Gray Dark Green Simple and Minimal Conference Research Education Presentation



Yüklə 5,92 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü5,92 Kb.
#164780
иктисодий хавфсизлик


Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali
Mustaqil ish
Globallashuv jarayonlarining mamlakat iqtisodiy xavfsizligiga ta’siri
Bajardi: Abdurasulov Diyorbek
Tekshirdi: O’rozaliyev E
  • “Biz bugun yurtimizda yangi hayot barpo etar ekanmiz, bir masalaga alohida e`tibor berishimiz lozim. Ya`ni kommunistik mafkura va axloq normalaridan voz kechilgandan so`ng jamiyatda paydo bo`lgan g`oyaviy bo`shliqdan foydalanib, chetdan biz uchun mulaqo yot bo`lgan, ma`naviy va axloqiy tubanlik illatlarini o`z ichiga olgan “ommaviy madaniyat” yopirilib kirib kelishi mumkinligi barchamizga ayon bo`lishi kerak”

  • I. A. Karimov

Globallashuv
Globallashuv (lotincha “globus” – yer kurrasi) jahon xo’jaligining butun kurrasini qamrab oluvchi iqtisodiy munosabatlar yagona tarmog’ining tashkil topishi va rivojlanishini anglatadi. “Globallashuv” umumbashariy jahon miqyosidagi jarayon, faoliyat, holat va harakat ma`nolarini anglatuvchi yoki voqea hodisalarni ifodalovchi atama hisoblanadi. Globallashuv tushunchasiga turli nuqtai nazardan yondashib uning mohiyatini fenomen, ijtimoiy holat va jarayon sifatida talqin qilish mumkin.
Globallashuv va aksigloballashuv tushunchalari
  • Hozirgi paytda globallashuv atamasi barcha ijtimoiy fan sohalari diqqat markazida bo`lmoqda. Unga turli nuqtai nazardan yondashib ta`riflar berilmoqda, ijtimoiy hayotga va jamiyat taraqqiyotiga ta`siri to`g`risida tadqiqotlar olib borilmoqda.
  • Globallashuv to`g`risida davlat va jamoat arboblari, faylasuflar va jamiyatshunos olimlar, sharhlovchi va jusnalistlar turli nuqtai nazardan yondashib, o`z qarashlarini bildirishmoqda. Ularning qarashlari shunchalik turli-tumanki, hatto globallashuvning foydali yoki zararli tomonlariga nisbatan qarama-qarshi ta`riflar, izohlarni ham uchratish mumkin. Lo`nda qilib aytganda, bugungi davrning bu qadar “tilsim”lariga boyligi globallashuvni zamonaviy mavzuga aylantirdi.

Mulkchilik munosabatlarining globallashuvi

Kooperatsiya va mehnat taqsimotining nisbatan yuqori darajaga o’tishi

Xo’jalikni tashkil etishning butunlay yangi shakllari paydo bo’lishi va rivojlanishi

Xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning tartibga soluvchi roli rivojlanadi

Globallashuv jarayonlarining yo’nalishlari
Globallashuv - fenomen
  • Falsafada fenomen mohiyat yoki hodisaning ifodasi yoxud namoyon bo`lishi sifatida talqin qilinadi. Globallashuvga birinchi prezidentimiz I.A.Karimov fenomen sifatida quyidagicha izoh beradi: “Bu atama bugungi kunda ilmiy falsafiy, hayotiy tushuncha sifatida juda keng ma`noni anglatishini ta`kidlash lozim. Umumiy nuqtai nazardan qaraganda, bu jarayon mutlaqo yangicha ma`no-mazmundagi xo`jalik, ijtimoiy-siyosiy, tabiiy-biologik global muhitning shakllanishi va shu bilan birga, mavjud milliy va mintaqaviy muammolarning jahon miqyosidagi muammolarga aylanib borishini ifoda etmoqda”.

Globallashuv jarayonida dunyo miqyosida odam savdosi
  • Birinchi prezidentimizning “mavjud milliy va mintaqaviy muammolarning jahon miqyosidagi muammolarga aylanib borishini ifoda etmoqda”, degan ta`kidi globallashuv jarayonida dunyo miqyosida odam savdosining rivojlanishini, terrorizm, narkobiznes va diniy ekstremizmning kuchayishini, global iqtisodiy-moliyaviy inqirozni, global tabiiy muammolarni, tabiiy energiya resurslarining noto`g`ri taqsimlanishini va shu kabilarni o`z ichiga qamrab oladi.

Globallashuv jarayonida millatni asrash
  • Millatni asrash – uning dinu-diyonatini, imon-e`tiqodini, axloq-odobini, bugunga qadar yetishgan madaniy darajasini asrash demakdir. O`tmishda yurtimizga bostirib kelgan har qanday dushman borki, birinchi navbatda, millat qadriyatlarni oyoq osti qilishga, millat ruhini sindirishga harakat qilgan. Bugungi kunda ham butun dunyoda inson qalbi uchun shiddatli kurash ketayotganini yaxshi tushunamiz. Demokratiya niqobidagi nafsga qullikni dil niqbidagi jaholatni targ`ib etishdan ko`zlanayotgan, uzoqlarga ketadigan manfaatlarni teran anglaymiz. Va bularning barchasiga kuchli qudratni qarshi qo`yish lozim. Bu birinchi navbatda xalqimizning or-nomusi, diniy va dunyoviy e`tiqodi, ma`rifatini o`zida mujassam etgan ma`naviy qudratdir.

E’tiboringiz uchun rahmat!
Yüklə 5,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə