Toshkent davlat transport universiteti mustaqil ish



Yüklə 1,08 Mb.
səhifə5/7
tarix28.11.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#134768
1   2   3   4   5   6   7
1.Birinchi sinf ishonchliligiga ega relelarning turlari

Relening kontaktlari himoya qurilmalarida tokning ishonchli uzilishi va qo‘shilishini ta’min etishlari kerak va shu bilan birga bir necha marotaba harakatlanishga chidamli bo‘lishlari zarur.
Kontaktlarning qo‘shilib-uzilishi zanjirning qo‘shilishi va uzilishini ta’minlovchi quvvat Sk bilan shartli ravishda xarakterlanadi. Quvvat Sk ning kattaligi operativ tok manbaining kuchlanishi U bilan kontakt ruxsat beruvchi eng katta tok Ik ning ko‘paytmasi shaklida topiladi.
Sk=U Ik
Relening chulg‘amlari uni xarakterlovchi tok va kuchlanishning kattaligiga mos keladigan issiqlikka chidamli bo‘lishi kerak va shu bilan birga mos bo‘lgan iste’mol qiluvchi quvvat Sr=Ur Ir ga to‘g‘ri kelishi kerak.
Iste’mol qilinayotgan quvvat Sr relening qo‘zg‘aluvchi sistemasini harakatga keltiruvchi chulg‘ami magnitlovchi kuchining miqdoriga bog‘liq.

3.5 Elektromagnit oraliq relelari.

Oraliq relelari yordamchi relelar Hisoblanadi. Ulardan bir vaqtda bir necha o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan zanjirlarni qo‘shish yoki uzishda va Shuningdek katta toklarni zanjirini baquvvat kontaktlar bilan qo‘shib uzuvchi relelar sifatida foydalaniladi. 4.8 -rasmda oraliq relelarining himoya sxemalarida qo‘llanishlariga oddiy misollar keltirilgan.



a)
4.8-rasm. Oraliq relelarining ulanishi


Oraliq relelari ulanish usullariga qarab ikki guruhga bo‘linadi: parallel (4.8.a) va ketma-ket (4.8.b) ulangan relelar.


Parallel ulangan relelarning chulg‘amlari manbaning to‘liq kuchlanishiga, ketma-ket ulangan relelarniki esa, yoki o‘chirgichning o‘chirish chulg‘amiga, yoki biror boshqa apparat bilan zanjir tokiga ketmaket ulanadi.
Bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan zanjirlarni ulab-uzish uchun rele bir necha kontaktga ega. Oraliq relelari asosiy rele berayotgan xabarni quvvatini oshirish uchun ham xizmat qiladi.
Oraliq relelarining kontaktlari himoya zanjirlarini qo‘shish uchun odatda 50-200 Vt va o‘chirgichlarning zanjirlarini qo‘shib uzish uchun 1500-2000 Vt quvvat iste’mol qiladi.
O‘zgarmas tokda ishlaydigan RP-210, RP-232 oraliq relelar 24, 48, 110, 220 V kuchlanishlarga mo‘ljallangan bo‘ladilar, ularning beshta qo‘shib-uzishga mo‘ljallangan kontaktlari bor, iste’mol qiluvchi quvvati 68 Vt.
O‘zgaruvchan tokda ishlash uchun RP-321 va RP-341 tipdagi 100, 127, 220 va 380 V kuchlanishlarga mo‘ljallangan oraliq relelar ishlab chiqariladi.
Parallel ulangan oraliq relelarining ishonchliligini oshirish uchun ularning ishlash kuchlanishlari nominal qiymatning 60-70% ini tashkil etishi maqsadga muvofiq. Oraliq relelarning qaytish koeffitsientlariga hech qanday talab qo‘yilmaydi, Chunki ularning kontaktlari rele chulg‘amida tok bo‘lmaganida qaytishi etarli. Ularning ishlash vaqti ayniqsa tezkor himoyalarda juda kichik bo‘lishi kerak. Tez ishlovchi oralik relening ishlash vaqti 0,01-0,02 sek.

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə