G abduraxmanova


PARAZITIZM VA PARAZITLAR TO‘G‘RISIDA UMUMIY



Yüklə 288 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/114
tarix29.11.2023
ölçüsü288 Kb.
#138856
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114
Umumiy parazitologiya.Дадаев С

PARAZITIZM VA PARAZITLAR TO‘G‘RISIDA UMUMIY
TUSHUNCHALAR
Parazitizm (yunoncha parasites-tekinxo‘r, hamtovoq) har xil turga 
mansub organizmlar o'rtasidagi o‘zaro munosabatlarning bir ko'rini- 
shidir. Bunda organizmlardan biri (parazit) ikkinchisi (xo‘jayin) dan ya- 
shash muhiti va ozuqa manbai sifatida foydalanib, unga zarar yetkazadi.
Parazitlik bilan hayot kechirish parazit turning o‘ziga xos filo- 
genetik belgisi bo'lib, shu turga kiruvchi barcha individlar uchun xosdir. 
Parazitlar biologiyasi, ekologiyasi, tarqalishi, kelib chiqishi, qo‘zg‘a- 
tadigan kasalliklari va ularga qarshi kurash choralarini o'rganadigan fan -
Parazitologiyadir.
Fan rivojlanishiga qarab XVII asrdangina parazitlami erkin ya- 
shaydigan organizmlar bilan umumiy o ‘rganila boshlangan. Ungacha 
parazitlarga alohida guruh sifatida qaralib, ba’zida ularning kelib 
chiqishi ham sirli boMib, tirik organizmlarda o‘z-o‘zidan paydo bo'ladi 
degan fikr ilgari surilgan. Parazitlar hayvonot olami sistemasiga kiri- 
tilgandan keyingina parazitizm tushunchasini qayta ko‘rib chiqish, 
yanayam aniqroq tushuncha berish kerakligi talab qilindi.
Shunday harakatlardan dastlabkisi R. Leykartga (Leuckart, 1879) 
tcgishli. Uni fikricha, parazitlar keng va haqiqiy ma’noda shunday orga- 
nizmlarki, ularga boshqa bir organizmdan o‘ziga oziqa va yashash 
makoni topgan barcha mavjudotlami kiritish mumkin. Parazitlarga ichki 
gijjalar, ularga o'xshash fo'rmalar, boshqa erkin yashaydiganlarga 
o‘xshash turlar ham kiradi deydi. Shunga ko‘ra parazitni asosiy belgisi 
uni oziqlanish turida, barcha boshqa tirik organizmlar hisobiga yashov- 
chi mavjudotlami parazit organizmlar deb tushunadi.
Minchin (1912) har qanday organizm boshqa bir organizmning 
tana bo‘shlig‘i va tana yuzasida yashashi bilan parazit bo'lib qola- 
vermaydi, parazit xo‘jayin bilan yashashi, uni hisobiga oziqlanishi bilan 
birga unga zarar keltiradi deydi.
N.A. Xolodkovskiy (1914) parazitizmda bir organizm (parazit) 
ikkinchi bir organizm (xo'jayin) tanasidan oziqa manbai, yashash uchun 
makon sifatida foydalanib qolmasdan, xo‘yin tanasi, yoki tana shirasi 
hisobiga oziqlanishi bilan birga, unga bevosita zarar keltiradi deydi. 
T a’rif bir tomonlama, tibbiy, veterinar xarakterga ega.
27


Parazitizmga yirik parazitolog olimlar qanday ta’rif berishgan 
ekan: akademik Ye.N. Pavlovskiyning (1935) fikricha, parazitizm davrida 
parazit o ‘z xo‘jayinini to‘qimalari, tana shirasi yoki uning hazm bo‘la- 
yotgan oziqasi hisobiga oziqlanib, ulardan vaqtinchaiik yoki doimiy 
yashash uchun makon sifatida ham foydalanadilar. Lekin bu ta ’rifga 
ko‘ra ham ba’zi bir qon so‘ruvchi ikki qanotlilar parazit bo'lm ay qoladi. 
Chunki ular xo‘jayinlaridan yashash uchun makon sifatida foyda- 
lanmaydilar.
K.I. Skiyabin ta ’rifieha, parazitizm bu organizmlar orasidagi shun­
day biologik o‘zaro munosabatki, ulardan biri - parazit vaqtinchaiik 
yoki doimiy, ikkinchisini tana ustida yoki to ‘qimalari orasida yashab, 
uni hisobiga oziqlanadi, lekin o‘z navbatida unga hech qanday xizmat 
qilmaydi. Bunda faqat oziqlanish v a xo‘jayindan faqat bir tomonlama 
foydalanish ko‘zda tutiladi.
V.A. Dogel fikriga ko‘ra, hamma yuqorida qayd qilingan parazi­
tolog olimlaming fikrlarini umumlashtirib, parazitizm to‘g ‘risida shun­
day fikr bildiradi. Parazitlar shunday organizmlarki, qaysiki ular boshqa 
tirik organizmlardan oziqa manbai, yashash muhiti sifatida foydalanib 
qolmasdan, balki ularga qisman yoki to ‘liq o ‘zini tashqi muhit bilan 
bo'ladigan o‘zaro munosabatlarini boshqarish vazifasini ham o ‘z 
xo‘jayinlariga yuklab qo‘yadi!ar; Bundan parazitni yashash muhitini ikki 
taraflama xo‘jayin organizmi parazit uchun birlamchi, atrof-muhit 
ikkilamchi muhit boMib hisoblanadi. Shunday qilib, xo'jayin organizmi 
parazit va atrof-muhit o ‘rtasida vositachi bo‘lib xizmat qiladi.
Parazitizm birga yashashning shunday shakliki, bunday birga 
yashashdan - bir tomon, parazit manfaatdor, xo‘jayin esa zarar ko‘radi. 
Bu ta’rif parazitizmga juda keng ekologik ma’no beradi. Bunda asosan 
parazitizmgina emas balki u bilan bogMiq bo‘lgan boshqa masalalar ham 
qamrab olinadi. Parazitizm bu ekologik masala bo‘lib, parazitologiyani 
o'rganishda faqat parazit bilan xo'jayin o'rtasidagi munosabatlar emas 
balki parazitik hayot kechirish natijasida yuzaga keladigan oqibatlar ham 
o‘rganiladi.
Parazitizm aslida parazit bo‘lib yashagan organizmni birinchidan, 
o'zini himoya qilishi va boshqa organizm hisobiga oziqlanish uchun 
doimo intilishi natijasida yuzaga kelgan (Chendler,1956).
Ayrim m a’lumotlarga ko‘ra, tabiatda erkin hayot kechiradigan or­
ganizmlar soniga nisbatan parazitlar ko‘proqdir. Ko‘pchilik organizmlar 
o ‘ziga xos parazitlardan tashqari boshqa hayvonlardan yuqtirib olgan 
parazitlar uchun ham xo‘jayin bo‘lib qoladilar. Shuning uchun ham
28


para/.itologiyani 
0
‘rganish organizmlar orasidagi 
munosabatlami 
o'rgnnish va ulami evolyutsiani asosiy masalalarini hal qilishda muhim 
ahamiyatga ega. Parazitologiya va u bilan bog'liq boMgan turli xil 
hodisalami o ‘rganish tibbiyot, veterinariya, ekologiya sohalarini 
rivojlantirishda ham katta ahamiyatga ega.
P arazitizm ni 
turli 
xil ko‘rinishlari. Parazitizm hayvonat olamida 
uchraydigan ba’zi bir holatlardan butunlay ajralib qolgan mustaqil bir 
holat emas. U bir necha ko‘rinishda uchraydi. Parazitizm bilan bog‘liq 
boMgan asosiy masalalar simbioz va sinoykiyadir. Bu hodisalar jarayo- 
nida biz ikkita har xil turga mansub bo‘lgan hayvonlarning o‘zaro 
munosabatlarini ko‘rib chiqamiz. Yer yuzidagi barcha tirik organizmlar 
oziqlanishiga ko‘ra ikkita guruhga bo'lib o‘rganiladi: 1. Avtotrof 
organizmlar. 2. Geterotrof organizmlar.
Avtotrof organizmlar 
-
anorganik 
moddalardan 
organik 
moddalami sintez qiladi. Bularga yashil o‘simliklar kiradi.
Geterotrof organizmlar esa, tayyor organik moddalar hisobiga 
oziqlamivchilardir. 0 ‘z navbatida bulami o ‘simlikxo‘r, hamaxo‘r va ho- 
kazolarga boclish mumkin. Hamaxo‘rlar o ‘z navbatida parazit, yirtqich 
va saprofitlarga boMinadi. Parazitlami esa odam, hayvon va o'sim lik pa- 
razitlariga bo‘lib o ‘rganiladi. Barcha tirik organizmlar bir-biri bilan 
bevosita va bilvosita munosabatda boMadi. Evolyutsion taraqqiyot jaray- 
onida organizmlaming bunday bogManishi u yoki bu darajada murak- 
kablashib borib, biologik jihatdan turli kategoriyalarga boclinadi, ya'ni 
hayvonlar har xil guruhlami tashkil etib, birgalikda hayot kechirish 
jarayonida betaraf (indifferent), do‘stlik va antogonistik munosabatlarda 
yashaydi.
I. Indefferent - betaraf munosabatlar. Ular bir xil sharoitda, bitta 
niuhitda (hududda) yashaydi, bir-biriga zarar ham foyda ham keltirmay- 
di. Bularga korall poliplar, ignaterililardan-dcngiz yulduzlari va dengiz 
nilufarlari misol boMadi.
II. Antogonistik - qarama-qarshi munosabatlar. Bunday munosa­
batda birga yashovchilami bittasi ikkinchisiga zarar keltiradi. Bularga 
yirtqichlik hamda parazitlik misol bo‘ladi.
Parazitlar parazitlik qilib hayot kechirishi bilan xarakterlanadi. 
Yirtqich bilan parazit bir-biridan ajralib turadi. Yirtqichlar hamma vaqt 
o ‘z o 4ljalaridan kuchli boMib, ulami o ‘ldirib to‘liq yoki qisman iste’mol 
qiladi (masalan, bo‘ri bilan qo‘y). Parazit esa o‘z xo‘jayiniga nisbatan 
kuchsiz, shuning uchun uni o‘ldirishga kuchi yetmaydi, faqatgina
29


kasallantiradi. U o‘z egasining tanasida doimiy yoki vaqtincha yashab, 
uning hisobiga hayot kechiradi.
Щ. Simbios — o‘zaro foydali munosabatlar. Simbiozning ma’nosi 
«sim»-birga, «bios»-hayot (tirik), birgalikda yashovchilami ikkalasi 
ham bir-biridan ma’lum darajada foydalanadi. Simbios juda murakkab 
boMib, bir nechta ko'rinishi mavjud. Hatto bin ikkinchisisiz yashay 
olmaydi. Boshida bunday birga yashash faqat birga yashovchilaming 
bittasi uchungina zarur bo‘lib qoladi, chunki uni o ‘zi mustaqil ravishda 
tashqi muhit bilan aloqa bog‘lay olmaydi.
Simbioz ikkita boshqa-boshqa turga mansub organizmlai* o‘rta- 
sidagi juda murakkab bogUanishlami ifodalaydi. Masalan, termitlarning 
icha-gida xivchinlilardan - gipermastiginalar yashaydi. Termitlar 
laboratoriya sharoitida xivchinlilardan tozalanganda parazitlar darhol 
o‘lgan. Parazitlari bor termitlar va parazitlardan tozalangan termitlar bir 
xil sharoitda kuzatilganda, oziqa yetarli, sharoit qulay bo‘lganda 
parazitlari bor termitlar 1,5 yilgacha yashagan, parazitlardan tozalangan 
termitlar esa atigi 10-14 kungina yashab, keyin ular o ‘la boshlagan. 
Tirik qolganlarini olib, suniy parazitlar bilan zararlantirilganda ular 
yashab ketgan. Shu yo‘l bilan termitlami, xivchinlilar bilan tabiiy 
sharoitda simbioz holda yashashi isbotlangan, ya’ni termitlar yog‘och 
mahsulotlari bilan oziqlanadi, xivchinlilar esa klechatkani parchalaydi.
Simbiozning yana bir ko- nnishi sinoykiya (sin-birga, oikos-uy- 
joy). Bu shunday birga yashashki, ikkala birga yashovchi hayvonlar bir- 
biriga nisbatan betaraf bo6lishi mumkin, yoki ulardan biri ikkinchisidan 
foydalanadi, lekin unga hech qanday zarar keltirmaydi. Shunday qilib 
birga yashovchilardan biri ikkinchisiga sust ravishda xizmat qilib, o ‘zi 
uchun bunday birga yashashdan hech qanday manfaat ko‘rmaydi.
B a’zan birga yashovchilami biri o ‘zini tanasini kichikligi tufayli 
yoki juda sust harakatchanligi tufayli ikkinchi birga yashovchining tana- 
si ustiga chiqib olib, uni yo Idoshi sifatida yashaydi. Bunday murtosabat 
kocrinishlarini umumiy termin bilan «ijara (kvartirant)» deb ifodalash 
mumkin. Ijara yashashni bir nechta ko‘rinishlari mavjud.
1. 
Oddiy ijara — xo‘jayin tanasida yoki uning ta’sir doirasida 
yashaydi. Ijarada birga yashaganda bir organizm ikkinchisidan uy sifa­
tida foydalanadi. Masalan, gorchak balig‘i o ‘z ikralarini ikki pallali 
mollyuskalardan-tishsizlaming mantiyasi ichig'a qo‘yib, dushmanlaridan 
himoya qiladi yoki juda kichik Fiyerasfer baliqlari, biron bir xavf 
tugMlganda meduzalaming soyabonlari ostiga yashirinadi.
30


2. Epioykiya - ijaraga yashovchi xo‘jayin tanasi ustiga o‘tirib olib, 
undan transport vositasi sifatida foydalanadi. Masalan, Sirripeda 
nvlodiga mansub qisqichbaqasimonlar kit va akulalaming tanasi ustiga 
yopishib olib ulardan transport sifatida foydalanadi, o‘zlari esa 
planktonlar bilan oziqlanadi yoki yopishqoq baliq orqa suzgichi bilan 
akulaga yopishib passiv harakat qiladi va akulalardan qolgan oziqlar 
hisobiga yashaydi. Bunda yopishqoq baliq akulalar hisobiga boshqa 
joylarga tarqaladi, bunga epioykiya deb ataladi.
3. Entoykiya - xo‘jayinga o ‘tirib olish bilan birga, uni hisobiga 
oziqlanishga o ‘tadi. Masalan, Ammotidae oilasiga mansub baliqlar 
goloturiyalarning suvli o ‘pkalarida yashaydilar, lekin ular ba’zida suvga 
chiqib mayda qisqichbaqasimonlar bilan ham oziqlanishi mumkin.
Sinoykiyaning asosiy ko‘rinishlaridan yana biri bu kommensa- 
lizmdir. Kommensalizm ko‘rinishdagi munosabatda bir organizm ikkin- 
chi organizmdan qolgan keraksiz oziq hisobiga yashab unga zarar qil- 
maydi. Bunga sinoykiya deyiladi, ya’ni synoikia yunoncha yashash joyi 
demakdir. Masalan, kichkina halqali chuvalchang zohid qisqichbaqa 
joylashib olgan molluska chig‘anoqlarida yashab, qisqichbaqadan 
qolgan ozuqa hisobiga oziqlanadi. Sutemizuvchilar ichagida yashovchi 
bir hujayralilar (kipriklilar), ichakdagi bakteriyalar, zamburug‘lami yeb 
hayot kechiradi.
Mutualistik munosabatlarda ikki xil'turga mansub boMgan birga 
yashovchilar, ikkalasi ham bir-biridan foyda ko‘rib yashaydi. Masalan, 
krablar qisqichli oyoqlariga aktiniyalarni yopishtirib oladi. Aktiniya- 
larning otiluvchi hujayralaridan himoya sifatida foydalanadi. Aktiniyalar 
esa o‘troq hayot kechiradi va krab yordamida bir joydan ikkinchi joyga 
ko‘chib oMadi.
P arazitlam i xo‘jayinlari bilan bog‘lanish shakllari. Ba’zi erkin 
yashovchi organizmlar turli tasodiflarga ko‘ra boshqa organizmlarga 
tushib qolib, yashab ketish hodisasiga fakultativ parazitizm deyiladi. 
Fakultativ parazitizm parazitlami kelib chiqishini o‘rganishda muhimdir.
Erkin yashovchi organizmlar parazitlikka o ‘tishida ulaming tuzi­
lishi va fiziologiyasida o ‘ziga xos xususiyatlar hamda ma’lum sharoitlar 
mavjud boMishi shart. Masalan, xo‘jayinlami hazm shirasi ta’sir 
qilmaydigan mustahkam teri qoplamiga ega bo‘lishi, anaerob sharoitda 
yashay olishi kerak.
K.I. Skryabin tajribalarida shaxtyorlarni kaproanaliz qilish natija­
sida ulardan erkin yashovchi nematodalar (Rhabditis) ni topgan. Nema- 
todalaming rhabditis avlodida ana shu xususiyatlar mavjud. Natijada,
31


shu xususiyati ulami erkin formalarini (Rhabditis) odam parazitiga 
aylanish imkonini beradi. Demak, parazitlar fakultativ yo‘I bilan ham 
paydo bo‘ladi.
Kamdan-kam hollarda soxta parazitizm ham uchrab turadi. Bunda 
ayrim organizmlar evolyutsion taraqqiyot davrida moslashmagan ikkinchi 
organizm tanasiga tasodifan tushib qoladi. Lekin bu organizm tanasida 
yashayolmaydi (masalan, yomg‘ir chuvalchangi umurtqali hayvonlar­
ning ichagidan chiqishi mumkin), turli pashsha, chivinlaming lichinka 
yoki tuxumlari oziqa orqali odam organizmiga tushib qolsa, turli kasallik 
belgilarini keltirib chiqaradi (ich ketishi, ko‘ngil aynishi, qayt qilish va 
hokazo).
Chuchuk suvda yashaydigan zuluklar mayda suv hayvonlari uchun 
yirtqich, lekin sutemizuvchilar uchun esa parazit hisoblanadi.
Parazitlar xo‘jayin organizmida yashash muddatlariga qarab vaq­
tinchaiik va statsionar (doimiy) parazitlarga bo'linadi. Vaqtinchaiik 
parazitizmda - parazit xo‘jayin organizmida vaqtinchaiik yashaydi, 
normal oziqlanadi, lekin rivojlanib ko'paymaydi. Bunda parazit va 
xo‘jayin o'rtasida garmonik bog'lanishlar bo'lmaydi. Parazit faqat oziq­
lanish vaqtida xo'jayinga tashlanadi. Bularga ko‘pgina qon so'ruvchi 
ektoparazitlami misol qilib ko‘rsatish mumkin(chivinlar, pashshalar, 
kanalar, qandalalar, zuluklar va boshqalar). Statsionar parazitizm ikkiga 
bo‘lib o'rganiladi. Davriy va doimiy. Davriy parazitizmda - organizm­
laming rivojlanish sikllarida parazitizm gallanadi. Ayrim organizmlar 
lichinkalik davrida parazit (larval parazitizm, m: mermitidalar). Ayrim- 
lari esa voyaga yetgan davrida(imaginal) parazitlik qiladi (M: nema- 
todalardan-Strongilidalar).
Doimiy parazitizmda parazit tashqi muhitga chiqmaydi. Rivoj- 
lanishning hamma bosqichlarini xo‘jayin tanasida o ‘tkazadi (bitlar, 
junxo‘rlar, parxo‘rlar, qichima kanalari va boshqalar).
Shuningdek, obligat hamda fakultativ xo'jayinlar ham uchraydi. 
Rivojlanishi uchun qulay sharoit bo‘lgan organizm parazitning obligat 
yoki haqiqiy xo'jayini hisoblanadi. Jigar qurtining haqiqiy xo'jayini 
qo‘y), aksincha parazitning rivojlanishi uchun qulay sharoit yetarli 
boMmagan organizm fakultativ xo'jayin deyiladi (o‘rdaklarda drepani- 
doteniylar).
Ayrim hollarda gipeфaгazitizm (o‘ta parazitlik) uchraydi. Bunda 
bir parazit ikkinchi parazitning tanasida yashaydi. Masalan, ayrim bir 
hujayrali hayvonlar - apikomplekslar(sporalilar)dan nozemalar toksaka- 
ra degan nematodaning jinsiy organlarida yoki nematodalardan
32


bunostomalar tasmasimon chuvalchanglardan — moniyeziylaming tana­
sida parazitlik qiladi.
Transovarial parazitizm - (kasallik qo‘zg‘atuvchi 1 ari bilan avlod- 
larini zararlantirish) kasallik qo‘zg‘atuvchilarini yuqtirib olgan ektopa- 
razitlar: kanalar, qandalalar, o ‘zlarining avlodlarini ham shu kasallik 
qo‘zg‘atuvchilari bilan zararlaydi. Tuxumdan chiqqan kana, qandalalar 
sog‘lom odam va hayvonlami chaqsa kasallik qo‘zg‘atuvchilarini 
yuqtiradi.

Yüklə 288 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə