Toshkent davlat transport universiteti mustaqil ish


Oraliq relening tuzilishi



Yüklə 1,08 Mb.
səhifə6/7
tarix28.11.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#134768
1   2   3   4   5   6   7
1.Birinchi sinf ishonchliligiga ega relelarning turlari

Oraliq relening tuzilishi. Ko‘p hollarda oralik relelar buraluvchi Yakorli sistemada bajariladi. Ular iste’mol kilgan kichik quvvatda katta elektromagnit kuch hosil bo‘ladi. Oralik relesini yig‘ish jarayonida tortiluvchi yakorli sistemalar ham qo‘llaniladi.

4.9 – rasm. RP-23 turdagi oraliq relesining tuzilishi: a)- tashqi ko‘rinishi; b)-ichki ulanish sxemasi.


Oraliq relesining ishlash vaqti. Relening chulg‘amidagi kuchlanish turg‘un qiymatga birdaniga erishmaydi. U tok noldan ma’lum bir qiymatga ma’lum bir vaqt mobaynida etadi. Relening ishlashi uchun ketgan vaqt rele chulg‘amidagi ishlash tokining oshish vaqti bilan yakorning harakatlanish vaqti yig‘indisiga teng. Tez ishlovchi oraliq relelari uchun vaqtni kamaytirish kerak, ya`ni relening teskari ta’sir qiluvchi prujinasini bo‘shatish kerak va tokning karraliligi oshiriladi. Releni ulagan paytda uning o‘zagida uyurma toklar hosil bo‘ladi. Bu toklar magnit oqimini oshishini sekinlatadi va ish vaqtini oshishiga olib keladi. Ishlash vaqtini kamaytirish tez ishlovchi relelarda asosan harakatlantiruvchi qismni engillashtirish va ishqalanishni kamaytirish hisobiga erishiladi.

4.6 Ko‘rsatkich relelari


Ko‘rsatkich relelari tegishli himoyalarni ishlaganlari to‘g‘risida xabar berish uchun mo‘jallangan. Bu relelar boshqa rele va apparatlarning zanjirlariga kema-ket (4.10-rasm, b) va parallel (4.10-rasm, a) ulanadi.




a ) b)
4.10-rasm. Ko‘rsatkich relesining ulanish sxemalari.

  1. 10-rasmda Ko‘rsatkich rele KH o‘chirgichning himoya ishlashi natijasida o‘chishi xaqida signal beradi. Ko‘rsatkich relelarining ishini ko‘rsatuvchi signal bayroqchasi (blinker) va kontaktlari xizmat ko‘rsatuvchi shaxs orqaga qaytarmagunicha ish holatida bo‘ladi.

  2. Ketmaket ulanuvchi ko‘rsatkich relelar qulay va shuning uchun ko‘p ishlatiladi.

RU-21 turdagi ko‘rsatkich relelar o‘zgaruvchan va o‘zgarmas toklarda ham ishlatilishi mumkin.

4.11 – rasm. RU-21 turidagi ko‘rsatkich relesi tuzilishi: a) tashqi ko‘rinishi;


1-sokol; 2-chulg‘am; 3-Yakor; 4 – zub zaщelki; 5 – kontakt ko‘prik;
6-yuk; 7 – old podshipnik; 8 – skobani old devori; 9 – qo‘zg‘almas kontakt; 10 – plankalar; 11 – skoba; 12-prujina (qarshilik qiluvchi); 13 – skoba; 14 – qaytaruvchi prujina; b) ichki ulanish sxemasi


4.7 Vaqt relelari


Vaqt relelari releli himoya qurilmalari va avtomatik uskunalarini ulash va uzish harakatlarini sun’iy sekinlatish uchun xizmat qiladilar.


4.12-rasmda himoyalarda vaqt relelarini ulash sxemasi berilgan.

4.12-rasm. Vaqt relesini ulash sxemasi.


Vaqt relesining chulg‘amiga kuchlanish berilgandan keyin to u o‘z kontaktlarini ulaguncha ketgan vaqt relening sabr vaqti deyiladi.
Releli himoya sxemalarida ishlovchi vaqt relelariga bo‘ladigan asosiy talablardan biri bu ularning aniqligidir. Vaqt relelarining ishlash vaqtlaridagi xatolik 0,25 sek, ayrim holatlarda 0,06sek.dan oshmasligi kerak. Ayrim xabar va avtomatika qurilmalarida vaqt relelaridagi xatolik kattaroq ham bo‘lishi mumkin.
Vaqt relelari nominal kuchlanishining 80% qiymati berilganda ishonchli ishlashlari kerak.
KT relelari qayta ulashga tezda tayyor bo‘lishlari uchun o‘zlarida operativ tok manbasi o‘chganda ishlaydigan va bir zumda qaytaradigan qismga ega bo‘lishi zarur.

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə