli tarixida muhim o‘rin 
tutuvchi tarixiy sana va bayramlarga oid tadbirlar. 
2.
O‘zbek xalqi tarixi va adabiyotida alohida o‘rin tutuv-
chi buyuk allomalar tavallud sanalariga bag‘ishlangan tadbirlar. 
3.
Ona-tabiat, 
jamiyat 
hayoti 
bilan 
bog‘liq 
turli 
mavzulardagi tadbirlar.
Yuqorida ko‘rsatilgan bayram va tadbirlar ssenariylari 
Xorazm 
viloyati 
umumta’lim 
maktablarida 
faoliyat 
ko‘rsatayotgan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ish tajribasidan, 
ommaviy 
nashrlardan, 
xususan, 
“Boshlang‘ich 
ta’lim” 
jurnallaridan olib to‘plandi.




Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə