G abduraxmanova


Parazitizmni kelib chiqishi



Yüklə 288 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/114
tarix29.11.2023
ölçüsü288 Kb.
#138856
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   114
Umumiy parazitologiya.Дадаев С

Parazitizmni kelib chiqishi. 
Yerda organik olamni paydo bo‘lishi 
bilan birga parazitlar qachondan paydo bo‘lgani haqida turli fikrlar 
mavjud, aniq bir to‘xtamli fikr yo‘q. Lekin turli mulohazalar yuritish 
uchun asos bo‘ladigan turli dalillar mavjud.
Y er yuzidagi barcha parazitlar evolyutsion taraqqiyot jarayonida 
erkin yashovchi organizmlardan kelib chiqqan. Parazitlik turli hayvonlar 
guruhlarida turli yo‘llar bilan boradi.
Ye.N. Pavlovskiy parazitlar yerda hayot paydo boMishidan bir oz 
yoshroq deydi. Evolyutsion taraqqiyot jarayonida parazitlar dastlab 
sodda organizmlar orasida paydo boMgan. Ko‘pchilik sodda organizmlar 
chuvalchanglarda parazitlik qiladi. Demak, sodda hayvonlami parazit- 
likka o ‘tishi chuvalchanglami evolyutsiyasi bilan bog‘liq.
Chuvalchanglarda parazitizmni paydo bo‘lishi to‘g‘risida ham turli 
fikrlar mavjud. Bir guruh olimlami fikricha chuvalchanglardagi parazi­
tizm umurtqali hayvonlami kelib chiqishi bilan bog‘liq. Chunki jinsiy 
voyaga yetgan deyarli barcha parazitlar umurtqali hayvonlarning para­
zitlari hisoblanadi.
K.I. Skryabin va V.M. Ivashkinlar bir qator tarixiy dalillar, ekspe- 
rimental ishlar asosida bu masalani boshqacharoq talqin qiladilar. Gel­
mintlar avval umurtqasizlarda rivojlangan, chunki evolutsion taraqqiyot 
jarayonida umurtqalilar keyinchalik paydo bo'lgan. Shuning uchun 
umurtqalilar gelmintlar uchun birlamchi xo‘jayin bo‘lolmaydi deydi va 
bir qancha misollar keltiriladi.
Sestodalar avval ko‘ptuklilar va qisqichbaqasimonlar tanasida 
yashagan, hatto ularda jinsiy voyaga yetib, avlod ham bergan. Taraq- 
qiyotining keyingi bosqichlarida sestodalar qushlar va sutemizuvchi- 
larga o ‘tgan. Shu tariqa birlamchi xocjayin - umurtqasizlar oraliq 
xo‘jayinlarga aylangan. Akantosefallar avval mollyuskalarda va qisqich- 
baqasimonlarda parazitlik qilgan, umurtqalilar paydo bo‘lganidan keyin, 
ularni rivojlanish sikllarida ishtirok etib, oraliq xo‘jayinlariga aylangan. 
Trematodalarda birlamchi xo‘jayinlari mollyuskalar bo‘lgan, umurt-
33


qalilar paydo boMganidan keyin mollyuskalar ulami oraliq xo‘jayin- 
lariga aylangan. Taxminlarga kocra parazit chuvalchanglar Paleozoy 
erasining silur va devon davrlarida paydo boMgan. Hasharotlardan - 
ikkiqanotlilar va pardaqanotlilami parazitlikka o‘tishi Yura davridan 
boshlangan.
Yashash joyiga qarab parazitlar tashqi-ektoparazitlar (bunda 
parazit xo‘jayini tanasining sirtida) va ichki-endoparazitlarga bo‘linadi 
(bunda parazit xo‘jayini tanasining ichki to ‘qima yoki bo‘shliqlarida 
yashaydi). Evolyutsion taraqqiyot jarayonida ulaming kelib chiqishida 
umumiy belgilar bilan birga individual farqlar ham kuzatiladi. Har 
ikkala guruhlar asosida oziqlanish va yashash makoni sifatida 
foydalanish manfaatdorligi yotadi.
Ko‘pchilik ektoparazitlar, asosan parazitlikka a w a l yirtqichlik qi­
lib hayot kechiruvchilardan o‘tgan. Ektoparazitlik ko‘proq bocg ‘imoyoq- 
lilarda (kanalar, parxo‘rlar, junxo‘rlar, bitlar, burgalar va boshqalar) 
uchraydi va bu jarayon birdaniga yuzaga kelmagan. Bo‘g simoyoqlilar 
umurtqali hayvonlar bilan uzoq vaqt bogManishda (kontaktda) bo6lishi 
bilan bog‘liq. Evolyutsiya jarayonida oziqlanish muddatini uzayib 
borganini kuzatish mumkin: iskabtoparlaming urg'ochilari bir daqiqadan 
ozroq, tayga kanasi 6 -8 kun,. burgalar xo‘jayuinlarida hayotini ko‘p 
qismini, bitlar esa xo‘jayinlarida hayoti davomida, ya’ni doimiy 
yashaydi.
Ektoparazitlarning paydo bo‘lishida yana boshqa yoMlar ham 
mavjud, y a’ni ko‘pchilik umurtqasizlar umurtqali hayvonlarning terisi, 
jabra yoriqlariga yopishib hayot kechirishi bilan ham bog‘liq. Ular teriga 
borgan sari botib kirib, to‘qimalar hisobiga oziqlanishga o ‘tgan va shu 
guruh hayvonlardan parazit qisqichbaqasimonlar kelib chiqqan. Yana bir 
yoMi kommensalizm orqalidir. Bunga misol qilib parxo‘rlami, qush 
kanalarini olish mumkin. Bu kanalami dastlabki avlodlari qushlami 
kommensallari bo‘lgan. A w aliga qushlaming inlarida organik qoldiqlar 
hisobiga oziqlangan. Keyinchalik tanasiga o‘tib, (uy egalariga o ‘tgan) 
tana shox moddalari hisobiga oziqlanishga o ‘tgan.
Endoparazitlaming kelib chiqishi ektoparazitlarning kelib chiqishi 
bilan bogMiq. Terida parazitlik qiluvchi infuzoriyalaming bir guruhi, 
ayrim hasharotlaming lichinkalari endoparazitlarga aylangan.
Endoparazitlaming kelib chiqishini tushunish juda murakkab. Ay­
rim hollarda endoparazitizm, ektoparazitizmdan kelib chiqqan. Masalan, 
saqoqushlami ektoparaziti - kana aw alig a patxo‘rlik bilan oziqlangan, 
keyinchalik tumshuq osti xaltasiga o‘tib, qon hisobiga oziqlanishga
34


O'tgan. Ko-pchilik hollarda endoparazitlar ichak parazitlaridan kelib 
chiqqan. Ichak oziqa mahsulotlariga boy bo‘lib, ko‘pchilik parazitlar 
uchun qulay hisoblanadi. Ichak kommensallari xocjayinni chiqindi ozi- 
qasi hisobiga emas, xo‘jayin oziqasiga sherik bo‘lib kommensallikdan 
to ^ r i d a n - t o ^ r i parazitlikka o ‘tadi. Endoparazitlaming kelib chiqishini 
yana o‘ziga xos xususiyatlaridan biri, tabiatdagi erkin yashovchi 
umurtqasizlaming sistalari, tuxum va lichinkalari, tasodifan boshqa 
organizmlaming ovqat hazm qilish sistemasiga tushib qolgan, u yerda 
rivojlanishni davom ettirgan va shu holat bir nechta avlodda takrorlanib, 
keyin ichak parazitlari vujudga kelgan. Ko‘pchilik bir hujayralilarda va 
nematodalarda endoparazitlik shu yo‘l bilan kelib chiqqan.
Qon parazitlari ham avval ichakda parazitlik qilib, keyin turli 
yo‘llar bilan qonga o‘tib, qon parazitlariga aylangan. Bunda qon parazit­
lari ichak bo‘shlig‘ida yashaydigan parazitlardan kelib chiqqaniga 
shubha yo‘q.
Umurtqali hayvonlami qonida yashaydigan parazitlar, oldin umurt­
qasizlaming ichak parazitlari bo‘lgan. Umurtqasizlar umurtqalilami 
qonini so‘rib parazitlami yuqtirgan (Plasmodium avlodi vakillari umurt­
qasizlar ichagida va umurtqali hayvonlami qonida parazitlik qiladi).
Endoparazitik hayotga o‘tish ba’zan erkin yashovchi organizmlami 
instinktini o‘zgarisi natijasida ham yuzaga keladi. Masalan, Volfart pash- 
shasi tirik tug‘adi. Ular lichinkalarini hayvonlami burun bo‘shlig‘iga, og‘iz 
bo‘shlig‘iga, quloq suprasining ichiga qo‘yadi. Bu lichinkalar jag‘lar ora- 
siga, peshana suyaklari orasiga kirib endoparazitik qilib hayot kechiradi.
Parazitlar uchun suv va quruqlikdagi tirik organizmlaming barcha 
organ va to^im alari yashash muhiti bo‘lib xizmat qiladi.
P ara zitlam i xoAjayin tanasiga kirish yo‘Ilari. Parzitizmni kelib 
chiqishi bilan parazitlami xo(jayinlariga kirish yoMlari bir-biri bilan 
bog‘liq bo‘lgan muhim muammolardan hisoblanadi.
Parazitlar xo‘jayinlari organizmiga asosan og‘iz bo‘shlig‘i va teri 
qoplami orqali o ‘tadi.
Parazitologiyada parazitlaming teri orqali o‘tishi ekzogenli yo‘l, 
og‘iz orqali o‘tishi esa endogenli yo‘l deb ataladi. Tabiatda parazitlar- 
ning endogenli yo‘l bilan o‘tishi keng tarqalgan.
Ekzogenli yo‘l bilan yuquvchi parazitlarga oid nematodalardan - 
Ancylostoma lichinkalari tuproqdan odam terisi orqali qon ayianish tizi- 
miga, undan nafas olish organlari va keyinchalik doimiy yashash joyi - 
ingichka ichakka o‘tadi. Trematodalardan shistosomalaming lichinka­
lari ham teri orqali yuqadi. Bir hujayrali hayvonlardan qon sporalilar,
35


leyshmaniyalar, tripanasomalar; hasharotlardan so‘na!ar ekzogen yo‘l 
bilan yuquvchi parazitlar guruhini tashkil etadi.
Endogenli yo‘l bilan ovqat hazm qilish va nafas olish organlarida, 
shuningdek, jigar, miya va muskullar ichida yashovchi parazitlarga -
askaridalar, tasmasimon chuvalchanglar, trematodalar va akantosefallar 
kiradi. K o‘pchilik parazitlar xo‘jayinlariga asosan peroral yocl bilan 
o‘tadi (masalan, turli o ‘txo‘r hayvonlar oziqalari orqali parazitlami 
tuxum va lichinkalarini yutadi).
Shuningdek, parazitlar xo‘jayini organizmiga jinsiy teshiklar, 
burun bo‘shlig‘i, ko‘z va quloq orqali ham o ‘tishi mumkin. Ba’zi pa­
razitlar esa bachadon devori orqali rivojlanayotgan embrionga o ‘tadi 
(exinokokk, ankilostoma, protostrongilidlar va boshqalar).
Resperator yo‘l bilan nafas olish a’zolari orqali: Trematodalarning 
serkariylari.
Anal teshigi, kloaka orqali kirish: Monogeniyalardan - Polistoma 
integemun.
Konyuktival zararlanish: yirik shoxli qoramollami telyaziyalar 
bilan zararlanishi: Thelaziidae.
Ona suti bilan zararlanish: dengiz cho‘chqalarini eksperimental 
yo‘l orqali askaridalar bilan zararlantirilgan, ulaming sut bezlaridan 
askarida lichinkalari topilgan.
Prenatal zararlanish: turli parazitlar bilan ona qomidagi embrionni 
zararlanishi: 1676-yilda Forman yangi tug‘ilgan qo‘zichoqlaming jigar 
o‘t yoMlaridan jigar qurtini topgan. Ona organizmidagi embrionni jigar 
qurti lichinkalari bilan zararlanganligi ham kuzatilgan.
Voyaga yetgan gelmintlar bilan bevosita zararlanish: ko‘pchilik 
hayvonlarda ayniqsa, qushlarda o‘z bolalarini oshqozonidagi yoki jig 6il- 
donidagi ovqatni qaytarib chiqarib berish xususiyati bor. Shu vaqtda 
ovqat bilan birga voyaga yetgan gelmintlar ham o ‘tib qolishi mumkin. 
Bu zararlanishni biossiklik parazitizm, pastsiklik xo‘jayin deyiladi.

Yüklə 288 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə