Faglar va lizogen bakteriyalar



Yüklə 0,61 Mb.
tarix05.02.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#83465
Rivojlanish biologiyasi

Faglar va lizogen bakteriyalar

2-,,G’’ talabasi G’AFFOROV DILSHOD

Hatto bakteriyalar ham virusni yuqtirib olishlari mumkin! Bakteriyalarni zararlaydigan viruslar bakteriofaglar deb atalib, ularning baʼzilari laboratoriyada batafsil oʻrganib chiqilgan (ayrim viruslar yanada yaxshiroq oʻrganish uchun laboratoriya sharoitida hosil qilingan).

  • Hatto bakteriyalar ham virusni yuqtirib olishlari mumkin! Bakteriyalarni zararlaydigan viruslar bakteriofaglar deb atalib, ularning baʼzilari laboratoriyada batafsil oʻrganib chiqilgan (ayrim viruslar yanada yaxshiroq oʻrganish uchun laboratoriya sharoitida hosil qilingan).
  • Ushbu maqolada bakteriofaglar bakterial xoʻjayinlarini zararlash uchun foydalanadigan ikki xil siklni koʻrib chiqamiz:
  • Litik sikl: fag (bakteriofag) bakteriyaga yuqib, uni egallaydi, keyin esa undan koʻproq faglarni hosil qilishda foydalanib, soʻng portlash (lizis) yoʻli orqali hujayrani halok qiladi.
  • Lizogen sikl: Fag bakteriyani zararlaydi va bakteriya xromosomasiga oʻzining DNKsini kiritadi, shu orqali hujayra DNKsi bilan oʻzining (bakteriyaning DNKsi bilan birikkan holatda profag deb ataluvchi) DNKsining koʻchirilishiga yoʻl ochib beradi.

Bakteriofag yoki qisqacha fag bu bakteriyalarga yuqadigan virusdir. Boshqa viruslar singari, bakteriofaglar ham shakl va genetik maʼlumot jihatidan juda xilma-xil.

  • Bakteriofag yoki qisqacha fag bu bakteriyalarga yuqadigan virusdir. Boshqa viruslar singari, bakteriofaglar ham shakl va genetik maʼlumot jihatidan juda xilma-xil.
  • Fag genomlari DNK yoki RNKdan tuzilgan boʻlib, ularning soni eng kamida toʻrtta va eng koʻpi bir necha yuztagacha ham borishi mumkin
  • Bakteriofagning kapsidi ikosaedr, tolasimon yoki bosh-dum shaklida boʻlishi mumkin. Bosh-dum shaklli tuzilish koʻpgina faglar va ularning yaqin qarindoshlari orasida keng tarqalgan (eukariot viruslarida esa umuman uchramaydigan) holat hisoblanadi

Litik siklda fag odatiy virus kabi yoʻl tutadi: u xoʻjayin hujayrani egallaydi va undagi resurslardan foydalanib yangi faglarni koʻpaytiradi. Natijada hujayra lizisga uchraydi (yoriladi) va nobud boʻladi.

Litik sikl bosqichlari quyidagicha:

  • Litik sikl bosqichlari quyidagicha:
  • Birikish: fagning “dumidagi” oqsillar bakteriya hujayrasi yuzasidagi maʼlum bir retseptorga (bu holatda shakar transporteriga) birikadi.
  • Kirish: fag bakteriya sitoplazmasiga oʻzining qoʻsh zanjirli DNK genomini kiritadi.
  • DNKdan nusxa koʻchirish va oqsil sintezi: fag DNKsidan nusxa koʻchiriladi va fag genlari kapsid oqsillari kabi oqsillarni hosil qiladi.
  • Yangi faglarning yigʻilishi: kapsidlar kapsid oqsillaridan yigʻilib, yangi fag zarralarini hosil qilish uchun DNK bilan toʻldiriladi.
  • Lizis: litik siklning oxirida fag plazmatik membrana va hujayra devorida teshik ochadigan oqsillar uchun genlarni ifoda etadi. Teshiklar orqali suv ichkariga oqib, hujayrani kengaytiradi va suvga toʻldirilgan shar singari yorib yuboradi.

Lizogen sikl fagning xoʻjayin hujayrani oʻldirmasdan koʻpayishiga imkon beradi. Baʼzi bir faglar faqat litik sikldan foydalanadi, ammo biz oʻrganayotgan fag – lambda (\lambdaλlambda) ikki sikl oʻrtasida almashib yura oladi.

Fag bakteriyaga kirgach, litik yoki lizogen siklni oʻtashni qanday “hal qiladi?” Muhim omillardan biri bu hujayrani bir vaqtning oʻzida zararlovchi faglarning sonidir. Zero, infeksiyalantiruvchi faglarning bakteriya hujayrasida koʻpligi infeksiyaning lizogen sikldan foydalanish ehtimolini yanada oshiradi. Ushbu strategiya esa faglarning bakteriya xoʻjayin hujayrasini yoʻq qilishining oldini olishi mumkin (bunda fagning bakteriyaga nisbati oshib ketsa, hujum susayadi)

  • Fag bakteriyaga kirgach, litik yoki lizogen siklni oʻtashni qanday “hal qiladi?” Muhim omillardan biri bu hujayrani bir vaqtning oʻzida zararlovchi faglarning sonidir. Zero, infeksiyalantiruvchi faglarning bakteriya hujayrasida koʻpligi infeksiyaning lizogen sikldan foydalanish ehtimolini yanada oshiradi. Ushbu strategiya esa faglarning bakteriya xoʻjayin hujayrasini yoʻq qilishining oldini olishi mumkin (bunda fagning bakteriyaga nisbati oshib ketsa, hujum susayadi)

Antibiotiklar kashf etilishidan oldin insondagi bakterial kasalliklarning davosi sifatida bakteriofaglarni qoʻllash ustida muhim tadqiqotlar oʻtkazilgan. Bakteriofaglar odam hujayralariga emas, balki faqat oʻzlarining xoʻjayin bakteriyalarigagina hujum qiladi, shu sababdan ular insonlarda bakterial kasalliklarni davolashda yaxshi nomzod sanaladi.Antibiotiklarga chidamli bakteriyalar tobora koʻproq muammoga aylanib borayotgani sababli boshqa joylarda ham “fag yondashuvi”ni qaytarishga qiziqish tobora ortib bormoqda. Chunki faglarning qanchalik xavfsiz va samarali ekanini tekshirish uchun hali ham tadqiqotlar talab etiladi. Ammo kim biladi deysiz? Bir kun kelib shifokor sizga penitsillin oʻrniga faglar uchun retsept yozib berishi ham mumkin!

  • Antibiotiklar kashf etilishidan oldin insondagi bakterial kasalliklarning davosi sifatida bakteriofaglarni qoʻllash ustida muhim tadqiqotlar oʻtkazilgan. Bakteriofaglar odam hujayralariga emas, balki faqat oʻzlarining xoʻjayin bakteriyalarigagina hujum qiladi, shu sababdan ular insonlarda bakterial kasalliklarni davolashda yaxshi nomzod sanaladi.Antibiotiklarga chidamli bakteriyalar tobora koʻproq muammoga aylanib borayotgani sababli boshqa joylarda ham “fag yondashuvi”ni qaytarishga qiziqish tobora ortib bormoqda. Chunki faglarning qanchalik xavfsiz va samarali ekanini tekshirish uchun hali ham tadqiqotlar talab etiladi. Ammo kim biladi deysiz? Bir kun kelib shifokor sizga penitsillin oʻrniga faglar uchun retsept yozib berishi ham mumkin!

Etiboringiz uchun raxmat


Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə