Texnologik jarayonlar va tizimlarni modellashtirish haqida umumiy tushunchalar


Matematik model tenglamalar tizimining tasnifi



Yüklə 224,5 Kb.
səhifə4/4
tarix26.10.2023
ölçüsü224,5 Kb.
#131145
1   2   3   4

Matematik model tenglamalar tizimining tasnifi


Modellashtirilayotgan har xil ob’ektlarning xususiyatlarini oddiy algebraik tenglamalar, oddiy differensial tenglamalar, integral tenglamalar va hususiy hosila ko‘rinishidagi tenglamalar orqali ifodalanadi. Matematik ifodada ob’ekt parametrlarining o‘zgarishi vaqt buyicha ifodalanayaptimi yoki yo‘qmi, shunga qarab, modellar statsionar va nostatsionar bo‘lishi mumkin. Ob’ektning statsionar holati statsionar modellar ifodalaydi. Parametrlari mujassamlangan ob’ektlarning statsionar holatini, odatda oddiy algebraik tenglamalar orqali ifodalash mumkin. Bunday ob’ektlarning nostatsionar holatini oddiy differensial tenglamalar orqali ifodalash mumkin.
Agar jarayonning parametrlari ham vaqt bo‘yicha, ham boshqa parametrlar bo‘yicha o‘zgarsa (masalan: apparat uzunligi bo‘yicha) unda bunday ob’ektlar odatda hususiy hosila ko‘rinishdagi differensial tenglamalar orqali ifodalanadi va ular parametrlari taqsimlangan model deyiladi.
Oddiy, birinchi tartibli differensial tenglamalar orqali parametrlari mujassamlangan ob’ektlarning nostatsionar holatini va parametrlari taqsimlangan ob’ektlarning statsionar holati ifodalanadi.

Modellashtirish algoritmi


Matematik ifodada tenglamalar tizimsini yechish ketmaketligini aniqlab hisoblash algoritmini tuzib chiqish kerak bo‘ladi. Matematik tenglamalar tizimsini analitik yechish mumkin bo‘lsa, unda maxsus modellashtirish algoritmlarini yaratishga zarurat yo‘qoladi, ammo kup holatlarda matematik tenglamalar tizimsi murakkab ko‘rinishga ega bo‘lib, effektiv modellashtirish algoritmi tuzish mumkinligiga qarab, bu modeldan foydalansa bo‘lishligi bog‘liq bo‘ladi. Yana bir asosiy faktorlardan biri, olinayotgan natijalarni fizik mohiyatini yaxshi anglash, effektiv hisoblash algoritmlarini tuzishga yordam beradi.
Ba’zi bir holatlarda murakkab modellashtirish algoritmini EHMda yechish uchun matematik modelni soddalashtirishga to‘g‘ri keladi. Albatta bu matematik model aniqligini pasaytiradi.
Yüklə 224,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə