Sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/63
tarix17.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#149753
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   63
boshlangich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish

1-boshlovchi: 

Hozir 
davramizga 
huquqshunos 
mehmonlarimizni taklif etamiz. 
(Huquqshunoslarga so‘z beriladi)
2-boshlovchi: 
Men nechun sevaman O‘zbekistonni
Tuprog‘in kozimga aylab to‘tiyo. 
Nechun vatan deya yer-u osmonni 
Muqaddas atayman atayman tanho. 
1-o‘quvchi: -
Biz O‘zbekiston fuqarosimiz, buni e’tirof 
etarkanmiz, qalbimiz faxr va quvonchga to‘ladi. Chunki 
O‘zbekiston dunyoda qiyosi yo‘q go‘zal vqa betakror 
mamlakatdir. 
2-o‘quvchi: -
Bunday vatanda tug‘ilish, uning tabarruk 
ne’matlaridan bahramand bo‘lib voyaga yetish, jahonni lol etgan 
buyuk insonlarga munosib vorislik hammaga ham nasib 
etavermaydigan ulkan baxt, tengsiz saodatdir.


20 
3- o‘quvchi: - 
O‘zbekiston fuqaroligining huquqiy asoslari 
mamlakatimiz Konstitutsiyasi, fuqarolik kodeksi va boshqa qonun 
hujjatlarida belgilab berilgan. 
4- o‘quvchi: - “
Fuqaro” so‘zi grajdanik ma’nosini anglatadi. 
“Grajdan” lotincha so‘z bo‘lib, huquqiy jihatdan biron-bir 
davlatda mansublikni bildiradi. 
5- o‘quvchi: - 
Qadimda 

fuqaro” so‘zi o‘rnida “tabaqa”, 
“raiyat” kabi so‘zlar ko‘proq kishining inson sifatidagi huquqi va 
burchini davlat va jamiyat oldidagi mas’uliyatini his etishi 
ma’nosida ham ishlatilgan. 
6-
o‘quvchi: 
- O‘zbekiston fuqarosi bo‘lish bizga faqat 
g‘urur, iftixor baxsh etibgina qolmay, zimmamizga yuksak 
mas’uliyat 
yuklaydi. 
Chunki 
mamlakatimizning 
bugungi 
taraqqiyoti, kelajak taqdiri, uning dunyodagi o‘rni va nufuzini 
mustahkamlab borish biz – O‘zbekiston fuqarolarining muqaddas 
burchimizdir. 
7-o‘quvchi: - 
Fuqarolik hissi vatanparvarlik fazilatini 
shakllantirishda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zining 
fuqarolik burchini chuqur his qilgan odam mamlakat qonunlarini 
hurmat qilib, ularga qat’iy amal qiladi, qonunlarning har bandida 
o‘z xalqining irodasini his etadi. 
8- o‘quvchi:
- Fuqarolik hissi bilan yashash hamisha ongli 
va faol harakat qilishni, shaxsiy manfaatlarini vatan va xalq 
manfaatlari bilan uyg‘unlashtirishni talab etadi. Fuqarolik hissini 
tuygan odam mahallasi, shahar-u qishlog‘i, mamlakati taqdirini 
o‘z taqdiri bilan bog‘laydi. Birinchi Prezidentimiz ta’biricha, 
doimo “Elim deb, yurtim deb yonib yashaydi”. 
9- o‘quvchi: 
- Ongli fuqaro jamiyat hayotidagi voqealarda 
chuqur o‘ylab, fikrlab ishtirok etadigan, nafaqat o‘z manfaati yoki 
o‘zi mansub bo‘lgan guruh yoki toifa manfaatini, balki xalq va 
vatan manfaatini ko‘zlaydigan fuqarodir. 
10- o‘quvchi: 
- Irodani tarbiyalash his-tuyg‘u va orzu-
istaklarni aniq bir maqsadga yo‘naltirish, o‘tkinchi istak va 
mayllarni yengib, ruh va vujudni chiniqtirib borishdan iborat. 
Buning uchun doimo mashq qilish, ko‘p o‘qish, qiyinchiliklardan 
cho‘chimaslik, ularni sabr-toqat bilan yengib borish kerak. 


21 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə