G abduraxmanova


Parazitlar keltirib chiqaradigan kasalliklar



Yüklə 288 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/114
tarix29.11.2023
ölçüsü288 Kb.
#138856
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   114
Umumiy parazitologiya.Дадаев С

Parazitlar keltirib chiqaradigan kasalliklar. 
Parazitlar xo‘ja- 
yinlariga turlicha ta’sir ko‘rsatadi va ularda har xil kasalliklami keltirib 
chiqaradi. Hayvonot dunyosi keltirib chiqaradigan kasalliklar invazion 
yoki parazitar kasalliklar (asosan parazit chuvalchanglar, o ‘rgimchak- 
simonlar, hasharotlar hamda bir hujayrali hayvonlar tomonidan qo‘zg‘a- 
tiladigan kasalliklar) deyiladi, o‘simliklar dunyosi keltirib chiqaradigan 
kasalliklar esa infektsion kasalliklar deyiladi(viruslar, bakteriyalar, 
zamburug‘lar).
Xo‘jayinning bitta organi yoki butun organizmida joylashgan para­
zitlar yig‘indisiga - parazitotsenoz deyiladi va u yerdagi o‘zaro muno­
sabatlar sinergetik (bir-birini toMdiruvchi) yoki antogonistik (qarama- 
qarshi) xarakterga ega bo‘ladi. Xo‘jayinda bir nechta parazit bo‘lsa 
(parazitotsenoz), parazitlaming umumiy patogenlik xususiyati yanada 
ortadi.
Parazitlaming patogenlik ta’siri ko‘p omillarga, ya’ni parazitning 
turiga, tanada tarqalishiga, invaziya intensivligiga, xo‘jayinni fiziologik 
holatiga va hokazolarga bog‘liq.
Organizmdagi turli parazitlar xo‘jayin organizmiga turlicha ta’sir 
ko‘rsatadi. Masalan, askarida bilan zararlangan odamlarda bakteriyali 
dizinte-riya juda og'ir o ‘tadi va qiyin davolanadi. Yoki aksincha 
askaridoz, ankilostomidoz bilan og‘rigan kasallarda lyamblioz bilan 
kasallanish, gelmintlar bilan zararlanmaganlarga qaraganda 2 -4 marta 
kamroq uchraydi. Turli gelmintlar bilan zararlangan odamlarda 
tuberkulyoz, Botkin kasalligi (sariq), qorin tifi va boshqa infeksion 
kasalliklar juda og‘ir o‘tadi.
Evolyutsion taraqqiyot jarayonida parazitlar har xil xo‘jaynlarda 
yashashga moslashgan. Shunga ko‘ra ular keltirib chiqaradigan kasal­
liklar nomlari ham turlicha boMadi.
1. Zoonozlar. Ayrim guruh parazitlar faqat hayvonlarda parazitlik 
qiladi va ular keltirib chiqaradigan kasalliklar zoonozlar deb ataladi (M: 
qushlardagi bezgak kasalligi).
2. Antropozoonozlar. Odam va hayvonlar uchun umumiy bo‘lgan 
parazitar kasalliklar. Bunda tashuvchilar kasallik qo‘zg ‘atuvchilarini 
hayvonlardan odamga va aksincha, odamdan hayvonlarga yuqtiradi(M: 
kanalar va hasharotlar turli gelmintozlami, o ‘lat, leyshmanioz, tayga 
ensefaliti va boshqalami yuqtiradi).
41


3. 
Antroponozlar. Kasallikning faqat odam organizmida kuzatilishi 
(M: trixomonodoz, ichburug4, bezgak, vabo va h.k.).
Invazion kasalliklami har birini alohida nomlash uchun kasallik 
qo‘zg£atadigan parazit avlodi nomini oxiriga «az», yoki «oz» qo‘shim- 
chasi qo‘shiladi. Masalan, Amyobalar keltirib chiqaradigan kasallik, 
amyobiaz, Ascaridalar avlodi vakillari qo‘zg‘atadigan kasallik askaridoz, 
Fasciola avlodi vakillari qo‘zg‘atadigan kasallik fastsiolyoz deb ataladi.
Parazitar kasalliklami klinik belgilari turlicha bo ladi. Kasallik bel- 
gilari yashirin (yopiq), namoyon bo4lsa ham turli boshqa kasalliklarga 
xos belgilami paydo bo‘lishi bilan kechadi:
- surunkali charchash;
- ishtahani o‘zgarishi(yomonlashuvi);
- asabiy bo‘lib qolish;
- ovqat hazm qilish sistemasidagi buzilishlar(ko‘ngil aynashi, qayt 
qilish, ich qotishi, ich ketishi, qorin dam boMishi, gaz hosil boMishi);
- soMak oqishi;
- anemiya, qondagi o ‘zgarishlar(eyzinofiliya, SOE ortishi va bosh­
qalar);
- to‘qimalarda va suyaklarda og‘riq;
- bosh og‘rig‘i;
- uyqusizlik;
- davriy harorat oshishi (37-38°C);
- gipovitaminoz;
- teridagi bclgilar;
- allergik o czgarishlar;
- nafas olish yo‘llari kasalliklari(bronxit);
- uyquda tish g‘ichirlatish va boshqalar.
Parazitar kasalliklar klinik belgilarini xilma-xilligi bilan ham 
xarakterlanadi. Bular asosida parazitning biologik xususiyati yotadi. U 
avvalo, parazitni xo‘jayinning qaysi organ va to‘qimasida joylashganligi 
bilan bog‘liq boMadi.
Transm issiv yoki tabiiy o‘choqli 
kasalliklar. Akademik 
Ye.N. Pavlovskiy ta’rifi bo4yicha, kasallik qo‘zg‘atuvchilari odam va 
hayvonlarga qon so‘ruvchi bo‘g 4imoyoqlilar orqali o‘tsa bunday kasal­
liklar transmissiv yoki tabiiy o ‘choqli kasalliklar deyiladi. Tabiiy 
o ‘choqli kasalliklaming tarqalishida bo4g ‘moyoqlilaming ahamiyati ni- 
hoyatda katta. B ocg cmoyoqlilarni qon so‘ruvchi parazitligidan ko‘ra ka­
sallik qo‘zg‘tuvchilarini sog‘lom odam va hayvonlarga yuqtirishi xavfli 
hisoblanadi. M: bezgak, tif, virusli ensefalit, leyshmanioz, tripanasomoz.
42


Transmissivus - lotincha so‘z bo4lib, olib o 4tish, tashib o4tish, o4t- 
kazish degan ma’nolami anglatadi. Transmissiv kasalliklami qo4zgca- 
tuvchilarini tabiatda manba (makon) lari mavjud bo‘ladi.
Akademik Ye.N. Pavlovskiy va uning shogirdlari sobiq ittifoqning 
turli mintaqalarida parazitlami murakkab sirkulyatsiya jarayonlarini 
o ‘rganish hamda odam va hayvonlarda ko‘p uchraydigan kasallik qo‘z- 
g‘atuvchi va tarqatuvchilarini kompleks ekologo-parazitologik tomon- 
dan tatqiq qilish maqsadida juda katta hajmdagi ishlarini olib borishgan. 
Tadqiqotlar natijasida transmissiv kasalliklami tabiiy o ‘choqli ekanligi 
haqida ta ’limot yaratildi.
Transmissiv kasalliklami tabiiy o'choqlari u yoki bu geografik 
mintaqalarga moslashganligi bilan xarakterlanadi (M: o'rm on zonalarida 
kana ensefaliti, eho-1 zonalarda tif, o i a t (chuma) o4choqIari, kesilgan 
o4rmon, quruq o‘tloqlarda, sharqiy zonalarda yapon ensefaliti, issiq 
yarim cho4l, cho‘l zo4nalarda esa teri leyshmaniozi va boshqalar uch­
raydi).
Tabiatda odam va hayvonlar yashamaydigan (M: tayga, tundra, 
cho‘l, sahro) joylarda ma’lum bir kasalliklarning manbaiari uchrab 
turadi va ular tabiatda uzoq vaqt saqlanadi. Ana shunday joylarga 
odamlar yoki hayvonlar borib qolsa bu kasalliklar yuqishi mumkin. 
Transmissiv kasalliklami odam va hayvonlarga yuqishi uchun:
I - kasallik qo4zg‘atuvchisi (infeksion, invazion parazitlar);
II - kasallik qo4zg4atuvchilarini o4z tanasida saqlab yuruvchi 
umurtqali hayvonlar (tabiiy rezervlar);
III - kasallik qo‘zg‘atuvchilarini yuqtiradigan ektoparazitlar (bo‘- 
glimoyoqlilar) boMishi shart.
Leyshmaniozda - kasallik qo‘zglatuvchilari~leyshmaniyalar, tabiiy 
rezervlari - kemiruvchilar(qum kalamushlari, yumronqoziqlar), tashuv- 
chilari - iskabtoparlar (Flebotomus avlodi).
Parazitar kasalliklar qo‘zg‘atuvchilarini yuqtirish yoMlari turlicha. 
Ulami asosiylari quyidagilar:
1. 
Kontaktli (parazitlar kasal hayvonlardan sog‘ mollarga, ular bir­
ga boqilganda va molboqarlar orqali, trixomonadalar va boshqalar). 
Kontaktli o‘z navbatida passiv va faol bo4 ladi (passiv-trixomonadalar 
jinsiy yo4I orqali, faol: shistosomalaming lichinkalari faol teri orqali 
o4tishi). Kasallik qo4zg4atuvchilari kasallangan organizmlar bilan to4g ‘- 
ridan-to‘g‘ri kontakt orqali yuqadi (qichima, tif, toksoplazma va bosh­
qalar).
43


2. AerogenJi — qo‘zg‘atuvchilar (havo y o ii) nafas yo'llari orqali 
yuqadi (gripp, toksaplazmoz, tuberkulyoz, pnevmosistoz).
3. Suv orqali - kasallik qo‘zg‘atuvchilari bilan ifloslangan suv 
iste’mol qilish bilan bog‘liq (amyobali va bakteriyali dizinteriya, vabo 
(xolera), qorin tifi va boshqalar).
4. Alimentar yoki kasallik qo‘zgcatuvchilari bilan zararlangan oziq- 
ovqat mahsulotlari orqali (parazitlaming tuxum va lichinkalari chorva 
mollariga passiv holatda yem-xashak, suv, oraliq xo‘jayini orqali 
oshqozon va ichakka tushadigan parazit chuvalchanglar, koksidiyalar, 
balantidiylar, toksoplazmalar va boshqalar).
5. Perkutan (teri orqali) yoMi bilan (ankilostoma lichinkalari, qon 
so‘ruvchi bocg4imoyoqlilar, piroplazmalar, tripanosomalar, onxoserka, 
parafilariya lichinkalarini teri orqali yuqtiradi). Transmissiv - kasallik 
qo‘zg‘atuvchilari qon so‘ruvchi bo‘g ‘imoyoqlilar orqali o ‘tsa (qon orqa­
li) obligat transmissiv, qon so‘ruvchi!ar ishtirokisiz o ‘tsa fakultativ 
transmissiv kasallik deyiladi (tulyaremiya, filyariatoz).
6. Burun teshigj, ko‘z orqali (burun tomoq bo‘kasi, telyaziya).
7. Transplasentar yoM bilan. Ona qomida (ayrim parazitlar onadan 
bolaga kindik orqali o‘tadi - neoaskaridalar, taksokaralar, toksoplaz­
malar, trixinellalar).
Q o‘zg‘atuvchi va tashuvchi o ‘rtasida uzoq davom etgan o‘zaro 
munosabatlami evolyutsion moslashuvi natijasida tashuvchilikning ikki 
xil yocli kelib chiqdi: mexanik va spesifik yoMlari, bular quyidagicha 
amalga oshadi — inokulyativ (inokulatsiya — privivka), kontaminativ 
(kontaminatsiya -ifloslanish).
Inokulyatib usulda - kasallik qo‘zg‘atuvchilari terini teshib (ukol 
orqali) yuqtiriladi. Masalan, bezgak qoczgcatuvchisi odamga bezgak 
chivinini chaqishi orqali o‘tadi.
Kontaminativ usulda - kasallik qo‘zg‘atuvchilari oldin tashuvchilar 
organizmidan ular ekskrementi orqali chiqadi va xo‘jayinni tanasiga 
tushib, o‘zi faol kiradi yoki turli oziqalar orqali kiradi. Masalan, ichak 
parazitlari, gelmintlar tuxumlari turli pashsha, chivin, suvarak va bosh- 
qalarni xartumlari hamda panjalari orqali yuqadi.
K o‘pincha bular bir-birini to ‘ldiradi. Buday usulda yuqtirishga 
kombinativ уоЧ bilan yuqtirish deyiladi.
1. 
Mexanik tashuvchilar organizmida kasallik qo‘zg‘atuvchilari 
ko‘paymaydi, rivojlanmaydi, ular yordamida bir joydan ikkinchi joyga 
o ‘tadi va ma’lum vaqt tashuvchilarda saqlanadi (pashshalar, suvaraklar).
44


2. 
Spetsefik tashuvchilar. U lar organizmida kasallik qo‘zg‘atuv- 
chilari ma’lum bosqichni o‘taydi. Natijada, tashuvchi va qo‘zg‘atuvchi 
o'rtasida ma’lum biologik bog‘ hosil bo‘ladi va ular ma’lum tur, avlodga 
mansub bo‘lishlari kerak. Masalan, bezgak parazitida - Anofeles avlo- 
diga mansub bezgak chivinlari, leyshmaniyada - iskabtoparlar va hoka- 
zolar. Spetsifik tashuvchilar kasallik qo‘zg‘atuvchilarini o'zlarida uzoq 
vaqt saqlaydilar.
Kasallik qo‘zg‘atuvchisi uzoq vaqt saqlanadigan organizm rezer­
vuar deyiladi. Ba’zi bir kasalliklarda rezervuar bo‘lib, odam (M: bezgak, 
toshmali, qaytalama tif) hisoblanadi. Boshqalarida hayvonlar rezervuar 
bo‘ladi(yovvoyi hayvonlar tabiiy rezervuarlar hisoblanadi). Masalan, 
kemiruvchilar leyshmanioz, vabo, tulyaremiyani tabiiy rezervuari hisob­
lanadi. Antilopalar tripanosomozni tabiiy rezervuarlari, kanalar esa 
kanali qaytalama tif, kanali ensefalitni tabiiy rezervuarlari hisoblanadi.

Yüklə 288 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə