G abduraxmanova


Parazitlami xo‘jayinlari bilan o4zaro bog‘Ianishi



Yüklə 288 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/114
tarix29.11.2023
ölçüsü288 Kb.
#138856
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   114
Umumiy parazitologiya.Дадаев С

Parazitlami xo‘jayinlari bilan o4zaro bog‘Ianishi. 
Parazitlami 
vaqtinchaiik yoki doimiy ular hisobiga oziqlanadigan organizmlami 
parazitlaming xo‘jayinlari deyiladi. Parazitlar xo‘jayinlarining (odam, 
hayvon, o‘simliklar) barcha organ va to‘qimalarini zararlaydi. Masalan, 
ichakda askaridalar, bolalar gijjasi, tasmasimon chuvalchanglar, 
lyambliya, amyoba, trixomonadalar; o‘t yo‘Harida lyambliya, jig ar va 
mushuk ikki so‘rg‘ichlilari; teri ostida rishta; to ‘qimalarda trixinella 
lichinkalari; qon tomirlarida shistosomalar; o'pkada toksokara, askarida 
va boshqalar uchraydi.
36


Parazitlar tabiatda tur sifatida saqlanib qolishi uchun, ko‘payish 
jarayonida xo‘jayin organizmidan chiqib, tashqi muhitga, boshqa xo‘ja- 
yinlarga o ‘tadi. Parazitlami bitta xo'jayindan ikkinchi bir xo'jayinga, 
xo‘jayinlaridan tashqi muhitga o ‘tish mexanizmlari va taxminiy xo‘ja- 
yinlar b o iish i mumkin bo‘lgan organizmlar doirasini kengligi, albatta, 
ulami tabiatda keng tarqalishini ta’minlaydi. Parazitlami vaqtincha yoki 
doimiy o ‘z hisobiga oziqlantiradigan organizmlar parazitning xo‘ja- 
yinlari deyiladi. Parazit xo'jayinlari bir necha xil bo‘ladi.
Turli-tuman parazitlar o ‘zlarini rivojlanishida bitta, ikkita va undan 
ko‘proq xo‘jayinlarda yashashlari mumkin. Shuning uchun parazitlarga 
xos oxirgi (definitiv, asosiy), oraliq, qo‘shimcha, rezervuar xo'jayinlar 
mavjud. Xo'jayinlaming bu darajada xilma-xil bo‘lishiga sabab, ular yor- 
damida parazitlar tabiatda keng tarqaladi va tur sifatida saqlanib qoladi.
Parazitning jinsiy voyaga yetgan davri yashab, uning jinsiy yo‘l 
bilan ko‘payadigan davri kechadigan hayvon organizmi asosiy xo‘jayin 
hisoblanadi.
Parazitlaming asosiy xo'jayinlari har xil guruhlarga mansub hay­
vonlar bo‘lishi mumkin. Masalan, exinokokkning asosiy xo‘jayinlari -
itlar, bo'rilar, tulkilar, mushuklar va boshqa go‘shtxo‘rlar, ya’ni yirtqich 
hayvonlardir, qoramol va cho‘chqa tasmasimon chuvalchanglarining 
asosiy xo'jayini odam, toksoplazmaning esa asosiy xo‘jayini mushuklar 
hisoblanadi.
Oraliq xo‘jayinlarda parazitlaming tuxum va lichinkalik davrlari 
rivojlanadi. Parazitlar oraliq xo'jayinlarida partenogenetik (jinssiz) yo‘l 
bilan ko‘payishi ham mumkin. Masalan, Jigar qurtining lichinkalari.
Qo'shimcha xo'jayinlar, aslida parazitlaming ikkinchi oraliq 
xo'jayinlari ham deyiladi. Ularda parazit lichinkalarining ma’lum bir 
rivojlanish davrlari o ‘tadi. Masalan, Keng tasmasimon chuvalchangda 
birinchi oraliq xo'jayinlari sikloplar, ikkinchi oraliq xo‘jayinlari esa 
baliqlar hisoblanadi.
Rezervuar xo‘jayin deb esa boshqa hayvonlarga yuqtirish mumkin 
bo‘lgan kasal qo‘zg‘atuvchilarini o'zida tutgan hayvonlarga aytiladi. 
Rezervuar xo‘jayinlar parazitning rivojlanishida doimo ishtirok etishi 
shart emas. Lekin rezervuar xo‘jayinlar parazitning ma’lum bir rivoj­
lanish davrlaming tarqalishini tezlashtiradi. Masalan, serbar tasmasimon 
chuvalchang (Diphyllobotrium latum) ning rivojlanish davrida definitiv 
(asosiy, oxirgi) xo'jayinlar - odam, mushuk, it, bo‘ri, tulki, ayiq va 
boshqa yirtqichlar, birinchi oraliq xo‘jayini mayda qisqichbaqasimon- 
lardani - sikloplar, ikkinchi oraliq xo‘jayinlari, ya’ni qo‘shimcha xo'ja-
37


yinlari yuvosh baliqiar, rezervuar xo‘jayinlari esa yirtqich baliqlar 
(rezervuar xo4jayinlari ishtirok etishi ham etmasligi ham mumkin) 
hisoblanadi.
Demak, parazitning rivojlanish siklida birinchi oraliq xo‘jayin- 
larida parazitning licninka davri rivojlanadi. Ikkinchi oraliq xocjayin- 
larida ya’ni, qo‘shimcha xo‘jayinlarida parazitning ma’lum lichinka 
bosqichi o ‘tadi. Uchinchi, ya’ni rezervuar xo‘jayinlar parazit rivoj­
lanishida ishtiroki majburiy emas. Chunki rezervuar xo4jayinlarda para­
zit rivojlanmaydi, balki saqlanadi, bu esa parazitlami tabiatda yanada 
kengroq tarqalishida muhim rol o'ynaydi (Masalan, tripanasomalar 
antilopalarda, plerotserkoidlar yirtqich baliqlarda, leyshmaniyalar 
kemiruvchilarda uzoq saqlanadi).
V.A. Dogel tarifiga ko‘ra, haqiqiy (obligat) parazitlikda parazit- 
xo‘jayin o ‘rtasidagi munosabatlar o £zaro yaqinligi bilan xarakterlanadi. 
Parazitlar xo‘jayinlarida sensibilizatsiya qo‘zg ‘atib, allergik reaksi- 
yalarni keltirib chiqaradi. X o‘jayinlarini to ‘qima va organlarini shikast- 
laydi, ulami funksiyalarini buzadi. Parazitlar xo‘jayin organizmida 
moddalar va vitaminlar so‘rilishini yomonlashtiradi, anemiya rivojlani- 
shiga olib keladi. Parazitlar xo‘jayinlarini jismoniy rivojlanishini susay- 
tiradi, mehnat qobiliyatini va aqliy faoliyatini pasaytiradi.
0 ‘z navbatida parazit ham xo‘jayinning himoya reaksiyalaridan 
qochib, ulami yo‘q qilishga harakat qiladi. Natijada ular o ‘rtasida qara- 
ma-qarshi munosabatlar kuzatiladi. Parazit-xo'jayin o ‘nasidagi o ‘zaro 
ta’sir uch xil shaklda namoyon bo'ladi:
1. 
Parazitni xo‘jayinga ta’siri. 2. Xo‘jayinni parazitga ta’siri. 3. Tash­
qi muhitni parazit va xo‘jayinga ta’siri. Parazit xo‘jayin organizmida 
turli xil allergik reaksiyalami hosil qilib, turlicha zarar keltiradi.
Mexanik ta’sir - parazitlar xocjayinlarini to cqima va organlarini 
shikastlaydi. Masalan, ichak parazitlaridan-askarida va sestodalar 
ichakda ko‘payib ketib, moddalami o ‘tkazmay, ichakni shikastlashi 
mumkin. Exinokokk va senur lichinkalari vistseral organlarda rivojlanib, 
ulami siqib qo‘yadi, shishlar hosil qiladi. Bular organlar funksiyasini 
buzilishiga, turli xil yallig‘lanish jarayonlari va anemiyani kelib 
chiqishiga sabab bo'ladi. Xo'jayin organizmiga turli xil oziqa va 
vitaminlami 
so‘rilishini 
yomonlashtiradi. 
Organizmning 
immun 
sistemasiga salbiy ta’sir qilib, organizmni kurashish qobiliyatini 
susaytiradi.
Parazitlar xo'jayinlariga mexanik ta ’sir bilan bir qatorda toksik 
ta’sir ham ko‘rsatadi. Parazitlar xo‘jayin organizmiga tushgandan keyin
38


turli toksinlar (zahar) ishlab chiqaradi. Bu moddalami organizmga 
tushishi va tarqalishi xo‘jayin organizmida turli intoksikatsiyalarga olib 
keladi. Natijada kasalliklami kechishi qiyinlashadi va har xil og‘ir 
kasalliklami kelib chiqishiga zamin yaratadi.
0 ‘z navbatida xo‘jayin organizmi ham parazitlarga nisbatan turli 
himoya reaksiyalarini ko‘rsatadi. Masalan, parazit rivojlanishini 
to‘xtatishi, parazitni oMdirishi, tanasidan chiqarib yuborishi mumkin. 
Parazit-xo‘jayin o‘rtasida murosasiz kurash boradi va bu kurashda bittasi 
g‘alaba qozonadi. Parazit g‘alaba qozonsa xo‘jayinda kasallik keltirib 
chiqaradi. X o‘jayin g‘alaba qozonsa parazitni organizmidan chiqarib 
tashlaydi va bu kurash har xil himoya reaksiyalari ko‘rinishida namoyon 
boMadi. Organizmda qon parazitlariga qarshi antitelalar hosil boMadi, 
tabiiy immunitetlar paydo bo‘ladi:
- hujayra reaksiyalari, hujayra hajmini kattalashuvi bilan boradi. 
M: bezgak plazmodiysi eritrotsitlarga kirganda ular kattalashadi, normal 
eritrotsitlardan hajmini kattaligi bilan farqlanadi;
- to'qim a reaksiyalari, parazit o‘z atrofida biriktiruvchi tocqima 
yordamida chegaralanadi. M: trixinella, qoramol va cho‘chqa tasma­
simon chuvalchanglari lichinkalari kapsulalari;
- gumoral reaksiyalar, immunitet hosil bo‘lishi bilan boradi. Pa­
razit ishlab chiqargan antigenlarga qarshi, xo‘jayin organizmida antite­
lalar hosil bo‘ladi. Leyshmanioz va tripanasomoz qo‘zgcatuvchilari yuq- 
qanda, ularga qarsi immunitet hosil boMadi. Xo‘jayin organizmida 
kuchli immunitet parazitning lichinkalik davrida hosil boMadi. Ayrim 
protozoy kasalliklarida (amyobiaz, trixomono‘z) vaqtinchaiik immunitet 
hosil boMadi. Parazit lichinkalik davrida xo‘jayin to'qimalari bilan 
chambarchas bog‘liq boMib, faol antigenlar ishlab chiqaradi.
P arazit-xo(ja in m unosabatlari klassifikatsiyasi. Parazit-xo‘jayin 
bir-biri bilan o‘zaro bogMiq bo6lgan biologik sistema bo‘lib, bunday 
munosabatdan faqat bir tomon, ya’ni parazit foyda ko‘radi. Parazit 
xo‘jayinga zararli ta ’sir ko‘rsatib, kasallik keltirib chiqaradi. Parazitni bu 
xususiyatiga parazit patogenligi deyiladi.
Ko‘pchilik parazitlar ayniqsa, gelmintlar rivojlanish sikli xo‘jayin 
almashtirish yo‘Ii bilan boradi. Gelmintlami rivojlansh siklida albatta 
oraliq xo‘jayin ishtirok etsa bulami biogelmintlar (mushuk ikki so‘r- 
g ‘ichlisi, qoramol tasmasimon chuvalchangi, keng tasmasimon chuval- 
chang va boshqalar) keltirib chiqaradigan kasalliklarini biogelmintozlar 
deyiladi. Gelmintlami rivojlanish siklida oraliq xo‘jayinlar ishtirok 
etmasa geogelmintlar (askarida, qilbosh nematoda va boshqalar), keltirib
39


chiqaradigan kasalliklarini esa geogelmintozlar deyiladi. Ayrim gelmint­
lar bilan to ‘g ‘ridan-tog‘ri zararlanish mumkin (bolalar gijjasi), bunday 
gelmintlami kontakt gelmintlar, ulami keltirib chiqaradigan kasallik­
larini, kontakt gelmintozlar deb ataladi. B u atamalar fanga parazitolog 
olimlar K.I. Skryabin, R.S. Shuls, E.S. Shulman va boshqa yirik gel­
mintolog olimlar tomonidan kiritilgan.
Parazit-xo'jayin o ‘rtasidagi munosabatlar klassifikatsiyasi birinchi 
marta KJL Skryabin va R.S. Shuls (1937, 1940) tomonidan ishlab chi- 
qilgan. A w aliga bu munosabatlami ikkita kategoriyaga bo‘lib o‘rga- 
nilgan. Obligat va fakultativ munosabatlar.
Obligat, bu parazitlaming yashashi uchun eng qulay sharoit hisob­
lanadi. Masalan, kartoshka ildizida parazitlik qiluvchi Globodera 
avlodiga mansub, sista hosil qiluvchi nematoda, kartoshkada qulay 
rivojlanadi (haqiqiy kattalikda bo‘ladi, ko‘p avlod beradi). Kartoshkani 
pomidor (tomat) bilan almashlab ekilsa, parazit kartoshka bilan bir 
avlodda bo'lgan pomidor(tomat)da ham parazitlik qilishi mumkin, lekin 
parazit uchun pomidor noqulay sharoit bo‘lib hisoblanadi. Pomidor 
ildizida nematodaning tanasi juda kichrayib ketadi, tuxumlarini soni 
ham kam boMadi. Demak, parazit uchun kartoshka obligat xo‘jayin, 
pomidor esa fakultativ xo'jayin hisoblanadi.
Keyinchalik R.S. Shuls va E.A. Davtyan (1954) yuqoridagi kate- 
goriyalar klassifikatsiyasiga yana ikkita kategoriya kiritadilar. Koptiv va 
abortiv. Koptiv, kaptiyus — asrga olmoq, bunda parazit xo‘jayin organiz­
miga kirishi mumkin, lekin bu xo'jayinda rivojlanish davom etmaydi. 
Uni ko‘rinishi, hajmi tashqi muhitda, toki xo'jayinga kirguncha qanday 
boMsa shundayligicha saqlanadi. Masalan, odamlarda parazitlik qiluvchi 
ankilostomalar bilan kemiruvchilami zararlantirilganda, kemiruvchilar 
organizmida parazitning hech qanday rivojlanishi kuzatilmagan yoki 
marvariddor mollyuskalaming chig‘anoqlari orasiga turli gelmintlaming 
tuxumlari tushib qolganda, hech qanday rivojlanish kuzatilmagan.
Abortiv, abortivus - oxirigacha rivojlanmaslik. Parazit xo‘jayin 
tanasiga tushib, uni zararlaydi, xo‘jayin tanasida birqancha vaqt ya­
shaydi, rivojlanadi, lekin oxirigacha voyaga yetmaydi. Masalan, 
Angiostron-gillus kantonensis nematodasi bilan odamlar zararlansa, 
parazit rivojlanadi, organizmda migratsiya qiladi, miyaga borib 
joylashib, menin-goentsefalit kasalligini keltirib chiqaradi, lekin hech 
qachon voyaga yetmaydi. Shuningdek, cho‘chqa askaridasi tuxumlari 
bilan yosh qo‘zichoqlar zararl&ntinlganda, askarida tuxumlaridan 
lichinkalari chiqib, qonda migrastiya qilgan, lekin voyaga yetmagan.
40


Shunga qaramasdan zararlangan hayvonlarda kasallik alomatlari 
kuzatilgan.

Yüklə 288 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə