Ii bo‘lim. Odam evolyusiyasi va ekologiyasi 4-bob. Odam evolyusiyasi va odam



Yüklə 9,36 Mb.
səhifə1/110
tarix11.12.2023
ölçüsü9,36 Mb.
#144765
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110
Монография-2 кисм lotin


II bo‘lim. ODAM EVOLYUSIYASI VA EKOLOGIYASI


4-bob. Odam evolyusiyasi va «odam biosfera» koevolyusiyasi


4.1. Odam biologik tur va bioijtimoiy mavjudot sifatida


Odam ilmiy tasnif bo‘yicha hayvonot olamining xordalilar tipi, sut emizuvchilar sinfi, primatlar turkumi, gominoidlar (gominid-lar, gomininlar) oilasi va gomininilar avlodiga mansub bo‘lgan bio-logik tur hisoblanadi [135].
Primatlar turkumi 200 dan ortiq turni o‘z ichiga oladi va ikki kenja turkumga bo‘linadi: ho‘lburunli va quruqburunli primatlar. Quruqburunli primatlar uzuntovonsimon va maymunsimon primat-lar quyi turkumlariga bo‘linadi. Maymunsimon primatlar keng bu-runli primatlar (YAngi dunyo primatlari) va tor burunli primatlar (Eski dunyo primatlari) kichik turkumlarini o‘z ichiga oladi. Tor bu-runli primatlar kichik turkumi uchta katta oilaga bo‘linadi: parapi-teklar (to‘liq qirilib ketgan maymunsimon jonzodlar), martishkasi-monlar («itboshli maymunlar») va gominoidlar (odamsimonlar). Go-minoidlar katta oilasi ikki oiladan iborat: gibbonlar (kichik odam-simon maymunlar) va gominidlar (katta odamsimon maymunlar, odam). Gominidlar oilasi o‘z navbatida ikki kenja oilaga bo‘linadi: pon-ginlar (orangutan) va gomininlar (gorilla, shimpanze va odam). Gomi-ninlar kenja oilasi ikki avlodni o‘z ichiga oladi: gorillalar va go-mininilar. Gomininilar avlodi ikki turdan iborat: odam va pan (shimpanze). Bunday tasnif shartli ekanligini esda tutish kerak.
Odam biologik tur sifatida aqlli odam Homo sapiens va unga qon-qarindosh bo‘lgan, biroq evolyusiya jarayonida butunlay qirilib ketgan ko‘plab qazilma turlarni o‘z ichiga oladi [147; 148].
Evolyusiya ta’limoti bo‘yicha primatlar va odam evolyusiyasining asosiy bosqichlari o‘ziga xos tarzda kechgan bo‘lib, 30-35 mln yil oldin qadimgi hashoratxo‘r sut emizuvchilardan primatlar paydo bo‘lgan. Primatlardan maymunga o‘xshash jonzodlar – parapiteklar ajralib chiqqan. Parapiteklar hasharotlar va o‘simliklar bilan oziqlanib, asosan daraxtlarda hayot kechirgan. Keyinchalik ulardan gibbon, oran-gutan va driopiteklar – gorilla, shimpanze va odamning daraxtlarda yashagan, qirilib ketgan umumiy ajdodi kelib chiqqan.
CHamasi 20 mln yil oldin driopiteklar ikkita butunlay mustaqil
shajaraga ajralgan: bir qismi (maymunlar) daraxtlarda yashab qolgan;
ikkinchi qismi (odamning eng qadimgi ajdodlari) daraxtdan erga tu-shib, odam paydo bo‘lishiga zamin tayyorlangan. Hozirgi kunda yana bit-ta faraz keng tarqalmoqda: driopiteklarning bir qismi odamga ayla-nish uchun daraxtdan erga tushmagan, aksincha, teskari jarayon yuz ber-gan: odamning eng qadimgi ajdodlaridan bir qismi qandaydir sabab-larga ko‘ra daraxtga chiqib, maymunga aylangan. Aftidan, saxelantrop / sahelanthropus (7 mln yil oldin), orrorin / orrorin (6 mln yil oldin), ardipitek / ardipithecus (5,8 mln yil oldin), avstralopitek / austra-lopithecus (4 mln yil oldin) kabi qazilma, ya’ni qirilib ketgan turlar odamzodning umumiy ajdodlari hisoblanadi [147; 148; 291].
Odam – biosferaning tarkibiy qismi, ya’ni undan tashqaridagi ta-biiy muhit sharoitida hayot kechira olmaydi. Odam mansub bo‘lgan go-minoidlar (gominidlar, gomininlar, gomininilar) oilasi Erning ekvator qismida paydo bo‘lgan, Odam zoti esa 8-6 mln yil oldin Af-rikaning shimoliy-sharqiy qismi va Janubiy Osiyoda vujudga kelgan. «Tabiiy turtki», ya’ni qurg‘oqchilik va «genetik portlash» – tektonik faollik davrida radioaktiv rudalar ta’sirida odam ajdodlari orga-nizmida xilma-xil mutatsiyalar (miya, bosh suyagi, tik yurish va h.k.) pay-do bo‘lib, antropogenez jarayoni boshlangan (4.1-rasm).





Bu davrda ikki kenja oila – avstralopiteklar va «odam ajdodi» mansub bo‘lgan gominoid / gominidlarning bir qancha turlari mavjud bo‘lgan. Xususan, 6,5-2 mln yil oldin bir oilaga mansub avstralopi-teklarAustralopithecus va «odam ajdodi» tik yurishni o‘rgangan, ta-biiy narsalardan qurol sifatida foydalana olgan gominidlar bo‘lib, bu tarmoqdan 2,5-1,6 mln yil oldin «uquvli odam» – Homo habilis va Homo rudolfensis (mehnat qurollarini tayyorlashga imkon beruvchi qo‘l panjalari shakllangan, biroq gapirmagan), ulardan 1,8 mln 300 ming yil oldin pitekantrop va sinantroplar, 1,2 mln yil oldin fergan-troplar (Farg‘ona vodiysidagi Selung‘ur g‘oridan topilgan), ya’ni «tik yuruvchi odam» – Homo erectus (yungli, tor peshona, qosh usti suyak-lari turtib chiqqan, to‘g‘ri yuruvchi maymunga o‘xshash odam) va 300-40 ming yil oldin «sinchkov (qiziquvchan) odam» – Homo neanderthalensis (tor peshonali, silliq iyakli, suyak-muskul tizimi rivojlangan, yungi yo‘q neanertal odam (Surxondaryodagi Teshiktosh g‘oridan topilgan) paydo bo‘lgan. Ular (Homo habilis, Homo erectus, Homo neanderthalen-sis) bir-biriga ajdod-avlod bo‘lib, dunyoning turli hududlarida, hat-to bir makon va zamonda yashaganligi ham aniqlangan. SHu asosda olim-lar faqat Homo erectus turidan 180 ming yil oldin «kroman’on odam» – Homo sapiens ajdodlari paydo bo‘lgan, deb hisoblaydilar. Bu aj-dodlar 164 ming yil oldin asosan mollyuskalar, 90 ming yil oldin baliqlar bilan oziqlangan va ulardan 82-75 ming yil oldin «hozirgi odam»Homo sapiens sapiens (tik yuradigan, yuz mushaklari ma’no-li harakat qiladigan, mehnat qilish va gapirish qobiliyatiga ega bo‘lgan, go‘sht iste’mol qiladigan aqlli odam) paydo bo‘lgan. Ular 60-15 ming yil oldin Afrika, Osiyo, Evropa, Avstraliya va Amerika qit’alarida tarqalgan [147; 148; 256; 289].
Odam ajdodlaridan faqat bitta tur Homo sapiens (aqlli odam) saqlanib qolgan, boshqalari qirilib ketgan. YAqin-yaqinlargacha Erda odam bilan birgalikda «qor odam» (qadimgi va o‘rta paleolit davrida yashagan neandertal odam) yashaganligi haqidagi afsonalar aks-sadosi eshitilib turgan. Ko‘pchilik olimlar, hozirga qadar Homo sapiens ik-ki: Homo neanderthalensis va Homo sapiens kenja turini o‘z ichiga ola-di, deb hisoblashadi. Umuman olganda, 4 mlrd yillik tirik tabiat ta-raqqiyotida atigi 300-40 ming yil oldin Homo sapiens va uning aj-dodlari paydo bo‘lishi tarixan nihoyatda qisqa davrdir (4.2-rasm).
Demak, Homo habilis rivojlanishi bo‘yicha avstralopitekdan bir pog‘ona yuqori turgan odam zotining ilk vakili; qazilma holdagi go- minoid (gominid) tur hisoblanadi. Agar masalaga antropogenez, ya’ni


Yüklə 9,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə