3b konchilik ishi talabasi Baxriyev ibrohimning mustaqil ishisi



Yüklə 97,39 Kb.
tarix23.05.2023
ölçüsü97,39 Kb.
#112231
Kasbiy psixologiyaning tadqiqot metodlari klassifikatsiyasi.


3b konchilik ishi talabasi Baxriyev ibrohimning mustaqil ishisi
Mavzu Kasbiy psixologiyaning tadqiqot metodlari klassifikatsiyasi.
Reja
1.Kirish Kasbiy psixologiyaning tadqiqot metodlari klassifikatsiyasi. Genetik metodlar, praksimetrik metodlar, psixosamatik metodlar.
2.Asosiy qism
A) Kasbiy psixologiyaning tadqiqot metodlaridan foydalanishni shakllantirish
b) Genetik metodlar, praksimetrik metodlar, psixosamatik metodlar.
3.Yakuni
Foydalangan adabiyotlar
1. Kasbiy psixologiyaning tadqiqot metodlari klassifikatsiyasi
Kasbiy psixologiya muhandislik sohasining ob’ektiv qonuniyatlarini o‘rganishda uning metodlaridan keng foydalanadi. Ushbu metodlar o‘zining maqsadi va yo‘nalishiga qarab tasniflanadi. Tadqiqot maqsadiga ko‘ra muhandislik psixologiyasi metodi quyidagi uch guruhga bo‘linadi. Ilmiy tadqiqot metodi. Ushbu metod yordamida shaxslarning huquq normalariga nisbatan munosabatining psixik qonuniyatlari o‘rganiladi, shuningdek, jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi amaliyot xodimlari uchun ilmiy jihatdan asoslangan tavsiyalar ishlab chiqiladi.
-anamnestik (biografik) metod;
-kuzatish va tabiiy eksperiment metodlar;
-shaxsning individual-psixologik xususiyatlarini o‘rganish-ning
instrumental (test, anketa va boshq.) metodlari.
Ushbu metodlarning qo‘llanishi individual-psixologik xususiyatlarni
o‘rgatadi. Psixolog-ekspert oldida har bir bosqichdagi psixologik determinantlar
(omillar)ni ajratish vazifasi turadi. Birinchi bosqichda o‘zini o‘zi anglash, o‘zini
o‘zi baholashning shakllanishi, haqiqiy hayotiy qadriyat va axloqiy-me’yoriy yo‘naltirishlarning rivojlanish xususiyatlarini tahlil qilish zarur. Ekspertizadan o‘tkazilayotgan shaxsning individual-tipologik xususiyatlarini tahlil qilish ham muhim o‘rin tutadi. Ikkinchi bosqichda ekspertizadan o‘tkaziluvchining qaror qabul qilishining o‘ziga xos tomonlari tadqiq etiladi.
Qaror qabul qilish
sub’ektning shaxsiy jihatlari, xatti-harakat motivlarining ob’ektiv tashqi vaziyat
bilan o‘zaro ta’sir jarayoni sifatida baholanadi.
Shunday qilib, psixolog-ekspert oldida turgan vazifalarning keng
qamrovligi va xilma-xilligini inobatga olgan holda, ekspertizadan
o‘tkaziluvchining shaxsini bir marta tekshirish emas, balki uning rivojlanish
jarayonini o‘rganish, turli sharoitlarda o‘zini namoyon etishini tahlil qilish zarur.
Hech bir psixologik metod shaxs haqida mutlaqo to‘g‘ri ma’lumot olinishini
kafolatlamaydi. Shaxsni samarali psixologik tadqiq etishning muhim tomoni –
standart va nostandart tadqiqotlar ma’lumotlarini, eksperimental va
noeksperimental metodlarni qo‘shish hisoblanadi.Kasbiy psixologiyaning
o‘ziga xos metodlariga muhandislik faoliyati ishini psixologik tahlil qilish kiradi.
Bu o‘rinda qaror qabul qilish muammosini tadqiq etish ayniqsa samarali
hisoblanadi .
2. Kasbiy psixologiyaning tadqiqot metodlaridan foydalanishni shakllantirish
Kasbiy psixologiya fanining o’ziga xos ilmiy o’rganish metodlari mavjud. Psixologiya fanini ilmiy o’rganish metodlari («metod» yunoncha so’z bo’lib, «biror narsaga borish yo’li» degan ma’noni anglatadi) psixik jarayonlar, holatlar
va individual xususiyatlar to’g’risidagi bilimlarni egallashda qo’llaniladigan nazariy tadqiqotlar hamda amaliy harakat qilish usullari va ularning yig’indisidir.
Kasbiy psixologiya muxandislik psixologiya sohasining ob’ektiv
qonuniyatlarini o’rganishda uning metodlaridan keng foydalanadi. Ushbu
metodlar o’zining maqsadi va yo’nalishiga qarab tasniflanadi.Individual-psixologik xususiyatlarni o’rganishning instrumental metodlariga avvalo eksperiment metodining turli variantlari, shuningdek, har xil testlar o’tkazish, anketalar,
so’rovnomalar kiradi. Ularning mazmuni psixodiagnostikaga oid asosiy qo’llanmalarda berilgan.
Longityud metodi («uzunchoq kesim» metodi) tanlangan sinaluvchilarni uzoq vaqt davomida qayta-qayta tekshirishdan iborat. Masalan, talabalarni oliygohda ta’lim olish vaqti davomida ko’plab marta tekshirish.
Inson psixikasini – ruhiyatini tadqiq qilish uchun uning hayoti, faoliyati, ijodiyoti to’g’risidagi og’zaki va yozma ma’lumotlar odamlarning tarjimai holi, kundaliklari, xatlari, esdaliklari muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga o’zgalar
tomonidan to’plangan tarjimai holga aloqador materiallar: esdaliklar, xatlar, rasmlar, tavsiflar, magnitofon ovozlari, foto lavhalar, xujjatli filmlar, videokamera
tasviri, taqrizlar, tanbehlar ham o’rganilayotgan shaxsni to’laroq tasavvur etishga
xizmat qiladi. Hatto shifokorning kasallik tarixi xujjati ham bolaning tug’ilganidan, ham to boshlang’ich ma’lumot olgunicha davr oralig’ida salomatlik
darajasi qanday bo’lganligi to’g’risidagi omillar bilan tanishish imkonini beradigan
material hisoblanadi.
Biografiya metodi inson psixikasini suhbat va tajriba
metodlari vositasida o’rganib bo’lmaydigan jihatlarini ochishda yordam bo’radi. Mazkur metod orqali, masalan, ijodiy xayol bilan bog’liq jarayonlar: sheriyat, musiqa, nafosat, tasviriy san’at, texnik ijodiyotning nozik turlari va shaxsning
ma’naviyat, qadriyat, qobiliyat, iqtidor, iste’dod salohiyat kabi fazilatlari
kuzatiladi.
Foydalanilgan manbaalar
F.R. A bduraxm o no v, Z .E . A bduraxm onova
KASB PSIXOLOGIYASI
1.Qodirov B.R., Qodirov I.B. “Kasbiy tashxis mеtodikalari to`plami”Toshkеnt, 2003
yil
2.Qoziеv E.Q., Mamеdov K.K. “Kasb psixologiyasi” Toshkеnt 2003 yil
3.Z.Ibodullaev. Tibbiet psixologiyasi. T., 2008 yil darslik.
4. P.I.Ivanov va M.Zufarova Umumiy psixologiya. T., 2008 yil darslik.
5.Z.Nishonova va Sh.Asomiddinova. Psixologik maslahat.T. 2010 yil
6.G‘oziev E.G‘. Umumiy psixologiya. Toshkent 2010
Yüklə 97,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə