Ii bo‘lim. Odam evolyusiyasi va ekologiyasi 4-bob. Odam evolyusiyasi va odam



Yüklə 9,36 Mb.
səhifə16/110
tarix11.12.2023
ölçüsü9,36 Mb.
#144765
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   110
Монография-2 кисм lotin

Antropogen ta’sirning kuchayishi

Ekotizim-larning global
inqirozi




Ekologik rejalash inqilobi

Issiqlik inqirozi




Energe-tika inqilobi






Redutsentlar
inqirozi






Ilmiy-texnika
inqilobi






Produtsentlar
inqirozi






Sanoat inqilobi






Ibtidoiy dehqonchilik inqirozi






Ikkinchi
agrar inqilob




Konsumentlar
inqirozi

Birinchi agrar inqilob




Odam faoliyati

50-10
ming yil oldin

6-2
ming yil oldin

370-170 yil oldin

70-50
yil oldin

Hozirgi
davr

Kelgusi davr

Vaqt

4.19-rasm. Antropogen ekologik inqirozlar va inqiloblar


Demak, odam va biosfera o‘rtasidagi munosabatlar evolyusiyasi-ning barcha bosqichlarida har xil dunyoqarash va ta’limotlar doirasi-da oddiydan murakkabga tomon o‘ziga xos ekologik bilim va tajriba-lar to‘planib kelgan. Ular odam ekologiyasi, tabiatdan foydalanish va atrof-muhit muhofazasining tarixan shakllanishiga asos bo‘lgan.


Hozirgi davrda tabiat va jamiyat o‘rtasidagi munosabat turlarini tubdan qayta ko‘rib chiqish zaruriyatga aylangan [102; 142]. Bu erda bit-ta tabiiy savol tug‘iladi: insoniyat biosfera tarixida sodir bo‘lgan ekologik inqirozlardan to‘g‘ri xulosa chiqara oladimi yoki kutilajak keyingi inqirozlarga barham berishga qodirmi? Aks holda, butun insoniyat jamiyati ochlik, kasallik, tabiiy va texnogen falokatlar kabi ko‘plab ekologik bo‘hronlar girdobiga tushib qoladi.
«Odam va biosfera» (jamiyat va tabiat, odam va atrof-muhit) o‘zaro munosabatlarini odam ekologiyasi asosida geoekologik tushunish maz-kur savolga ob’ektiv javob topishning muhim qirrasi hisoblanadi. Bu masala monografiyaning keyingi bobida qarab chiqiladi.


5-bob. Odam ekologiyasi


5.1. Odam ekologiyasining mohiyati va mazmuni


Odam tabiatdagi barcha jonzodlarning eng yuqori pog‘onasida tur-sa-da, barcha tirik organizmlarga xos bo‘lgan tabiiy tanlanish va ir-siy o‘zgaruvchanlik asosida antropogenezni harakatga keltiruvchi kuch-lar ta’sirida o‘z evolyusiyasini davom ettirmoqda.
Odamzod, shak-shubhasiz, tirik mavjudotlarning gultojisi, biroq insoniyat tirik tabiat evolyusiyasining cho‘qqisi ekanligi yoki Erda 4 mlrd yil davom etgan hayot evolyusiyasi faqat odam paydo bo‘lishi (yaralishi) uchun kechganligi yanglish mulohazalardan biridir. Evolyu-siyaning asosiy natijasi odamni ham o‘z ichiga olgan biota, ya’ni ho-zirgi vaqtda yoki o‘tgan geologik davrlarda umumiy tarqalish hududi bilan birlashgan, tarixan shakllangan tirik organizmlar (viruslar, bakteriyalar, zamburug‘lar, o‘simliklar va hayvonlar) majmui yoki bio-logik xilma-xillik va hayotning biotik tartibga solinishi hisobla-nadi. Aks holda, odam, ya’ni insoniyat jamiyatining yashab qolish imko-niyati cheklangan bo‘lur edi.
Ishimizning oldingi bobida ta’kidlanganidek, odam – bioijti-moiy mavjudot, ya’ni u Erdagi ijtimoiy-tarixiy jarayonlar, mod-diy va ma’naviy mada­niyat rivojining sub’ekti bo‘lib, hayotning bosh-qa shakllari bilan genetik bog‘langan, biroq ulardan mehnat qurolla-rini ishlab chiqarish qobiliyati, ongi va nutqi, ijodiy faoliyati va o‘z-o‘zini axloqiy-ekologik anglashi bilan ajralib turadi.
Odam va odamlar guruhining atrof-muhit (biosfera, tabiat) bilan o‘zaro munosabati qonuniyatlarini, odamga tabiiy va ijtimoiy muhit-ning ta’sirini, odam sog‘lig‘ini saqlash va mustahkamlash muammola-rini odam ekologiyasi yoki antropoekologiya fani o‘rganadi [12; 118; 178; 202; 223; 266]. Bu fan odamni biologik tur va shaxs sifatida at-rofdagi tabiiy, ijtimoiy va madaniy muhit bilan o‘zaro munosabat-lari majmuida qarab chiqadi.
Odam sog‘ligi ekologik vaziyat va turmush tarzi bilan bog‘liq bo‘lib, unga axloq, e’tiqod, urf-odat va an’analar, ma’naviy muhit ma’lum
darajada ta’sir ko‘rsatadi. SHunday ekan, odam ekologiyasi odamlar-ning bir-biriga munosabati, ularning atrofdagi tabiiy, ijtimoiy va sun’iy yaratilgan muhit bilan o‘zaro aloqadorligini ham o‘rganadi. SHu nuqtai nazardan, odam bioekologiyasi – odamning atrof-muhitga munosabati va atrof-muhitdagi turli omillarning odam organizmiga ta’siri, aholi ko‘payishi, sog‘liqni saqlash va mustahkamlash, shuning-dek odam populyasiyalarining bioijtimoiy tuzilmasi qonuniyatlari-ni o‘rgansa, ijtimoiy ekologiya – odam uyushmalari (guruhlari, ja-moalari) bilan atrofdagi geografik, ijtimoiy va madaniy muhit o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tadqiq qiladi [272].
Odam ekologiyasining keng qamrovli muammolari odamga majmuiy ilmiy yondashish zaruratini keltirib chiqaradi. SHu sababli odam eko-logiyasining fanlar tizimida tutgan o‘rni o‘ziga xos bo‘lib, falsa-fa, demografiya, sotsiologiya, etika, estetika, pedagogika, psixologiya kabi ijtimoiy-gumanitar, tibbiyot, psixofiziologiya, genetika kabi tabiiy fanlar bilan o‘zaro aloqadorlikni taqozo qiladi [118; 178].
Odam ekologiyasi demografiya (aholishunoslik) bilan chambarchas bog‘liq. Har ikkala fan aholining o‘xshash jihatlarini o‘rganadi. De-mografiya uchun o‘ta muhim bo‘lgan tug‘ilish, o‘lim, bolalar o‘limi, hayot davomiyligi (umr uzoqligi), o‘rtacha yosh kabi tushunchalar bir vaqtning o‘zida odam ekologiyasi uchun ham muhim bo‘lib, ular u yoki bu mintaqada aholi salomatligi va yashovchanligi haqida tasavvurlar hosil qiladi.
Odam ekologiyasi sotsiologiya (jamiyatshunoslik) bilan yaqin bog‘-langan. Sotsiologiya turli xil ijtimoiy hodisalar bilan odamlar-ning ijtimoiy xulq-atvor qonuniyatlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik-ni o‘rganadi. Bir qator ijtimoiy muammolarni odam ekologiyasi doi-rasida qarab chiqish mumkin. Ijtimoiy guruhlar va jamoalar, etnik, ekologik va kasbiy umumiylik (birlik), aholi sotsiologiyasi, turmush tarzi va sifati sotsiologiyasi, tibbiyot va sog‘liqni saqlash sotsiolo-
giyasi kabilar shular sirasiga kiradi.
Odam ekologiyasi tarix bilan ham aloqador. Tarix fanlari orasi-da mintaqaviy arxeologiya, ayrim mamlakatlar va xalqlar etnografiya-si, paleoekologiya, etnik ekologiya, etnik antropologiya kabilar odam ekologiyasi uchun katta qiziqish uyg‘otadi.
Odam ekologiyasi psixologiya va pedagogika bilan ham bog‘lanishli. Kishilar xulq-atvorining sabablarini bilish odamlarning bir-biri va atrof-muhit bilan o‘zaro munosabatlari mohiyatini tushunishga im-kon beradi. Odamlar ruhiy tuzilmasining o‘ziga xos xususiyatlarini bilish tashqi muhit bilan o‘zaro ta’sir xususiyatlarini aniqlashga, odamning psixofiziologik holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omil-larni bartaraf etishga yordam beradi. Ekologik ta’lim va tarbiya shaxs va jamiyatda ekologik madaniyatni, uning negizi, ya’ni atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatni vujudga keltiradi.

Yüklə 9,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə