Ii bo‘lim. Odam evolyusiyasi va ekologiyasi 4-bob. Odam evolyusiyasi va odam



Yüklə 9,36 Mb.
səhifə14/110
tarix11.12.2023
ölçüsü9,36 Mb.
#144765
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   110
Монография-2 кисм lotin

Postindustrial iqtisodiyot – sanoat ishlab chiqarishi milliy mahsulotdagi ulushi va bandlik ko‘rsatkichi bo‘yicha xizmat ko‘rsatish sohasidan past bo‘lgan iqtisodiyotdir. Postindustrial jamiyat – yuksak darajada rivojlangan sanoat va ilmiy-texnika inqilobi tu-fayli vujudga kelgan, barqaror iqtisodiy turmush tarziga ega bo‘lgan jamiyat. Bunda ilmiy-texnikaviy kashfiyot va ixtirolar asosan xiz-matlar sohasiga yo‘naltiriladi. Xizmatlar sohasi asosan axborotlar-ni to‘plash, qayta ishlash va tar­qatishdan iborat bo‘lib, XX asrning 90-yillari oxiridan boshlab «postindustrial jamiyat» tushunchasi «axborot jamiyati» tushunchasi bilan uyg‘unlasha boshladi [119].
Nazariy jihatdan jamiyat ustuvorligi sanoat ishlab chiqarishidan axborotlarni qayta ishlash sohasiga siljishi oqibatida global eko-logik holat yaxshilanishi kerak, ammo «uchinchi dunyo» mamlakatlari ishtirokisiz (yordamisiz) postindustrial jamiyatga o‘tib bo‘lmaydi. Rivojlangan mamlakatlarni «uchinchi dunyo», ya’ni Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlasa, Xitoy kabi «ikkinchi dunyo» mamlakatlari sanoat mahsulotlari bilan ta’minlaydi. Hozirgi kunda G‘arbiy Evropa mamlakatlarida ishlab chiqarilgan tovarlarni topish juda qiyin, AQSHda ishlab chiqarilgan tovarlarni esa amalda topib bo‘lmaydi. Amerika savdo markalari (belgilari) ostida Xitoy va boshqa «rivojlanayotgan» mamlakatlarda tayyorlangan tovarlar sotiladi. Demak, rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotning sanoat va agrar sohalari yo‘qolib ketmadi, faqat ular bu mamlakatlar hududidan olib chiqib ketildi, deb hisoblash mumkin. Masalan, hozirgi kunda elektronika sanoatida Tayvan (ASUS, HTS), Janubiy Koreya (Samsung, LG) kompaniyalari dunyoda birinchi o‘ringa chiqib oldi, ammo biror kishi maishiy texnika ishlab chiqaruvchi bitta Amerika firmasini ayta olmaydi.
SHunday qilib, ayrim mamlakatlarning postindustrial jamiyatga o‘tishi faqat boshqa mamlakatlar hisobiga amalga oshishi mumkin, bi-roq atrof-muhitni ifloslovchi sanoat ishlab chiqarishi korxonalari-ni rivojlanayotgan mamlakatlar hududiga ko‘chirish orqali global eko-logik muammolarni hal etib bo‘lmaydi. Bu amaliyot sayyoramizning ay-rim hududlarida (mintaqalarida) ekologik keskinlikni vaqtincha pa-saytirishga imkon berishi mumkin, xolos.
XX asrning oxiri va XXI asr boshidagi postindustrial jamiyatga iqtisodiyotning globallashuvi xos bo‘lib, IBM, Philips, Nestle, British petroleum kabi transmilliy kompaniyalar (tadbirkorlarning millat, mamlakat chegarasidan tashqariga chiquvchi, xalqaro savdo yoki sanoat korxonasi, birlashmasi) bu jarayonda muhim o‘rin tutadi. Zamonaviy iqtisodiy jarayonlarni boshqarish amalda cheklanmagan qudratga ega bo‘lgan 500 ta transmilliy korporatsiya qo‘lida jamlangan bo‘lib, ular jahon sanoat ishlab chiqarishining o‘rtacha 50 foizini nazorat qiladi. Jahondagi bug‘doy, kofe, choy va yog‘och-taxta bozorlarining 90 foizi, mis va temir rudalari bozorining 85 foizi, xom neft bozorining 75 foizi bu korporatsiyalar tomonidan nazoratga olingan [273]. Trans-milliy korporatsiyalarning jami valyuta zahirasi jahondagi barcha markaziy banklar zahirasidan bir necha marta katta. Bu korporatsiyalar aslida xalqaro savdo-moliya tizimini amalda shakllantirgan bo‘lib, milliy davlatlar ikkinchi darajali kattalik (tuzilma) hisoblanadi.
Agar yalpi milliy mahsulot bo‘yicha dunyo mamlakatlari va trans-milliy korporatsiyalar ro‘yxati tuziladigan bo‘lsa, jahondagi o‘ndan ortiq korporatsiya Rossiya, Gretsiya, Isroil, Pokiston, Singapur kabi mamlakatlardan boy ekanligi ma’lum bo‘ladi. Milliy mustaqil dav-latlar asta-sekinlik bilan oldin iqtisodiy, keyin siyosiy hokimiyat-ni bu korporatsiyalarning davlatdan tashqari institutlari (tuzilma-lari) bilan bo‘lishadi. Agar shunday bo‘lsa, milliy davlatlar ta’siri juda pasayib ketadi, hokimiyat esa borgan sari transmilliy kapital (sarmoya) va ular boshqaruvidagi xalqaro tashkilotlar qo‘liga o‘ta bosh-laydi. Milliy elita (ziyoli namoyandalar) bilan transmilliy korpo-ratsiyalar o‘rtasida Jahon savdo tashkiloti yoki Xalqaro valyuta jam-g‘armasi kabi xalqaro tashkilotlarga o‘z ta’sirini o‘tkazish bo‘yicha o‘ta murakkab o‘zaro ichki kurashlar vujudga keladi.
Zamonaviy iqtisodiy makonda erkin almashinadigan (boshqa joyga ko‘chadigan) transmilliy sarmoya milliy davlatlar yurisdiksiyasidan (sud qilish huquqi) tashqarida bo‘ladi. Tabiiyki, transmilliy sarmoya eng daromadli bozorlarni izlaydi va olibsotarlik (chayqovchilik) ta-biatiga ega bo‘ladi. Hozirgi vaqtda barcha qimmatli qog‘ozlar bozori-ning umumiy hajmi 100 trln dollardan oshib ketgan bo‘lib, agar 28 ta eng rivojlangan mamlakatning umumiy jamg‘armasi 640 mlrd dollar bo‘lsa-da, barcha qudratli davlatlarning kelishilgan siyosati bilan ham moliya bozorlari aylanmalari bilan qiyoslanadigan summani chay-qovchilik jarayoniga qarshi yo‘naltirishning imkoni yo‘q.
Transmilliy sarmoya moliya bozorlarini erkinlashtirish va val-yuta nazoratini yumshatishning hozirgi shart-sharoitlarida, agar xoh-lasa, amalda har qanday mamlakatning moliyaviy bozorini sindirishi mumkin. XXI asr boshida shunday yangi tarixiy sharoit vujudga keldi-ki, milliy davlatlar transmilliy sarmoyaning chayqovchilik harakati-ga qarshi turadigan katta ko‘lamli moliyaviy jarayonlar (bitimlar) uch-un etarli kuch-qudratga ega emas. Bu holat uzoq davom etadigan salbiy ekologik oqibatlarga olib keladi. CHunki haqiqiy va soxtalashgan sarmoya o‘rtasidagi katta farqlar milliy davlatlar hukumatlariga milliy ijtimoiy ekologik muammolarni hal etish va ishlab chiqa-rishni rivojlantirish uchun o‘z ixtiyoricha (istagancha) sarmoyaviy mab-lag‘lar ajratishiga to‘liq imkon bermaydi.
Transmilliy korporatsiyalarning boyligi mamlakatlar yoki minta-qalar aholisining ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik ehtiyojlariga bog‘liq emas, biroq bu korporatsiyalar ularning tabiiy va mehnat re-surslaridan amalda foydalanadi. Bu holat demografik vaziyat, aholi-ning turmush tarzi va salomatligi bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator muammolarni keltirib chiqaradi. Buni shunday izohlash mumkinki, transmilliy korporatsiyalarni u yoki bu mamlakatning ekologik hola-ti yoki ijtimoiy farovonligi emas, balki o‘zi kiritgan sarmoyadan qancha foydalanish samarasi qiziqtiradi.
Jahondagi eng katta shaharlar – yirik megopolislar transmilliy korporatsiyalarning bekami-ko‘st «yashash joyi»ga aylandi. Hozirgi kunda katta shaharlarning aholisi yangi turdagi xalqaro madaniyatni o‘zlashtirishga jadal kirishgan: ular deyarli bir xil jahon axborot dasturlarini tomosha qiladi, o‘xshash ta’lim standartlarida tarbiya-lanadi va ildam sur’atlar bilan yashaydi. Katta shaharlar aholisi-ning turmush tarzi ham ko‘pincha bir-biriga o‘xshab ketadi. Ta’kidlash joizki, ayrim yirik shaharlarning iqtisodiy ko‘lami ba’zi milliy mamlakatlardan ustun turadi. Masalan, birgina Tokio shahri Brazi-liyadan ikki marta ko‘p tovar ishlab chiqaradi yoki xizmat ko‘rsatadi. Yirik shaharlar siyosiy va iqtisodiy sohalarda mustaqil kuchga ayla-nib bormoqda va o‘z nafsoniyati vositasida korporatsiyalar bilan it-tifoq bo‘lishga faol kirishgan. Bunday uyushmalarning paydo bo‘lishi jamiyatning atrof-muhit bilan yangi turdagi munosabatini aks etti-radi. Biroq ular har qanday mamlakatda aholi salomatligi va atrof-muhit muhofazasini kafolatlaydigan yagona tuzilma – davlatning bir butun rivojlanishi, milliy madaniyat, an’ana va urf-odatlar yuksa-lishi uchun noqulay shart-sharoitlarni vujudga keltiradi.
Umuman olganda, postindustrial shaharni aholi zichligi katta bo‘lmagan, biroq aholi jon boshiga energiya iste’moli kattaligi (yuqoriligi) bilan ajralib turadigan ulkan sanoatlashgan shahar si-fatida tasavvur etish mumkin. Bu iste’molning katta qismi energiya talab etuvchi sanoat tarmoqlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Masalan, plastmassa yoki metallardan yangi materiallar ishlab chiqarish yoxud organik kimyoviy birikmalarni qayta ishlash jarayonida juda katta miqdordagi energiya sarflanadi. Ta’kidlash joizki, AQSHda energiya iste’moli rivojlanayotgan mamlakatlarning o‘rtacha darajasidan 30 marta, dunyoning o‘rtacha darajasidan 6 marta oshib ketgan.
Zamonaviy taraqqiyot energiya eltuvchi (beruvchi) resurslar – neft va tabiiy gazga butunlay qaram bo‘lib qolmoqda. Bugungi kunda ushbu tabiiy resurslarning narxi (bahosi) jahon hamjamiyatida kechayotgan ko‘p sonli hodisalarga bog‘liq holda aniqlanadi. Neft va gaz qazib chiqarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish istagi nafaqat ayrim shaxslar, balki qator mamlakatlar, transmilliy korporatsiyalarning iqtisodiy manfaatlari bilan shartlangan. Hozirgi kunda qancha ener-giya resursi borligi muayyan bir jamiyatning mavjudligi va rivojla-nish qobiliyatini belgilab bermoqda. Ilmiy tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatdiki, insoniyat resurslar cheklanganligi, birinchi nav-batda, energiya resurslari taqchilligi tufayli kelib chiqishi mumkin bo‘lgan ekologik falokat xavfini tobora ko‘proq his qilmoqda: aholi soni ko‘payishi oziq-ovqat mahsulotlarini etishtirish imkoniyatla-ridan ancha ortib ketdi; ifloslantiruvchi moddalar va chiqindilar miqdori tabiiy muhitning o‘z-o‘zidan tozalanish hamda o‘z-o‘zini qayta tiklash qobiliyatidan oshib ketdi.
Hozirgi kunda jahon iqtisodiyotida ro‘y berayotgan globallashuv jarayoni ekologik keskinlikni borgan sari chuqurlashtirmoqda. Eko-logik muammolar biosferaning global ifloslanishi, ya’ni Er say-yorasi miqyosida kuzatilgan atrof-muhit ifloslanishini keltirib chi-qardi. Dunyodagi biron-bir mamlakat biosferaning fizikaviy, kimyo-viy yoki biologik global ifloslanishini yolg‘iz o‘zi bartaraf eta ol-maydi. SHu sababli hozirgi globallashuv jarayonlari Er sayyorasida tirik tabiat va kishilik jamiyati taraqqiyotining yangi imkoniyatla-rini yaratish va ta’minlashga xizmat qilishi kerak.
Biosferaning turli moddalar bilan ifloslanishidan tashqari is-siqlikdan ifloslanishi, ya’ni juda ko‘p miqdordagi yonuvchi foydali qazilmalarni yoqish hamda atom, termoyadro energiyasidan foydalanish hisobiga troposferaning er usti qatlamiga issiqlik energiyasining uzluksiz qo‘shilishi yuz bermoqda. Bu jarayon, oxir-oqibat, iqlimning global o‘zgarishi, ya’ni isishiga olib kelishi mumkin. Bu hodisa glo-bal issiqlik inqirozi deb ataladi. Issiqlikdan ifloslanish – fi-zikaviy ifloslanish turlaridan biri bo‘lib, haroratning ko‘p yillik tabiiy holatidan uzoq yoki qisqa vaqt davomida sezilarli oshishi bi-lan tavsiflanadi. Bu masala muhim amaliy oqibatga ega: troposfera-ga chiqarilayotgan issiqlik energiyasining ko‘payishi cheksiz davom eti-shi mumkin emas. Mashhur fizik olim S. Xoking fikricha, sayyoramiz-da aholi soni va energiya iste’moli keskin ko‘payishi natijasida Er sayyorasi «lovullab yotayotgan olovli shar»ga aylanishi va insoniyat 2600 yilda yo‘q bo‘lib ketishi mumkin [114].
Olimlar fikricha, postindustrial jamiyat axborot jamiyatini yaratish yo‘lidagi o‘ziga xos bosqich bo‘lib, milliy axborot resurslari bu jamiyatda eng katta boylik (mulk) manbaiga aylanadi. Axborot ja-miyatining asosiy mahsuloti – axborot (bilim) va tafakkur bo‘lib qoladi. Bu jamiyatda axborot bozori paydo bo‘lib, ular tovar sifatida sotila boshlaydi. Axborot bozorining daromadi yalpi ichki mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqlar, ya’ni sanoat, agrosanoat, transport va qu-rilishning umumiy daromadidan oshib ketadi. Telekommunikatsiyalar va global axborot makoni odamlar va jamiyat hayotining mazmuniga ay-lanib, axborot inqilobi ro‘y beradi. SHu bilan birga, axborot xu-ruji va xavfsizligi masalasi paydo bo‘ladi. Kompyuterlashtirish jarayoni an’anaviy ishlab chiqarish yoki mehnat mazmunini, boshqacha aytganda, odam va atrof-muhit (tabiat) o‘rtasidagi munosabatlarni o‘zgartirib yuboradi. Natijada zamonaviy ishlab chiqarishning tub-dan yangi ekologik texnologiyalarga muqarrar o‘tilishi shart bo‘lgan vaqtni hisoblash asosda termodinamik inqirozga barham berish va ekologik inqirozlar sur’atini sekinlashtirish imkoniyati yaratili-shi mumkin.
SHunday qilib, biosfera yoki sivilizatsiya tarixi tabiiy va antro-
pogen ta’sirlar hamda ularning o‘zaro aloqadorligida kelib chiqadi-gan ekologik inqirozlar, ya’ni atrof-muhit holatining tabiiy omil-lar (iqlim) yoki odam faoliyati ta’sirida turg‘un, deyarli asta-sekin asl holiga qayta oladigan yoki olmaydigan tarzda yomonlashuvi (tur yoki populyasiyalar yashash muhitining keskin o‘zgarishi, ekotizimning kam-bag‘allashuvi, energetik yoki ekologik imkoniyatning pasayishi) hamda ekologik halokatlar, ya’ni tabiiy komlekslarda (ekotizimlarda) ti-rik organizmlarning ommaviy nobud bo‘lishi bilan bog‘liq qaytmas o‘zgarishlarga oid ko‘plab misollar bilan to‘lib-toshgan. Ularning eng muhimlari sifatida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə