Ii bo‘lim. Odam evolyusiyasi va ekologiyasi 4-bob. Odam evolyusiyasi va odam



Yüklə 9,36 Mb.
səhifə12/110
tarix11.12.2023
ölçüsü9,36 Mb.
#144765
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   110
Монография-2 кисм lotin

SHartli belgilar:


quruqlik -
suvlik -
muzlik -
daryolar -
chegaralar -
hozirgi
chegaralari -

4.9-rasm. O‘rta Osiyo (taxminan 50 ming yil oldin)


O‘zbekiston hududida topilgan paleolit (Selung‘ur, Ko‘lbuloq, Te-shiktosh, Omonqo‘ton, Obirahmat, Xo‘jag‘or, Qo‘tirbuloq, Qizilnur) hamda mezolit davri (Markaziy Farg‘ona, Zarautsoy, Sarmishsoy, Ma-chay, Takatosh) manzilgohlari va SHarqiy Kaspiybo‘yi yodgorliklari ham bundan dalolat beradi [25].


Mezolit davrida ibtidoiy odamlar kundalik tirikchilik uchun yov-voyi o‘simliklarning mevalari va ildiz-mevalari, qo‘ziqorin kabi egulik narsalarni yig‘ib-terib yuradi, jismoniy va aqliy qobiliyati-dan foydalanib, ov qurollarini takomillashtiradi, jamoaviy ovchi-lik qiladi. Biroq ovlanadigan (og‘irligi 40-45 kg bo‘lgan) hayvonlar-ning kamayib ketishi odamlarni hayvonlar podasi izlaridan borish-ga, o‘z manzillarini tashlab, boshqa joylarga ko‘chib o‘tishga majbur qi-ladi.
Odam populyasiyasining jadal ko‘payishi oqibatida ovlanadigan hayvonlarning ommaviy qirilishi tufayli ilk ekologik inqirozlar (konsumentlar inqirozi) sodir bo‘ladi. Ibtidoiy odamlarning uzoq vaqt davomida tabiatda tanho o‘zi hukmronlik qilishi Er sayyorasi-ning barcha qit’alarida izlari mavjud bo‘lgan bir qator ekologik in-qirozlarni keltirib chiqaradi. Bu inqirozlar biologik resurslardan ongsiz foydalanuvchi ovchilar va teruvchi-yig‘uvchilar jamiyati tanaz-zulga yuz tutishi uchun dastlabki shart-sharoitlarni vujudga keltira-di [187; 227].
Ovchilik va terimchi-yig‘uvchilik ishi, oxir-oqibatda, ochlikka mah-kum etishi anglab etiladi. Bu odamlarni mehnat (ov) qurollarini yana-da takomillashtirish, ovlanadigan hayvonlarni qo‘lga o‘rgatish va ozu-qa resurslarining yangi manbalarini izlab topishga majbur qiladi. Bu turtki tufayli odamlarda tabiiy resurslar, ulardan foydalanish yo‘llari haqida eng oddiy bilimlar (tushunchalar) hosil qiladi. Nati-jada dastlab ovchilik negizida chorvachilik, keyinchalik teruvchi-yi-g‘uvchilik negizida dehqonchilik amallari yuzaga kelishi uchun zamin tayyorlanadi.
Odamlar biologik resurslarning keskin kamayishi natijasida at-rofdagi tabiiy muhitni qayta o‘zgartirishga, xo‘jalik yuritishning yangi turiga o‘tishga majbur bo‘ladi. Oqibatda ibtidoiy odamlarning tabiat bilan birgalikda yashash tarzi buzilib, hayvonlarni xonaki-lashtirish va o‘simliklarni madaniylashtirish orqali o‘troq turmush tarziga o‘tishi boshlanadi: odamlar oziq-ovqat uchun zarur bo‘lgan bio-logik resurslarni o‘zi ishlab chiqarish va ko‘paytirishga kirishadi. Bu hodisa tarixda neolit inqilobi deb ataladi [95; 187; 227].
Neolit davrida mehnat taqsimoti asosida ko‘p tarmoqli xo‘jalik sohalari vujudga keladi, ya’ni ovchilik va teruvchi-yig‘uvchilik bilan birga chorvachilik, ya’ni go‘sht, sut, teri olish hamda ot-ulov sifatida foydalanish uchun chorva mollarini ko‘paytirish hamda dehqonchilik, ya’ni dala ekinlari, xususan, boshoqli g‘alla o‘simliklarini etishti-rish bilan bog‘liq qishloq xo‘jalik mehnati rivojlana boshlaydi.
Xo‘jalik yuritish uchun qulay bo‘lgan yangi tabiiy hududlar jadal o‘zlashtirilib, aholi o‘rtasida o‘troq turmush tarzi keng ommalasha boshlaydi. SHuningdek, toshdan eng oddiy g‘alla o‘rish va yanchish asbob-uskunalari, yog‘ochdan ibtidoiy to‘quv dastgohlari, dastaki so‘ka va shu kabilar yasaladi, ularga sayqal beriladi. Sopoldan yasalgan idishlar paydo bo‘lib, kulolchilik ko‘nikmasi o‘zlashtirilishi bilan loydan turli hajmdagi xilma-xil buyumlar yasaladi, ular olovda pishirila-di. SHu bilan birga, loy va yog‘ochdan uy-joylar quriladi, to‘qimachilik hamda kemasozlik rivojlana boshlaydi.
Neolit inqilobi tufayli odam bilan atrof-muhit munosabatida uchinchi bosqichdehqonlar va chorvadorlar jamiyati shakllanadi. Bu bosqichda yovvoyi hayvonlarni qo‘lga o‘rgatish orqali chorvachilik (qo‘y, echki, cho‘chqa, sigir kabi xonaki hayvonlarni boqish), yovvoyi o‘simliklarni madaniylashtirish orqali dehqonchilik (qovoq, murch, bug‘doy, arpa kabi madaniy ekinlar ekish) tarmoqlari tez sur’at bilan rivojlanadi. SHu bilan birga ovchilik va teruvchi-yig‘uvchilik ishi yordamchi xo‘jalik sifatida saqlanib qoladi [95; 227].
Dehqonlar va chorvadorlar jamiyatida «ikkinchi tabiat» paydo bo‘ladi, bu tabiat jadallik bilan rivojlanib, asl tabiatni siquvga oladi, biroq tabiiy muhit «sun’iy tabiat» siquviga bardosh berish qobiliyatini saqlab qoladi. Odam aynan shu davrda haqiqiy xo‘jalik yuritishni o‘rganadi, ya’ni hozirgi turmush tarziga asos solinadi. «Odamning burchi - tabiatni zabt etish va uni qayta o‘zgartirishdan iborat» degan g‘oya shakllanadi.
Odam qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida tabiiy jarayonlarning bir butun majmuini tartibga solishga, tabiatni o‘z ehtiyojlariga mu-vofiq qayta o‘zgartirishga majbur bo‘ladi. Xususan, xonakilashgan hayvonlar, ya’ni ho‘kiz, sigir, qo‘y, cho‘chqa kabi chorva mollarini suv va em-xashak bilan ta’minlashi, ularni yirtqich hayvonlardan himoya qi-lishi shart bo‘lgan (4.10-rasm). Madaniylashgan boshoqli o‘simliklar: arpa va bug‘doyga unumdor tuproq va suv, shuningdek ularni begona o‘t-lar va o‘txo‘r hayvonlardan himoyalash talab etilgan.
SHu bilan birga, xonakilashgan hayvonlar tabiiy landshaftlarga katta ta’sir ko‘rsatadi: uy hayvonlari yovvoyi tuyoqlilar bilan raqo-batga kirishib, ularni tabiiy yaylovlardan siqib chiqaradi; qo‘y va echkilar yosh (nihol) o‘simliklar bilan oziqlanib, ayrim hududlarda o‘rmonlarning yo‘q bo‘lib ketishiga, ba’zi hollarda, cho‘lga aylanish jarayoni [208] ro‘y berishiga sababchi bo‘ladi.



4.10-rasm. Neolit davridagi chorvachilik


Demak, odam tabiatga yanada ko‘proq ta’sir ko‘rsata boshlagan, o‘zi yashayotgan hududdagi har xil o‘simlik va hayvonot turlarini, ular yashaydigan ekologik maskanlarni jiddiy o‘zgartirishga kirishgan. Ayni paytda, odam tabiat bilan muloqot jarayonida uni o‘rganishga, bilishga ham kirishgan, «ijod» qilgan va landshaftlar (tabiat man-zarasi) qiyofasini sezilarli o‘zgartira boshlagan [285].


Dehqonchilikda ish qurollari, asbob-uskunalari takomillashadi: ayrisimon toshdan yasalgan omochlar, tig‘i chaqmoq toshdan yasalgan o‘roqlar vujudga keladi. Dehqonchilikda xo‘kiz va pluglardan foyda- lanish yangi erlarni o‘zlashtirishga, haydaladigan er maydonlarining
keskin ko‘payishiga imkon beradi (4.11-rasm).
Eng muhimi, bu davrda (mil. avv. VI-V ming yilliklarda) toshdan metallarga o‘tiladi: metalldan yasalgan ilk mehnat qurollari (yassi bolta, temir uchli omoch – pluglar) paydo bo‘ladi. SHuningdek, sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik jadal rivojlana boshlaydi.



4.11-rasm. Neolit davridagi dehqonchilik


Dehqonchilik bilan shug‘ullanish, o‘troq bo‘lib yashash dehqonlar va chorvadorlar jamiyatining rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi. Mil. avv. IV ming yillikda dunyodagi eng qadimgi dehqonchi-lik o‘choqlaridan biri – «hosildor yarim oy» mintaqasi – G‘arbiy Osiyoda, aniqrog‘i Misrdan Eronning Zagros tog‘igacha bo‘lgan hudud-larda paydo bo‘ladi (4.12-rasm).





4.12-rasm. «Hosildor yarim oy» mintaqasi




Bu davrda Tigr (Dajla) va Evfrat (Furot) daryolari oralig‘ida Me-sopotamiya, Nil daryosi vodiysida Qadimgi Misr, Gang va Hind daryo-lari vodiysida Hindiston, Xuanxe daryosi havzasida Xitoy kabi si-vilizatsiya o‘choqlari (ilk shaharlar) vujudga keladi, madaniyat jadal rivojlana boshlaydi. Ingliz tarixchisi A. Toynbi (1889-1975) ta’-kidlaganidek, mazkur «sivilizatsiyalar – madaniy-tarixiy taraqqiyot-ning hududiy ko‘rinishi»lariga aylanadi. Bu markazlarda o‘ziga xos ijtimoiy mehnat taqsimotining vujudga kelishi dehqonchilik va chorvachilikning alohida tarmoqlar sifatida ajralib chiqishiga, ilk sanoat ishlab chiqarishi (kulolchilik, metall eritish, zargarlik va sh.k.) asoslari shakllanishiga imkon beradi. SHuningdek, dehqonchilik xo‘jaligini yuritishdagi tajribasizlik tufayli mahalliy ekologik inqirozlar (ibtidoiy dehqonchilik tanazzuli) ro‘y berib turadi. Ma-salan, Mesopotamiya dehqonchiligida er (tuproq) ostida tuz (sho‘r) qat-lami bo‘lgan ekin dalalarini zovur-zaxkash tizimisiz sug‘orish nati-jasida tuproqlarning ikkilamchi sho‘rlanishi sodir bo‘lib, katta hu-duddagi unumdor tuproqlar ekin ekishga yaroqsiz bo‘lib qoladi.
Bu davrda O‘rta Osiyoning tabiiy sharoiti qulay bo‘lgan joylarida chorvadorlar va dehqonlar jamiyati shakllangan. Masalan, O‘zbekiston hududida mil. avv. VII-III ming yilliklarda Amudaryoning quyi oqi-mida ovchilik (baliqchilik), dehqonchilik va keyinchalik hunarmand-chilik bilan shug‘ullangan elatlar (Kaltaminor madaniyati) yashagan. YUnon tarixchilari Geradot (mil. avv. 484-425) va Gekatiy (mil. avv. 550-490) bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «qachonlardir O‘rta Osiyo tekis-liklarida xorazmiylar yashagan», «Avesto»da esa Xoroyu (Xvarazm), ya’ni Xorazm davlati mavjud bo‘lganligi qayd etilgan. Biroq Abu Ray-hon Beruniy (973-1048) Xorazm madaniyatining ildizlari mil. avv. 1292 yildan boshlangani, uning taqdiri jo‘shqin Amudaryoga bog‘liq-ligi, Amudaryo esa Tuyamo‘yin darasidan Qoraqum orqali Kasbiy dengi-ziga quyilishi haqida yozib qoldirgan [22].
Eneolit (tosh-mis) davrida (mil. avv. IV ming yillik oxiri - III ming yillik boshi) O‘zbekistonning iqlim sharoiti qulay bo‘lgan hududlarida lalmikor va obikor dehqonchilik madaniyati shakllana boshlaydi. Amudaryoning quyi oqimida Xorazm, Surxondaryo hududida SHerobod, SHo‘rchi, Bandixon, Sirdaryoning yuqori oqimida Farg‘ona, o‘rta oqimida CHoch, Zarafshon daryosi, Qashqadaryo havzasida So‘g‘diyona, Zarafshon daryosining quyi oqimida Buxoro kabi sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik madaniyati markazlari vujudga keladi. Bron-za davrida (mil. avv. III-II ming yilliklar) O‘zbekiston hududida o‘t-roq dehqonchilik va chorvachilik jadal rivojlana boshlaydi.
Bu davrda «buyuk daryo» sivilizatsiyalari qatori O‘rtaer dengizi

Yüklə 9,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə