G abduraxmanova



Yüklə 288 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/114
tarix29.11.2023
ölçüsü288 Kb.
#138856
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114
Umumiy parazitologiya.Дадаев С

138856

S. DADAYEV,
G. ABDURAXMANOVA
UMUMIY
PARAZITOLOGIYA
TOSHKENT - 2013


и а § ж
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA 0 ‘RTA 
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
< / 4 •
S. DADAYEV, G. ABDURAXMANOVA
UMUMIY
PARAZltOLOGIYA
O'zbekiston Respublikasi Oliy va о lrta maxsus ta ’lim vazirligi
tomonidan о lquv qo lllanma sifatida tavsiya
etilgan.
Г
л .7? - x 
pi
^
jsvj
^
b c
Z Z
AXBQftQT fftSURS'llARKAZI
TOSHKENT - 2013
I


UO‘K : 576.8 (075) 
К В К 28.083 
D-15
D-15 
S. Dadayev, G. A bduraxm anova. Um um iy parazito- 
logiya. —Т.: «Fan v a texnologiya», 2013,384 b e t
ISBN 978-9943-10-976-6
O 'quv qoMlanmada parazitologiya fanining maqsad va vazifalari
tirik organizmlar o'rtasidagi turli shakldagi parazit-xo‘jayin munosa- 
batlar, parazitlaming kelib chiqishi, odam, mahsuldor hayvonlar va qish- 
loq xo'jalik o'simliklarida parazitlik qilib katta iqtisodiy zarar keltiruv- 
chi vakillarining tuzilishi, ko‘payishi, bioekologik xususiyatlari, qo‘z- 
g‘atadigan kasalliklari va ularning oldini olish chora-tadbirlari to ‘g‘ri- 
sida ma’lumotlar keltirilgan.
Mazkur o ‘quv qo'llanma 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o ‘rta 
maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan o‘quv reja asosida 
tayyorlangan bo‘lib, oliy o'quv yurtlarining biologiya mutaxassisligi 
magistratura bosqichi talabalari uchun moMjallangan.
0 ‘quv qollanm adan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va 
umumiy o 'rta ta’lim maktablarining biologiya o'qituvchilari hamda Oliy 
o‘quv yurtlarining biologiya yo‘nalishi bakalavr bosqichida ta’lim 
olayotgan talabalar ham foydalanishlari mumkin.
U O ‘K : 576.8 (075) 
K B K 28.083
Taqrizchilar:
J. A. Azimov - akademik, biologiya fanlari doktori, professor, 
X.S.Eshova - biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
ISBN 978-9943-10-976-6
© S.Dadayev va bosh., 2013. 
© «F an v a texnologiya» nashriyoti, 2013.


SO‘Z BOSHI
Parazitizm tabiatda nihoyatda keng tarqalgan bioekologik hodisa 
bo‘lib, hayvon yoki o‘simlikIaming turli vakillari orasidagi o‘zaro 
munosabatning o‘ziga xos ko‘rinishidir. Parazitizmda bir organism (pa- 
razit) ning boshqa bir organism (xocjayin) dan o‘ziga yashash uchun 
makon, oziqa topishi tushuniladi. Xo‘jayin organizmi parazit uchun 
tashqi muhit (endoparazitlar uchun xo‘jayin organizmi birlamchi, tashqi 
muhit ikkilamchi hisoblanadi, xo‘jainlar parazit va tashqi muhit o 6rta- 
sida vositachi bo‘Iib xizmat qiladi) vazifasini bajaradi va shuning uchun 
parazitning hayoti xo‘jayin organizmining hayoti bilan chambarchas 
bog‘liq. Bu holat esa uzoq evolutsion taraqqiyot davomida shakllangan 
bo‘lib, murakkab morfo-anatomik, fiziologik, biokimyoviy, ekologik, 
genetik munosabatlar va o bzgarishlami o‘z ichiga oladi.
Keyingi yillarda parazitologiya fani xalq xo‘jaligining turli tar- 
moqlari, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish kabi muhim muam- 
molaming tarkibiy qismiga aylanib bormoqda. Uning, ayniqsa, tibbiyot 
parazitologiyasi, veterinariya parazitologiyasi, fitogelmintologiya kabi 
sohaiari jadal rivojlanib bormoqda.
Parazit organizmlar bir hujayrali hayvonlardan, asosan - sarko- 
mastigoforalar, apikomplekslar, knidosporidiyalar, mikrosporidiyalar va 
infuzoriyalar tiplari ichida hamda ko‘p hujayrali hayvonlardan - yassi 
chuvalchanglar, to‘garak chuvalchanglar, tikanboshlilar, halqali chuval- 
changlar va bocg‘imoyoqlilar tiplari tarkibida uchraydi. Ular qishloq 
xo‘ja!igiga, birinchi navbatda, madaniy o ‘simJiklar va chorvachilikka 
katta zarar keltiradi. Parazitlar ta ’sirida o ‘simliklar hosildorligi va 
chorva mollarining mahsuldorligi keskin kamayadi, hatto ularni nobud 
ham qiladi. Bir qator parazitlar inson salomatligiga ham salbiy ta’sir 
kocrsatib, og‘ir kasalliklarni keltirib chiqaradi.
Parazitar kasalliklar bo‘yicha epidemiologik va epizootologik va- 
ziyatlar dunyoning ayrim mamlakatlarida murakkab bo‘lib turibdi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra yer yuzida 
har yili askaridoz bilan 1 mlrd., ankilostomidoz bilan 900 mln., trixose- 
falyoz bilan 700 mln. ga yaqin odam kasallanadi. Dunyoning 74 mam- 
lakati uchun shistosomoz endemik hisoblanadi, bu mamlakatlar aholi- 
sining 200 mln. dan ko‘prog‘i ushbu gelmintoz bilan kasallangan va yana
з


500-600 mln. ga yaqin odamlaming shistosomoz bilan knsallanish xavfi 
bor.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdi-ki, parazitar 
kasalliklar sog‘liqni saqlash tizimi va xalq xo‘jaligiga qanchalik iqtiso- 
diy zarar yetkazishligiga yaqqol misoldir. Bu esa o‘z navbatida mutaxas- 
sislarning parazitologiya fanidan chuqur bilimga ega bo'lishni taqazo 
qiladi.
Parazit organizmlar to‘g ‘risida oliy o ‘quv yurtlarining biologiya 
ixtisosligi bakalavriat bosqichi talabalariga umurtqasizlar zoologiyasi- 
dan dars o‘tilganda qisqacha ma’lumotlar beriladi. Lekin bu berilgan 
ma’lumotlar talabalarga keng qamrovli biologiya yo‘nalishi mutaxassisi 
boMib yetishishi uchun yetarli emas.
Parazitologiya fanining o‘qitilishi talabalarning zoologiyadan ol- 
gan bilimlarini yanada mustahkamlashga va biologiya yo‘nalishi 
bo‘yicha yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlariga yordam beradi.

Yüklə 288 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə