Ii bo‘lim. Odam evolyusiyasi va ekologiyasi 4-bob. Odam evolyusiyasi va odam



Yüklə 9,36 Mb.
səhifə13/110
tarix11.12.2023
ölçüsü9,36 Mb.
#144765
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   110
Монография-2 кисм lotin

sivilizatsiyasi (Finikiya, Qadimgi YUnoniston, Qadimgi Rim) ham jadal rivojlandi. Bu sivilizatsiya bronza va temir davrida (mil. avv. II ming yillik oxiri – I ming yillik boshi) moddiy va madaniy taraq-qiyotning eng yuqori darajasiga ko‘tarildi. Qadimgi YUnonistonda dehqonchilik va dengizchilik ehtiyojlari asosida fanlar paydo bo‘ldi, ayniqsa, tabiat haqidagi fanlar jadal rivojlana boshladi.
Qisqasi, odam tabiatdan to‘liq ajralib chiqdi va u olamning mar-kaziga qo‘yildi: tabiatga sig‘inish g‘oyasi antropotsentrizm (odam-zod – eng oliy mavjudot, butun borliq uning ehtiyojlari uchun yaral-gan, deb hisoblovchi, odam maqomini ulug‘lovchi dunyoqarash) g‘oyasiga al-mashdi. Tabiat – xo‘jalik faoliyatining asosiga aylanib, odamlar o‘z shaxsiy manfaatini diqqat markaziga qo‘ya boshladi. Unumdor tuproq-lar, o‘rmonlar va suvlar, er usti va osti boyliklaridan istalgancha foydalanishga kirishildi.
Xususan, YUnoniston nazariyasi Rimda amaliyotga aylanadi. Qadim-gi Rim tabiatni o‘ziga to‘liq bo‘ysundiradi – ilk «iste’molchi ja-miyat» to‘la-to‘kis shakllanadi. O‘rmonlarni yoppasiga kesish, erlarni kengaytirish va haydash, chorva mollarini ko‘paytirish va ularni is-talgancha o‘tlatish kabi faoliyat turlari atrof-muhitda nomatlub ho-latlarni keltirib chiqaradi: ekinlar hosildorligi keskin pasayadi va ekologik muammolar paydo bo‘ladi. O‘rtaer dengizi atrofida aslida unumdor bo‘lgan o‘rmonli erlar o‘simliklar qoplami kambag‘allashgan toshloq cho‘lga aylanib, sivilizatsiya markazlari sekin-asta Evropa-ning markaziy qismlariga siljiy boshlaydi hamda qadimgi yunon ma-daniyatida odam va tabiat o‘rtasidagi uyg‘unlik haqida ilk tasav-vurlar vujudga keladi [187; 227].
Tarixdan ma’lumki, O‘rta Osiyoda, xususan, hozirgi O‘zbekiston hu-dudining shimoli-g‘arbiy qismi – Amudaryoning chap sohilida skif-massagetlar (baliqxo‘r odamlar), markaziy qismi – Amudaryoning o‘ng va Sirdaryoning chap sohillarida sak-so‘g‘dlar, janubiy qismida esa baqtriyaliklar yashagan. O‘zbekiston hududida mil. avv. IX-VIII asrlar-da Baqtriya, Marg‘iyona, So‘g‘diyona, Xorazm kabi ilk davlatchilik uyush-malari, mil. avv. VII-VI asrlarda esa asosan «Katta Xorazm», qisman «Baqtriya podsholigi» bo‘lib, sug‘oriladigan dehqonchilik va chorvachi-lik jadal rivojlangan, aholi soni to‘xtovsiz oshgan [25]. SHuning-dek, sahrolanish (qurg‘oqchil erlarning cho‘lga aylanishi) hodisasi ku-zatilgan bo‘lishi mumkin. Ba’zi olimlar fikricha, eng qadimgi davrda O‘rta Osiyo hududida sug‘oriladigan er maydoni hozirgidan bir necha marta ko‘p bo‘lgan, biroq odam va atrof-muhit o‘rtasidagi ayrim nomutanosibliklar, masalan, erlarni noto‘g‘ri sug‘orish natijasida tuproqlar ikkilamchi sho‘rlanishga uchragan va ularni ko‘chma qumlar uyumlari bosib qolgan (4.13-rasm). Bu jarayonni ham, ta’bir joiz bo‘l-sa, ibtidoiy dehqonchilik tanazzuli sifatida baholash mumkin.

4.13-расм. Суғориладиган ерларни қум босиши


«Katta Xorazm»da ayni shu davrda eng qadimgi din – zardo‘shtiylik ta’limoti va uning muqaddas kitobi – «Avesto» vujudga keldi [11].
Zardo‘shtiylar Quyosh-olov, er, suv va havo kabi tabiat unsurlarini ulug‘lagan, ularga sig‘ingan. Bu dinda olov va er, suv va havo muqaddas
hisoblangan, ularni zararlash, ifloslantirish katta gunoh sanalgan, hatto murdalarni erga ko‘mish ham man etilgan. Murdalar usti ochiq baland joyga qo‘yilgan, et suyakdan ajralgach, toza suyaklar yig‘ilib, os-tadon (assuariy) deb ataluvchi sopol idishlarga joylangan va abadiy saqlash uchun otashgohlarda qoldirilgan. Bunday otashgohlar qadim Xorazmdagi Ko‘zaliqir, Qal’aliqir, Jonbosqal’a va Tuproqqal’a yodgorligidan topildi [27].
«Avesto»da qayd etilishicha, zardo‘shtiylar atrof-muhitni, ya’ni er, suv, o‘simlik va jonivorlarni e’zozlashi, tuproqqa ishlov berishi, ekinlarni sug‘orishi, bog‘lar yaratishi, chorvani rivojlantirishi, yil fasllariga bog‘liq holda tabiat bayramlarini nishonlashi shart bo‘l-gan. Odam hayotining mazmuni, uning atrof-muhitga munosabati o‘ziga xos «ekologik odob-ahloq qoidalari» bilan tartibga solingan. Bu asarda ilgari surilgan uch tamoyil: «ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amal»buyuk qadriyatlar bo‘lib, ularning birligi insonni komillik sari etaklagan, atrof-muhit bilan eng maqbul munosabatlar o‘rnatishga chorlagan [11]. Bu bitiklar YUNESKO tomonidan jahon sivilizatsiya-si tamoyillaridan biri sifatida e’tirof etilgan; ular aslida ho-zirgi ekotsentrizm (tabiiy muhitni borlig‘icha qadriyat deb biluvchi, tabiatni «foyda» mezoniga bog‘lamay odamzodning maqsadi, ehtiyoji-dan ustun qo‘yuvchi dunyoqarash) g‘oyasining ibtidosi bo‘lgan.
SHuningdek, Hindistonda mil. avv. VI-II asrlarda ellikdan ortiq hayvonning yashash joyi va tarzi (oziqlanishi, ko‘payishi, hulq-atvo-ri), tirik mavjudotlar bilan atrof-muhitning o‘zaro birligi va mu-nosabatlarini aks ettirgan mashhur «Ramayana», «Maxabxarata» kabi eposlar (dostonlar) yaratildi. Bu eposlar hozirgi kunga qadar odam-zodning atrof-muhitga to‘g‘ri, mas’uliyatli munosabatini shakllan-tirishda muhim o‘rin tutib kelmoqda [179].
«Avesto» yoki «Ramayana», «Maxabxarata» g‘oyalaridan farqli o‘la-roq, O‘rta asr Evropasida Rim imperiyasi qulashidan (V asr oxiri) ke-yin tovba, ibodat qilish, ro‘za tutish kabi amallar bilan jonni (ruh-ni) saqlash, uni xalos etishga qaratilgan xristianlik ta’limoti ja-dal rivojlandi, odamzodning maqsadi, sa’y-harakatlari asosan shun-ga yo‘naltirildi. Bu davrda ijtimoiy hayot sohalari ruhoniylar qo‘li-da bo‘ldi. Fanlarning vazifasi xudoning buyukligini madh etish va jon (ruh) xaloskorligi masalasiga qaratildi. «Bibliya» aqidasi Ev-ropada tabiatshunoslik fanlari taraqqiyotini deyarli ming yil davo-mida cheklab keldi. Lekin shunga qaramay, geografiya, botanika, zoolo-giya kabi tabiiyot fanlari rivojlana boshladi.
Evropada XI-XII asrlar «buyuk o‘rmon kovlash» davri sifatida ta-rixga kirgan, ya’ni o‘rmonlar yoppasiga ayovsiz kuydirilgan (4.14-rasm), kesilgan (4.15-rasm) va yo‘q qilingan – o‘rmonlar tanazzuli (produ-sentlar inqirozi) sodir bo‘lgan. YAngidan ochilgan erlar tezlik bilan ekin dalalariga aylantirilib, uch dalali dehqonchilik tizimiga o‘til-gan. Ekinlar hosildorligi ilk o‘rta asrlarga nisbatan deyarli ikki marta ko‘paygan. SHaharlarda qishloq qiyofasi uzoq vaqt saqlanib qol-gan: shahar hovlisida bog‘lar bo‘lib, turli poliz ekinlari etishti-rilgan. SHu bilan birga, o‘zaro urushlar to‘xtovsiz davom etib, shahar-lar va ekinzorlar vaqti-vaqti bilan vayron etib turilgan [187].
Evropada XIII-XIV asrlarda ekologik vaziyat ancha murakablashib, atrof-muhitda tub o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Xususan, dehqonchilikni ekstensiv – ekin maydonini kengaytirish hisobiga rivojlantirish imkoni tugadi, o‘rmonlarni uy-joy, kemasozlik, metallurgiya, yoqilg‘i va boshqa maqsadlarda ommaviy kesish davom qildi. Natijada ayrim o‘simlik va hayvonot turlari yoppasiga qirilib ketdi, populyasiyalar soni kamaydi. Tog‘lar va tepaliklarning yon bag‘rlari emirildi. Turli axlat va chiqindilar ko‘chalarga uloqtirildi. Kanalizatsiya (oqova suv quvurlari tizimi) yo‘qligi tufayli er osti suvlari ifloslandi, quduqlar esa infeksiyalar (kasalliklar yuqishi) manbaiga aylandi. Aholi zichligi va atrof-muhitning ifloslanishi turli epidemiyalar (yuqumli kasalliklar) tarqalishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Evropada 1346-1353 yillarda keng tarqalgan o‘lat epidemiyasi tufayli aholining 20-50 foizi halok bo‘lgan.





SHuningdek, mil. avv. II ming yillikda paydo bo‘lgan Mayya sivili-zatsiyasi (Markaziy Amerika) ham eramizning IX asrida nafaqat uzoq davom etgan qurg‘oqchilik, balki o‘rmonlarni ommaviy kesish va tup-roqlarning emirilishi natijasida tanazzulga yuz tutgan bo‘lishi mum-kinligi olimlar tomonidan e’tirof etildi [129].
VII asr o‘rtalarida islom diniga e’tiqod qiluvchi arablar O‘rtaer dengizi atrofini, keyin Eron va Hindistongacha bo‘lgan hududlarni, 651 yildan boshlab O‘rta Osiyoni qariyb 170 yil davomida zabt etdi. Buxoro, Samarqand, Xorazm va yurtimizning boshqa hududlarini bo-sib olgan arablar xalqimizning qadimiy madaniyati va «Avesto» qad-riyatlarini, yozma yodgorliklarini (ming yillik noyob asarlar va tari-xiy hujjatlarni) yakson qildi. Xorazm, so‘g‘d va boshqa mahalliy yozuv-larni bilgan olimlar yurtdan badarg‘a qilindi yoki o‘ldirildi, shu-ningdek Buxoro, Samarqand, Kesh kabi yirik shaharlarda ko‘plab mas-jidlar qurilib, tub joy aholisi turli yo‘llar bilan islom diniga kiritildi, Muhammad payg‘ambar ummatiga aylantirildi [181].
Bu davrda arab xalifaligi tarkibidagi xalqlar madaniyati Evropa madaniyatidan ancha ustun edi. Metallurgiya va to‘quvchilik sanoatida qator kashfiyotlar qilindi, turli ma’danlar qazib olindi va qayta ishlandi, qog‘oz, sopol va shisha buyumlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi, to‘g‘on, ariq va suv omborlari qurilib, sun’iy sug‘orish ja-dal rivojlandi, dehqonchilikda donchilik, paxtachilik, bog‘dorlik va polizchilik muhim ahamiyat kasb qildi. SHu sababli O‘rta Osiyo hudu-didan jami madaniy o‘simliklarning kamida 42 turi (qovun, piyoz, sarimsoq, ismaloq, rediska, sholg‘om, sariq sabzi va sh.k.) kelib chiq-qan [96]. Demak, odamlarning atrof-muhit bilan munosabati kuchay-gan, tabiiy resurslar hamda ekotizimlardan keng ko‘lamda foydala-nishga kirishilgan.
Islom dinining muqaddas va mo‘‘tabar kitoblari – «Qur’oni Ka-rim» va «Hadisu SHarif»da tabiat boyliklaridan to‘g‘ri foydalanish, ularni isrof qilmaslik, odamning turmush tarzi va shaxsiy gigiena-si, zurriyot (nasl) tozaligi, o‘simlik va hayvonot dunyosini asrash, at-rof-muhitni toza saqlash, ko‘kalamzorlashtirish kabi masalalar at-roflicha o‘z aksini topgan, natijada xalifalik tarkibidagi xalqlar-da atrof-muhitga to‘g‘ri munosabat shakllantirilgan. Eng muhimi, is-lom ta’limoti nafsni tiyish yoki kamaytirish orqali ochko‘zlikka, is-rofgarchilikka qarshi o‘tkir «malham»ga aylangan [219].
Arablar etti asr davomida xalifalik xalqlarida ilm-ma’rifat, erkinlik va ijodkorlik ruhini qo‘llab-quvvatlash siyosatini amalga oshirdi. SHu tufayli yurtimizda Muhammad al-Xorazmiy (783-850), Ahmad al-Farg‘oniy (798-861), Abu Nasr Forobiy (873-950) kabi muta-fakkirlar etishib chiqdi. SHuningdek, 1004 yilda Xorazmda «Dor-ul hikmat val maorif» yoki «Majlisi ulamo» nomli yirik ilmiy mar-kaz, dunyoga mashhur ilm-ma’rifat maskani – Ma’mun akademiyasi tash-kil etildi. Bu akademiyada Abu Rayhon Beruniy (973-1048), Abu Ali ibn Sino (980-1037) kabi ko‘plab olimlar faoliyat ko‘rsatdi. Ular fi-zika, astronomiya, geografiya, geodeziya, kimyo, biologiya, tibbiyot kabi fanlar bilan shug‘ullanib, bu fanlarning keyingi rivojiga mustah-kam zamin tayyorladi. Xususan, ularning asar­­larida odam va tabiat o‘rtasidagi o‘zaro muvozanat va munosabat, o‘simliklar va hayvonlar, ularning biologik xususiyatlari, tar­qalishi, tabiat va inson hayotida tutgan o‘rni, shuningdek odam, uning salomatligi va sog‘lom turmush tarzi kabi masalalar ilmiy jihatdan har tomonlama asoslandi.
SHunday qilib, Er sayyorasining turli mintaqalarida o‘ziga xos tarzda paydo bo‘lgan dehqonlar va chorvadorlar jamiyatida odam va at-rof-muhit o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar turli diniy (sinfiy) qa-rashlar, ta’limotlar va ilm-ma’rifat asosida shakllanish yo‘liga o‘t-gan bo‘lsa-da, mahalliy ekologik muammolar paydo bo‘lib turgan. Xu-susan, Evropa, G‘arbiy va O‘rta Osiyo, SHimoliy Amerikaning ayrim hududlarida o‘rmonlarni haddan tashqari ko‘p kesish, tuproqlarning emirilishi, botqoqlanish yoki sho‘rlanish, Afrika, G‘arbiy va O‘rta Osiyoning ayrim hududlarida chorva mollarini ortiqcha o‘tlatish (bo-qish) oqibatida sahrolar (cho‘llar) yuzaga kelishi yoki ularning uzluk-siz kengayishi bilan bog‘liq ekologik muammolar paydo bo‘lgan. Bular shundan dalolat beradiki, odam va tabiat o‘rtasidagi ziddiyatli muno-sabatlar asosan qishloq xo‘jaligi sohasida vujudga kelgan va ular as-ta-sekinlik bilan kuchayib borgan. Biroq kapitalistik ishlab chiqa-rish va sanoatlashgan xo‘jalikning paydo bo‘lishi (rivojlanishi) eko-logik keskinlikning yangi omiliga aylangan [187].
Evropada XVIII asr oxirida mashinalashgan ishlab chiqarishning paydo bo‘lishi bilan tabiat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarning to‘rtinchi bosqichi industrial (sanoatlashgan) jamiyat shaklla-na boshladi. Bu jamiyatga xos sanoat ishlab chiqarishi va ilmiy-texni-ka inqilobi shu paytgacha kuzatilmagan yangi hodisa tabiatdan ayovsiz va ommaviy foydalanish jarayonini boshlab berdi. Odam faoliyati ta-biatga katta ta’sir ko‘rsatuvchi (bosim o‘tkazuvchi) kuchga (omilga) ay-landi. Odamning atrof-muhitga ta’siri qanchalik kuchli bo‘lsa, ro‘y berishi mumkin bo‘lgan ekologik inqirozga qadar vaqt oralig‘i shuncha-lik qisqa bo‘ladi. SHu nuqtai nazardan, industrial (sanoatlashgan) jamiyatning ekologik inqiroz bo‘sag‘asiga qadam qo‘yishi uchun juda qisqa fursat atigi 300 yildan kamroq vaqt kerak bo‘ldi [227].
Angliyada boshlangan sanoat inqilobi natijasida kareta (to‘rt g‘ildirakli engil soyabon arava) va elkanli kemalarning ko‘mir bilan ishlaydigan parovoz va paroxodlarga almashinuvi ro‘y berdi (4.16-rasm). Agar industrial davrgacha yoqilg‘ilar asosan uylarni isitish va ovqat tayyorlash uchun ishlatilgan bo‘lsa, keyin metallarni eritish va mashinalarni ishlatishga sarflandi. Natijada avval ko‘mir, keyin neft qazib chiqarish hajmi keskin ko‘paydi. Mashina va boshqa tovar-lar ishlab chiqarish uchun metallarga bo‘lgan ehtiyojning ortishi bilan rudali er osti boyliklarini qazib chiqarish hajmi ham keskin oshdi – tog‘-kon sanoati ildam rivojlandi. Temir va boshqa metall rudala-rining manbalari alohida ahamiyat kasb etdi [187; 227].
Kishilik jamiyati bilan tabiat o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir turining galdagi o‘zgarishi ijtimoiy hayot yo‘nalishini dehqon xo‘jaligidan shaharlarga ko‘chirdi. SHaharlar aholi ko‘payishining asosiy markazi bo‘lib qoldi; aholining qishloqlardan shaharlarga ko‘chishi odatiy holga aylandi. Oqibatda shahar aholisi iste’mol qiladigan mahsulot turi va hajmini oshirish zarurati vujudga keldi. Bu esa faqat o‘z ehtiyoji uchun mahsulot ishlab chiqaruvchi dehqon jamoalari sonining keskin qisqarishiga olib keldi. Hamma joyda katta hajmda qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish va sotishga qodir bo‘lgan yirik xo‘jaliklar – fermerlar paydo bo‘la boshladi. Biroq bu jarayonlar chekka hududlardagi qishloq xo‘jalik mahsulotlarini shaharlarga, sha-harlardagi sanoat mahsulotlarini uzoq hududlarga tez, oson etkazib beruvchi transport tarmog‘ining rivojlanishiga bog‘liq edi [187] .


4.16-расм. Дастлабки паровоз

Industrial jamiyatda transport tarmog‘ining jamiyat taraqqiyoti va atrof-muhitga ta’siri sezilarli kuchaydi. Sanoatlashgan jamiyatda temir yo‘llar asosiy transport vositasiga aylandi. Temir yo‘lning qurilishi atrof-muhitga juda katta ta’sir ko‘rsatmadi, biroq undan foydalanishda jiddiy salbiy oqibatlar paydo bo‘ldi (lokomotivning havoni ifloslashi, dasht va o‘rmonli hududlarda yong‘in paydo qilishi, vagonlardan turli chiqindilarning tashqariga irg‘itilishi va sh.k.).


Transport tarmog‘ining atrof-muhitga bevosita ta’sir ko‘rsatishi bilvosita ta’siridan katta yoki kichik bo‘lishi mumkin. Xususan, aho-lining iqtisodiy faoliyati transport yo‘llari joylashuvi bilan bog‘-liq bo‘ldi. Odamlarning transport vositasida hududlararo ko‘chib yurishi (migratsiyasi) va doimiy yashash joyini o‘zgartirishi aholining geografik taqsimlanishida o‘z aksini topdi. Transport tarmoqlari tugunlari aholi yashash joyi yoki sanoat ishlab chiqarishi markaziga aylandi.
SHaharlarning ekologik muammosi shahar bilan deyarli bir vaqtda vujudga keldi. Sanoat inqilobi boshlanishi davridagi shaharlarning sanoat, transport va kommunal-xo‘jalik faoliyatiga qazilma xomashyo resurslarining ko‘plab jalb etilishi o‘ziga xos xususiyat bo‘ldi. Bunga qadar shaharlarda asosan qayta tiklanadigan resurslar – qishloq xo‘jalik xomashyolari, yog‘och, torf, suv resurslari va qisman metall ru-dalari ishlatilgan. Bunda chiqindilarni qayta ishlash jarayoni to‘g‘ri tashkil etilganligi uchun iste’mol qilingan modda va energiya bio-sferaga yoki ishlab chiqarishga deyarli to‘liq qaytarilgan. Oqibatda shaharlar jamiyatning yangi tuzilmasi sifatida biosferadagi modda va energiya almashinuvi jarayoniga umumiy muvozanatni buzmasdan to‘liq qamrab olingan.
Biroq shaharlar litosferaga kuchli va keng ko‘lamli ta’sir ko‘rsat-di; uning hajmini tortib oldi, modda va energiya almashinuvi jara-yonini buzdi. SHaharlar joylashgan litosferada million yillar da-vomida to‘plangan moddalar bir necha o‘n yillar mobaynida qayta ish-lanib, biosferaga chiqarib tashlanishi odatiy holga aylandi. SHahar-larda muvozanatsiz biogeokimyoviy jarayonlar vujudga keldi. SHu-ningdek, shahar aholisi va uning boshqa tabiiy tizimlari sanoat chi-qindilari bilan ifloslangan muhitdan tirik organizmlarga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ko‘plab kimyoviy element va birikmalar bilan to‘yi-na boshlaydi.
Sanoat inqilobi tufayli suv, havo va tuproq, ya’ni atrof-muhit ifloslanishi sodir bo‘ldi. Bu inqilobga qadar aksariyat ishlab chiqa-rish chiqindilari biologik xususiyatga ega edi. Sanoat chiqindilari-ning xususiyatlari biologik chiqindilar tabiatidan tubdan farq qi-lib, ularni redutsentlar (organik moddalarni parchalab, oddiy anor-ganik birikmalarga aylantiruvchi bakteriyalar, zamburug‘lar) parcha-lay olmaganligi uchun atrof-muhitga kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi omilga aylandi [187].
XVIII asr shaharlarida shakllangan ekologik holatning tubdan bu-rilish nuqtasi va hozirgacha davom etib kelayotgan muhim xususiyati at-rof-muhitning sanoat chiqindilari bilan ifloslanish darajasi kes-kin ortishi va shaharlarda ishlab chiqarish faoliyatining qudratli su-b’ekti – sanoat korxonasining vujudga kelishi bo‘ldi (4.17-rasm).
Yirik shaharlarda vujudga kelgan noqulay ekologik vaziyat nafa-qat shahar sanoati, transporti va qurilishining atrof-muhitga sal-biy ta’siri kuchayishi, balki bozor sharoitida har qanday korxona-ning shahar ekologiyasi (urboekologiya) va aholisi manfaatlarini hi-sobga olmasdan qisqa vaqt ichida eng ko‘p foyda olishga intilishi bi-lan bog‘liq bo‘ldi. Neft ko‘mirga nisbatan muhim ahamiyat kasb etib, suyultirilgan yoqilg‘iga o‘tilishi bilan shaharlar ekologik muammosi atrof-muhitga faol ta’sir ko‘ratuvchi yana ikki omilga bog‘liq bo‘lib qoldi:
1) avtomobil transporti – havoning zaharli gazlar va shovqin (tebranishlar) bilan ifloslanish darajasini keskin oshirdi;
2) kimyoviy ishlab chiqarish – tabiatda mavjud bo‘lmagan kimyoviy moddalar (birikmalar) hosil qildi, ularning atrof-muhitga tushish xavfini (imkoniyatini) vujudga keltirdi.




4.17-расм. Саноат корхоналарининг атроф-муҳитга таъсири

SHunday qilib, XX asrning 50-yillarida sanoati rivojlangan shaharlarda yuzaga kelgan noqulay ekologik vaziyat bir qator jiddiy muammolar keltirib chiqardi. Xususan, atrof-muhitning ifloslani-shi odamlar sog‘ligiga salbiy ta’sir ko‘rsata boshladi.


Industrial jamiyatda aholining urbanizatsiyalashgan atrof-muhit bilan o‘zaro munosabati modeli to‘liq shakllandi. Bu model quyidagi xususiyatlarga ega bo‘ldi:

  • aholining turmush tarzida kam jismoniy harakatga asoslangan tezlashgan ritm (marom) vujudga keldi;

  • shaharliklar tabiiy muhitdan deyarli ajralib qoldi;

  • tabiiy muhit fizikaviy, kimyoviy va biologik ifloslovchi mod-dalar bilan yuqori darajada to‘yindi.

Sanoatlashgan shahardagi mehnat jarayoni mazmuniga ko‘ra o‘zgardi; bir tomondan, mexanizatsiyalashdi, ya’ni qo‘lda bajariladigan ishlar ancha kamaydi, ikkinchi tomondan, mashina va boshqa murakkab asbob- uskunalardan samarali foydalanish uchun korxonalarni kechayu kunduz ishlatishga to‘g‘ri keldi, natijada odam organizmidagi kundalik bio-ritmlar tartibi o‘zgarishga uchradi.
SHuningdek, shaharlikning sun’iy muhitda bo‘lish vaqti ko‘paydi va aksincha, yashil o‘simliklar makoni – tabiiy muhitda bo‘lish vaqti sezilarli qisqarib, bu masala jiddiy ekologik muammoga aylandi. Xolbuki, odam umrining davomiyligi (umr uzoqligi) muayyan hududda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yashil o‘simliklar (daraxtzorlar) maydoniga bevosita bog‘liqligi olimlar tomonidan aniqlangan.
Sanoatlashgan jamiyatdagi barcha shaharlarga xos bo‘lgan eng o‘tkir muammolardan biri – qattiq chiqindilar to‘planishidir (4.18-rasm).



4.18-расм. Атроф-муҳитнинг чиқиндилар билан ифлосланиши корхоналарининг атроф-муҳитга таъсири

Yirik zamonaviy shaharning odatdagi qattiq maishiy chiqindilari yuzdan ortiq zaharli birikmalarni, jumladan, bo‘yoqlar, pestitsidlar, erituvchi moddalar, qo‘rg‘oshin va simobli birikmalar, formaldegid kabi moddalarni o‘z ichiga oladi. Masalan, yaqin o‘tgan davrda Toshkent shahridagi chiqindixonalarga har yili bir necha million dona yaroq-siz simobli lampalar chiqarib tashlandi. Agar har bir lampa ichida 3-5 mg miqdorda bug‘ ko‘rinishidagi simob borligi e’tiborga olinsa, singan lampalardan poytaxt uylari, axlatxonalariga qancha miqdorda simob tushganligini, oqibatda qanchadan-qancha odamlar asab, jigar, buyrak, oshqozon-ichak kasalliklariga mubtalo bo‘lganligini anglash qiyin emas.
Qattiq chiqindilar orasida plastmassa va sintetik materiallar alohida o‘rin tutadi. Ular biologik emirilish jarayoniga uchramaydi va uzoq vaqt davomida atrof-muhit ob’ektlarida qolib ketadi; agar yoqilsa, ko‘plab zaharli moddalar havoga ajralib chiqadi. Yirik sha-harlarda sobiq axlatxonalarning bir qismi aholi turar joylari at-rofida qurilgan. Ulardan organik moddalarning mikrobiologik par-chalanishi oqibatida biogazlar hosil bo‘lishi tufayli portlovchi, yon-g‘inga xavfli vaziyatlar kelib chiqishi mumkin.
YUqorida keltirilgan barcha omillar shaharliklar salomatligi va turmush tarzida salbiy holatlar va «sivilizatsiya kasalliklari»ni keltirib chiqardi. Bularga, birinchi navbatda, yurak-qon tomir tizimi kasalliklari tegishli bo‘lib, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda bu toifaga mansub aholining 50 foizdan ko‘pi o‘limiga sababchi bo‘ldi. Eng xavfli holat shundaki, bu kasalliklar yasharib bormoqda: 30-50 yoshli kishilarda yurak, qon-tomir kasalligiga chalinish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lib qolmoqda.
Sanoat sivilizatsiyasining yana bir salbiy oqibati hiqildoq, o‘pka va nafas yo‘llarida rak (saraton) kasalligining paydo bo‘lishi va ko‘payishidir. Xususan, shaharlarning kattaligi bilan o‘pka saratoni kasalligiga chalinish tezligi o‘rtasida bevosita bog‘liqlik borligi olimlar tomonidan aniqlangan.
Salomatlik borasidagi salbiy omillardan yana biri – allergik ka-salliklar bo‘lib, ular ham asosan shahar aholisi o‘rtasida keng tarqal-gan. Epidemiologik tekshiruvlar natijalari shundan dalolat beradi-ki, yirik sanoat shaharlarida allergik kasalliklarga chalinish 10-20 foizni, qishloqlarda esa 2-4 foizni tashkil etadi. Ayniqsa, shahar-larda allergik kasallikka chalingan bolalar sonining ortib borayot-ganligi tashvishli holga aylandi.
So‘nggi yillarda aksariyat rivojlangan mamlakatlar hukumatlari jamoatchilik fikri (talabi) asosida sanoat chiqindilarini tozalash va atrof-muhit ifloslanishiga barham berish majburiyati sanoat korxonalari egalari zimmasiga yuklatilgan maxsus qonun va qarorlar qabul qildi. Bu shaharlar ekologik holatini yaxshilashda yangi bosqich boshlanganidan darak berdi. Oqibatda yirik shaharlarda atrof-mu-hit ifloslanishi darajasining o‘sishi pasaydi va qisqardi. Bu holat-ni bir qator omillar bilan izohlash mumkin [81; 186; 187]:

  • tabiiy resurslar narxining (bahosining) doimiy ravishda oshib borishi resurs tejovchi yangi texnologiyalardan foydalanish, xomashyo va energiya tejamkor mahsulotlar ishlab chiqarish jarayonlarini iqti-sodiy jihatdan muqarrar qildi. Bu chiqindilarni qayta ishlash soha-sini foydali va jozibali tarmoqqa aylantirdi;

  • yirik shaharlarda atrof-muhitni juda ifloslantiruvchi sanoat korxonalarining yuqori foizli soliqqa tortilishi tufayli bunday faoliyat ko‘plab firmalar uchun foydasiz biznes bo‘lib qoldi. SHu sa-babli bunday korxonalar jihozlar eskirishi (amortizatsiyasi) mudda-tini ishlab chiqish jarayonida yopilib ketdi, soliqqa tortish darajasi past bo‘lgan kichik va o‘rta shaharlarda esa yangi ekologik texnologiyali korxonalar qurildi. Bu esa yirik shaharlar aholisi soni kamayishiga olib keldi va atrof-muhitga antropogen bosimning ancha kamayishiga yordam berdi;

  • rivojlangan mamlakatlarda ekologik «iflos» korxonalarni ri-

vojlanayotgan mamlakatlar hududiga ko‘chirish istagi (harakati) kuchli
intilish sifatida namoyon bo‘ldi, biroq bu yo‘l bilan ekologik muam-molarni ijobiy hal etib bo‘lmadi, aksincha, ularning echimi orqaga surildi. Yirik shaharlardagi ekologik holat chigallashuviga nafaqat sanoat ishlab chiqarishi o‘sishi, balki shaharlarning yaxlit bir butun tizimi – infratuzilmasi, uy-joy va kommunal xo‘jaligi, shuningdek shaharliklar turmush tarzi, xususan, ularning ekologik ongi va mada-niyati ham katta ta’sir ko‘rsatdi.
Jamiyat taraqqiyotining sanoat bosqichida nafaqat mahalliy yoki mintaqaviy, balki biosfera miqyosida ekologik keskinlik (tanglik), ya’ni atrof-muhitdagi ba’zi unsurlarning tabiiy tizim yoki jarayon-larning me’yorida faoliyat ko‘rsatishiga xavf soladigan darajada bu-zilishi ro‘y berdi. Bu keskinliklar quyidagilar orqali namoyon bo‘l-di:

  • bug‘li gazlar (karbonat angidrid, metan, azot oksidi va sh.k.) ta’-sirining kuchayishi Erda iqlim o‘zgarishlarini keltirib chiqardi;

  • biosfera muhitlarida ikkilamchi kimyoviy reaksiyalar tufayli

zaharli moddalar vujudga keldi;

  • atmosfera havosining kuchli ifloslanishi ro‘y berdi, kislotali yog‘inlar paydo bo‘ldi;

  • okeanlar tubiga zaharli, radioaktiv moddalar ko‘mib tashlandi va okean suvlari odam faoliyati ta’sirida neft mahsulotlari, og‘ir metallar va murakkab organik birikmalar bilan ifloslandi;

  • er usti (quruqlikdagi suv havzalari) hamda er osti suvlarining kamayishi va ifloslanishi kuzatildi;

  • Er sayyorasining ayrim hududlarida cho‘lga aylanish jarayoni ro‘y berdi va mavjud cho‘llar maydoni kengaydi;

  • o‘rmonlar maydoni kamaydi, atmosferadagi kislorod nisbati buzildi, hayvonot va o‘simlik turlarining qirilib ketish jarayoni kuchaydi;

  • turlarning ekologik maskanlari kambag‘allashdi, yangi ekologik maskanlar paydo bo‘ldi, biroq ular nomatlub organizmlar – parazit, zararkunanda, kasallik qo‘zg‘atuvchi organizmlar bilan to‘la boshladi;

  • Er sayyorasida aholi soni mutloq o‘sdi, ayrim hududlarda aholi zichligi haddan ziyod ortib ketdi va sh.k.

SHunday qilib, zamonaviy jamiyat va tabiat o‘rtasidagi munosabat-larning beshinchi bosqichi postindustrial jamiyatga, ya’ni sa-noatlashgan jamiyatdan keyingi jamiyatga yuqorida ta’kidlangan no-qulay ekologik vaziyatlar – ekotizimlarga salbiy antropogen ta’sir darajasi ortishi bilan o‘tildi [81; 187; 227].
Ma’lumki, agrar jamiyatning asosiy vazifasi aholini oddiy ti-rikchilik vositalari bilan ta’minlashdan iborat bo‘lgan. SHu sababli barcha sa’y-harakatlar ko‘proq qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etish-tirishga, oziq-ovqat ishlab chiqarishga qaratilgan. Bu muammo sanoat-lashgan jamiyatda ikkinchi darajali masalaga aylandi. Rivojlangan mamlakatlarda qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan 5-6 foiz aholi butun jamiyatni oziq-ovqat bilan ta’minladi. Sanoat ishlab chiqarishi bi-rinchi o‘ringa chiqdi va aholining asosiy qismi sanoat bilan mashg‘ul bo‘lishga kirishdi. Jamiyat endi moddiy boyliklar to‘plash yo‘lidan rivojlana boshladi. Keyingi bosqichlar xizmat ko‘rsatish jamiyatiga o‘tish bilan bog‘liq bo‘lishi yanada oydinlashdi. Texnologik innova-siyalarni amalga oshirish uchun bilimlar juda muhim ahamiyat kasb etdi. Katta hajmdagi bilimlar jamiyatning sifat jihatidan oldinga keskin siljishini ta’minladi. O‘ta rivojlangan kommunikatsiya vo-sitalari bilim va axborotlarning erkin (monesiz) tarqalishiga, bu esa jamiyatning sifat jihatidan yangi turi haqida fikr yuritishga imkon berdi.
«Postindustrial jamiyat» termini XX asrning 50-yillarida AQSHda paydo bo‘ldi. Bu termin Amerika kapitalizmining o‘tgan asr o‘rtasida buyuk depressiyagacha bo‘lgan sanoat kapitalizmidan tubdan ajralib turishi ma’lum bo‘lganidan keyin paydo bo‘ldi. Eng muhimi, postindustrial jamiyat avvaliga chiziqli rivojlanish doirasida qa-rab chiqildi. Barcha hatti-harakatlar iqtisodiy o‘sishga, farovonlik oshishiga, mehnat jarayoniga texnikaviy vositalar joriy etilishiga olib keldi. Oxir-oqibatda, ish vaqti qisqardi va shunga muvofiq, bo‘sh vaqt ham ko‘paydi. Ammo 60-yillar oxiridan boshlab «postindus-trial jamiyat»ning mohiyati yangi mazmun bilan to‘ldirildi – ilm-ma’rifatning obro‘si oshdi, malakali mutaxassislar qatlami paydo bo‘ldi. Xizmat ko‘rsatish va ilm-ma’rifat sohalari sanoat va qishloq xo‘jaligi sohalaridan ustun kela boshladi [55].

Yüklə 9,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə