Atmosferaning ifloslanishi



Yüklə 62,77 Kb.
tarix22.03.2024
ölçüsü62,77 Kb.
#182378
Atmosferaning ifloslanishi muammolari


Atmosferaning ifloslanishi muammolari
Reja:

1. Atmosferaning ifloslanishi


2. Tabiiy ifloslanish ( antropogen ifloslanish)
3 .Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalar.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Atmosferaning ifloslanishi deb, bir so’z bilan aytganda havo tarkibiga begona moddalar va qo’shimchalarni me’yoridan ortiq to’planishiga aytiladi. Havoning ifloslanishi tabiiy yoki sun’iy (antropogen) bo’lishi mumkin.
Tabiiy ifloslanish. Atmosferada doimo ma’lum miqdorda changlar bo’ladi. U tabiatda sodir bo’ladigan tabiiy hodisalar natijasida hosil bo’ladi. Bunday changlarni 3 turga: mineral (noorganik), organik va koinot changlariga ajratish mumkin. Toғ jinslarining emirilishi va nurashi, vulkanlarning otilishi, tuqay va o’rmonlarga o’t ketishi, dengiz suvlarini parlanib havoda tuzga aylanishi mineral changlar hosil bo’lishiga sabab bo’ladi. Organik changlar havoda yashovchi aeroplankton organizmlar, bakteriyalar, sporalar, o’simlik urug’lari, o’sim­lik va hayvonlarning chirindi va chiqindilari hisobiga hosil bo’ladi. Koinot changlari meteoritlarning atmosferadan o’tish vaqtida yongan qoldiqlaridir.
Antropogen ifloslanish asosan transport vositalarida, sanoat korxonalarida va energiya ishlab chiqaruvchi tarmoqlarda organik yonilg’ilardan foydalanish natijasida hosil bo’ladigan chiqindilar va ajratmalarning havo havzasiga tushishi oqibatida sodir bo’ladi. Atmosfera havosining ifloslanish muammosi butun insoniyatni tashvishga solmoqda. Bu muammo, ayniqsa, sanoati rivojlangan mamlakatlarda eng o’tkir muammolardan bo’lib turibdi. Atmos­fera havosining ifloslanishidan insonlarga yetkazilayotgan zarar, sanoat va maishiy chiqindilarni ochiq suv havzalariga tashlashdan yetkaziladigan zarardan kam emas.
Atmosfera havosi bitmas-tugalmas resurslar kategoriyasiga kiradi. Ammo, insonlarning xo’jalik faoliyati atmosferaga ta’sir ko’rsatadi va uning tarkibini o’zgartirib yuboradi. Bunday o’zgarishlar ko’pincha shunday katta va turg’un ahamiyatga egaki, uni himoya qilish choralarini ko’rishga to’g’ri keladi.
Transport vositalari va sanoat korxonalari sonining yildan-yilga ko’payib borishi, turli yonilg’ilardan foyda­lanish, shuningdek, o’rmonlarning kamayishi, okean suvla­rining neft mahsulotlari bilan ifloslanishi, yadro qurollarining portlatilishi natijasida atmosferadagi kislo­rod miqdori keskin kamayib, karbonat angidridi va azot oksidlari miqdorining o’shishi kuzatilmoqda.
Agar havo tarkibida karbonat angidridi miqdori oshib boraversa, uning ifloslanishini oldi olinmasa, yana 50 yildan so’ng, yer yuzasi harorati o’rtacha 1,5-3,0°C ga oshishi mum­kin. Natijada, muzliklarning erishi, okean suvlari sathining ko’tarilishi, quruqlikning bir qismini suv bosishi, geografik muhitning o’zgarishi sodir bo’ladi.
Akademik A.P.Vinogradov va Francua Ramada ma’lumotlariga ko’ra, h.ozirga kelib atmosferadagi uglerod (II)-oksidi yildan-yilga ortib bormoqda. Bu holat yonish hisobiga yuqolgan kislorod miqdoriga mos tushadi. Yer yuzida inson paydo bo’lib olov hosil qilishni bilgandan boshlab, toki shu kunga qadar yondirilgan yonilg’ilar uchun sarf bo’lgan kislorod 273 milliard tonnani tashkil qilgan. Shundan 246 milliard tonnasi yoki 90 foizi keyingi 100 yillikka to’g’ri keladi.
Uglerodning aylanma harakatining buzilishi va atmosferada CO2 ni yig’ilishi yerdagi kimyoviy muvozanatga katta ta’sir ko’rsatadi. Atmosfera havosi asosan yonilg’i resurslaridan foydalanish ko’lamining o’sishi hisobiga ifloslanadi. Hozirgi kunga kelib yonilg’i resurslaridan foydalanish


1-rasm. Atmosferada zararli gazlar miqdorini oshib borishi bilan o’rtacha haroratning o’zgarishi o’rtasidagi bog’liqlik.


22 milliard tonna shartli yonilg’i birligiga yetdi. Buning yarmidan ko’pi rivojlangan davlatlar hissasiga to’g’ri keladi. Yonilg’ilar yondirilganda atmosferaga asosan uchuvchan qurum, oltingugurt va azot oksidlari chiqadi. Ba’zan gazlar vanadiy, ftor birikmalari, chala yongan mahsulotlarni o’zida saqlagan bo’ladi. Sanoat korxonalari va transport vositalarining jadal suratlarda rivojlanishi va katta miqdorda yonilg’ilarning yondirilishi natijasida atmosferadagi erkin kislorod zahiralari tez sur’at bilan sarf bo’lmoqda va uglerod(II)-oksidining miqdori keskin oshmoqda. Oqibatda, tabiatda uglerodning aylanma harakati buzilmoqda.
Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalar. Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, atmosferaga dunyo bo’yicha 50 mil­lion tonna har xil uglevodorodlar, 260 million tonna ol­tingugurt oksidlari, 50-60 million tonna azot oksidlari, 2 million tonnadan ortiqroq, chang va ko’lsimon moddalar tashlanmoqda. Atmosfera havosining kundan-kunga, yiddan-yilga bunchalik ifloslanib borishida avtotransportlarning «aybi» borligi yaqqol ko’rinib turibdi. Hozirgi kunda dunyo bo’yicha 500 milliondan ortiqroq, avtomobil mavjud bo’lib, ular yiliga 3 milliard tonnadan ortiq, uglevodorod yoqilg’isini sarflamoqda, uning yonishi natijasida atmosferaga juda katta miqdorda zararli gazlar ajralib chiqmoqda. Hisob-kitoblarga ko’ra, yer yuzasidagi barcha avtomobillar bir sutka davomida atmosferaga 0,5 million tonna uglerod oksidi, 1000 tonna uglevodorodlar, 26 ming tonna azot oksidlari va benzin butlari chiqaradi. 100 km yurgan bitta avtomo­bil, bir kishi bir yil davomida nafas olish uchun sarf bo’ladigan kislorodni yoqib yuboradi. 1 ta engil avtomobil bir yilda atmosferaga 297 kg zaharli is gazi, 39 kg uglevodorodlardan iborat konserogen moddalar, 10 kg zaharli azot oksidlari, 2 kg chang, 1 kg oltingugurt oksidi va nihoyat 0,5 kg o’ta zaharli qo’rg’oshin birikmalarini tashlamoqda. Korbyuratorli dvigatellar bilan ishlovchi avtomobillarning sundirgichlaridan chiqadigan asosiy zaharli gazlar uglerod va azot oksidlari, uglevodorodlar hisoblansa, dizel yonilg’isiga ishlovchi dvigatellarda azot va oltingugurt oksidla­ri hamda qurumdir. Shuni ham ta’kidlash joizki, avtomabillardan chiqadigan qo’rg’oshin zarrachalarining 40 foiz diametri 5 mkm dan kichik bo’lgan zarrachalardir. Ular uzoq, muddat davomida muallaq, holatda turish va havo orqali hayvonlar va insonlar organizmiga kirish xususiyatiga ega. Ma’lumotlar shuni ko’rsatadiki, AQSh va Yaponiyada atmosferani ifloslantiruvchi manbalar ichida avtotransport vositalari oldingi o’rinda turadi. Xorijiy mamlakatlar atmosferasini ifloslantiruvchi gazlar ichida is gazi, uglevodorodlar va azot oksidlari barcha tajovuzkor gazlarning 60-70% ini tashkil qilsa, Respublikamizda bu ko’rsatkich 35 foizni, ayrim shaharlarda (Andijon, Buxoro, Samarqand, Toshkent) esa 80 foizni tashkil qiladi. Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi hududlarida avtotransport vositalari tomonidan 1988 yilning uzida 35,8 million tonna zararli tashlamalar havoga chiqarib tashlangan. Moskva, Sankt-Peterburg, Tosh­kent, Erevan va boshqa shaharlar havosida is gazi ruxsat etilgan me’yordan 3-10 marta ziyod ekanligi q.ayd etilgan. Bu borada kundan-kunga ko’payib borayotgan havo laynerlari ham o’z hissasini qo’shmoqdalar. Jumladan, «Boing-707» tipida-gi bitta havo layneri 6850 ta avtomobildan chiqadigan zaharli gazlarni atmosferaga tashlaydi. Bunday va bunga o’xshagan havo laynerlaridan necha minglab uchib yurganligi hisobga olinsa, ularni havo muhitiga yetkazayotgan zararini tasavvur qilish qiyin emas. Hozirgi vaqtda biosfera turli tashqi kuchlar ta’siri ostida yildan-yilga o’zgarib bormoqda.
Dizel dvigateli bilan ishlaydigan traktor va kombaynlar ham atmosferani ifloslaydi. Bu mashinalar katta maydonlar bo’ylab tarqoq holda ishlasada, ulardan chiqqan za­rarli gazlar tezlik bilan havoga tarqaladi. Shuning uchun ulardan foydalanilganda yonilg’i ta’minoti va yonish tizimlarini sozlab, to’g’ri ekspluatasiya qilish lozim. Ko’plab benzin va kerosinlar ularni saqlash, avtomashinalardan trak­tor va kombaynlarga qo’yish vaqtida bug’lanadi.

Xulosa
Atmosferaning ifloslanishi deb, bir so’z bilan aytganda havo tarkibiga begona moddalar va qo’shimchalarni me’yoridan ortiq to’planishiga aytiladi. Havoning ifloslanishi tabiiy yoki sun’iy (antropogen) bo’lishi mumkin.Tabiiy ifloslanish. Atmosferada doimo ma’lum miqdorda changlar bo’ladi. U tabiatda sodir bo’ladigan tabiiy hodisalar natijasida hosil bo’ladi. Bunday changlarni 3 turga: mineral (noorganik), organik va koinot changlariga ajratish mumkin. Toғ jinslarining emirilishi va nurashi, vulkanlarning otilishi, tuqay va o’rmonlarga o’t ketishi, dengiz suvlarini parlanib havoda tuzga aylanishi mineral changlar hosil bo’lishiga sabab bo’ladi. Organik changlar havoda yashovchi aeroplankton organizmlar, bakteriyalar, sporalar, o’simlik urug’lari, o’sim­lik va hayvonlarning chirindi va chiqindilari hisobiga hosil bo’ladi. Koinot changlari meteoritlarning atmosferadan o’tish vaqtida yongan qoldiqlaridir.



Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. I.A.Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T., “Sharq”, 1998.

  2. I.A.Karimov. O’zbekiston buyuk kelajak sari. T., “O’zbekiston”, 1998.

  3. I.A.Karimov. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. T., “O’zbekiston”, 1999.

  4. Jabborov N. Kimyo va atrof muhit. T., “O’qituvchi”1992.

  5. Barotov P. Tabiatni muhofaza qilish. T., “O’qituvchi”1991.

  6. Shodimetov Yu. Ijtimoiy ekologiyaga kirish. I, II qism, T., “O’qituvchi”1994.

  7. Otaboyev Sh. Nabiyev M. Inson va biosfera. T., “O’qituvchi”1995.

8. Tursunov X.T. Ekologiya asoslari va tabiatni muhofaza qilish. “Saodat RIA”,
9. To’xtayev A.S. Ekologiya. T., “O’qituvchi”1998.
10. Qodirov E.B. va boshqalar. Tabiiy muhitni muhofazalashning ekologik asoslari. T., “O’zbekiston”, 1999.
11. Ergashev A., Ergashev T. Ekologiya, biosfera va tabiatni muhofaza qilish. T., “Yangi asr avlodi”, 2005.
12. Xolmurodov J. Ekologiya va qonun. T., “Adolat”. 2000.
13. www.ziyonet.uz
Yüklə 62,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə