Ii bo‘lim. Odam evolyusiyasi va ekologiyasi 4-bob. Odam evolyusiyasi va odam


Odam ekologiyasining tadqiqot metodlari



Yüklə 9,36 Mb.
səhifə20/110
tarix11.12.2023
ölçüsü9,36 Mb.
#144765
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   110
Монография-2 кисм lotin

Odam ekologiyasining tadqiqot metodlari xilma-xil bo‘lib, ak-sariyat antropoekologik tadqiqotlar asosini tizimli yondashuv tash-kil etadi. Odam atrofidagi muhit holatini qayd etish va baholashda meteorologik kuzatish, suv va tuproq tarkibi hamda sifatini aniq-lash, yoritilganlik va radiatsiya darajasini o‘lchash, muhitning kimyo-viy va bakteriologik ifloslanishini aniqlash, shuningdek atrof-mu-hit holati va sifatini monitoring qilish kabi metodlar keng qo‘lla-niladi. Odam hayoti va faoliyatiga muhit omillarining ta’sirini tadqiq etishda, xususan, tibbik ko‘riklar jarayonida klinik metodlar orqali odam organizmida atrof-muhit omillari ta’sirida ro‘y bera-digan o‘zgarishlar, laboratoriya sinovi metodi orqali organizm ta’-sirlanishidan vujudga keladigan o‘zgarishlar (siljishlar) o‘rganila-di. Ma’lumotlarni statistik qayta ishlash metodlari atrof-mu-hit ta’sirida aholi salomatligidagi ijobiy yoki salbiy o‘zgarish-larni aniqlashga imkon beradi.
Antropoekologik tadqiqotlarda zaruratga muvofiq quyidagi bir qancha geografik metodlar ham qo‘llaniladi:
1. Baholash. Agar aniq miqdor shaklida ifodalangan ob’ektiv ma’-lumotlar yo‘q yoki etarli bo‘lmasa, tadqiqotchilar baholash metodidan foydalanadilar. Bu metod noaniqlik sharoitida eng muhim savollar-ga haqiqatga yaqin javoblar topish g‘oyasiga asoslangan. Har qanday ba-holashni o‘tkazishdan oldin quyidagilar aniq belgilab olinishi ke-rak: a) nima baholanadi (tadqiqot ob’ektini aniqlash); b) kim uchun ba-holanadi (antropoekologik tadqiqotlarda baholash odam (aholi) ja-moalari (guruhlari) uchun amalga oshiriladi; turli vaziyatlarda turli guruhlar, masalan, sayyohlar, mahalliy aholi yoki aholining boshqa qatlamlari bo‘lishi mumkin); v) qanday maqsadda baholanadi (odam ekologiyasi bo‘yicha tadqiqotlar sanoat korxonalari, aholi turar joy-lari, yangi shaharlar yoki sanatoriy-kurort majmuasini loyihalash-tirish uchun zarur bo‘lishi mumkin); g) qanday qilib baholanadi (baho-lash tartibi (amallari) majmui tuziladi, uning o‘ziga xos usullari, tafsilotlari asoslanadi. Masalan, aholi salomatligiga qon so‘ruvchi bo‘g‘imoyoqlilar ta’sirini baholashda iksoda kanalar hamlasini baho-lash tartibi quyidagicha ishlab chiqilishi mumkin (5.1-jadval).

5.1-jadval



Yüklə 9,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə