Ii bo‘lim. Odam evolyusiyasi va ekologiyasi 4-bob. Odam evolyusiyasi va odam


Odam populyasiyasining tavsifi va irqlar



Yüklə 9,36 Mb.
səhifə5/110
tarix11.12.2023
ölçüsü9,36 Mb.
#144765
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110
Монография-2 кисм lotin

4.2. Odam populyasiyasining tavsifi va irqlar


Populyasiya – uzoq vaqt mobaynida (bir necha o‘nlab avlodlar davo-mida) ma’lum bir joy (maydon) yoki akvatoriyada yashaydigan yoki areal-ning ma’lum qismini egallab, o‘zaro erkin chatishib, naslini barqa-ror saqlab turishga qodir bo‘lgan bir turga mansub individlar guru-hi. Boshqacha aytganda, populyasiya – ma’lum bir hududni egallagan va umumiy genofondga ega bo‘lgan bir turga mansub individlar majmui.
Odam populyasiyasi - Homo sapiens turiga mansub populyasiya bo‘lib, hayvonlar populyasiyasiga xos xususiyatlarga ega bo‘lsa-da, ularning namoyon bo‘lish tabiati va shakllari sun’iy muhit, ijtimoiy-iqti-sodiy sharoit va shu kabi omillar, bir so‘z bilan aytganda, sotsium ta’-siri oqibatida sezilarli farqlanadi. Boshqacha aytganda, odam popul-yasiyasi – umumiy kelib chiqishi (evolyusiyasi va tarixi), yashash joyi (areali) va yaxlit irsiy tizim hosil qilishi bilan tavsiflanadigan, nisbatan alohidalangan odam individlarining majmui [242]. Odam populyasiyalari soni va tashkil topish xususiyatlariga ko‘ra bir-biri-dan farq qiladi. Odamlarning turli xil uyushmalari mavjud: 1) hay-vonot olamining tabiiy populyasiyalariga to‘g‘ri keladigan sodda, nis-batan alohidalangan, o‘z-o‘zini ta’minlovchi guruhlar; 2) urug‘-avlod-lar va ularning uyushmalaridan tashkil topgan katta aholi guruhlari majmui; 3) eng yuqori daraja – milliy va undan yuqori uyushmalar.
Odam populyasiyalari doimiy o‘zgarishda bo‘ladi, shu sababli ular
miqdoriy va o‘zgaruvchan ko‘rsatkichlari bilan tavsiflanadi.
Miqdoriy ko‘rsatkichlar odam populyasiyasining hozirgi paytdagi holatini tavsiflaydi. Ularga populyasiya, ya’ni aholi soni, zichligi va tuzilmaviy ko‘rsatkichlari kiradi [147; 148; 202; 264].
Aholi soni – ma’lum bir vaqt ichida jahon yoki muayyan bir hududda-gi (mintaqa, mamlakat, viloyat, shahar, tuman yoki qishloqdagi) aholi sonini tavsiflovchi, raqamlar bilan ifodalangan mutlaq qiymat. Bu son doimiy bo‘lmaydi va o‘zgarib turadi.
Odam populyasiyasi soni tug‘ilish va o‘lish, ko‘payish va kamayish tezligi kabi o‘zgaruvchan ko‘rsatkichlar orqali boshqariladi. Xususan, muayyan mamlakatdagi odam populyasiyasi soni aholi ro‘yxatini o‘tka-zish yo‘li bilan (millati, yoshi, jinsi, kasbi va sh.k. bilan birgalik-da) aniqla­nadi. Jahon aholisi soni oxirgi ikki asrda keskin ko‘pay-gan [121]. Buni ayrim yillar bo‘yicha shunday tasavvur qilish mumkin:
1820 yilda – 1 milliard nafar kishi;
1927 yilda – 2 milliard nafar kishi;
1960 yilda – 3 milliard nafar kishi;
1974 yilda – 4 milliard nafar kishi;
1987 yilda – 5 milliard nafar kishi;
1999 yilda – 6 milliard nafar kishi;
2011 yilda – 7 milliard nafar kishi;
2024 yilda – 8 milliard nafar kishi (bashorat).
Aholi zichligi – muayyan hududda maydon birligiga to‘g‘ri keladi-gan aholi soni. Biror mamlakat, viloyat yoki tuman aholisi zichligi – mazkur hududlarning bir kvadrat kilometriga to‘g‘ri keladigan odam-lar soni. Masalan, O‘zbekiston Respublikasida 1 km2 ga 74,1 nafar ki-shi, aholining eng zich joylashuvi Andijon (1 km2 ga 713,2 nafar ki-shi), Farg‘ona (544,8 nafar kishi), Namangan (370 nafar kishi) viloyat-lariga, aksincha holat Navoiy viloyati (8,8 nafar kishi) va Qoraqalpo-g‘iston Respublikasiga (11,2 nafar kishi) to‘g‘ri keladi [279].
Aholining tuzilmaviy ko‘rsatkichlari jinsiy (jinslar­, ya’ni er- kak va ayollar nisbati), ko‘lamli (turli o‘lcham yoki vazndagi individ-lar nisbati) va yosh tuzilmasi (turli yoshdagi individlar nisbati) bi-lan farqlanadi. Xususan, odam populyasiyalarining o‘sishi yosh tuzil-masiga bevosita bog‘liq (4.4-rasm). Masalan, tez o‘sayotgan odam populya-siyasi (keng asosli piramida) yosh individlar, kamaygan odam populya-siyasi (tor asosli piramida) o‘rta yoshli va qisman keksa individlar salmog‘ining ko‘pligi bilan tavsiflanadi. Barqaror odam populyasiya- sida (o‘rtadagi piramida) yosh bo‘yicha taqsimot etarli darajada bir
xil bo‘ladi.

Yüklə 9,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə