Toshkent davlat transport universiteti mustaqil ish



Yüklə 1,08 Mb.
səhifə1/7
tarix28.11.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#134768
  1   2   3   4   5   6   7
1.Birinchi sinf ishonchliligiga ega relelarning turlari



TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI



MUSTAQIL ISH


Mavzu: Birinchi sinf ishonchliligiga ega relelarning turlari.

Bajardi:STLT-__ guruh talabasi


________________
Tekshirdi: _______________

Toshkent-2023


Reja.


1. Releli himoya haqida umumiy tushuncha

2. Rele himoyasiga qo‘yiladigan talablar

3. Birinchi sinf ishonchliligiga ega relelarning turlari



1. RELELI HIMOYA XAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA


1.1 Shikastlanishlar va normal bo‘lmagan holatlar


Elektr tizimlarining, elektr stansiyalarining elektr qurilma va asboblarida, elektr uzatish liniyalarida, elektr iste’molchilarida normal va ishdan chiqish, shikastlanish holatlarini uchratish mumkin. Ishdan chiqish yoki shikastlanish ko‘p hollarda elektr tizimning elementlarida tokning me’yoridan oshib ketishi yoki kuchlanishning pasayishi bilan bog‘langan. Me’yoridan oshib ketgan tok katta miqdorda issiqlik ajralib chiqishiga olib keladi.
Buning natijasida elektr uzatish liniyalari va qurilmalari xavfli darajada qizishi va shikastlanishi mumkin. Kuchlanishning me’yordan pasayishi elektr iste’molchilarning normal ishlashiga yo‘l qo‘ymaydi va parallel ishlayotgan generatorga va energetika tizimining barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning qilib, elektr qurilmalarining shikastlanishi energetika tizimining va elektr iste’molchilariing ish rejimiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Elektr tizimlarining me’yordan tashqari holatlari esa energetika tizimining shikastlanishiga yoki ishdan chiqishiga olib keladi.
Elektr tizimlari va iste’molchilarini normal ishlashlari uchun shikastlangan qurilma, elektr liniyalari tezda aniqlanilishi, o‘chirilishi kerak va shu orqali qolgan elektr iste’molchilari va energetik tizimning normal ishlashiga sharoit yaratilishi kerak.
Normal bo‘lmagan holatlar vaqtida aniqlanib, choralar ko‘rilsa xavfsizlik ta’minlanadi. Yuqorida ko‘rsatilganlardan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, elektr tizimlari va elektr iste’molchilarini shikastlanish va normal bo‘lmagan holatlardan saqlash uchun uning elementlarini himoyalovchi avtomatik qurilma qurish va ishlatishga elektr tizimlarining talabi katta.
Elektr tizimida dastavval himoya qurilmasi qilib eruvchan saqlagichlar qo‘llanilgan. Quvvat va kuchlanishning oshishi, elektr tizimlari ulanish sxemalarining murakkablashishi eruvchi saqlagichlarni ko‘p kamchiliklarini namoyon qildi va buning oqibatida yangi himoyalovchi qurilma yaratildi. Bu himoyalovchi qurilma maxsus avtomat-rele bo‘lib, uning yordamida amalga oshiriladigan himoya releli himoya deb nomlanadi.
Releli himoya elektr avtovatikaning asosiy turi bo‘lib, u ishtirokisiz hozirgi zamon elektr tizimlari normal va musthkam ishlay olmaydilar. U energetika tizimining barcha elementlarining holatlarini doimo tekshirib, nazorat qilib boradi.
Energetika tizimida shikastlanish bo‘lganda himoya uni aniqlaydi va energetika tizimining shikastlangan qismini maxsus katta tokga mo‘ljallangan kuch o‘chirgichlariga ta’sir etib o‘chiradi.
Energetika tizimida normal bo‘lmagan sharoit yoki holat bo‘lganda himoya uni aniqlaydi va bu holatning xarakterga qarab, normal sharoitni tiklash uchun kerakli bo‘lgan chora tadbirlarini qo‘llaydi yoki navbatchi shaxsga xabar beradi.
Hozirgi zamon energetika tizimi releli himoyalar elektr ta’minotini tez tiklovchi va tizimni normal holatga keltiruvchi musthkam va aniq elektr avtovatika bilan ta’minlangan.
Elektr avtovatikaning qurilmalariga qayta ulash avtovatika (AQU), chastota asosida signallash avtovatika (ACHT) va zaxiradagi manbani ulash avtovatika (ZAU) kiradi.


1.2 Qisqa tutashuv turlari


Energetika tizimidagi ko‘pgina shikastlanishlar fazalarniig o‘zaro va yer bilan qisqa tutashishlariga olib keladi. Shikastlanishlarning asosiy sabablariga izolyatsiyaning buzilishi, eskirishi, kuchlanishning me’yordan oshib ketishi, xizmat ko‘rsatuvchi shaxslarning noto‘g‘ri amali va xatolari, ajratgichni kuchlanish ostida uzish, qisqa tutashtirgich ulangan holda kuchlanishni berilishlari kiradi.


Barcha shikastlanishlar qurilmalarning kamchiligi va mukammal emasligi, noto‘g‘ri o‘rnatilganligi, noto‘g‘ri loyihalanganligi, qurilmaga qoniqarsiz va noto‘g‘ri xizmat ko‘rsatilganligi, qurilmaning noto‘g‘ri holatda ishlaganligi natijasida yuzaga keladi va ro‘y beradi. Shuning uchun shikastlanishning oldini olish mumkin, lekin shikastlanish holatining muqarrarligini unutmaslik kerak.
Qisqa tutashuv shikastlanishga olib keladigan eng xavfli va og‘ir holatdir. Qisqa tutashuv paytida manbaning e.yu.k. transformator yoki liniyalarning kichik qarshiligi orqali tutashib qoladi (1.1.a-e rasm).
E.yu.k.i qisqa tutashgan yopiq elektr konturlarida qisqa tutashuv toki deb nomlangan Iq.t. katta tok oqadi. 1.1-rasmda qisqa tutashuvning turlari keltirilgan.

1.1.-rasm. Elektr qurilmalarida uchraydigan shikastlanishlar turlari:
a, b, d – uch fazali, yer bilan ikki fazali va bir fazali qisqa tutashuv; e va f - bir fazali va ikki fazaning yer bilan neytrali yerga ulangan liniyalarda ulanishi.

Qisqa tutashuv paytida tokning ortishi natijasida elektr tizimning elementlaridagi kuchlanishning miqdori kamayadi. Bu o‘z navbatida elektr liniyaning barcha nuqtalarida kuchlanishning kamayishiga olib keladi, Ya`ni



Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə