Texnologik jarayonlar va tizimlarni modellashtirish haqida umumiy tushunchalar



Yüklə 224,5 Kb.
səhifə1/4
tarix26.10.2023
ölçüsü224,5 Kb.
#131145
  1   2   3   4

Modellarning real ob’ektga nisbatan monandligini aniqlash usullari.
Reja:
1.Texnologik tizimlarini taxlil qilish,sintez qilish va optimallashtirish.

  1. Matematik modellashtirish va uning bosqichlari.

  2. Matematik modelni qurish.4) Mazmuniy modelni qurish.

  1. Matematik ifodani tuzish.

  2. Matematik model tenglamalarining tasnifi.

  3. Modellashtirish algoritmi.

Texnologik tizimlarini tahlil qilish sintez qilish va optimallashtirish


Apparatlaroro texnologik oqimlar tuzilishi va texnologik oqimlar tizimi kirish parametrlari berilgan bo‘lsa, texnologik tizimlarini tahlil qilishda, shu tizim texnologik oqimlarining chiqish va oraliq parametrlari va texnologik tizimlar apparatlarining konstruktiv va texnologik parametrlarining berilgan qiymatlari uchun effektivlik kriteriysi aniqlanadi. Ya’ni, texnologik tizimlarlarini tahlil qilishda, texnologik oqimlar tuzilishi va kirish parametrlari berilgan bo‘lsa, unda chiqish va oraliq parametrlari aniqlanadi va texnologik tizimlarning effektivlik kriteriysi aniqlanadi (1-sxema).

Texnologik tizimlarlarini optimallashtirishda apparatlararo oqimlar tuzilishi ma’lum bo‘lganda, texnologik tizimning samaradorlik kriteriysi ko‘rsatkichining optimal qiymatlari aniqlanadi( 2sxema).

Texnologik tizimlarning sintez qilishda, xom ashyodan kerakli maxsulot olish usuli ma’lum bo‘lsa, optimal texnologik sxema ishlab chiqiladi(3-sxema).

Odatda, texnologik tizimlarlarini tahlil qilish, optimallashtirish va sintez qilish masalalarini ishlab chiqarish sharoitida yoki tajriba moslamalarida yechish juda murakkab masala bo‘lib, hamma vaqt ham yechish mumkin emasdir. Bu masalalarni yechilishi kimyoviy kibernetika usullarini qo‘llash bilan ancha osonlashadi. Bunda, texnologik tizimlarning aloxida jarayonlarning matematik ifodalari tuzilib, ular asosida butun tizim matematik ifodasi tuziladi. Bu matematik apparat yordamida hisoblash eksperimenti o‘tkazilib, texnologik tizimlarning optimallashtirish, tahlil qilish va sintez qilish masalalarini yechish mumkin.

Yüklə 224,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə