Ii bo‘lim. Odam evolyusiyasi va ekologiyasi 4-bob. Odam evolyusiyasi va odam



Yüklə 9,36 Mb.
səhifə15/110
tarix11.12.2023
ölçüsü9,36 Mb.
#144765
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   110
Монография-2 кисм lotin

o‘txo‘r va etxo‘r yirik hayvonlarni ommaviy qirish yoki ularni or-tiqcha ovlash konsumentlar inqirozi. Bu tanazzul tufayli ovchilar va teruvchi-yig‘uvchilar jamiyatida qishloq xo‘jaligi inqilobi sodir bo‘lib, chorvachilik va dehqonchilik vujudga keldi;

  • sug‘oriladigan erlarning sho‘rlanishi ibtidoiy dehqonchilik

    inqirozi. Bu tanazzul tufayli dehqonlar va chorvadorlar jamiyatida obikor dehqonchilik, ya’ni sug‘oriladigan er resurslari cheklanib, lalmikor, ya’ni sug‘orilmaydigan dehqonchilikka o‘tildi;

    • o‘simliklar dunyosining yalpi yo‘q qilinishi yoki o‘rmonlarni yoppa-siga kesish produtsentlar inqirozi. Bu tanazzul tufayli dehqonlar va chorvadorlar jamiyatida sanoat inqilobi sodir bo‘lib, ko‘mir va neft qazib chiqarish vujudga keldi;

    • biosferaning global ifloslanishi redutsentlar inqirozi. In-dustrial jamiyatda ilmiy-texnika inqilobi yutuqlaridan noo‘rin foydalanish tufayli vujudga kelgan antropogen chiqindilarni (yangi, sun’iy materiallarni) redutsent organizmlar parchalay olmasligi oqibatida atrof-muhitning fizikaviy va kimyoviy ifloslanishi ro‘y berdi;

    • troposferaning issiqlik bilan ifloslanishi yoki iqlimning glo-bal o‘zgarishi issiqlik inqirozi. Industrial va postindustrial jamiyatlarda vujudga kelgan antropogen bug‘li gazlar ta’sirida iq-limning global isishi sodir bo‘ldi;

    • tabiiy resurslar taqchilligi xavfi va ekotizimlarga ishonch hissining kamayishi – ekotizimlarning global inqirozi. Tabiiy resurslarning taqchillik xavfi tiklanmaydigan resurslarni tejash, ulardan faqat ehtiyojga muvofiq foydalanish va muqobil energiya turlariga to‘liq o‘tish orqali; ekotizimlarga ishonch hissining kama-yishi «jamiyat-tabiat» tizimida koevolyusiya va noosferaga o‘tish yo‘li bilan, ya’ni hozirgi davrda kuzatilayotgan va kelgusida sodir bo‘lishi kutilajak energetika va ekologik rejalash inqiloblari tu-fayli bartaraf etilishi mumkin (4.19-rasm).





    Yüklə 9,36 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   110




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə