1. Uchta lichinka bosqichi orqali rivojlanish qaysi parazit chuvalchang uchun xos?



Yüklə 16,52 Kb.
tarix03.06.2023
ölçüsü16,52 Kb.
#115237
7-sinf zoologiya test


2-TEST
1. Uchta lichinka bosqichi orqali rivojlanish qaysi parazit chuvalchang uchun xos?
A) cho‘chqa tasmasimon chuvalchangi B) bolalar gijjasi C) exinokokk D) jigar qurti
2. To‘garak (1) yassi (2) va halqali(3) chuvalchanglar qaysi hayvonlardan kelib chiqqan?
a) qadimgi yassi chuvalchanglardan; b) qadimgi bo‘shliqichlilardan; c) erkin yashovchi qadimgi yassi chuvalchanglardan;
A) 1-a; 2-b;3-c B) 1-a,2-c;3-b C) 1-b,2-a, 3-c D)1-c,2-a,3-b
3. To‘garak chuvalchanglar ... kelib chiqqan
A) bir hujayrali (sodda) hayvonlardan B) yassi chuvalchanglardan
C) molluskalardan D) halqali chuvalchanglardan
4. To‘garak chuvalchanglarning yassi chuvalchanglardan asosiy farqlarini belgilang?
1) ayrim jinsli; 2) so‘rg‘ichlari mavjud; 3) ichagi berk; 4) yopishuv organlari rivojlanmagan;
5) anal teshigi mavjud; 6) germafrodit
A) 1,2,6 B) 2,4,5 C) 1,4,5 D) 3,5,6
5. To‘garak chuvalchanglarning yassi chuvalchanglardan farqlarini aniqlang. 1) tana bo‘shlig‘ining bo‘lishi; 2) anal teshigining bo‘lishi; 3) kloakaning bo‘lishi; 4) ichki a'zolarining murakkab turilganiigi; 5) oshqozonning bo‘lishi
A) 2, 4, 5 B) 3, 4, 5 C) 1, 2, 4 D) 1, 3, 4
6. Tasmasimon chuvalchanglar nimadan kelib chiqqan?
A)qadimgi xivchinlilardan B) kiprikli chuvalchanglardan
C) qadimgi yassi chuvalchanglardan D) erkin yashovchi yassi chuvalchanglardan
7. Tasmasimon chuvalchanglarning kuchli taraqqiy etgan organlar sistemasini belgilang.
A) hazm qilish B) jinsiy C) nafas olish D) qon aylanish
8. Tanasi kipriklar bilan qoplangan organizmlarni ko‘rsating?
1) nozema 2) evglena 3) tufelka 4) oq planariya 5) volvoks 6) jigar qurtining tuxumdan chiqqan lichinkasi 7) jigar qurtining suv shillig‘I tanasidan chiqqan lichinkasi
A) 1,2,3,4 B) 3,4,5 C) 3,4,6 D) 3,4,6,7
9. Tanasi kutikula bilan qoplanmagan organizmlarni ko‘rsating?
1) nereida 2) o‘troq dengiz chuvalchangi 3) exinokokk 4) jigar qurti 5) bolalar gijjasi 6) oq planariya
A) 1,2,3 B) 2,3,4 C) 3,4,5 D) 1,2,6
10. Tana yuzasi orqali nafas oluvchi hayvonlar:
A) amyoba, gidra, suv shillig‘i; zaxkash B) yomg‘ir chuvalchang, oq planariya, poliplar
C) oq planariya, baqachanoq; qisqichbaqa D) dafniya, aureliya, qoramol tasmasimon chuvalchangi
11. Tana shakli bargsimon, ikki so‘rg‘ichli lichinkasi shilliq qurtning tanasida, voyaga yetgan shakli o‘txo‘r hayvonlarning hazm qilish a'zosida parazitlik qilib yashaydi. Bu belgilar qaysi parazitga xos?
A) exinokokk B) mushuk so‘rg‘ichi C) jigar qurti D) planariya
12. Tana bo‘shlig‘I ichak vazifasini bajaruvchi organizmlarni ko‘rsating?
1) oq planariya 2) jigar qurti 3) gidra 4) askarida 5) medusa 6) aktiniya 7) yomg‘ir chuvalchangi
A) 1,2,3 B) 3,5,6 C) 3,4,5,6 D) 1,2,6,7
13. Suvda erigan kislorod bilan butun tanasi yordamida nafas oluvchi hayvonlar guruhini toping.
A) amyoba, evglena, tufelka, gidra, oq planariya
B) meditsina zulugi, nereida, qum chuvalchang, daryo qisqichbaqasi
C) amyoba, evglena, tufelka, qoramol tasmasimon chuvalchangi, askarida
D) gidra, oq planariya, mollyuska, yomg‘ir chuvalchangi
14. So‘rg‘ichlilarda parazitik hayot kechirishga qanday moslanishlar paydo bo‘lgan?
1) so‘rg‘ichlari 2 ta; 2) so‘rg‘ichlari 4 ta; 3) ilmoqlari bor; 4) ko‘p tuxum qo‘yadi
A) 2, 3 B) 1, 4 C) 3, 4 D) 2, 4
15. So‘rg‘ichlilarning parazitik hayot kechirishga qanday moslanishlar paydo bo‘ladi?
a) 2ta so‘rg‘ichlari bo‘lishi; b) 4ta so‘rg‘ichlari bo‘lishi; c) ilmoqlarining bo‘lishi; d) ko‘p tuxum qo‘yishi
A) b,c B) a,d C) c,d D) b,d
15. So‘rg‘ichlilarning tasmasimon chuvalchanglardan farqi?
A) qon aylanish sistemasi bor B) nerv sistemasi rivojlangan
C) tanasida 3 xil muskullar mavjud D) hazm qilish sistemasi bo‘ladi
16. Quyidagi qaysi organizmlarda kutikula qavati uchraydi ?
A) qoramol tasmasimon chuvalchangi, jigar qurti, exinokokk B) askarida , cho‘chqa tasmasimon chuvalchangi, nereida
C) osminog, kaltakesak, exinokokk D) askarida, jigar qurti, oq planariya
17. Qaysi hayvonlarda teri-muskul haltasi halqasimon va bo‘ylama muskullardan iborat?
A) yassi chuvalchanglar B) tugarak chuvalchanglar C) halqali chuvalchanglar D) mollyuskalar
18. Qaysi hayvonlarning ichki organlari orasi g‘ovak biriktiruvchi to‘qima bilan to‘lgan?
A) askarida, jigar qurti, exinokokk B) gijja, bo‘rtma nematoda, askarida
C) exinokokk, jigar qurti, oq planariya D) bo‘rtma nematoda, askarida, gijja
19. Qaysi hayvonning nerv sistemasi ikkita nerv tugunidan va ikkita yirik nerv tolalaridan iborat? A) daryo qisqichbaqasining B) oq planariyaning C) yomg‘ir chavalchangining D) bagachanoqning
20. Qaysi hayvonning og‘iz teshigi 3ta lab bilan o‘ralgan?
A) oq planariya B) qoramol tasmasimon chuvalchangi C) yomg‘ir chuvalchangi D) askarida
Yüklə 16,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə