Hujayra muhandisligidagi texnologik jarayonlar Reja: “1” Hujayra muhandisligi texnologiyasi



Yüklə 9,43 Kb.
səhifə1/2
tarix29.11.2023
ölçüsü9,43 Kb.
#139399
  1   2
Hujayra muhandisligidagi texnologik jarayonlar Reja-fayllar.org


Hujayra muhandisligidagi texnologik jarayonlar Reja

Hujayra muhandisligidagi texnologik jarayonlar Reja:

1” Hujayra muhandisligi texnologiyasi

2” Ajratib olingan hujayra va to’qimalarni biotexnologiyadagi ro’li

3” O’simlik hujayrasini o’stirish texnikasi


  • Hujayra muhandisligi texnologiyasi

  • Hujayra, to’qima va protoplastlarni ishlatishga asoslanadi. Hujayralarni manipulyasiya (faoliyatiga qandaydir o’zgarishlar kiritish) qilish uchun, ularni o’simlikdan ajratib olish o’simlik organizmidan tashqarida yashashi va ko’payishi uchun sharoit tug’dirib berish lozim. Ajratib olingan hujayra va to’qimalarni sun’iy ozuqa muhitida, steril sharoitda (in vitro) o’stirish, usuli ajratilgan to’qimalar kulturasi deb nom oldi va ularni hujayra muhandisligida da ishlatish mumkinligi sababli, katta ahamiyat kasb etdi.

Biotexnologiyasi uzoq - uzoqlardan ma’lum bo’lsada, alohida amaliy fan sifatida o’tgan asrni ikkinchi yarmidan boshlab, insoniyat eng avvalo o’zi uchun o’ta zarur bo’lgan ya’ni oziq-ovqat, energetika, zahira (resurs), atrof – muhitni muhoxazasi va x.k. muammolarni tubdan yangi asosda echishi zarurligini sezganidan keyin mujassamlana boshlandi. Biotexnologik jarayonlar sun’iy ozuqa muhitida o’stirilgan mikroorganizmlar, o’simlik va xayvon to’qimalari, hujayralari va orgalaridan foydalanishga asoslanadi. Xozirgi vaqtda dunyoni ko’plab mamlakatlarida biotexnologiyani rivojlanishiga alohida e’tibor berilmoqda. Bunga asosiy sabab, biotexnologiyani boshqa texnologiyalarga nisbatan bir qator ustunlikka egaligidir. Masalan, biotexnologik jarayonlar juda kam energiya talab qiladilar, deyarli chiqindisiz, ekologik toza va x.k SHuning bilan bir qatorda, biotexnologiya standart jihozlardan va preparatlardan foydalanadi va iqlim sharoitiga qaramasdan hamda ko’p maydon egallamagan holda jarayonlarni yil bo’yi o’tkazishga asoslanadi.


Ajratib olingan hujayra va to’qimalarni biotexnologiyadagi ro’li

  • Ajratib olingan hujayralar va to’qimalarni biotexnologiyadagi rolini uch yo’nalishda ko’rish mumkin:

  • Birinchi yo’nalish ajratib olingan o’simlik hujayrasini tibbyot, veterinariya, kosmetika va boshqa sohalar uchun zarur bo’lgan ikkilamchi metabolitlar : alkoloidlar, steroidlar, glyukozidlar, gormonlar, efir moylari va boshqa biologik faol moddalar sintez qilish imkoniyati bilan bog’liq. Ma’lumki, ikkilamchi metabolitlar qattiq (agarli) yoki suyuq ozuqa muhitida o’stirilgan kallus to’qimalardan olinadi.
    Hujayra texnologiyasi asosida diosgenin – dioskore hujayrasidan; aymolin – ilon rasvolfi hujayrasidan; umumiy kuch beruvchi moddalar – jenshen hujayrasidan; va x.k. ajratib olinadi va tibbiyot hamda parfyumeriyada ishlatiladi. SHuni e’tiborga olish kerakki, o’stiriladigan hujayralarni hosildorligi, butun o’simlikni hosildorligidan ancha baland. Bunday usul bilan ikkilamchi metabolitlar ajratib olishni yana bir ustunlik tomoni shundaki, muayyan sharoitda o’simlikni o’zini o’stirish imkoniyati bo’lmagan sharoitda (sovuq yoki issiq iqlimli mintaqalarda), ularni hujayralarini butun yil maboyinida o’strish mumkin.

  • Ikkinchi yo’nalish – ajaratib olingan hujayralarni, o’simliklar seleksiyasida ishlatish va shu orqali tez rivojlanuvchi, har xil tashqi muhit ta’siriga chidamli (issiqqa, sovuqqa, sho’rlanishga, og’ir metallarga, qurg’oqchilikka, kasallikka va x.k.) o’simliklar yaratish. SHuning bilan birga bu yo’nalish, ajratilgan protoplastlarni qo’shilishi orqali yangi o’simliklar yaratish hamda nojinsiy (somotik) gibridlar olishni ham o’z ichiga oladi. Ajratib olingan protoplastlarga gen muxandisligi metodlari yordamida begona genlarni kiritlishi, keyinchalik yangi, meros qoladigan xossalarga ega bo’lgan o’simlik yaratishga ham olib keladi. Ajratib olingan changdon va urug’ kurtakni sun’iy ozuqa muhitida o’stirish, gaploidlar, olish imkonini bersa, murtaklarni o’stirish – o’saolmaydigan (endospermasi yomon rivojlangan) o’simliklardan gibrid urug’laretishtirish imkonini beradi.

Uchinchi yo’nalish – ajratib olingan to’qimalarni ko’paytirish va ekuv materiallarini viruslar va boshqa patogenlardan sog’lomlashtirish maqsadida ishlatish. Bu usul, o’simliklarni klonal mikroko’paytirish deyiladi va bitta medistemadan yiliga yuz minglab o’simlik olish imkonini beradi. Hujayra va to’qimalar kulturalarini ishlatishdagi natijalar birinchi navbatda hujayralarni bo’linishi, ularni tabaqalanishi va ulardan o’simlik o’sib chiqishini belgilovchi, fiziologik jarayonlarni optimizasiyasiga bog’liq. Eng murakkab tomon bu alohida hujayradan o’simlik regenerasiya qilish. Birinchi navbatda bu boshoqli o’simliklarga tegishli. SHuning uchun ham in vitro sharoitda morfogenez regenerasiya va ularni asosida yotgan jarayonlarni mexanizmlarini aniqlash, eng muhim ahamiyatga egadir.



Yüklə 9,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə