Turizm o‘zining ko‘p qirrali tarkibi bilan jamiyat hayotining barcha sohalariga faol ta’sir o‘tkazib kelmoqda. U iqtisodiyotning ko‘pgina jabhalarini rivojlantirishga imkon tug‘diradi



Yüklə 110,71 Kb.
səhifə1/7
tarix25.12.2023
ölçüsü110,71 Kb.
#161192
  1   2   3   4   5   6   7
hisobot nomer 9599


Kirish
Turizm o‘zining ko‘p qirrali tarkibi bilan jamiyat hayotining barcha sohalariga faol ta’sir o‘tkazib kelmoqda. U iqtisodiyotning ko‘pgina jabhalarini rivojlantirishga imkon tug‘diradi. Jumladan, transport tarmoqlari, aloqa, yo‘l qurilishi, mehmonxonalar, umumiy ovqatlanish korxonalari, kammunal xo‘jaligi, maishiy xizmat ko‘rsatish, servis sohasi, savdo tarmoqlari va boshqa tarmoqlar.Turizmni rivojlantirish bir vaqtning o‘zida o‘ziga xos dam olish, hordiq chiqarish, ko‘ngil ochar maskanlar industriyasini tashkil etib, o‘z o‘rnida sayyohlarga sifatli xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bir qator sohalarni qamrab olgandir. Turizm o‘zida jahon iqtisodiyotining murakkab va majmuaviy sohalarini mujassam etganki, bu butun jahon xo‘jaligiga sezilarli ta’sir o‘tkazadi. Alohida mamlakatlar xo‘jaligiga ham, xududlarga ham u birday tegishli. Ayrim mamlakatlarda xalqaro turizm valyuta tushumlarining yagona manbai hisoblanadi. Uning sharofati bilan iqtisodiy taraqqiyot yuqori darajasi va xalq turmush farovonligi qo‘llab –quvvatlanib turiladi. Xalqaro turizm jahon iqtisodiyotining eng muhim, barqaror va dinamik holda rivojlanib borayotgan sohasiga aylanib bormoqda. Butunjahon Turizm tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilda butun dunyo bo‘yicha turizmning umumiy o‘sish darajasi 37 % ni tashkil qilgan. Xalqaro turistlarning kelishi esa 960 mln. (2022y.) kishiga yetib, keluvchi turistlardan olinadigan umumiy daromadlar miqdori 1 trillion . dollardan ortdi. Xalqaro turistik xizmatlar ko‘rsatish va servis sohasi tarkibi ham tubdan o‘zgardi. Jahon turizm bozori borgan sari xilma-xillashib, aholining ijtimoiy sohasida turistik mahsulotlarga bo‘lgan talabi va ehtiyoji ortib bormoqda. Turizmning ommaviy uyushgan holdagi shakli kengayib, turistlarga xizmat ko‘rsatish sifati (transport, joylashtirish, ovqatlantirish, dam olish, hordiq chiqarish va boshqalar) borgan sari rivojlana bordi. Xilma-xil turistik mahsulotlarni taklif etuvchi maxsus turistik tashkilotlar (firmalar) soni ko‘paya bordi. Jahon tovarlar va xizmatlar eksportida hozirgi paytda turizm ulushiga butun jahon eksportining 8%ga yaqini, jahon xizmatlar savdosining 30%, jahon yalpi mahsulotining 11%, jahon kapitalning 9%, jahon iste’mol xarajatlarining 11%, butun dunyo soliq tushumlarining 5% to‘g‘ri keldi. Yildan-yilga mamlakatimizga sayyohlar soni tobora ko‘payib borayotganini hisobga olsak, bu juda munosib e’tirofdir. Endi esa bir nechta raqamlarni keltirsak.
Shu bilan birga2019-yilda turizm xizmatlarining eksporti 1,313 milliard dollarni tashkil etgan, 2018-yilda u 1,041 milliard dollariga teng bo‘lgan (o'sish 126 foiz).
Ushbu qiymatning yarmidan ko‘prog‘ini MDH mamlakatlaridan kelgan sayyohlar (966,559 mln. AQSH dollari) sarflagan, 346,472 mln. dollar esa boshqa mamlakatlarning sayohatchilariga to‘g‘ri keladi.
Ko‘rib turganingizdek, O‘zbekistonda turizm jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda va bu juda yaxshi yutuq hisoblanadi, chunki bizda dunyoga namoyish etadigan jihatlarimiz bor. Yildan-yilga mamlakatimizga sayyohlar soni tobora ko‘payib borayotganini hisobga olsak, bu juda munosib e’tirofdir. Endi esa bir nechta raqamlarni keltirsak.
O‘tgan yilning yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 6,748 million kishi tashrif buyurgan bo‘lib, bu 2018-yil statistikasidan 125 foizga (5,346 million kishi) ko‘pdir.

Yüklə 110,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə