Toshkent davlat transport universiteti mustaqil ish


Relening ulanish usullari



Yüklə 1,08 Mb.
səhifə4/7
tarix28.11.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#134768
1   2   3   4   5   6   7
1.Birinchi sinf ishonchliligiga ega relelarning turlari

3.2.1 Relening ulanish usullari.

Relening chulg‘ami elektr tarmoqqa (tok va kuchlanishga) to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki tok va kuchlanish transformatorlari orqali ulanishi mumkin. Birinchi tur relelar birlamchi, ikkinchi tur esa ikkilamchi relelar deyiladi.


Ikkilamchi relelar ko‘proq qo‘llaniladi. Buning sababi shundaki, ular yuqori kuchlanishdan izolyatsiyalanganlar, himoya qiluvchi elementdan uzoq masofada joylashadilar, xizmat ko‘rsatish uchun qulay va ma’lum bir nominal tok (1 yoki 5 A) va kuchlanish (100 V) ga mo‘ljallanadilar. Bunda himoyalanayotgan elementning birlamchi toki yoki kuchlanishiga bog‘liqlik yo‘q.
Birlamchi relening afzalligi shuki, ularda o‘lchov transformatorlari, operativ tok manbalari ishlatilmaydi. Ular kichik quvvatli elektr motorlarida, transformatorlarda va liniyalarda keng qo‘llanadi.


3.3 Himoyaning o‘chirgichga ta’sir qilish usullari


Himoya o‘chirgichga to‘g‘ridan-to‘g‘ri (bevosita) va bilvosita ta’sir ko‘rsatish mumkin (2.2 -rasm).


1-rele ishlagan paytda ya`ni rele chug‘amining elektr magnit kuchi prujinaning Fn kuchidan katta bo‘lganda uning qo‘zg‘aluvchi qismi 2 o‘chirgichniig bir-biridan ajratuvchi richagi 3 ga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiladi. Shundan keyin o‘chirgich prujina 4 harakati yordamida o‘chiriladi.
Bevosita ta’sir qilish relelari o‘chirgichning yuritmasiga o‘rnatiladi. Shuning uchun bu relelar o‘rnatilgan rele deyiladi
2.2s-rasmda bilvosita ta’sir ko‘rsatuvchi ikkilamchi releli himoya sxemasi tasvirlangan
1- rele ishlagan paytda uning kontakti elektromagnit 2 chulg‘amini ulaydi. Bu chulg‘am o‘chirgichning o‘chirish chulg‘ami deyiladi. Maxsus manbaning qisqichlaridan olinuvchi kuchlanish ta’siri ostida o‘chiruvchi chulg‘amda tok paydo bo‘ladi.



2.2-rasm. Bevosita (a, b) va bilvosita (c) ta`sir ko`rsatuvchi relelar.


O‘chirish chulg‘ami 2 dan tok oqqan paytda o‘zak 3 prujinaning Fn kuchini yengib xalqa 4 ni qo‘yib yuboradi. Buning natijasida prujina 5 harakati yordamida o‘chirgich o‘chadi. o‘chirgich o‘chgandan keyin rele chulg‘amidagi tok yo‘qoladi va rele kontakti ajraladi. Ularni ishini engillatish uchun yordamchi blok-kontakt BK ishlatiladi. O‘chirgich o‘chgandan keyin BK o‘chirish chulg‘am zanjirini operativ manbadan uzib qo‘yadi. 2.2 s-rasmda ko‘rsatilgan sxemadan ko‘rinadiki, bilvosita harakatlanuvchi releli himoya uchun yordamchi kuchlanish manbasioperativ tok manbai kerak. Bevosita harakatlanuvchi releli himoyaga operatav tok manbai zarur emas, lekin bu himoyaning relelari o‘chirgich mexanizmini ajratish yoki qo‘shish uchun katta kuch bilan ta’sir qilishlari kerak. Shuning uchun bevosita harakatlanuvchi relelar aniq bo‘lmaydi va katta quvvat talab qiladi.


Bilvosita harakatlanuvchi relelarning ta’sir kuchi kichik bo‘lishi mumkin, Shuning uchun ular katta aniqlik va kam quvvat sarf qiladilar.
Xulosa qilish mumkinki, ikkilamchi bilvosita ta’sir qiluvchi relelar himoyada keng tarqalgan va ko‘p qo‘llaniladi.
3, 6, 10 kV kuchlanishli elektr liniyalarida bevosita ta’sir qiluvchi tok relelari ham keng qo‘llanadi.

3.4 Elektr mexanik relelar


Releli himoya va elektr avtovatikada elektrmexanik relelar, yarim o‘tkazgich uskunalar yordamida qurilgan relelar va to‘yinuvchi magnit sistemali relelar keng ishlatiladi. Bulardan eng ko‘p tarqalgani elektrmexanik relelardir.


Elektr mexanik relelar katta o‘lchamga ega. Ular ulanadigan tok va kuchlanish transformatorlari bilan birgalikda ko‘p quvvat iste’mol qiladilar. Relelarning yarim o‘tkazgich asosida qurilishi ularning parametr va xarakteristikalarini yaxshilashga olib keladi. Shuning uchun ular amalda borgan sari ko‘proq qo‘llanilmoqda.
Elektr kattaliklarga ta’sir javob beruvchi relelardan tashqari, bilvosita Shikastlanish va normal bo‘lmagan rejimlarni harakterlovchi noelektrik kattaliklarda ishlovchi relelar keng joriy etilmoqda.
Masalan, gaz yoki bosimning oshishiga ta’sir ko‘rsatuvchi, moyli transformator va reaktorlarda qo‘llaniluvchi, temperaturani sezuvchi relelar ko‘p ishlatilmoqda.
Elektr kattaliklarga ta’sir javob beruvchi relelarni 2 guruhga bo‘lish mumkin:

  • bir elektr kattalikka (tok yoki kuchlanish) ta’sir javob beruvchi

relelar;

  • ikki elektr kattaliklarga (tok va kuchlanish, ikkita kuchlanish);

Birinchi guruhga tok va kuchlanish relelari, ikkinchi guruhga bir fazali quvvat va qarshilik relelari kiradi.
Elektrmexanik relelar elektromagnit, induksion, elektrdinamik va magnitelektrik pritsiplari asoslarida qurilishi mumkin. Sanoatda asosan, elektrmagnit induksiya prinsipi asosida ishlovchi va hamma talablarga javob beruvchi relelar ishlab chiqarilmoqda.
Elektrmexanik relelarning asosiy qismlari chulg‘am va kontaktlardan iborat.

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə